18.05.2018 yildagi PQ-3729-son
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddatlari

Bajaruvchilar

Xarajatlar

Moliyalashtirish manbalari

I. PANDEMIK SALOHIYATGA EGA YANGI YUQORI PATOGEN VIRUSLARIGA NISBATAN XAVFSIZLIKNI TA’MINLASh

1.

Parranda va hayvonlar grippi yuqori patogen viruslari hamda boshqa o‘tkir respirator infeksiyalari O‘zbekiston Respublikasi hududiga tarqalishining oldini olish va nazorat qilish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish

Chora-tadbirlar kompleksi

2018-yil
1-iyulgacha

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Veterinariya davlat qo‘mitasi, Ekologiya davlat qo‘mitasi, DBQ, Turizm davlat qo‘mitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ

-

-

2.

Odamlar uchun xavfli bo‘lgan parranda va hayvonlar grippining yuqori patogen viruslari, shuningdek, boshqa o‘tkir respirator infeksiyalarning laboratoriya diagnostikasi tayyorligini (reaktivlar va sarf materiallarini) ta’minlash

Tashkiliy tadbirlar

2018-yil
1-avgustgacha

2018-yil
1-dekabrgacha

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Veterinariya davlat qo‘mitasi, TIV

3,7 ming AQSh dollari

Xalqaro tashkilotlar mablag‘lari

II. AHOLI VA INFEKSIYA YuQIShI XAVFI YUQORI BO‘LGAN GURUHLAR O‘RTASIDA GRIPP HAMDA BOShQA O‘TKIR RESPIRATOR INFEKSIYALAR PROFILAKTIKASI BO‘YIChA ChORA-TADBIRLARNI YANADA TAKOMILLAShTIRISh

3.

Infeksiya yuqishi xavfi yuqori bo‘lgan va grippning og‘ir oqibatlariga duchor bo‘lgan shaxslarning mavsum oldi vaksinatsiyasini o‘tkazish uchun ularning asosli kontingentini aniqlash.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2018-yil
1-iyungacha

Sog‘liqni saqlash vazirligi

-

-

4.

Grippga va boshqa o‘tkir respirator infeksiyalarga qarshi kurashish bo‘yicha preparatlarga va tibbiy vositalarga bo‘lgan talab-ehtiyojlarni o‘rganish hamda Davlat budjetidan zarur mablag‘larni ajratish uchun asoslangan hisob-kitoblarni tayyorlash

Tashkiliy tadbirlar

2018-yil
1-iyulgacha

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi

-

-

5.

Xavfi yuqori bo‘lgan vazirlik va idoralarning xodimlarini budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga mavsumiy grippga qarshi vaksinatsiyalash bo‘yicha idoralararo chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish

Chora-tadbirlar dasturi

2018-yil
1-noyabrgacha

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mudofaa vazirligi, IIV, Milliy gvardiya, FVV, DXX chegara qo‘??inlari, XTV, MTV, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar

-

-

III. VAKSINALARNING BIOEKVIVALENTLIGI VA VIRUSGA QARShI PREPARATLARNING SAMARADORLIGINI LABORATORIYADA NAZORAT QILISh ChORALARINI HAMDA DORI PREPARATLARI VA TIBBIY BUYuMLARNI RO‘YXATGA OLISh TARTIBINI YANADA TAKOMILLAShTIRISh

6.

Virusologiya ITI negizida grippga qarshi vaksinalar, diagnostika hamda virusga qarshi davolash preparatlarining faolligi va samaradorligini baholash o‘tkazilishini ta’minlash (vaksinalar va virusga qarshi preparatlarni ekspertdan o‘tkazib baholashning klinik-laboratoriya bazasini yaratish).

Tashkiliy tadbirlar

2018-yil
1-avgustdan boshlab

Sog‘liqni saqlash vazirligi

Buyurtma-nomalarga muvofiq

Ishlab chiqaruvchi firmalar va yetkazib beruvchilarning mablag‘lari

7.

Gripp hamda boshqa o‘tkir respirator infeksiyalarni profilaktika qilish, tashxis qo‘yish va davolash uchundori vositalari va tibbiy ahamiyatdagi buyumlarni ro‘yxatga olish tartibini takomillashtirib, muddatlarni qisqartirishni nazarda tutish

Normativ-huquqiy hujjat

2018-yil
1-avgustgacha

Sog‘liqni saqlash vazirligi

-

-

IV. GRIPP HAMDA BOShQA O‘TKIR RESPIRATOR INFEKSIYALARGA TAShXIS QO‘YISh VA ULARNI DAVOLASh ChORA-TA�BIRLARINI TAKOMILLAShTIRISh

8.

Yuqumli kasalliklar statsionarlarida, tug‘uruq komplekslarida va perinatal markazlarda, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida va uning filiallarida grippga tashxis qo‘yish ekspress-testlari hamda grippga qarshi maxsus preparatning qayta tiklanadigan zaxirasini yaratish.

Tashkiliy tadbirlar

2018-yil
5-sentabrgacha

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi

5,0 mlrd so‘m

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari

9.

O‘tkir respirator infeksiyalarning og‘ir shakllariga chalingan bemorlarni davolash uchun profilli statsionarlarning jonlantirish va intensiv terapiya bo‘limlarini: vital funksiyalarni nazorat qilish uchun pulsoksimetr va monitorlar bilan; kapnograflar va sarf materiallari bilan; qondagi gazlarni nazorat qilish apparatlari va ular uchun sarf materiallari; o‘pkani noinvaziv sun’iy ventilatsiya qilish apparatlari va ular uchun niqoblar; rezervuarlari bo‘lgan kislorod niqoblari; o‘pkani yuqori chastotali sun’iy ventilatsiya qilish apparatlari; nebulayzerlar; nafas olish filtrlari; havoning bakteritsid retsirkulyatorlari; ekstrokarporal mebranali oksiginatsiya uskunalari hamda boshqa sarf materiallari bilan jihozlash.

Tashkiliy tadbirlar

2018-yil
1-dekabrgacha

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi

6,0 mlrd so‘m

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari

10.

Barcha statsionar muassasalarda, go‘daklar uylarida, “Muruvvat” va “Sahovat” internat uylarida gripp, o‘tkir pnevmoniya va boshqa o‘tkir respirator infeksiyalar tarqalishining oldini olish bo‘yicha profilaktika va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2018-yil
1-sentabrgacha

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

-

-

11.

Gripp hamda boshqa o‘tkir respirator infeksiyalar tarqalishiga qarshi kurashish borasida mahalliy preparatlar va tibbiy vositalar yaratish hamda ularni ishlab chiqarishni rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

Tashkiliy tadbirlar

2018-yil
1-avgustgacha

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Fanlar akademiyasi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi

-

-

12.

Grippga va boshqa o‘tkir respirator virusli infeksiyalarga tashxis qo‘yish uchun PSR (polimerturli-zanjirli reaksiya) laboratoriyalarini zarur miqdordagi test-tizimlar va sarf materiallari bilan ta’minlash.

Tashkiliy tadbirlar

2018-yil
30-avgustgacha

Sog‘liqni saqlash vazirligi

31,2 ming AQSh dollari

Xalqaro tashkilotlar mablag‘lari

V. KADRLAR VA ILMIY SALOHIYATNI MUSTAHKAMLASh, GRIPPGA QARShI KURASh SOHASIDA XALQARO HAMKORLIKNI KENGAYTIRISh

13.

Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti o‘quv dasturini takomillashtirish, shu jumladan o‘quv jarayoniga yuqori malakali mutaxassislarni jalb etgan holda gripp hamda boshqa o‘tkir respirator infeksiyalarga tashxis qo‘yish, davolash va oldini olishni chuqur o‘rganishni nazarda tutuvchi choralarni ko‘rish.

Tashkiliy tadbirlar

2018-yil
1-sentabrgacha

Sog‘liqni saqlash vazirligi

-

-

14.

Virusologiya ITI huzuridagi Milliy gripp markazi faoliyatini, shu jumladan: uning faoliyatini gripp hamda boshqa o‘tkir respirator infeksiyalar muammosi bo‘yicha ilmiy-metodik markaz hamda referens-laboratoriya sifatida, shuningdek, shtat birliklarini ko‘paytirish zarurligini; Milliy gripp markazining Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan tan olinishiga shart-sharoitlarni ta’minlash zaruratini hisobga olgan holda takomillashtirish.

Tashkiliy tadbirlar

2018-yil
1-oktabrgacha

Sog‘liqni saqlash vazirligi, DXX

-

-

15.

Virusologiya ITI huzurida gripp va boshqa respirator infeksiyalar profilaktikasi, diagnostikasi va ularni davolash sohasida ilmiy-tadqiqot faoliyati hamda innovatsion ishlanmalarni muvofiqlashtirish bo‘yicha idoralararo ekspert kengashini tuzish. Gripp hamda boshqa o‘tkir respirator infeksiyalar profilaktikasi, diagnostikasi va ularni davolash sohasida amaliy innovatsion va fundamental ilmiy loyihalarni muntazam ko‘rib chiqish. Yil yakunlari bo‘yicha ilmiy va innovatsion ishlanmalarni joriy etish samaradorligini kengaytirilgan Ilmiy kengashda muntazam muhokama qilib borish.

Tashkiliy tadbirlar

2018-yil
10-iyulgacha

ko‘rib chiqish uchun buyurtmalar kelib tushishiga qarab

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi

16.

Gripp hamda boshqa o‘tkir respirator infeksiyalar diagnostikasi, davolash va profilaktikasi muammolari bo‘yicha dolzarb ilmiy ishla?malarga davlat buyurtmasini belgilash (ilmiy-tadqiqot loyihalarining buyurtmalarini tayyorlash, ekspert baholarini o‘tkazish, eng dolzarb va asoslangan loyihalarga grant berish).

Tashkiliy tadbirlar

2018-yil
1-avgustgacha

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, TIV

Buyurtmaga muvofiq

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va xalqaro tashkilotlarning mablag‘lari

17.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi idoraviy tarmog‘ining bir qismi sifatida monitoring axborot tizimini yaratish, epidemiologik, laboratoriya va klinik jihatlarini hisobga olgan holda og‘ir o‘tkir respirator infeksiyalar aniqlanishi, shuningdek, real vaqt rejimida preparatlarning harakati va mavjudligi monitoringini ta’minlash.

Texnik topshiriq

2018-yil
1-avgustgacha

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

25 ming AQSh dollari

Xalqaro tashkilotlar mablag‘lari

Axborot tizimi

2018-yil
31-dekabrgacha

18.

Gripp hamda boshqa o‘tkir respirator infeksiyalar tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha mamlakat salohiyatini oshirish uchun xalqaro va xorijiy nohukumat tashkilotlarining mablag‘larini jalb etish.

Qo‘shma loyihalar

doimiy asosda

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Veterinariya davlat qo‘mitasi

-

-

19.

Xalqaro tibbiyot va boshqa tashkilotlar (JSST, CDC, YUNISEF va boshqalar) bilan texnik hamkorlikni kengaytirish.

Grant mablag‘larini jalb etish bo‘yicha memorandumlar, bitimlar

doimiy asosda

Sog‘liqni saqlash vazirligi, TIV

-

-

 LexUZ sharhi