Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining
buyrugʻi
Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 14-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3013]
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan buyuraman:
1. Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Direktor Sh. SADIKOV
Toshkent sh.,
2018-yil 1-may,
180-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining 2018-yil 1-maydagi 180-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni doimiy ravishda faoliyat koʻrsatadigan Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiya (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) tomonidan koʻrib chiqilishi tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Xarid qilish tartib-taomillarining har bir ishtirokchisi, shuningdek nazoratni amalga oshirayotgan shaxslar (bundan buyon matnda arizachi deb yuritiladi) davlat buyurtmachisining (bundan buyon matnda buyurtmachi deb yuritiladi), Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining (bundan buyon matnda vakolatli organ deb yuritiladi), xarid komissiyasining, uning aʼzolarining, maxsus axborot portali operatorining (bundan buyon matnda Operator deb yuritiladi) harakatlari (harakatsizligi) ustidan, agar bunday harakatlar (harakatsizlik) ishtirokchining huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan boʻlsa, sud tartibida yoki Komissiyaga shikoyat qilish huquqiga ega.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 11-martdagi 35-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3013-1, 15.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2019-y., 10/19/3013-1/2943-son)
Keyingi tahrirga qarang.
2. Davlat xaridlari natijasida tuzilgan shartnomalarda nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarish doirasida kelib chiqadigan nizolar va kelishmovchiliklarni tartibga solish masalalari Komissiya tomonidan koʻrib chiqilmaydi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
2-bob. Komissiyaning vazifalari va shakllantirish tartibi
3. Komissiya doimiy ravishda faoliyat koʻrsatadigan organ boʻlib, oʻzining vazifalarini Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga, mazkur Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Komissiya:
buyurtmachining qonunga xilof harakatlariga, qarorlariga yoki u tomonidan qonunga xilof tartib-taomillar bajarilishiga doir taqiq oʻrnatadi;
buyurtmachining qonunga xilof qarorlarini, shu jumladan davlat xaridlari toʻgʻrisidagi hujjatlar shartlarini buzadigan qarorlarini qisman yoki toʻliq bekor qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
xarid qilish tartib-taomillarini tugatish haqida qaror chiqaradi;
ijrochini Insofsiz ijrochilarning yagona reyestriga kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
shartnoma tuzilganidan keyin shartnomaning davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiqligini tekshirish uchun shikoyatlarni koʻrib chiqadi hamda shartnoma ijro etilishini yetti ish kunigacha boʻlgan muddatga toʻxtatib turadi;
mansabdor shaxslarni va fuqarolarni Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunini buzganligi uchun javobgarlikka tortish toʻgʻrisida tegishli organlarga takliflar kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Komissiya Operator tomonidan tuziladi, uning tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan vakolatli organ bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Komissiya ishchi organining vazifasini Operator amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Komissiya tarkibiga:
Komissiya raisi;
Keyingi tahrirga qarang.
Komissiya aʼzolari kiradi.
8. Komissiya raisi oʻz vakolatlari doirasida:
Komissiya faoliyatini va uning ish tartibiga rioya etilishini tashkil etadi;
shikoyatlarni koʻrib chiqish kunini belgilaydi va Komissiya majlisini oʻtkazadi;
Komissiya aʼzolari oʻrtasida majburiyatlarni taqsimlaydi;
Komissiya tomonidan qabul qilingan qarorlar ustidan nazoratni tashkil etadi;
Komissiyaning faoliyati toʻgʻrisida davriy hisobotlar tayyorlaydi va uni Vakolatli organga taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Komissiya raisi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Komissiya raisi komissiyaga yuklatilgan vazifalarni bajarilishi uchun shaxsan javobgardir.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Komissiya aʼzolari oʻz vakolatlari doirasida:
Keyingi tahrirga qarang.
Komissiya ishida ishtirok etadi;
qaror qabul qilishdagi ovoz berishda ishtirok etadi;
Komissiya raisining topshirigʻi boʻyicha Komissiya koʻrib chiqishi uchun kiritilgan masalalar yuzasidan koʻra tegishli xulosalar taqdim etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat boshqaruvi va xoʻjalik organlaridan, davlat buyurtmachilaridan, ishtirokchilardan, ijrochilardan, Operatordan va boshqa tashkilotlardan oʻz faoliyati uchun zarur boʻladigan har qanday axborot, material va tushuntirishlarni soʻrab oladi;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat xaridlari masalalari boʻyicha shikoyatlarni koʻrib chiqish bilan bogʻliq boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
10. Komissiya zarur holatlarda mutaxassislarni mustaqil ekspert sifatida ovoz berish huquqisiz jalb qilish huquqiga ega.
11. Komissiya majlislari, agar ularning ishida Komissiya aʼzolarining umumiy sonining uchdan ikki aʼzosi ishtirok etsa, vakolatli hisoblanadi.
12. Komissiya kun tartibiga kiritilgan masalani koʻrib chiqish jarayonida Komissiya raisining yoki aʼzosining manfaatlar toʻqnashuviga olib kelishi mumkin boʻlgan bevosita yoki bilvosita shaxsiy manfaatdorligi yuzaga kelgan holatda, yigʻilish boshlanishidan oldin bu haqda maʼlum qilishga majbur. Bu holatda Komissiya aʼzosi koʻrsatilgan masalani koʻrib chiqish jarayonida ishtirok etmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Komissiya majlislari, majlis bayonnomalarida rasmiylashtiriladi.
14. Komissiyaning ishchi organi:
Komissiyaning navbatdagi majlisiga barcha zarur materiallarni oʻz vaqtida tayyorlanishini taʼminlaydi;
maxsus axborot portalida Komissiya aʼzolari uchun shaxsiy kabinetlar ochadi;
Komissiya hujjatlarini but saqlanishini taʼminlaydi;
yozma shaklda berilgan shikoyatni skanerdan oʻtkazib, uni Komissiya aʼzolarining shaxsiy kabinetlariga yuboradi;
Keyingi tahrirga qarang.
navbatdagi majlisga barcha zarur hujjatlarni yigʻilishini, umumlashtirilishini va Komissiya raisiga taqdim etilishini taʼminlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Komissiyaning qarori asosida ijrochilarni Insofsiz ijrochilarning yagona reyestriga kiritadi;
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 11-martdagi 35-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3013-1, 15.04.2019-y.) asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2019-y., 10/19/3013-1/2943-son)
Komissiya majlisi bayonnomasini yuritadi.
15. Komissiyaga arizachidan shikoyat tushgandan va uni koʻrib chiqish sanasi tayinlangandan soʻng, Komissiyaning ishchi organi ushbu Nizom talablariga muvofiq majlisni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
3-bob. Shikoyatlarni berish tartibi
16. Arizachi shikoyatni Komissiyaga yozma shaklda yoki oʻzining shaxsiy kabinet orqali elektron shaklda yuboradi. Davlat xaridlarini nazoratini amalga oshiruvchi shaxslarning shikoyatlari Operator sayti orqali ham yuborilishi mumkin. Shikoyatga unda koʻrsatilgan holatlarni tasdiqlovchi dalillar ilova qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Anonim murojaatlar Komissiya tomonidan koʻrib chiqilmaydi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 11-martdagi 35-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3013-1, 15.04.2019-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2019-y., 10/19/3013-1/2943-son)
17. Arizachi quyidagi holatlarda shikoyat beradi:
buyurtmachining, vakolatli organning, xarid komissiyasining, uning aʼzolarining, Operatorning noqonuniy harakatlari (harakatsizligi) ustidan, agar bunday harakatlar (harakatsizlik) ishtirokchining huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan boʻlsa;
Keyingi tahrirga qarang.
xarid qilish tartib-taomillari buzilganda;
buyurtmachilar tomonidan takliflarni berish muddatlari asossiz oʻzgartirilganda;
ishtirokchining taklifi buyurtmachilar tomonidan asossiz qabul qilinmaganda yoki rad qilinganda;
buyurtmachilar tomonidan davlat xaridlarini amalga oshirishning raqobatga asoslanmagan usullari qonunga xilof ravishda tanlanganda;
davlat xaridlarida ishtirokchilarning ishtirok etishi toʻgʻrisidagi axborotni buyurtmachilar tomonidan oshkor etilganda;
buyurtmachilar tomonidan ishtirokchilar sonini asossiz ravishda cheklashga yoki ularning malakasiga qoʻyilgan talablarni oshirishga, raqobatga yoʻl qoʻymaslikning, uni cheklashning yoki bartaraf etishning boshqa shakllariga yoʻl qoʻyilganda, qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno;
Keyingi tahrirga qarang.
narxlarni yoki ishtirokchilarni saralash natijalarini buzib koʻrsatish maqsadida ishtirokchilar oldindan til biriktirilganda;
ishonchsiz yoki buzib koʻrsatilgan axborot taqdim etilganda yoki tarqatilganda, shuningdek davlat xaridlari toʻgʻrisidagi axborotdan foydalanish asossiz ravishda cheklanganda;
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan boshqa holatlarda.
4-bob. Shikoyatlarni koʻrib chiqish tartibi
18. Komissiya shikoyatni koʻrib chiqishda ishtirok etadigan shaxslarni (bundan buyon matnda taraflar deb yuritiladi) maxsus axborot portali orqali yigʻilish vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qiladi. Agar belgilangan vaqtda taraflar majlisda qatnashmasa, shikoyat ularning ishtirokisiz koʻrib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha majlisda ishtirok etish uchun, taraflar belgilangan tartibda ishonchnoma rasmiylashtirib, oʻzlarining vakillarini yuborishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Komissiya shikoyat olganda, shikoyat kelib tushgan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida bu haqda davlat buyurtmachisini xabardor qiladi va xarid qilish tartib-taomilini oʻn kungacha boʻlgan umumiy muddatga toʻxtatib turadi.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Arizachi shikoyatida quyidagilar koʻrsatilishi lozim:
Keyingi tahrirga qarang.
a) nomi, joylashgan yeri (yuridik shaxs uchun), familiyasi, ismi, otasining ismi, turgan joyi (jismoniy shaxs uchun), pochta manzili, elektron pochta manzili, telefon raqami;
b) shikoyat qilinayotgan harakatlar (harakatsizlik) va shikoyatning boshqa asoslari;
v) shikoyat berishga vakolatli shaxsning imzosi va sana.
22. Shikoyatga uning asosliligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi. Bunda, shikoyatda unga ilova qilinayotgan hujjatlar roʻyxati boʻlishi kerak, shuningdek taraflarga shikoyatning nusxalari yuborilganligi tasdigʻi boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Komissiya davlat xaridlari toʻgʻrisidagi shikoyatni olgan kunidan eʼtiboran yetti ish kuni ichida koʻrib chiqadi va qaror chiqaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
24. Shikoyat boʻyicha qaror Komissiya aʼzolari umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda, Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Komissiyaning har bir aʼzosi qabul qilingan qaror boʻyicha oʻzining alohida fikrini yozma bayon etishga haqli.
25. Komissiya yangi ochilgan holatlar asosida avval qabul qilingan qarorlarini qayta koʻrib chiqishi mumkin.
26. Komissiya majlislari qarorlarining asl nusxalari va ularga ilova qilingan materiallar Komissiyaning ishchi organida saqlanadi.
27. Komissiyaning ishchi organi qaror nusxalarini qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran ikki kun mobaynida taraflarga yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
28. Komissiya qaroridan norozi boʻlgan taqdirda, taraflar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga murojaat qilish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
29. Komissiyaning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari taraflar uchun bajarilishi majburiydir.
30. Komissiya majlisi bayoni va qarori elektron shaklda rasmiylashtiriladi, Komissiya raisi va aʼzolari tomonidan elektron raqamli imzo orqali imzolanadi.
6-bob. Yakuniy qoida
31. Ushbu Nizom talablarini buzgan shaxslar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2018-y., 10/18/3013/1223-son; 16.04.2019-y., 10/19/3013-1/2943-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.11.2021-y., 10/21/3013-2/1070-son; 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)