Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
2005—2009-YILLARDA UMUMTAʼLIM MAKTABLARI UCHUN DARSLIKLAR VA OʻQUV-METODIK QOʻLLANMALAR NASHR ETISH DASTURI TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2004—2009-yillarda Maktab taʼlimini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi toʻgʻrisida” 2004-yil 21-maydagi PF-3431-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda davlat taʼlim standartlari talablariga javob beradigan zamonaviy oʻquv adabiyotlari va oʻquv-metodik qoʻllanmalarni tayyorlash, nashr etish va umumtaʼlim maktablarini ular bilan taʼminlashning kompleks tizimini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Uzluksiz taʼlim tizimi uchun oʻquv dasturlari, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarini qayta koʻrib chiqish va yangilarini yaratish boʻyicha Hukumat komissiyasi tomonidan ishlab chiqilgan 2005—2009-yillarda umumtaʼlim maktablari uchun darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar nashr etish dasturi 1, 1a, 1b, 1v-ilovalarga* muvofiq maʼqullansin.
* 1, 1a, 1b, 1v-ilovalar berilmaydi.
2. Quyidagilar:
umumtaʼlim maktablari uchun yangi darsliklar yaratish va ularni nashr etish jadvali 2-ilovaga* muvofiq;
* 2-ilova berilmaydi.
Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi taʼlim muassasalari uchun darsliklar va oʻquv-metodik komplekslarni ishlab chiqish uchun mualliflar tarkibini tanlab olish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi taʼlim muassasalari uchun darsliklar va oʻquv-metodik komplekslarni tanlov asosida tanlab olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;
Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi taʼlim muassasalari uchun darsliklar va oʻquv-metodik komplekslarni nashr etish yuzasidan tender savdolari oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi taʼlim muassasalari uchun yangi darsliklar va oʻquv-metodik komplekslarni yaratish, ularni nashr etishga davlat buyurtmasini joylashtirish tanlov asosida amalga oshiriladi;
umumtaʼlim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun darsliklar va oʻquv-metodik komplekslarni xarid qilish mahalliy budjetlar mablagʻlari hisobiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi, shuningdek oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Uzluksiz taʼlim tizimi uchun oʻquv dasturlari, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarini qayta koʻrib chiqish va yangilarini yaratish boʻyicha Hukumat komissiyasi (R.S. Qosimov)ga:
Keyingi tahrirga qarang.
nashr etishga tavsiya etilgan oʻquv adabiyotlarini tanlov asosida tanlab olishni tashkil etish va oʻtkazish masalalarini muvofiqlashtirish;
oʻquv adabiyotlarining belgilangan davlat taʼlim standartlariga va zamonaviy metodik talablarga muvofiqligini ekspertizadan oʻtkazish va baholash;
qabul qilingan 2005—2009-yillarda umumtaʼlim maktablari uchun darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar nashr etish dasturi amalga oshirilishining tizimli monitoringini olib borish yuklansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi:
2005—2009-yillarda umumtaʼlim maktablari uchun darsliklar va oʻquv-metodik komplekslar nashr etishning 1a va 1b-ilovalarga muvofiq tasdiqlangan prognoz koʻrsatkichlaridan kelib chiqqan holda har yili kelgusi yilda nashr etish moʻljallangan oʻquv adabiyotlarining aniq roʻyxatini va tirajini belgilasin va tasdiqlasin;
umumiy oʻrta taʼlimning takomillashtirilgan davlat taʼlim standartlari, darsliklarga nisbatan yangilangan metodik talablar asosida oʻquv adabiyotlari 2-ilovaga muvofiq muddatlarda yaratilishini va nashr etilishini taʼminlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda, Darsliklarning respublika aylanma fondini yaratishni hamda maktablar oʻquvchilarini ushbu fond hisobiga darsliklar bilan taʼminlash tartibini nazarda tutuvchi maktablar oʻquvchilarini darsliklar bilan taʼminlashning samarali mexanizmini joriy etish yuzasidan 2004-yil oxirigacha taklif tayyorlasin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2005—2009-yillarda umumtaʼlim maktablari uchun davlat taʼlim standartlari talablariga muvofiq yuqori samarali multimediy tizimlarini hamda oʻquv adabiyotlari va qoʻllanmalarning kompyuter elektron turlarini yaratish dasturini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi umumtaʼlim maktablari uchun oʻquv adabiyotlari narxlarining sunʼiy ravishda oshirilishiga yoʻl qoʻymaslik ustidan muntazam qatʼiy nazorat oʻrnatsinlar.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-avgustdagi 196-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 251-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimi uchun darsliklar va oʻquv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish toʻgʻrisida” 2001-yil 16-avgustdagi 341-son qarorining 8-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Qosimov va R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 22-noyabr,
548-son
Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi taʼlim muassasalari uchun darsliklar va oʻquv-metodik komplekslarni ishlab chiqish uchun mualliflar tarkibini tanlab olish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2004—2009-yillarda Maktab taʼlimini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi toʻgʻrisida” 2004-yil 21-maydagi PF-3431-son Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan hamda darsliklar va oʻquv-metodik komplekslarni ishlab chiqishga mualliflar tarkibini tanlab olish va tasdiqlash tartibini belgilaydi.
2. Oʻquv adabiyotlarini ishlab chiqish uchun mualliflar tarkibi tanlov asosida tanlab olish yoʻli bilan aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Quyidagilar mualliflar tarkibini tanlov asosida tanlab olishning maqsadi va vazifalari hisoblanadi:
oʻquvchilarni takomillashtirilgan davlat taʼlim standartlari, oʻquv rejalari va dasturlari asosida yaratilgan oʻquv adabiyotlari bilan taʼminlash;
vazirliklar va vakolatli muassasalarning buyurtmalari asosida oʻquv adabiyotlarini ishlab chiqish uchun mualliflar tarkibini tanlash tizimida raqobat muhitini yaratish, shuningdek uning ochiq-oshkoraligini taʼminlash;
oʻquv adabiyotlarini ishlab chiqishga eng malakali mutaxassislarni jalb etish, shuningdek yosh isteʼdodli mualliflar va mualliflar jamoalarini qoʻllab-quvvatlash.
4. Ham jismoniy shaxslar, ham kadrlar salohiyatiga, taʼlim muassasalari uchun oʻquv adabiyotlari yaratish tajribasiga ega boʻlgan turli tashkiliy-huquqiy shakllardagi ilmiy va oʻquv tashkilotlari mualliflar tarkibini tanlov asosida tanlab olish qatnashchilari boʻlishlari mumkin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi (keyingi oʻrinlarda buyurtmachi deb yuritiladi) takomillashtirilgan davlat standartlari va oʻquv dasturlarining bosqichma-bosqich joriy etilishini hisobga olgan holda tanlov asosida ishlab chiqish uchun zarur boʻlgan oʻquv adabiyotlari roʻyxatini belgilaydilar va Uzluksiz taʼlim tizimi uchun oʻquv dasturlari, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarini qayta koʻrib chiqish va yangilarini yaratish boʻyicha Hukumat komissiyasining (keyingi oʻrinlarda Hukumat komissiyasi deb yuritiladi) tasdigʻiga kiritadilar.
6. Hukumat komissiyasi mualliflar tarkibini tanlab olish asosida ishlab chiqish uchun zarur boʻlgan oʻquv adabiyotlari roʻyxatini oʻrganadi va tasdiqlaydi.
II. Mualliflar tarkibi tanlovini oʻtkazish
7. Mualliflar tarkibini tanlab olish Uzluksiz taʼlim tizimi uchun oʻquv dasturlari, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarini qayta koʻrib chiqish va yangilarini yaratish boʻyicha Hukumat komissiyasi huzurida tuziladigan tanlov komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Tanlov komissiyasi aʼzolari soni (kamida 9 kishi) toq boʻlgan tarkibda tuziladi, uning shaxsiy tarkibi Hukumat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Tanlov komissiyasi tarkibiga quyidagilar kiritiladi:
buyurtmachining vakillari;
manfaatdor vazirliklar va idoralarning (Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi va boshqalar) vakillari;
Keyingi tahrirga qarang.
ilmiy-pedagogik jamoatchilik vakillari;
yetakchi amaliyotchi oʻqituvchilar, metodik kabinetlar mutaxassislari, ota-onalar qoʻmitasi aʼzolari.
Komissiyaga hamraislar — Xalq taʼlimi vaziri hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari — Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi direktori boshchilik qiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Oʻquv adabiyotlari loyihasini ishlab chiqish uchun mualliflar tarkibini tanlov asosida tanlab olish va tasdiqlashni tashkil etish hamda oʻtkazish ushbu Nizomga ilova qilinayotgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
9. Tanlov asosida ishlab chiqish uchun zarur boʻlgan oʻquv adabiyotlari roʻyxati Hukumat komissiyasi tomonidan tasdiqlangandan keyin tanlov komissiyasi ommaviy axborot vositalarida mualliflar tarkibi tanlanishi toʻgʻrisida eʼlon beradi.
Eʼlon buyurtmanomalarni qabul qilish muddati tugashidan kamida 30 kun oldin beriladi.
10. Qatnashchilardan arizalarni qabul qilish va mualliflarni tanlab olish tartibotlarini tashkil etish funksiyalari tanlov komissiyasiga yuklanadi.
11. Qatnashchilar tanlov komissiyasiga quyidagilardan iborat boʻlgan takliflarni taqdim etadilar:
ishtirok etish uchun buyurtmanoma;
qatnashchining soʻrovnomasi;
oʻquv adabiyoti konsepsiyasi (0,5 bosma toboqqacha), unda oʻquv kursining maqsadi va vazifalari, mazmuni va tuzilmasiga nazariy-metodologik yondashuv, oʻquv adabiyotining metodik apparatiga asos qilib olinadigan didaktik prinsiplar aks ettirilishi kerak;
oʻquv adabiyotining reja-prospekti (boʻlimlar va mavzular mazmunining tezisli bayoni, 1 bosma toboqqacha) va bitta bobning namuna matni.
12. Buyurtmanomalar taqdim etishning belgilangan muddati tugagandan keyin tanlov komissiyasi belgilangan kun va soatda buyurtmanomalar mavjud boʻlgan takliflarni ochadi.
13. Eʼlonda koʻrsatilgan oxirgi muddatdan keyin tushgan buyurtmanomalar tanlovga qoʻyilmaydi. Tanlovda ishtirok etish shartlariga va rasmiylashtirish qoidalariga muvofiq boʻlmagan buyurtmanomalar koʻrib chiqilmaydi.
14. Tanlov komissiyasi bayonnoma tuzadi, unda tushgan buyurtmanomalarni hamda zarur maʼlumotlar va hujjatlar mavjudligini roʻyxatdan oʻtkazadi. Bayonnomada:
tushgan buyurtmanomalar;
tanlovga qoʻyilgan qatnashchilar;
tanlov qatnashchilari tarkibiga kiritilmagan talabgorlar (ularning takliflari rad etilishining aniq sabablari koʻrsatilgan holda) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak.
15. Ishlab chiquvchi mualliflarning takliflarini ekspertizadan oʻtkazishni tashkil etish uchun tanlov komissiyasi tomonidan ilmiy va pedagogik jamoatchilik, olimlar, amaliyotchi oʻqituvchilar, metodistlar va talab etiladigan ixtisoslikning boshqa mutaxassislaridan iborat tarkibda tegishli fanlar boʻyicha ekspert guruhi tayinlanadi.
Tegishli fanlar boʻyicha ekspert guruhining shaxsiy tarkibi tanlov komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi. Ekspert guruhi aʼzolarining tarkibi oshkor qilinmaydi.
Ekspert guruhi ishlab chiquvchi mualliflarning taqdim etilgan takliflarini ularning kod raqamlari boʻyicha baholaydi va oʻzining asoslangan xulosalarini tanlov komissiyasiga kiritadi.
16. Buyurtmachining rahbarlari, tanlov komissiyasi va ekspert guruhlarining aʼzolari ishlab chiquvchi mualliflar boʻlishlari mumkin emas.
17. Tanlov komissiyasi ekspert guruhlarining xulosalari va tanlov hujjatlarida koʻrsatilgan mezonlar asosida 10 kun muddatda gʻoliblarni tanlab olish uchun taqdimnomalarni Hukumat komissiyasiga yuboradi.
Oʻquv adabiyotlari loyihalarini ishlab chiqish uchun mualliflar guruhini tanlash gʻoliblari toʻgʻrisidagi yakuniy qaror Hukumat komissiyasi tomonidan qabul qilinadi va qaror tegishli bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Tanlov natijalari toʻgʻrisidagi axborot Hukumat komissiyasi tomonidan tasdiqlangandan keyin 3 kun mobaynida ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Buyurtmachi Hukumat komissiyasining qarori asosida gʻoliblar bilan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq oʻquv adabiyotlari loyihalarini ishlab chiqish yuzasidan shartnoma tuzadi.
III. Yakuniy qoidalar
19. Buyurtmachi oʻquv adabiyotlari loyihasi ishlab chiqilishining muntazam nazorat qilinishini taʼminlaydi.
20. Oʻquv adabiyotlari loyihasini ishlab chiqish uchun buyurtma olgan gʻoliblar oʻquv adabiyotlari loyihasining sifati va ishlab chiqish muddatlari uchun javob beradilar.
Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi taʼlim muassasalari uchun darsliklar va oʻquv-metodik komplekslarni ishlab chiqish uchun mualliflar tarkibini tanlab olish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisida nizomga
ILOVA
ILOVA
Oʻquv adabiyotlari loyihasini ishlab chiqish uchun mualliflar tarkibini tanlab olish va tasdiqlash sxemasi
Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi taʼlim muassasalari uchun darsliklar va oʻquv-metodik komplekslarni tanlov asosida tanlab olish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom keyinchalik nashr etish uchun yangi avlod darsliklarni va oʻquv-metodik komplekslarni tanlab olish tanlovini oʻtkazish tartibini belgilaydi.
2. Darsliklar va oʻquv-metodik komplekslarga (keyingi oʻrinlarda oʻquv adabiyotlari deb yuritiladi) umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi taʼlim muassasalari uchun yaratiladigan darsliklar, qoʻshimcha oʻquv, metodik va maʼlumotnoma adabiyotlar kiradi.
3. Oʻquv adabiyotlarini tanlab olish tanlov asosida amalga oshiriladi, unda faqat mualliflar tarkibini tanlab olish gʻoliblari qatnashadi. Quyidagilar tanlov yoʻli bilan tanlab olishning maqsadi hisoblanadi:
Keyingi tahrirga qarang.
zamonaviylashtirilgan davlat taʼlim standartlari va oʻquv dasturlari talablariga muvofiq oʻquv adabiyotlari mazmunini takomillashtirish, ularning dizayni sifatini oshirish;
oʻquv adabiyotlari yaratish jarayonida raqobat muhitini shakllantirish, yosh mualliflar va mualliflar jamoalarini qoʻllab-quvvatlash.
4. Tanlov oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror Uzluksiz taʼlim tizimi uchun oʻquv dasturlari, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarini qayta koʻrib chiqish va yangilarini yaratish boʻyicha Hukumat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Hukumat komissiyasi deb yuritiladi) tomonidan qabul qilinadi.
5. Oʻquv adabiyotlarini tanlov asosida tanlab olish aʼzolari soni (kamida 9 kishi) toq boʻlgan, shaxsiy tarkibi esa Hukumat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan tanlov komissiyasi tomonidan oʻtkaziladi. Tanlov komissiyasi tarkibiga quyidagilar kiritiladi:
buyurtmachining — Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining yoki Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi (tegishliligiga koʻra) vakillari;
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining Respublika taʼlim markazi yoki Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimini rivojlantirish markazi mutaxassislari;
idoraviy mansub taʼlim muassasalariga ega boʻlgan boshqa vazirliklar va idoralarning vakillari;
Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti va boshqa tegishli ilmiy-tadqiqot taʼlim muassasalari xodimlari;
umumtaʼlim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining yetakchi amaliyotchi oʻqituvchilari;
Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi vakillari.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
II. Tanlov orqali tanlab olishni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish
6. Oʻquv adabiyotlarini tanlov orqali tanlab olishni tashkil etish va oʻtkazish ushbu Nizomga ilova qilinayotgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
7. Tanlov komissiyasi tanlov boshlanishidan 120 kun oldin ommaviy axborot vositalarida tanlov oʻtkazilishi toʻgʻrisida eʼlon beradi. Eʼlonda quyidagilar koʻrsatiladi:
ishlab chiqilishi moʻljallanayotgan oʻquv adabiyotlari roʻyxati;
tanlov takliflarini qabul qilish va tanlovni oʻtkazish muddatlari;
tanlov hujjatlarini va tanlov shartlari toʻgʻrisida qoʻshimcha axborotni olish uchun manzil, bogʻlaniladigan shaxslar va telefon raqamlari.
8. Tayyorgarlik koʻrish muddati, tanlov takliflarini qabul qilishning oxirgi sanasi va soati, shuningdek takliflarni ochish kuni va vaqti tanlov komissiyasi tomonidan belgilanadi, u tanlov hujjatlarini tayyorlash va tarqatishni tashkil etadi, talabgorlarga maslahatlar beradi, arizalarni qabul qiladi, tanlov takliflarining hisobga olinishini, saqlanishi va maxfiyligini taʼminlaydi.
9. Tanlov hujjatlari quyidagilardan iborat boʻladi:
tanlov orqali tanlab olishda qatnashish uchun beriladigan buyurtmanomaning namunaviy shakli;
ishlab chiqish moʻljallangan oʻquv adabiyotlari roʻyxati;
tanlov qatnashchisi uchun yoʻriqnoma;
tanlov takliflarini baholash mezonlari;
oʻquv adabiyotlarini nashr etish huquqini beruvchi shartnomaning namunaviy shakli.
10. Tanlov hujjatlari faqat talabgorlarga — mualliflar tarkibini tanlab olish tanlovi gʻoliblariga, oʻquv adabiyotlari loyihasini ishlab chiqish yuzasidan shartnoma tuzilgan shaxslarga yuboriladi.
11. Tanlov takliflarini tayyorlash davri ommaviy axborot vositalarida eʼlon berilgan yoki tanlov qatnashchisi rasmiy ravishda xabardor qilingan (taklif etilgan) sanadan boshlab kamida 120 kunni tashkil qiladi.
12. Talabgorlar tanlov taklifi sifatida qatnashish uchun buyurtmanoma, oʻquv adabiyotlarining qoʻlyozmasi yoki maketini taqdim etadilar.
13. Tanlov orqali tanlab olishda qatnashish uchun beriladigan buyurtmanomada quyidagilar koʻrsatiladi:
taklif etilayotgan oʻquv adabiyotining nomi;
umumiy maʼlumotlar hamda oʻquv adabiyotlari muallifi (mualliflari)ning tajribasi va kasb-malaka darajasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
muallifning pochta va elektron manzili (mavjud boʻlsa), telefoni va telefaksi (mavjud boʻlsa) raqamlari.
14. Tanlov takliflari qatnashchi uchun yoʻriqnomada nazarda tutilgan shartlar asosida ishlab chiqiladi, unda quyidagilar mavjud boʻlishi kerak:
tanlovga taqdim etilayotgan hujjatlarning roʻyxati va ularga qoʻyiladigan talablar;
oʻquv adabiyotini yaratish va rasmiylashtirishga qoʻyiladigan pedagogik va texnik talablar;
tanlov takliflari turkumini shakllantirish tartibotiga qoʻyiladigan talablar va uni tanlov komissiyasiga berish usullari;
tanlov orqali tanlab olish doirasida tuzilgan har qanday hujjatning maxfiyligiga izoh;
buyurtmanomalar va tanlov takliflarini qabul qilishning eng soʻnggi muddatlari;
tanlovni oʻtkazish tartibotlari tavsifi va muddatlari;
gʻolibni aniqlash va shartnoma tuzish tartibining tavsifi;
tanlov orqali tanlab olishga doir tushuntirishlar olish uchun manzil va bogʻlanish telefonlari.
15. Tanlov takliflari muhrlangan holda qabul qilinadi. Belgilangan muddatdan keyin taqdim etilgan takliflar koʻrib chiqilmaydi va konvertlar ochilmagan holda talabgorlarga qaytariladi.
Tanlov ishtirokchisi tomonidan tanlov takliflarining toʻliq boʻlmagan holda taqdim etilishi ham uning taklifi rad etilishi uchun asos boʻlishi mumkin.
16. Tanlov qatnashchisi tanlov takliflarini taqdim etishning soʻnggi sanasi va vaqtidan keyin oʻz taklifiga oʻzgartirishlar kiritishga yoki uni qaytarib olishga haqli emas.
III. Tanlov orqali tanlab olishni oʻtkazish shartlari
17. Buyurtmanomalar berishning belgilangan muddati tamom boʻlgandan keyin tanlov komissiyasi belgilangan kun va soatda tanlov takliflari joylangan konvertlarni ochadi.
Tanlov takliflari joylangan konvertlarni ochish tanlov komissiyasi aʼzolari va tanlovda qatnashayotgan oʻquv adabiyotlari mualliflari ishtirokida amalga oshiriladi.
18. Konvertlar ochilgandan keyin komissiya bayonnoma tuzadi, unda tushgan takliflarni hamda zarur maʼlumotlar va hujjatlar mavjud ekanligini qayd etadi. Bayonnomada quyidagilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak:
tushgan takliflar;
tanlovga qoʻyilgan qatnashchilar, ularning kod raqamlari;
tanlov qatnashchilari tarkibiga kiritilmagan talabgorlarning takliflari rad etilishining aniq sabablari koʻrsatilgan holdagi roʻyxati.
19. Oʻquv adabiyotlarini ekspertizadan oʻtkazish va baholashni tashkil qilish uchun tanlov komissiyasi tomonidan ilmiy va pedagogik jamoatchilik, olimlar, amaliyotchi oʻqituvchilar, metodistlar va muayyan ixtisoslikning boshqa mutaxassislaridan iborat tarkibda tegishli fan boʻyicha ekspert guruhi tayinlanadi. Ekspert guruhi aʼzolari tarkibi oshkor qilinmaydi.
20. Tanlovda qatnashayotgan oʻquv adabiyotlarini ekspert baholash komissiya tomonidan belgilangan muddatlarda, biroq 30 kalendar kundan ortiq boʻlmagan muddatda oʻtkaziladi.
21. Tanlov takliflarini baholash va tanlov gʻolibini aniqlash tanlov hujjatlarida koʻrsatilgan mezonlar asosida amalga oshiriladi.
Quyidagilar oʻquv adabiyotlarini baholashning asosiy mezonlari hisoblanadi:
oʻquv adabiyotlarining davlat taʼlim standartlariga, oʻquv rejalari va dasturlariga muvofiqlik darajasi;
taklif etilayotgan oʻquv materialining uzviyligi va izchilligi taʼminlanganligi darajasi, shuningdek predmetlararo aloqaning taʼminlanishi;
taklif etilayotgan oʻquv materialining ilmiy-pedagogik asoslanganligi;
predmetga milliy mustaqillik gʻoyalarining singdirilganligi darajasi;
oʻquv materialining taʼlim olayotganlarning psixologik va yosh xususiyatlariga, shuningdek ularning bilimlari darajasiga muvofiqligi;
bayon etish tilining ravonligi, taklif etilayotgan materialning koʻrgazmaliligi va rasmlar ilova qilinganligi;
nazariy materialning mashqlar, vazifalar va amaliy mashgʻulotlar bilan maqbul nisbati;
taklif etilayotgan maket dizaynining sifati.
22. Baholash mezonlari tafsilotlari tanlov komissiyasi tomonidan tanlov takliflari konvertlari ochilgunga qadar amalga oshiriladi. Tanlov paytida mezonlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
23. Tushgan oʻquv adabiyotini koʻrib chiqish va baholash toʻgʻrisidagi axborot maxfiy hisoblanadi va tanlab olish tartibotlariga rasman aloqador boʻlmagan shaxslarga maʼlum qilinmaydi. Komissiya va ekspert guruhi aʼzolari mazkur axborot oshkor qilinganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
24. Ekspert guruhi tanlov qatnashchilarining taqdim etilgan takliflarini ularning kod raqamlari boʻyicha baholaydi hamda oʻzining asoslangan xulosalarini tanlov komissiyasiga kiritadi.
Tanlov komissiyasi ekspert guruhlar xulosalari hamda tanlov hujjatlarida koʻrsatilgan mezonlar asosida 10 kun muddatda Hukumat komissiyasiga gʻoliblarni tanlab olish boʻyicha tavsiyanoma yuboradi.
gʻolibni aniqlash toʻgʻrisidagi uzil-kesil qaror Hukumat komissiyasi tomonidan qabul qilinadi, qaror tegishli bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
25. Tanlov yakunlari gʻolib aniqlangandan keyin 3 kundan kechikmay ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
26. Hukumat komissiyasi qarori asosida buyurtmachi bilan qoʻlyozma muallifi (mualliflar jamoasi) oʻrtasida oʻquv adabiyotlarini nashr etish toʻgʻrisida shartnoma imzolanadi.
Shartnoma Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga muvofiq tuzilishi va oʻquv adabiyotlarini ishlab chiqqanlik uchun moddiy ragʻbatlantirish, ularga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish, nizolarni hal etish shartlarini hamda shartnoma tuzishdagi boshqa majburiy shartlarni aks ettirishi zarur.
IV. Yakuniy qoidalar
27. Tanlovning har bir qatnashchisi mazkur Nizomda belgilangan tanlov asosida tanlab olishni oʻtkazish shartlariga rioya etilishi va natijalarning xolisligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
28. Tanlov asosida tanlab olishni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq nizolar Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq koʻrib chiqiladi.
Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi taʼlim muassasalari uchun darsliklar va oʻquv-metodik komplekslarni tanlov asosida tanlab olish toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
ILOVA
Oʻquv adabiyotlari loyihalarini tanlov asosida tanlab olishni tashkil etish va oʻtkazish sxemasi
Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi taʼlim muassasalari uchun darsliklar va oʻquv-metodik komplekslarni nashr etish yuzasidan tender savdolari oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom darsliklar va oʻquv-metodik komplekslarni nashr etish uchun davlat buyurtmasini joylashtirish yuzasidan tender savdolarini tashkil qilish va oʻtkazish tartibi va shartlarini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Mazkur Nizomning amal qilishi umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi taʼlim muassasalari uchun oʻquv adabiyotlari tanlovida tanlab olingan darsliklar va oʻquv-metodik komplekslarni nashr etishda tender savdolari oʻtkazishga tatbiq etiladi.
Darsliklar va oʻquv-metodik komplekslarga (keyingi oʻrinlarda oʻquv adabiyoti deb yuritiladi) darsliklar, qoʻshimcha oʻquv, metodik va maʼlumotnoma adabiyotlar kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻquv adabiyotini nashr etishda tender savdolari bir kontrakt boʻyicha 100 ming AQSH dollariga teng boʻlgan miqdordan oshmaydigan summaga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Bir kontrakt 100 ming AQSH dollariga teng boʻlgan miqdordan kam boʻlganda noshir raqobat takliflarini tanlash yoʻli bilan aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Xorijiy kreditlar mablagʻlari (grantlar) hisobiga oʻquv adabiyoti nashr etishda mazkur Nizomning talablari tavsiya xususiyatiga ega boʻladi va, agar xorijiy kreditlar va grantlarni berish shartlariga koʻra savdolarni oʻtkazishning oʻzgacha tartibi belgilangan boʻlsa, qoʻllanilishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Tender savdolarini oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror Uzluksiz taʼlim tizimi uchun oʻquv dasturlari, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarini qayta koʻrib chiqish va yangilarini yaratish boʻyicha Hukumat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Hukumat komissiyasi deb yuritiladi) tomonidan qabul qilinadi.
Nashr etish uchun tender savdolari faqat huquq egasiga ruxsatnoma mavjud boʻlishi sharti bilan Hukumat komissiyasining qaroriga muvofiq tanlovda tanlab olish gʻolibi deb eʼtirof etilgan oʻquv adabiyotiga eʼlon qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Quyidagilar tender savdolarining maqsadi hisoblanadi:
oʻquv adabiyotining texnik jihatdan bajarilishi sifatini oshirish va undan uzoq muddat foydalanilishini taʼminlash;
oʻquv adabiyotini nashr etish jarayonida raqobat muhitini yaratish, noshirlik va matbaa faoliyati bilan shugʻullanuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning tenderlarda ishtirok etishini kengaytirish va ragʻbatlantirish, shuningdek ularning teng huquqli ishtirok etishini taʼminlash, mazkur jarayonga kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarini jalb etish;
oʻquv adabiyotini nashr etishga yoʻnaltiriladigan davlat budjeti, budjetdan tashqari maqsadli jamgʻarmalar mablagʻlaridan foydalanish samaradorligini oshirish.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Oshkoralik, talablarning yagonaligi va qarorlar qabul qilishdagi xolislik hamda savdoning barcha qatnashchilari uchun teng raqobat shart-sharoitlari yaratish tender savdolarini tashkil etish va oʻtkazishning asosiy prinsiplari hisoblanadi.
8. Oʻquv adabiyoti nashr etishga tender savdolari mazkur Nizomga ilovaga muvofiq bir bosqichli ikki konvertli tartib-qoida boʻyicha axborotnoma ochiq eʼlon qilinishi yoʻli bilan oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
II. Tender savdolarining qatnashchilari
9. Buyurtmachi, tender komissiyasi, tender savdolarining tashkilotchisi va oferentlar tender savdolarining asosiy qatnashchilari hisoblanadi.
10. Buyurtmachi (Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi yoki Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi):
rasmiy farmoyish beruvchi hujjat (buyruq) chiqargan holda tender oʻtkazish shakli, turi, sanasi, joyi va shartlarini belgilaydi;
oʻquv adabiyotining boshlangʻich qiymatini mustaqil ravishda yoki ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni jalb etgan holda belgilaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
talabgorlarning malakasiga qoʻyiladigan asosiy talablarni, oʻquv adabiyotiga qoʻyiladigan maxsus va texnik talablarni belgilaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
tender hujjatlari ishlab chiqilishi nazorat qilinishini taʼminlaydi va ularni tasdiqlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
tender savdolarining gʻolibi bilan kontrakt tuzadi.
11. Tender komissiyasi oʻquv adabiyotini nashr etishga davlat buyurtmasini joylashtirish uchun tender savdolarini oʻtkazish boʻyicha doimiy organ hisoblanadi. Komissiyaning son tarkibi aʼzolarning toq sonidan, qoidaga koʻra, kamida 11 kishidan iborat boʻladi. Buyurtmachining rahbari yoki uning oʻrinbosarlaridan biri komissiya raisi hisoblanadi. Hukumat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan komissiya tarkibiga:
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining (tender Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi tomonidan oʻtkazilgan taqdirda);
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi yoki Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining (mansubliligiga koʻra);
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankining;
kitob nashr etish sohasidagi mustaqil ekspert tashkilotlarining vakillari majburiy tartibda kiritiladi.
Buyurtmachining yoki uning idoraviy mansub korxonalari va tashkilotlarining vakillari soni tender komissiyasi umumiy tarkibining 30 foizidan oshmasligi kerak.
12. Tender komissiyasi:
tender oʻtkazish tartib-qoidalarini belgilaydi;
tender takliflarini baholash mezonlarini tasdiqlaydi;
tender takliflarini qabul qilishning oxirgi kuni va vaqtini, konvertlarni ochish vaqti va joyini belgilaydi;
tegishlicha rasmiylashtirgan holda tender savdolarini oʻtkazadi;
takliflar bildirilgan konvertlarni ochadi, ularning tender hujjatlari bilan belgilangan talablarga (taqdim etilgan hujjatlarning toʻliqligi, ularning rasmiylashtirilishi va hokazo) muvofiqligini tekshiradi;
baholash guruhi jalb etiladigan mustaqil ekspertlar yoki maslahatchilar ishini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
tender qatnashchilaridan tushgan takliflar boʻyicha Hukumat komissiyasiga xulosa kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Tender savdolarining tashkilotchisi (buyurtmachining taklifiga koʻra tender komissiyasi tomonidan tayinlanadigan ishchi guruh yoki buyurtmachi tomonidan shartnoma asosida jalb etiladigan konsalting kompaniyasi):
tender hujjatlari ishlab chiqilishini taʼminlaydi va ularni talabgorlarga taqdim etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
tender oʻtkazilishi toʻgʻrisida eʼlon beradi va potensial talabgorlarga taklifnomalar yuborilishini taʼminlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
tender takliflarini baholash mezonlari ishlab chiqilishini taʼminlaydi;
arizalar va tender takliflarini qabul qiladi, ularning hisobga olinishi va maxfiyligini taʼminlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
tender takliflarining asl nusxalarini konvertlarni ochish va tender oʻtkazish uchun tender komissiyasiga taqdim etadi.
Savdolarni tashkil etish uchun konsalting kompaniyasi jalb etilgan taqdirda tender savdolari tashkilotchisining huquq va majburiyatlari uning bilan buyurtmachi oʻrtasida tuziladigan shartnomada belgilanadi.
14. Ekspertizani tashkil etish va tender takliflarini baholash uchun tender komissiyasi tomonidan baholash guruhi tayinlanadi. Baholash guruhi tender komissiyasi aʼzolaridan yoki oʻquv adabiyotini nashr etish va kitob nashri texnologiyasi sohasidagi vakolatli kamida besh mutaxassisdan iborat tarkibdagi mustaqil ekspertlar (maslahatchilar)dan tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Baholash guruhining shaxsiy tarkibi tender komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi va tender savdolari tugallangunga qadar maxfiy axborot hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Baholash guruhi:
tender takliflarini oʻrganadi, tahlil qiladi va koʻrib chiqadi;
tender hujjatlarida koʻrsatilgan mezonlarga muvofiq ballar qoʻyadi;
eng yaxshi tender taklifini aniqlaydi va savdo gʻolibini aniqlash va tasdiqlash uchun tender komissiyasiga xulosa kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, nashriyot-matbaa faoliyatida tajribaga ega boʻlgan ham mamlakatimizning tashkilotlari, ham xorijiy tashkilotlar tender savdolarining oferentlari – qatnashchilari boʻlishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Savdolarda ishtirok etishga:
tender savdolari eʼlon qilingan sanada roʻyxatdan oʻtkazish paytidan boshlab oʻz faoliyatini 6 oydan kam muddatda amalga oshirayotgan;
ilgari tuzilgan kontraktlar boʻyicha qabul qilingan majburiyatlarni zarur tarzda bajarmagan;
qayta tashkil etish (boʻlish, qoʻshish va hokazo), tugatish yoki bankrotlik bosqichida turgan;
sud yoki hakamlik muhokamasi holatida turgan tashkilotlar, korxonalar va yakka tartibdagi tadbirkorlar qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Tender komissiyasi aʼzolaridan kimgadir bevosita tashkiliy-huquqiy yoki moliyaviy bogʻliq boʻlgan tashkilotlar savdo qatnashchilari boʻlishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Tender savdolari qatnashchilari:
Keyingi tahrirga qarang.
tender takliflarini tayyorlaydilar va savdo tashkilotchisiga taqdim etadilar;
ularning faoliyatini va moliyaviy holatini baholash uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha axborotni taqdim etadilar (tender komissiyasining soʻroviga koʻra);
tender takliflarini tayyorlash va taqdim etish davomida sarflangan barcha moliyaviy xarajatlarni oʻz manbalaridan qoplaydilar;
Keyingi tahrirga qarang.
tender savdolarida gʻolib chiqqan taqdirda buyurtmachi bilan kontrakt tuzadilar.
III. Tender hujjatlari
21. Tender komissiyasi quyidagilarni oʻz ichiga oluvchi tender hujjatlari ishlab chiqilishini tashkil etadi, tender savdolarining tashkilotchisi esa ularning ishlab chiqilishini taʼminlaydi:
tender savdolari qatnashchilari uchun yoʻriqnoma;
qatnashchilarga qoʻyiladigan malaka talablari;
nashr etiladigan oʻquv adabiyotlarining roʻyxati, texnik talablari va oʻziga xosligi;
tender taklifining shakli;
kontrakt proformasi.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Tender savdolari qatnashchisi uchun yoʻriqnomada quyidagilar mavjud boʻladi:
Keyingi tahrirga qarang.
tushuntirish olish mumkin boʻlgan savdo tashkilotchisi vakilining manzili va bogʻlanish telefonlari koʻrsatilgan holda tenderda ishtirok etishga taklifnoma;
tender savdolarida qatnashish uchun talabgorlarning buyurtmanomalari shakli namunasi;
rasmiylashtirish tartibi, shu jumladan tender taklifi tuzilishi kerak boʻlgan til, shuningdek viza qoʻyishga va nusxalar soniga qoʻyiladigan talablar;
Keyingi tahrirga qarang.
tender taklifi tender komissiyasiga taqdim etilgandan keyin unga oʻzgartirishlar kiritish va uni rasmiylashtirish tartibi;
narx boʻyicha koʻrsatma;
takliflarni tender komissiyasiga berish tartibiga qoʻyiladigan talablar;
tender taklifining amal qilish muddati;
qayd etilgan vaqt mobaynida tender qatnashchisi taklifiga javob berilmasligini kafolatlovchi tender taklifiga kafolat miqdori, uni qoʻyish tartibi va qaytarish tartibi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
tender hujjatlari talablariga asoslangan taklif bilan birgalikda savdo qatnashchilariga qarshi takliflar berish imkoniyati toʻgʻrisidagi axborot;
Keyingi tahrirga qarang.
takliflar bildirilgan konvertlarni ochish tartib-qoidasi tavsifi, ularni baholash va tender gʻolibini aniqlash muddatlari;
tender takliflarini baholash mezonlari;
oʻtkazilayotgan savdo doirasida tuziladigan hujjatlarning maxfiyligiga izoh.
23. Talabgorlarga tenderda qatnashish uchun quyidagi malaka talablari qoʻyiladi:
shartnoma tuzishga fuqarolik huquqiy layoqati va vakolatlari (qatnashchining roʻyxatdan oʻtkazilganligi va sud majburiyatlari mavjudligi toʻgʻrisidagi axborot hamda faoliyatning mazkur turini amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar);
Keyingi tahrirga qarang.
talabgorning ustav sarmoyasi miqdori va moliyaviy holatining boshqa koʻrsatkichlari (belgilangan tartibda tasdiqlangan);
ishlab chiqarish bazasi, davlat buyurtmasining butun hajmini bajarish uchun zarur boʻlgan mehnat resurslari va malakali mutaxassislar mavjudligi;
oʻquv adabiyotini nashr etish uchun moʻljallangan qiymatning kamida 20 foizi miqdorida boʻsh aylanma mablagʻlar mavjudligi yoki koʻrsatib oʻtilgan mablagʻlarni berishga bankning ishonch xati;
Keyingi tahrirga qarang.
kitob, shu jumladan oʻquv adabiyoti nashr etishga doir ish tajribasi;
tender savdolariga qoʻyilgan oʻquv adabiyotini nashr etishning prognozlashtirilayotgan hajmi (faqat oʻz kuchlari bilan nashr etilishi mumkin boʻlgan hajm, foizlarda).
Keyingi tahrirga qarang.
Tender savdolarida qatnashish uchun talabgorga buyurtmachi tomonidan belgilanadigan, biroq talabgorlarning oʻz tijorat siri muhofaza qilinishi huquqini buzmaydigan boshqa talablar ham qoʻyilishi mumkin.
24. Nashr etiladigan oʻquv adabiyotlarining roʻyxati, texnik talablari va oʻziga xosligi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
nomi va nusxasi;
tuzilma va maketga qoʻyilgan talablar;
qogʻoz formati va sifati, boʻyoqlarning hajmi va soni, materiallar va matbaaning sifati;
nashr etilayotgan oʻquv adabiyotining yuqori sifati va uzoq muddat foydalanilishini taʼminlashga koʻmaklashadigan boshqa texnologik talablar.
25. Tender taklifi:
Keyingi tahrirga qarang.
texnik taklif;
tijorat taklifi;
vakilga berilgan ishonchnoma;
majburiyatlar bajarilishini taʼminlash shakllari;
oʻquv adabiyotini nashr etish jadvalidan iborat boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Tender hujjatlari, shu jumladan tender takliflarini oʻrab joylash va markalashga qoʻyiladigan talablar, takliflarni texnik va moliyaviy baholash mezonlari tender komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi va tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
27. Kontrakt proformasi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq tuziladi va oʻquv adabiyotini nashr etish shartlari, narxi va jadvalini, xizmatlarning manbalari va haq toʻlash shaklini, toʻlovlar shartlari va jadvalini, tomonlarning majburiyatlarini, nizolarni hal etish tartibini, shuningdek bitishuvlar tuzishda majburiy boʻlgan boshqa shartlar va holatlarni oʻz ichiga olishi kerak.
Kontrakt proformasini tuzishda buyurtmachi yoki tender savdolari tashkilotchisi shartnoma asosida ixtisoslashtirilgan konsalting kompaniyalariga maslahat soʻrab murojaat qilishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
28. Takliflarni taqdim etish muddati tamom boʻlgunga qadar tender savdolari tashkilotchisi tender hujjatlarini sotib olgan talabgorlarni darhol ular toʻgʻrisida maʼlum qilib, taklifga tuzatish kiritish uchun yetarli boʻlgan vaqt bergan holda uning muddatini uzaytirib tender hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishga haqlidir.
29. Tender savdolari tashkilotchisi talabgorning soʻroviga koʻra tender takliflarini taqdim etishning soʻnggi muddatidan kamida 10 kun oldin soʻrov manbaini koʻrsatmagan holda tender savdolarining barcha qatnashchilariga majburiy tartibda javob yuborib tender hujjatlarining mohiyati yoki mazmuni bilan bogʻliq savolga yozma javob berishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
30. Tender komissiyasi, savdo tashkilotchisi va talabgorlar oʻrtasida xabar, bildirishnoma va boshqa axborotni ayirboshlash yozma shaklda amalga oshiriladi.
IV. Tender savdolarini oʻtkazish tartibi va shartlari
31. Ommaviy axborot vositalarida tender savdolari oʻtkazish toʻgʻrisida rasmiy eʼlon berilgan sana yoki talabgorga pochta (sana pochta shtempeli boʻyicha aniqlanadi), telefaks yoki boshqa shaklda qatnashish uchun rasmiy bildirishnoma (taklifnoma) yuborilgan sana savdo ochilgan sana hisoblanadi.
32. Tender savdolari toʻgʻrisidagi eʼlon markaziy va boshqa eng koʻp tarqalgan yoxud ixtisoslashtirilgan gazeta va jurnallarda tender takliflari bildirilgan konvertlar rasmiy ochilishidan kamida 30 kun oldin eʼlon qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
33. Eʼlonda quyidagilar koʻrsatiladi:
buyurtmachining nomi va manzili;
davlat buyurtmasini shakllantirish manbalari;
nashr etish moʻljallangan oʻquv adabiyotining nomi va nusxasi;
Keyingi tahrirga qarang.
talabgorlarga qoʻyiladigan asosiy shartlar va talablar;
tender hujjatlari olinadigan joy (tender savdolari tashkilotchisining manzili, aloqa telefoni va telefaksi);
tender hujjatlari uchun haq toʻlash qiymati va tender taklifi berishda tender qatnashchisi uchun zakalat summasi;
Keyingi tahrirga qarang.
zakalat summasini va tender hujjatlari uchun haq toʻlash shartlari, ularni toʻlash uchun bank rekvizitlari;
tender hujjatlarini taqdim etish joyi, oxirgi muddati (kun va soat koʻrsatilgan holda);
tender takliflari bildirilgan konvertlarni ochish joyi, kuni va vaqti.
34. Tender savdolarida qatnashish istagini bildirgan talabgorlar eʼlon berilgandan keyin savdo tashkilotchisidan tender hujjatlarini oladilar.
Tender hujjatlari uchun toʻlov miqdori buyurtmachi tomonidan tender hujjatlarini ishlab chiqish, nusxasini koʻpaytirish va tarqatish boʻyicha mehnatga haq toʻlash qiymatidan kelib chiqib belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
35. Tender takliflari tender hujjatlariga qoʻyiladigan talablarga muvofiq ishlab chiqiladi va bir paketga solingan ikki konvertda taqdim etiladi:
birinchi konvert texnik taklif hisoblanadi va qatnashchining malakasi va moliyaviy holatini tasdiqlovchi hujjatlardan, zakalat toʻlanganligini tasdiqlovchi bank hujjatlaridan (nashr etilayotgan oʻquv adabiyotining hisoblangan qiymatining bir foizidan besh foizigacha tender komissiyasi tomonidan belgilanadigan miqdorda), oʻquv adabiyoti maketidan iborat boʻladi;
ikkinchi konvert tijorat taklifi hisoblanadi va narx takliflarini, boʻlishi mumkin boʻlgan chegirmalarni, taklif etilayotgan jadvalni va oʻquv adabiyotini nashr etish muddatlarini oʻz ichiga oladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
36. Tashqi paketda qatnashchining nomi va manzili, tender savdosi tashkilotchisining nomi va manzili, taklifnomaning tartib raqami yozilishi kerak. Ichki konvertda qatnashchining nomi va manzili, tender savdosi tashkilotchisining nomi va manzili, nashr etish taklif etilayotgan oʻquv adabiyotining nomi va taklifnomaning tartib raqami koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
37. Tender taklifining tegishli ravishda “Asl nusxa” va “Nusxa” soʻzlari bilan belgi qoʻyilgan, talabgorning imzosi va muhri bilan tasdiqlangan asl nusxasi va nusxasi tender savdolari tashkilotchisiga muhrlangan shaklda yuboriladi.
38. Tender taklifining amal qilish muddati tender hujjatlarida belgilanadi.
Qatnashchilar oʻzlarining tender takliflarini ularni taqdim etishning oxirgi kuni va vaqti tamom boʻlgunga qadar qaytarib olishlari mumkin. Taqdim etish muddati tamom boʻlgandan keyin tushgan tender taklifi koʻrib chiqilmaydi va konvertlar ochilmasdan savdo qatnashchisiga qaytariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
39. Tender takliflarini taqdim etish sanasi tender savdolari tashkilotchisining pochta bildirishnomasi olinganligi toʻgʻrisidagi belgisi yoki chopar bilan yuborilgan tender takliflari roʻyxatdan oʻtkazilgan sana boʻyicha aniqlanadi.
40. Tender takliflari berishning belgilangan muddati tamom boʻlgach belgilangan kun va soatda komissiya tender takliflari bildirilgan tashqi paketni va texnik takliflar bildirilgan birinchi konvertni ochadi.
Paketlar va texnik takliflar bildirilgan konvertlar hozir boʻlish istagini bildirgan tender qatnashchilari yoki ularning toʻlaqonli vakillari hozirligida ochiladi.
Tijorat takliflari bildirilgan takliflar muhrlangan shaklda qoladi va navbatdagi majlisgacha tender savdolari tashkilotchisining temir sandigʻida saqlanadi. Ikkinchi konvertdagi hujjatlarning saqlanishi uchun tender savdolari tashkilotchisi javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
41. Paket va birinchi konvert ochilgandan keyin savdo qatnashchilarining nomlari oʻqiladi, savdo shartlari va tartib-qoidalariga rioya qilish, tegishli hujjatlar mavjudligi tekshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
42. Hujjatlar paketida tender hujjatlariga qoʻyiladigan talablar buzilganligi aniqlangan taqdirda, hujjatlar ularning mazmuni eʼlon qilinmasdan qatnashchiga qaytariladi.
Tender komissiyasi, ular boshqa qatnashchilarning reytingiga taʼsir koʻrsatmasa va ularga yoʻl qoʻygan tender savdosi qatnashchisiga ustunliklar bermasa, tender hujjatlarining eʼlon qilingan shartlarga nomuvofiqligini yoki tender takliflarini rasmiylashtirishdagi noaniqliklarni eʼtiborga olmasligi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
43. Tender komissiyasi majlisining natijalari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomada savdo qatnashchilari tomonidan eʼtirof etilgan tashkilotlar sanab oʻtiladi. Shakl boʻyicha taqdim etilmagan va savdolarga qoʻyilmagan takliflar bayonnomada ular rad etilishining sabablari koʻrsatilgan holda alohida sanab oʻtiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
44. Tender komissiyasi majlisining natijalari toʻgʻrisidagi axborot hozir boʻlmagan talabgorga yozma shaklda yetkaziladi. Tender takliflari bildirilgan konvertlarni ochish toʻgʻrisidagi bayonnoma ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinmaydi.
45. Texnik takliflar oʻrganish, tahlil etish va baholash uchun baholash guruhiga beriladi. Takliflarni baholashda qatnashchining malakasi va moliyaviy ahvoli, oʻquv adabiyoti namunalari parametrlarining buyurtmachi tomonidan belgilangan texnik talablar va oʻziga xosliklarga muvofiqligi majburiy tartibda eʼtiborga olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
46. Takliflarni baholash tender komissiyasi tomonidan belgilangan har bir baholash mezoni boʻyicha ballar qoʻyish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Savdo qatnashchilari yoki ularning vakillari tender takliflarini baholashda hozir boʻlishga haqli emas.
Keyingi tahrirga qarang.
47. Baholash davomida tender komissiyasi tushuntirishlar olish uchun qatnashchilarga yozma ravishda murojaat qilish, ulardan qoʻshimcha maʼlumotlar va tasdiqnomalar olish huquqiga ega boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
48. Qatnashchining malaka maʼlumotlari toʻgʻrisida ishonchsiz axborot aniqlangan taqdirda tender komissiyasining qarori bilan talabgor tender savdolari tartibotida bundan keyin ishtirok etishdan chetlashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
49. Takliflari maqbul deb eʼtirof etilgan qatnashchilar tijorat takliflarini baholashga qoʻyiladilar. Texnik takliflarni baholash shartlariga koʻra oʻtmagan qatnashchilar bundan keyin tenderda qatnashishdan chetlatiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
50. Tender komissiyasi tomonidan tijorat takliflarini baholashga qoʻyilgan qatnashchilar roʻyxati maʼqullangandan keyin belgilangan manzil boʻyicha, koʻrsatilgan kun va soatda tijorat takliflari bildirilgan konvertlar koʻpchilikning oldida ochiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
51. Ikkinchi paketga solingan barcha talab qilinadigan hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda tender komissiyasi ularni ekspertiza qilish va baholash uchun baholash guruhiga beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
52. Baholash guruhi taklif etilayotgan qiymatni (narxni), kafolat majburiyatlari shartlarini, ishlarni bajarish muddatlari va tartibini, qatnashchilarning boshqa tijorat va tashkiliy ustunliklarini koʻrib chiqadi.
Keyingi tahrirga qarang.
53. Tender takliflarini baholashning umumiy davri tender komissiyasi tomonidan belgilanadi va u takliflar bildirilgan konvertlar rasman ochilgan paytdan boshlanadi va 30 kalendar kundan ortiq boʻlishi mumkin emas.
54. Tender takliflarini baholash va savdo gʻolibini aniqlash tender komissiyasi tomonidan uning majlisi boshlangunga qadar tasdiqlangan mezonlar asosida amalga oshiriladi. Tanlov paytida mezonlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi.
55. Tushgan takliflarning koʻrib chiqilishi va ularning tender komissiyasi va baholash guruhi aʼzolari tomonidan baholanishi toʻgʻrisidagi axborot maxfiy hisoblanadi hamda tanlov tartib-qoidasiga rasman aloqador boʻlmagan shaxslarga maʼlum qilinmaydi. Tender komissiyasi va baholash guruhi aʼzolari mazkur axborot oshkor qilinganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
56. Tender hujjatlarini tekshirish chogʻida aniqlangan arifmetik xatolar mavjud boʻlgan taqdirda tender komissiyasi:
talabgorga tender taklifiga tuzatish kiritish imkoniyatini berishi;
Keyingi tahrirga qarang.
takliflarni baholashda, agar oʻquv adabiyoti birligi narxi bilan birlik narxi va sonini koʻpaytirish natijasida olingan yakuniy narx oʻrtasida nomuvofiqlik mavjud boʻlsa, oʻquv adabiyoti birligi narxi ustunlik qiladigan, umumiy narxga tuzatish kiritiladigan qaror qabul qilishi mumkin. Agar soʻzlar bilan yozilgan summa bilan raqamda koʻrsatilgan summa oʻrtasida nomuvofiqlik mavjud boʻlsa, u holda soʻzlar bilan yozilgan summa ustunlik qiladi.
57. Texnik va tijorat takliflarini baholash yakunlari yigʻindisi boʻyicha tender taklifi eng koʻp ball olgan qatnashchi savdoning gʻolibi deb eʼlon qilinadi. Ballarning yakuniy yigʻindisi teng boʻlgan taqdirda eng kam narx takliflarini taklif etgan qatnashchiga ustunlik beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
58. Yakun chiqarish va savdoning gʻolibi toʻgʻrisidagi qaror tender komissiyasi tomonidan qabul qilinadi. Gʻolibni tanlashda baholash guruhining xulosalari natijalariga va tender komissiyasi aʼzolarining yakka tartibdagi xulosasiga asoslaniladi. Qaror tender komissiyasi aʼzolari umumiy sonining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda, tender komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
59. Tender komissiyasining yakuniy bayonnomasida gʻolib va zaxiradagi qatnashchilar, tender komissiyasi tarkibi, baholash guruhining xulosasi, qatnashchilarning tender takliflari yigʻma jadvali va gʻolib bilan kontrakt imzolashning moʻljallanayotgan muddatlari toʻgʻrisidagi axborot mavjud boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Bayonnoma hozir boʻlgan aʼzolar tomonidan imzolanishi va tender komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Tender komissiyasi gʻoliblar aniqlangan kundan boshlab 10 kun mobaynida natijalarni tasdiqlash uchun Hukumat komissiyasiga yuboradi.
Gʻolibni aniqlash toʻgʻrisidagi qaror Hukumat komissiyasi tomonidan qabul qilinadi va tegishli bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
60. Tender savdolari tashkilotchisi tender savdolari gʻolibiga savdo yakunlangandan keyin uch kundan kechikmay yozma bildirishnoma yuboradi va yakunlarini ommaviy axborot vositalarida eʼlon qiladi.
61. Buyurtmachi va tender savdolari gʻoliblari oʻrtasidagi kontrakt tender savdolari gʻolibi bildirishnomani olgan kundan boshlab oʻn kun muddatda tuziladi.
62. Agar tender savdolari gʻolibi kontrakt tuzishni rad etsa yoki belgilangan muddatda kontraktni bajarish uchun kafolat bermasa, u holda buyurtmachi tender komissiyasi bilan birgalikda taklifi ikkinchi bahoni olgan qatnashchini tender savdolari gʻolibi deb eʼtirof etishi yoki takroriy tender savdolari oʻtkazishni tayinlashi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
V. Yakuniy qoidalar
63. Tender komissiyasi majlisini oʻtkazish uchun kvorum uning aʼzolarining kamida uchdan ikki qismini tashkil etadi. Agar tender komissiyasi majlisida komissiya raisi va uning oʻrinbosari qatnashmasa yoxud kvorum mavjud boʻlmasa tender komissiyasi majlisi huquqiy vakolatli hisoblanmaydi.
64. Quyidagi hollarda, agar:
tender takliflarini taqdim etishning eng oxirgi muddatigacha faqat bitta taklif tushsa;
barcha tender takliflari tender hujjatlariga qoʻyiladigan talablarga muvofiq boʻlmasa;
barcha tender takliflarida tender hujjatlari shartlari bilan talab qilinadigan hujjatlar mavjud boʻlmasa;
barcha qatnashchilarning taklif etgan narxlari oʻquv adabiyotining boshlangʻich qiymatidan ancha yuqori boʻlsa, tender savdolari boʻlib oʻtmagan deb eʼlon qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
65. Tender savdolarining boʻlib oʻtmagan deb eʼlon qilinishi savdo qatnashchilaridan biron-birining mulkiy yoki boshqa javobgarligiga olib kelmaydi.
66. Agar tender savdolari boʻlmagan deb eʼtirof etilsa, takroriy tender savdolari oʻtkaziladi, unda tender hujjatlari shartlarini qayta koʻrib chiqishga yoʻl qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
67. Zakalat:
tender savdolari gʻolibiga — kontrakt bajarilishining talab etiladigan taʼminlanishi (kafolati) taqdim etilishi boʻyicha kontrakt tuzilgandan keyin;
qolgan qatnashchilarga — tender savdolari gʻolibi bilan kontrakt tuzilgandan keyin, biroq tender takliflari amal qilishi muddatidan kechikmay;
oʻz taklifini taklifni taqdim etishning oxirgi kuni va vaqti tamom boʻlgunga qadar qaytarib olgan qatnashchiga qaytariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Zakalat qaytarish uchun asoslar paydo boʻlgan paytdan boshlab besh kun mobaynida qaytariladi.
68. Zakalat:
taklifni taqdim etishning oxirgi kuni va vaqti tamom boʻlgandan keyin oʻz taklifiga oʻzgartirish kiritgan yoki uni qaytarib olgan qatnashchiga;
taklifi amal qilishi davrida oʻz taklifini qaytarib olgan, tender hujjatlarida belgilangan shartlarda kontrakt tuzishni yoki kontrakt bajarilishining talab etiladigan taʼminlanishini (kafolatini) taqdim etishni rad etgan tender savdolari gʻolibiga qaytarilmaydi.
69. Savdolarning har bir qatnashchisi mazkur Nizom bilan belgilangan tender savdolarini oʻtkazish qoidalari va tartibotlariga rioya etilishi hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda natijalarning xolisligi uchun javob beradi.
70. Tender savdolari oʻtkazilishi munosabati bilan paydo boʻladigan nizolar va kelishmovchiliklar Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi.
Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi taʼlim muassasalari uchun darsliklar va oʻquv-metodik komplekslarni nashr etish yuzasidan tender savdolari oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomga
ILOVA
ILOVA
Oʻquv adabiyotini nashr etish huquqi uchun tender savdolari oʻtkazish sxemasi
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 47-con, 485-modda; 2005-y., 32-33-son, 251-modda; 2009-y., 13-son, 142-modda; 2010-y., 17-son, 130-modda; 2013-y., 22-son, 281-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2017-y., 09/17/992/0426-son; 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son; 26.01.2021-y., 07/21/4963/0064-son; 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)