16.11.2004 yildagi 542-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“OʻZBEKTOʻQIMACHIMASH” ISHLAB CHIQARISH BIRLASHMASINI TUGATISH MASALALARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbektoʻqimachimash” ishlab chiqarish birlashmasining moliyaviy ahvoli uzoq vaqtdan buyon qoniqarsiz ahvoldaligi, kreditorlik qarzlarining katta miqdordaligi, korxonani iqtisodiy nochor ahvoldan chiqarishning strategik rejasi yoʻqligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasining “Oʻzbektoʻqimachimash” ishlab chiqarish birlashmasi davlat korxonasini tugatish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 12-apreldagi 62-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tugatish komissiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbektoʻqimachimash” ishlab chiqarish birlashmasini tugatish, shu jumladan ekologiya jihatidan zararli ishlab chiqarishlarni, birinchi navbatda choʻyan quyish bilan bogʻliq ishlab chiqarishlarni demontaj qilish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxona mol-mulki xatlovdan oʻtkazilishini va qoʻriqlanishini taʼminlash, shuningdek tugatish komissiyasining tashkilotlar, mehnat jamoasi, debitorlar va kreditorlar oldidagi manfaatlarini ifodalash uchun tugatish boshqaruvchisini tayinlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditorlarni aniqlasin va tugatish vaqtidagi vujudga kelgan kreditorlik qarzlarning qaytarilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oraliq tugatish balansini tasdiqlasin, unda tugatilayotgan korxona mol-mulkining tarkibi, kreditorlar tomonidan qoʻyilgan talablar roʻyxati, shuningdek ularni koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aks ettirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotiladigan mol-mulk va obyektlar roʻyxatini aniqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yengil sanoat korxonalari uchun ehtiyot qismlar, uzellar va butlovchi buyumlar ishlab chiqarish, shuningdek tayyor tikuvchilik va trikotaj buyumlari ishlab chiqarish boʻyicha qoʻshma korxonalar tashkil etish imkoniyati mavjud boʻlgan obyektlar (binolar va inshootlar) roʻyxatini aniqlasin. Belgilansinki, ushbu obyektlar “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi balansiga bepul oʻtkaziladi va daromad soligʻi solish obyekti hisoblanmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqorida koʻrsatib oʻtilgan roʻyxatga kirmagan obyektlar (binolar va inshootlar) negizida isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish boʻyicha ekologiya jihatidan toza boʻlgan bir qator korxonalar tashkil etish yuzasidan uch oy muddatda takliflar ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi bilan birgalikda uch oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻqimachilik asbob-uskunalari va mashinalari ishlab chiqaruvchi, respublika yengil sanoati korxonalarini zamonaviylashtirish va texnika bilan qayta jihozlashda qatnashuvchi yetakchi xorijiy ishlab chiqaruvchilar bilan hozirgi vaqtda import boʻyicha sotib olinayotgan ehtiyot qismlar, uzellar va butlovchi buyumlar ishlab chiqaradigan qoʻshma korxonalar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika yengil sanoati uchun asbob-uskunalarni taʼmirlash boʻyicha oʻquv va servis markazlari tashkil etish yuzasidan takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Hozirgi vaqtda “Oʻzbektoʻqimachimash” ishlab chiqarish birlashmasi egallab turgan hududlarning bir qismi kelgusida sogʻlomlashtirish-sanitariya zonasi tashkil etish uchun Toshkent shahar hokimligi balansiga oʻtkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bilan kelishgan holda tugatilayotgan “Oʻzbektoʻqimachimash” ishlab chiqarish birlashmasi hududining bir qismi belgilangandan va berilgandan keyin uch oy muddatda bino va inshootlarning buzilishini taʼminlasin hamda sogʻlomlashtirish va sanitariya zonasini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilab qoʻyilsinki, tugatilayotgan “Oʻzbektoʻqimachimash” ishlab chiqarish birlashmasining mol-mulkini sotish faqat tugatish komissiyasi qaroriga binoan quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asbob-uskunalar, inventarlar, xom ashyo va materiallar, tayyor mahsulotlar zaxiralari hamda boshqa moddiy boyliklar koʻchmas mulk birjasi orqali, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sotiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bino va inshootlar tender asosida potensial investorlarga, tugatish komissiyasi tomonidan belgilangan tarkibiy oʻzgartirish rejasiga muvofiq sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilansinki, tugatilayotgan “Oʻzbektoʻqimachimash” ishlab chiqarish birlashmasining mol-mulkini sotishdan tushgan mablagʻlar tugatish ishlari boʻyicha xarajatlarni qoplashga hamda korxonaning kreditorlik qarzlarini bankrotlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan navbat boʻyicha toʻlashga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tugatish komissiyasi bilan birgalikda “Oʻzbektoʻqimachimash” ishlab chiqarish birlashmasining tugatilishi munosabati bilan boʻshab qoladigan xodimlarni ishga joylashtirish chora-tadbirlarini koʻrsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 16-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
542-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 45-46-son, 471-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)