Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat boshqaruvi hududiy organlari tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2004-yil 5-yanvardagi 2-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2004-yil 9-noyabr,
531-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Shaharlar va tumanlar hokimliklari apparati tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1997-yil 30-sentabrdagi 459-son qarorida:
a) 9b-ilovada:
ilova nomidagi “va statistika” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“Hokim oʻrinbosari — boʻlim boshligʻi” soʻzlari “Boʻlim boshligʻi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“15” va “14” raqamlari tegishli ravishda “14” va “13” raqamlari bilan almashtirilsin;
b) 10b-ilovada:
ilova nomidagi “va statistika” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“Hokim oʻrinbosari — boʻlim boshligʻi” soʻzlari “Boʻlim boshligʻi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“14” raqami “13” raqami bilan almashtirilsin;
v) 11b-ilovada:
ilova nomidagi “va statistika” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“Hokim oʻrinbosari — boʻlim boshligʻi” soʻzlari “Boʻlim boshligʻi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“15” va “14” raqamlari tegishli ravishda “14” va “13” raqamlari bilan almashtirilsin;
g) 12b-ilovada:
ilova nomidagi “va statistika” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“Hokim oʻrinbosari — boʻlim boshligʻi” soʻzlari “Boʻlim boshligʻi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“14” va “13” raqamlari tegishli ravishda “13” va “12” raqamlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari tashkiliy-kadrlar xizmati maqomini oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2000-yil 3-avgustdagi 303-son qarori 5-bandining ikkinchi xatboshidagi “tenglashtirilgan holda” soʻzlari “tenglashtirilgan holda moliyalashtirishni taʼminlasin” soʻzlari bilan almashtirilsin hamda uchinchi xatboshi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y.,45-46-son, 470-modda)