Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
“Davlat budjetining pul mablagʻlarini rejalashtirish va boshqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 11-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2112-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-avgustdagi 245-son “Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksini amalga oshirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2010-yil 6-maydagi 39-son “Davlat budjetining pul mablagʻlarini rejalashtirish va boshqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2112, 2010-yil 17-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 24-25-son, 203-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2011-yil 20-iyundagi 36-son “Davlat budjetining pul mablagʻlarini rejalashtirish va boshqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2112-1, 2011-yil 2-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 31-son, 331-modda).
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2018-yil 9-aprel,
75-son
Kelishilgan:
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
2018-yil 9-aprel
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M. AZIMOV
2018-yil 9-aprel
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2018-y., 10/18/2112-2/1211-son)