Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxta xomashyosi va boshoqli don yetishtirishni moliyalashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 28-fevraldagi PQ-3574-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxta xomashyosi va boshoqli don yetishtirishni moliyalashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 28-fevraldagi PQ-3574-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 10-may,
350-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-maydagi 350-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Qishloqni lizing shartlarida qishloq xoʻjaligi texnikasi bilan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 2-noyabrdagi 424-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 11-son, 70-modda):
a) 1-bandning uchinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat xaridi uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va qishloq xoʻjaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamgʻarmasi” soʻzlari “Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilova 2-bandining ikkinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat xaridi uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va qishloq xoʻjaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamgʻarmasi” soʻzlari “Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Paxta xomashyosi yetishtirishda bozor prinsiplarini amalga oshirish va uni yetishtirishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 19-fevraldagi 93-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son 16-modda) 2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi texnikasini xarid qilish uchun har yillik shartnoma kampaniyasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2012-yil 14-iyuldagi 217-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 7-son, 55-modda) bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligi texnikasini xarid qilish uchun har yillik shartnoma kampaniyasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning rus tili matnidagi 4-bandi va 10-bandi ikkinchi xatboshidagi “Fonda tselevogo finansirovaniya gosudarstvennix zakupok selskoxozyaystvennoy produksii i osnaщeniya texnikoy selskogo xozyaystva pri Kabinete Ministrov” soʻzlari “Fonda gosudarstvennoy podderjki selskogo xozyaystva pri Ministerstva finansov” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2017-yil 24-oktabrdagi 870-son qaroriga 1-ilovada:
a) 8-bandda:
“b” kichik bandning uchinchi xatboshidagi “va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat xaridi uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va qishloq xoʻjaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamgʻarmasi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“j” kichik bandning oʻn beshinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat xaridi uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va qishloq xoʻjaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamgʻarmasi” soʻzlari “Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 9-bandning beshinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat xaridi uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va qishloq xoʻjaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamgʻarmasi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Vazirlar Mahkamasining “Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 25-yanvardagi 53-son qaroriga 1-ilovaga quyidagi mazmundagi 31 va 101-pozitsiyalar qoʻshilsin:
|
“ |
31. |
Buxoro viloyati, Romitan tumani |
“Bukhara cotton textile cluster AGROKOMPLEKS” XK MChJ |
7450 |
Asakabank |
”; |
|
“ |
101. |
Sirdaryo viloyati, Mirzaobod, Xovos tumanlari |
“Bek cluster” MChJ qoʻshma korxonasi tarkibiga kiruvchi “Mirzaobod universal trade cluster” xususiy korxonasi |
16 500 |
Asakabank |
”; |
6. Vazirlar Mahkamasining ““Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati korxonalarida ishlab chiqarilgan paxta tolasini sotish va hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2018-yil 12-fevraldagi 106-son qaroriga 1-ilova 9-bandining beshinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining davlat xaridi va qishloq xoʻjaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamgʻarmasi” soʻzlari “Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligida bozor mexanizmlarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 28-fevraldagi 149-son qaroriga 8-ilova 8-bandining birinchi xatboshidagi “2 foiz” soʻzlari “2,5 foiz” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2018-y., 09/18/350/1206-son; 27.02.2021-y., 06/21/6179/0165-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son)