Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
Aholining keng qatlami, shu jumladan yosh oilalar uchun uy-joy qurilishini va rekonstruksiya qilishni moliyalashtirish va kreditlash tartibi toʻgʻrisida nizomning 10-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 10-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1727-3]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2019-yil 13-dekabrdagi 30/12-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3208, 30.12.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-apreldagi PF-5392-son “Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2007-yil 15-sentabrdagi 24/6-son qarori (roʻyxat raqami 1727, 2007-yil 12-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 41-42-son, 425-modda) bilan tasdiqlangan Aholining keng qatlami, shu jumladan yosh oilalar uchun uy-joy qurilishini va rekonstruksiya qilishni moliyalashtirish va kreditlash tartibi toʻgʻrisida nizom 10-bandining “g” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“g) Qurilish vazirligining hududiy boshqarmalari tomonidan berilgan ekspertiza xulosalari, qurilish-montaj ishlarini bajarishga ruxsati;”.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2018-yil 28-aprel,
16/11-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2018-y., 10/18/1727-3/1192-son)