07.05.2018 yildagi PQ-3698-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 08.05.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilsinki, mamlakatda qisqa muddatda innovatsiyaga yoʻnaltirilgan iqtisodiyotni shakllantirishga va innovatsiyalarni keng joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikani innovatsion va ilmiy-texnik rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi organ tashkil etilganligi, uning huzurida Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi shakllantirilganligi mazkur yoʻnalishdagi muhim bosqichlardan biri boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, ilmiy tadqiqotlar bilan ishlab chiqarish tarmoqlari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikning samarali mexanizmlarini yoʻlga qoʻyishga, aloqalarni mustahkamlashga toʻsiq boʻlayotgan bir qator muammolar saqlanib qolmoqda, ularga, avvalambor:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchidan, oliy taʼlim muassasalari ilmiy ishlari va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari tadqiqotlarining natijalarini tijoratlashtirish koʻrsatkichlarining pastligi hamda qoniqarsizligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchidan, innovatsion jarayonlarni ragʻbatlantirish, hududlar va tarmoqlar darajasida innovatsion rivojlanish va innovatsion faollik kompleks dasturlarini amalga oshirish, innovatsion faol tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash mexanizmlari mavjud emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchidan, xususiy sektor vakillarining innovatsion faoliyatga, jumladan ularning manfaatdorligi pastligi sababli yetarli darajada jalb qilinmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchidan, davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida grantlarni taqsimlash va ulardan oqilona foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha taʼsirchan chora-tadbirlarning mavjud emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchidan, ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalarni joriy qilish sohasida xalqaro hamkorlik va investitsiyalar jalb etish darajasining qoniqarsizligi kabi omillar sabab boʻlmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Innovatsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlarini tubdan takomillashtirish, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni yanada samarali joriy etish uchun shart-sharoitlarni yaratish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fanlar akademiyasining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasalarida ilmiy ishlar boʻyicha prorektor lavozimi oʻrniga ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor lavozimini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilm-fan boʻyicha direktor oʻrinbosarlarini bir vaqtda tegishli yoʻnalishdagi oliy taʼlim muassasalarining ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori lavozimlariga tayinlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasalari tuzilmasida innovatsion jamgʻarmalar va ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish boʻyicha boʻlinmalar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlaridan moliyalashtiriladigan qoʻshimcha 10 ta shtat birligini ajratgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tuzilmasida Fan va ilmiy-texnik tadqiqotlarni rivojlantirish boshqarmasini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasalarining ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektorlarini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilm-fan boʻyicha direktor oʻrinbosarlarini (keyingi oʻrinlarda ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektorlar hamda ilm-fan boʻyicha direktor oʻrinbosarlari deb yuritiladi) lavozimga tayinlash Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektorlar hamda ilm-fan boʻyicha direktor oʻrinbosarlari innovatsiya faoliyatiga oid masalalar, ilmiy-innovatsion ishlanmalarni joriy etish va tijoratlashtirish natijalari boʻyicha bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga hisobdordir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi yiliga kamida ikki marta Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektorlar hamda ilm-fan boʻyicha direktor oʻrinbosarlarining ilmiy-innovatsion faoliyatini baholash yuzasidan axborot kiritadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi A.Yu. Umarov ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektorlar hamda ilm-fan boʻyicha direktor oʻrinbosarlarining faoliyatini samarali muvofiqlashtirish boʻyicha shaxsan masʼul hisoblanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasalarining innovatsion jamgʻarmalarini (keyingi oʻrinlarda — innovatsion jamgʻarmalar) shakllantirish innovatsion mahsulotlarni tijoratlashtirishdan olinadigan daromadlar, oliy taʼlim muassasalarining ish haqi, stipendiya toʻlash, shuningdek, boshqa joriy xarajatlari qoplangandan keyin toʻlov-kontrakt mablagʻlarining 5 foizdan kam boʻlmagan miqdorini yoʻnaltirish hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Innovatsion jamgʻarmalarning mablagʻlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalarni ragʻbatlantirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-laboratoriya uskunalari, sarflash materiallari va butlovchi buyumlar sotib olishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot infratuzilmasini shakllantirish va yangilashga, ilmiy xodimlarni moddiy ragʻbatlantirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
innovatsiya faoliyati bilan bogʻliq boshqa xarajatlarni amalga oshirishga yoʻnaltirilishi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar oliy taʼlim muassasalarining ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish boʻyicha boʻlinmalarining asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozorni tizimli ravishda tahlil qilish va innovatsion mahsulot (ish, xizmat)larga boʻlgan talabni oʻrganish, oʻzini qoplash muddatini, rentabellik va innovatsion mahsulotlarni tijoratlashtirish bilan bogʻliq xatarlarni baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori tijorat salohiyatiga ega va amalga oshirishga tayyor boʻlgan, oʻzlashtirish uchun istiqbolli loyihalarni tanlab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun investorlar, sheriklar va boshqa manfaatdor shaxslarni jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi texnologiyalarni joriy qilish va innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqarish maqsadida sanoat korxonalari bilan oʻzaro hamkorlik qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, oliy taʼlim muassasalarining ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish boʻyicha boʻlinmalari faoliyati innovatsion jamgʻarmalar mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda rahbar oʻrinbosarlaridan birini innovatsion rivojlanish masalalari boʻyicha masʼul etib belgilasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yil 1-oktabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan kelishgan holda tadbirlarni moliyalashtirishning aniq miqdor va manbalarini belgilab kelgusi yil uchun tegishli tarmoq va sohalarni innovatsion rivojlantirishning “yoʻl xaritalari” ishlab chiqilishini, shuningdek, ularning samarali amalga oshirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PF-5264-son Farmoniga muvofiq Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil etilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-noyabrdagi PQ-3365-son qarori bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda ilmiy-tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini mustahkamlash va innovatsion faoliyatini rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturini moliyalashtirish manbalari etib, tegishli qismlarda, boshqa manbalar bilan bir qatorda Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi Kuzatuv kengashi Jamgʻarmaga kelib tushadigan mablagʻlarning, birinchi navbatda, Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishga yoʻnaltirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi bilan birgalikda 2017 — 2021-yillarda ilmiy-tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini mustahkamlash va innovatsion faoliyatini rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturining yetishmayotgan qismida oʻz vaqtida, jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilishini taʼminlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ustuvor innovatsion, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik, “startap” loyihalarini oʻz xarajatlarini oʻzi qoplash asosida moliyalashtirish uchun 2018-yilda Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga 50 milliard soʻm miqdorida budjet mablagʻlarini ajratsin hamda mablagʻlarni oʻzlashtirish natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining asoslantirilgan takliflariga koʻra Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirishning qoʻshimcha manbalari yuzasidan takliflar kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
grantlar asosida amalga oshirilayotgan fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar boʻyicha davlat ilmiy-texnik dasturlarining tizimli monitoringini, shu asosda maqsadsiz ishlatilayotgan grant mablagʻlarini boshqa istiqbolli va talab yuqori boʻlgan mavzuga oid loyihalarni amalga oshirish uchun qayta yoʻnaltirish boʻyicha aniq chora-tadbirlar qabul qilishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar boʻyicha davlat ilmiy-texnik dasturlarini moliyalashtirish uchun ajratilgan hamda moliya yili davomida oʻzlashtirilmagan mablagʻlardan kelgusida maqsadli foydalanishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarning dolzarb yoʻnalishlari boʻyicha mavzuga oid grantlar berish yuzasidan muntazam ravishda tanlovlar eʼlon qilishni amalga oshirsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Innovatsion rivojlanish vazirligining xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda yirik davlat korxonalarining innovatsion faoliyatni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmalari mablagʻlarining 0,1 foizini Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga yoʻnaltirish hamda ularni kelgusida innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etishga maqsadli ishlatish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. 2022-yil 1-yanvarga qadar muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha ilmiy-tadqiqot tashkilotlari tomonidan olib kiriladigan ilmiy asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, sarflash materiallari, reaktivlar, dasturiy taʼminot bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot tashkilotlari ularning asosiy faoliyati boʻyicha barcha turdagi soliqlar va majburiy ajratmalardan ozod qilinsin, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga ajratmalar bundan mustasno, boʻshayotgan mablagʻlar ularning xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish uchun maqsadli yoʻnaltirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi xodimlarining mehnatiga Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari va budjetdan tashqari boshqa manbalar hisobidan haq toʻlash shartlari vazirlik hayʼati tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda innovatsion gʻoyalar mualliflarini, mazkur gʻoyalarni amalga oshiruvchi tashkilotchilar va homiylarni moddiy ragʻbatlantirishni taʼminlagan holda respublikada innovatsiyalarni rivojlantirishga koʻmaklashgan alohida tadbirkorlik subyektlarini taqdirlash marosimini oʻtkazishni nazarda tutib, respublikada har yili Innovatsion gʻoyalar haftaligi — “InnoWeek.Uz” oʻtkazilishini tashkil qilish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmuradov, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 7-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3698-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PQ-3698-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilmiy-tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini yanada mustahkamlash va innovatsion faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2017-yil 1-noyabrdagi PQ-3365-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 4-bandning toʻrtinchi xatboshisi “Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi” soʻzlaridan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2-ilovaning rus tili matnidagi “Videleniye sredstv budet osushestvlyatsya po mere postupleniya sredstv v Fond podderjki i razvitiya nauchno-texnicheskoy deyatelnosti” soʻzlari “Videleniye sredstv budet osushestvlyatsya po mere postupleniya sredstv v Fond podderjki innovatsionnogo razvitiya i novatorskix idey. Pri etom po nedostayushey chasti sredstv Fonda rasxodi osushestvlyayutsya za schet i v predelax videlennix budjetnix sredstv” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 2017-yil 30-noyabrdagi PQ-3416-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 3-ilovaning 42-bandi “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti” soʻzlaridan keyin “Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 6-ilovaning 7-bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sakkizinchi xatboshi “xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish” soʻzlaridan keyin “va moddiy-texnik taʼminlash” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻqqizinchi xatboshidagi “Vazirlik Ilmiy-texnik axborot markazi va nashriyotining” soʻzlari “Vazirlik Ilmiy-texnik axborot markazi, nashriyoti, shuningdek, Vazirlik qarori bilan tashkil etiladigan ilmiy kadrlar tayyorlash va xodimlar malakasini oshirish boʻyicha idoraviy ilmiy hamda oʻquv markazlari, maslahat va axborot markazlari, ilmiy laboratoriyalarning” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-son qarori bilan tasdiqlangan Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin boʻlgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari roʻyxati quyidagi mazmundagi 282-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“282. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2018-y., 07/18/3698/1178-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son; 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)