Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining
Qarori
Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishni rejalashtirgan fuqarolar uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududida kompleks imtihon oʻtkazishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 5-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3006]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 400-son “Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishni rejalashtirgan fuqarolar uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududida kompleks imtihon tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi qaror qiladi:
1. Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishni rejalashtirgan fuqarolar uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududida kompleks imtihon oʻtkazishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri A. XAITOV
Toshkent sh.,
2018-yil 4-aprel,
12-q/q-son
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I. MADJIDOV
Toshkent sh.,
2018-yil 4-aprel,
7-2018-son
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori M. KARIMOV
Toshkent sh.,
2018-yil 4-aprel,
04/qq-son
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2018-yil 4-apreldagi 12-q/q, 7-2018, 04/qq-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishni rejalashtirgan fuqarolar uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududida kompleks imtihon oʻtkazishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 400-son “Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishni rejalashtirgan fuqarolar uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududida kompleks imtihon tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishni rejalashtirgan fuqarolar uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududida kompleks imtihon oʻtkazishni tashkil etish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Kompleks imtihonni oʻtkazishni tashkil etish Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishni rejalashtirgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining kompleks imtihondan oʻtishini tashkil etish boʻyicha bosh vakolatli oliy taʼlim muassasalari (bundan buyon matnda bosh vakolatli oliy taʼlim muassasalari) tomonidan amalga oshiriladi.
2. Kompleks imtihon bosh vakolatli oliy taʼlim muassasalari tomonidan kompleks imtihon oʻtkazish markazlarida (bundan buyon matnda Markaz deb yuritiladi) tashkil etiladi.
3. Kompleks imtihon oʻtkazish bosh vakolatli oliy taʼlim muassasalari va Rossiya oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi hududida kompleks imtihonlarni oʻtkazish haqidagi ikki tomonlama shartnomalarga asosan tartibga solinadi.
2-bob. Kompleks imtihon oʻtkazishni tashkil etish
4. Markaz tomonidan kompleks imtihon topshirish uchun hujjatlarni qabul qilish boshlanganligi haqida ommaviy axborot vositalari va Markazning rasmiy veb-saytida eʼlon beriladi. Shuningdek, ushbu maʼlumotlar Markazning barcha shaxslar kirishi va koʻrishi mumkin boʻlgan joylardagi eʼlonlar taxtasiga osib qoʻyiladi.
5. Eʼlonda kompleks imtihonda ishtirok etishni istagan shaxslar (bundan buyon matnda talabgor deb yuritiladi) tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar roʻyxati, ularni qabul qilish muddatlari, shuningdek Markazning manzili va murojaat uchun telefon raqamlari koʻrsatiladi.
6. Talabgorlar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlarni qabul qilish uchun Markaz direktorining buyrugʻi bilan masʼul xodim tayinlanadi.
7. Talabgor hujjatlar qabul qilinadigan muddatlarda tegishli hujjatlarni Markazga taqdim etadi.
8. Talabgordan Markaz tomonidan berilgan eʼlonda koʻrsatilmagan boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
9. Masʼul xodim talabgorlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar toʻliqligini koʻrib chiqadi va hujjatlar toʻliq boʻlgan taqdirda ularni qabul qiladi.
10. Masʼul xodim talabgorga hujjatlar qabul qilib olinganligi haqida tilxat beradi.
Talabgorning hujjatlari saqlanishi boʻyicha masʼul xodim javobgar hisoblanadi.
11. Qabul qilingan hujjatlar asosida Markaz direktori tomonidan kompleks imtihon oʻtkazish kuni va vaqti belgilanadi.
12. Kompleks imtihon oʻtkaziladigan kundan kamida 3 kun oldin masʼul xodim talabgorga kompleks imtihon oʻtkazilish kuni va vaqti haqida xabar beradi.
3-bob. Yakuniy qoida
13. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2018-y., 10/18/3006/1177-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)