Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Faol tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaratish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Mamlakatda hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini oshirish hamda aholi hayot darajasi va farovonligining barqaror oʻsishiga imkon beruvchi faol tadbirkorlikni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirishga, innovatsion gʻoya va texnologiyalarni joriy etishga, fan va innovatsion faoliyat jadal rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Shu bilan birga, oʻtkazilgan tahlil natijalari mamlakatda faol tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yanada yaxshilashga toʻsqinlik qiluvchi, jumladan, quyidagi qator tizimli muammolar mavjudligidan dalolat beradi:
birinchidan, hududlarning mavjud resurs bazasi va salohiyatini hisobga olgan holda ilgʻor va zamonaviy innovatsion ishlanmalar, texnologik loyihalar-startaplar va innovatsiyalar bozorini tizimli tahlil qilish yoʻlga qoʻyilmagan;
ikkinchidan, innovatsion loyihalar-startaplarga investitsiyalarni jalb etish, ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish sohasiga innovatsiyalarni faol joriy qiluvchi iqtidorli tadbirkorlar faoliyatiga koʻmaklashish va muvofiqlashtirish ishlari lozim darajada amalga oshirilmayapti;
uchinchidan, innovatsion rivojlanish sohasida, ayniqsa, joylarda ishbilarmonlik muhiti past darajada, shuningdek, innovatsion va muvaffaqiyatli texnologik loyihalar-startaplarni ishlab chiqish va ilgari surish boʻyicha zarur koʻnikmalarga ega tadbirkorlarning yetishmovchiligi saqlanib qolmoqda;
toʻrtinchidan, innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarning maʼlumotlar bazasi mavjud emas, yangi resurslarni yaratish va tajribani biznes-tuzilmalarga oʻtkazish amaliyoti rivojlanmasdan qolmoqda;
beshinchidan, innovatsion ishlanmalar bozorini qoʻllab-quvvatlash mexanizmlari sust darajada ishlab chiqilgan, innovatsion gʻoyalardan samarali foydalanishni muvofiqlashtirish yoʻlga qoʻyilmagan, innovatsion ishlanmalarning sifati esa bozor talablariga javob bermaydi;
oltinchidan, innovatsion ishlanmalar, texnologik loyihalar-startaplar sohasiga texnika oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilari va iqtidorli yoshlarni jalb etishga, shuningdek, biznes-inkubatorlarni yaratishga lozim darajada eʼtibor qaratilmayapti;
yettinchidan, aholi oʻrtasida innovatsion tadbirkorlikni ommalashtirish ishlari samarali olib borilmayapti, innovatsion mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqishga va ilgari surishga jalb qilishda texnik va psixologik toʻsiqlar saqlanib qolmoqda.
Mavjud muammolarni bartaraf etish hamda faol tadbirkorlikni rivojlantirish, innovatsiyalar bozorining shakllanishi va faoliyat koʻrsatishi, shuningdek, mahalliy va xorijiy innovatsion ishlanmalarni iqtisodiyotning real sektoriga ilgari surish uchun qulay huquqiy va tashkiliy shart-sharoitlarni yaratish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining davlat-xususiy sheriklik shartlarida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida innovatsion loyihalar-startaplarni ishlab chiqish, sinovdan oʻtkazish va oʻzlashtirish, innovatsion faoliyat natijalarini transfer qilish va tijoratlashtirishni amalga oshiruvchi innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalar markazlarini (keyingi oʻrinlarda markazlar deb yuritiladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Belgilansinki, markazlar oʻz faoliyatini tijorat asosida amalga oshiradi va tashkil etilgan paytdan boshlab besh yil muddatga barcha turdagi soliqlarni toʻlashdan ozod etiladi.
2. Quyidagilar markazlarning asosiy vazifalari etib belgilansin:
ishlab chiqarish va xizmatlarning yangi va zamonaviy turlarini yaratish maqsadida hududlarning salohiyati va resurs bazalarini chuqur tadqiq qilish;
innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida innovatsion menejmentni rivojlantirish;
yangi va talab yuqori boʻlgan mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqish boʻyicha innovatsion loyihalar-startaplarni, jumladan, xorijda qoʻllaniladigan ilgʻor uslub va texnologiyalardan foydalangan holda ishlab chiqish, sinovdan oʻtkazish va oʻzlashtirish;
innovatsiyalar bozorining marketing tadqiqotlarini oʻtkazish, ishlab chiqarilgan innovatsion mahsulot (ish, xizmat)lar bozorlarini shakllantirish, ularning bozor talablariga yoʻnaltirilishi va moslashishi uchun tavsiyalar ishlab chiqish;
investorlar va innovatsion mahsulot (ish, xizmat)lar isteʼmolchilarini qidirib topish ishlarini, jumladan, innovatsion infratuzilma subyektlari oʻrtasida kooperatsiyani rivojlantirish orqali tashkil etish;
innovatsion faoliyatni amalga oshirish masalalari boʻyicha manfaatdor shaxslarning keng doirasiga maslahat berish, aholi va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni ommalashtirishga qaratilgan reklama va koʻrgazma tadbirlarini tashkil etish;
qoʻshma innovatsion loyihalarni amalga oshirish maqsadida ishlab chiqarish korxonalari, ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalari, startaplar hamda sanoat va qishloq xoʻjaligining ustuvor tarmoqlaridagi boshqa sheriklar bilan innovatsion hamkorlikni rivojlantirish;
innovatsion faoliyatning ishlab chiqilgan va muvaffaqiyatli sinovdan oʻtkazilgan natijalarini ilgari surish va tijoratlashtirish.
3. Markazlarni tashkil etishda quyidagilar davlat-xususiy sheriklikning asosiy shartlari etib belgilansin:
Keyingi tahrirga qarang.
markazlarni tashkil etish va ularga tegishli infratuzilmani (transport bogʻlamalari, avtostansiyalar, avtobekatlar mavjudligi va h.k.) qurish uchun zarur yer uchastkalari, boʻsh binolar xususiy sheriklarga haq undirilmasdan, istisno tariqasida toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar asosida ajratiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
markaz binolarini qurish uchun yer uchastkalarini tanlash belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat va xususiy sheriklar tenglik asosida markazlarning taʼsischilari sifatida ishtirok etadi;
davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi kelishuv markazlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab yigirma yil muddatgacha tuziladi;
markazlar faoliyatining yoʻnalishi davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi kelishuv amal qilishining butun muddati davomida saqlanib qoladi;
markazlarning intellektual mulk obyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishga qilingan xarajatlarini qoplash Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat sherigi iqtisodiyot tarmoqlariga innovatsiyalarni joriy etishni ragʻbatlantirish, jumladan, ishlab chiqariladigan mahsulotlarni davlat xaridlari doirasida tijoratlashtirish imkoniyatlarini kengaytirish boʻyicha shart-sharoitlarni yaratishga koʻmaklashish majburiyatini oladi;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat va xususiy sheriklarning huquqlari va majburiyatlari, shuningdek, davlat-xususiy sheriklikning boshqa shartlari davlat va xususiy sheriklar oʻrtasida Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi Kuzatuv kengashining roziligi bilan tuziladigan kelishuvlarda belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-yanvardagi “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF-5308-son Farmoni bilan quyidagilar 2023-yil 1-yanvarga qadar muddatga yagona ijtimoiy toʻlovdan tashqari, barcha turdagi soliq va majburiy toʻlovlar toʻlashdan ozod qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
yuqori texnologiyali tadbirkorlik loyihalari-startaplarni birgalikda moliyalashtirish uchun tashkil qilinadigan venchur fondlar;
venchur fondlardan birgalikda moliyalashtiriladigan yuqori texnologiyali loyihalar-startaplar;
ilmiy-tadqiqot muassasalari, innovatsion markazlar, loyiha-konstruktorlik byurolari oʻzlarining yangi texnologiyalarini tadbirkorlarga sotishdan (foydalanishga berishdan) olingan daromadlar boʻyicha;
yangi texnologiyalarni mahalliy tadbirkorlikka transfer qiluvchi tashkilotlar bu faoliyatdan olingan daromadlari boʻyicha.
Davlat va xoʻjalik boshqaruv organlari rahbarlariga ularning tarmoq ixtisosliklarini hisobga olgan holda mablagʻlari markazlarning tadqiqotlari va ishlanmalarini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladigan, jumladan, ularning ustav kapitaliga kirish orqali korporativ venchur fondlarni tashkil qilish tavsiya etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Belgilab qoʻyilsinki:
markazlar uchun Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining innovatsion loyihalarni moliyalashtirish umumiy hajmining 10 foizidan kam boʻlmagan miqdordagi mablagʻlarini zaxira qilish nazarda tutiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
markazlarni davlat-xususiy sheriklik shartlarida tashkil etishda davlat sherigi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, boshqa davlat organlari, korxonalar va tashkilotlar ishtirok etishi mumkin;
xususiy loyihalarni tanlab olishning asosiy mezonlari davlat sherigi tomonidan belgilanadi;
kelishuv xususiy sheriklar tashabbusi bilan bekor qilinganda ularning markazlarni tashkil qilishdagi xarajatlari qoplanmaydi, qurilishi tugallanmagan obyekt davlat mulkiga oʻtkaziladi va xususiy sheriklarni qidirib topish mazkur qarorga muvofiq qaytadan oʻtkaziladi;
Keyingi tahrirga qarang.
markazlarning qurilayotgan binolariga barcha zaruriy tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini, kommunal infratuzilmalarni olib kelish elektr energiyasi qismi boʻyicha — “Oʻzbekenergo” AJ hisobidan, gaz taʼminoti qismi boʻyicha — “Oʻztransgaz” AJ hisobidan, telekommunikatsiya tarmoqlari qismi boʻyicha — “Oʻzbektelekom” AK hisobidan, avtomobil yoʻllarini qurish qismi boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi hisobidan, suv taʼminoti, kanalizatsiya va avtostansiyalarni qurish qismi boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablagʻlari hisobidan markazlarni tashkil etish boʻyicha davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi kelishuvda belgilangan muddatlarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
markazlarning binolari foydalanishga qabul qilinganidan keyin mahalliy davlat hokimiyati organlari qulay transport yoʻnalishlari va yoʻlovchi transportining bir maromda ishlashini tashkil etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)
7. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi:
Keyingi tahrirga qarang.
ikki oy muddatda potensial investorlarni qidirib topish va ular bilan mazkur qarorda belgilangan davlat-xususiy sheriklik shartlarida markazlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi kelishuvlarni tuzishni;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda markazlarni tashkil etishda qatnashishga jalb qilish, jumladan, grant va homiylik mablagʻlarini ajratish maqsadida xalqaro va xorijiy tashkilotlar, moliya institutlari vakillari bilan muzokaralar oʻtkazishni;
Keyingi tahrirga qarang.
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida markazlarga ishlab chiqariladigan mahsulotlarni, jumladan, davlat xaridlari doirasida tijoratlashtirish imkoniyatlarini kengaytirishda har tomonlama koʻmaklashadigan Markazlar ishlanmalarini tijoratlashtirish yagona markazini tashkil etish toʻgʻrisida takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritishni;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyatini keng yoritish hamda aholi va tadbirkorlik subyektlariga yetkazishni taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga mazkur qaror shartlarini qoʻllagan holda tuman (shahar)larda markazlarni tashkil qilishga ruxsat etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari uch oy muddatda davlat va xususiy sheriklarning murojaatlari boʻyicha markazlarni tashkil qilish uchun yer uchastkalari yoki boʻsh binolarni, jumladan, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalari optimallashtirilishi hisobiga boʻshaydigan binolarni ajratishni taʼminlasin yoxud ularni namunali loyihalar boʻyicha quriladigan davlat xizmatlari markazlari binolarida joylashtirishni nazarda tutsin.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.R. Xolmuradov, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov va Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri I.Y. Abduraxmonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 5-may,
PQ-3697-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2018-y., 07/18/3697/1176-son; 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son; 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son; 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son; 06.02.2024-y., 06/24/28/0099-son)