03.05.2018 yildagi PQ-3693-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 04.05.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirishni yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda charm xom ashyosini chuqur qayta ishlash asosida eksportga yoʻnaltirilgan tayyor mahsulot ishlab chiqarish hajmi va turlarini kengaytirish, shuningdek, aholini mahalliy ishlab chiqarilgan sifatli va arzon poyabzal hamda charm-attorlik mahsulotlari bilan taʼminlash choralari koʻrilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul qilingan chora-tadbirlarning amalda roʻyobga chiqarilishi natijasida 2012 — 2017-yillar mobaynida terini qayta ishlash, charm va charm-attorlik mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 1,3 baravardan ortiq oʻsdi, terini qayta ishlash va unga ishlov berishning zamonaviy texnologiyalari joriy etilmoqda, ishlab chiqarilayotgan poyabzal mahsulotlari turlari kengaymoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, charm-poyabzal sohasini boshqarishning shakllangan tizimi ushbu sohada respublikamizning mavjud zaxiralari va salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish, ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotlarning ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini taʼminlash imkonini bermayapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yirik va mayda shoxli mollar terisini, shuningdek, moʻyna xom ashyosi va junni tayyorlashning bozor mexanizmlari hamda ularni saqlashning zamonaviy texnologiyalari sekinlik bilan joriy etilmoqda. Teri xom ashyosini qayta ishlash darajasi past boʻlib qolmoqda, tarmoq mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilishda yarim tayyor charm mahsulotlar ulushni yuqori boʻlib qolmoqda. Charm-poyabzal tovarlarining bir qator yoʻnalishlari, jumladan ayollarning model poyabzali va charm kiyimlari, zamonaviy charm buyumlar va aksessuarlar ishlab chiqarishni oʻzlashtirishga eʼtibor qaratilmayapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soha uchun malakali kadrlar tayyorlash, ularni ishlab chiqarishning zamonaviy uslublari va innovatsion yondashuvlariga oʻqitish, ishlab chiqarishda yuqori sifatga erishish uchun xorijiy mutaxassislarni, jumladan texnolog va dizaynerlarni jalb etish ishlari sust tashkil qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarini boshqarish tizimining samaradorligini oshirish, xom ashyoni qayta ishlashni chuqurlashtirish, ilgʻor texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini diversifikatsiyalash va eksport qilinadigan tovarlarni kengaytirish asosida ularning jadal rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni izchil roʻyobga chiqarish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, “Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasi aʼzolarining jun tayyorlash, saqlash va qayta ishlash, chorva mollarini avtomatlashtirilgan holda soʻyish, jun va qorakoʻldan buyumlar ishlab chiqarish bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar ishtirokidagi umumiy yigʻilishi qaroriga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasi uning tarkibiga charm, moʻyna xom ashyosi va jun tayyorlash, saqlash va qayta ishlash, chorva mollarini avtomatlashtirilgan holda soʻyish, jun, qorakoʻl va sunʼiy charmdan buyumlar, charm-attorlik mahsulotlari, poyabzal ishlab chiqarish bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar, shuningdek, boshqa tashkilotlar ixtiyoriy ravishda kirgan holda “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi (keyingi oʻrinlarda Uyushma deb yuritiladi) etib qayta tashkil etildi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Uyushma “Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasining huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy voris hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) quyidagilar Uyushma faoliyatining asosiy vazifalari etib belgilandi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uyushma aʼzolari — tashkilotlarning xoʻjalik faoliyatiga chorva mollarini soʻyish va teri tayyorlashdan xom ashyoni chuqur qayta ishlash hamda charm-poyabzal, charm-attorlik, moʻyna, qorakoʻl va jundan ishlangan tayyor mahsulot va buyumlar ishlab chiqarishgacha boʻlgan jarayonning barcha bosqichlarida koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalarda ilgʻor texnologiyalarni, xalqaro standartlar talablariga muvofiq sifat menejmenti tizimini tatbiq etishni ragʻbatlantirish, Uyushma aʼzolari — tashkilotlarni modernizatsiya qilish va texnik jihatdan qayta jihozlashga har tomonlama koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabi yuqori boʻlgan sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini koʻpaytirish va turlarini kengaytirish, ichki bozorni mahalliy ishlab chiqarilgan import oʻrnini bosuvchi va raqobatbardosh mahsulotlar bilan toʻldirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki va tarmoqlararo kooperatsiyani, jumladan, charm, moʻyna xom ashyosi va junni chuqur qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan tashkilotlar, shuningdek, chorvachilik xoʻjaliklari, furnitura va butlovchi buyumlar ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida kooperatsiyani rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
charm-poyabzal, moʻyna, qorakoʻl mahsulotlari hamda jundan ishlangan buyumlar segmentlarida ichki va tashqi bozorlarning marketing tadqiqotlarini tizimli ravishda olib borish, tarmoqlarning eksport salohiyatini kengaytirishni qoʻllab-quvvatlash, modellashtirish va brendlash boʻyicha eng yangi innovatsion ishlanmalardan foydalangan holda xom ashyoni qayta ishlash va tayyor mahsulot ishlab chiqarishning zamonaviy uslublarini, shuningdek, ilgʻor axborot texnologiyalari va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini keng joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malakali kadrlar tayyorlash va tarmoqning ilmiy salohiyatini oshirish, shuningdek, ishlab chiqarishni xom ashyo va materiallarning ekologik toza turlaridan foydalangan holda tashkil etish maqsadida ishlab chiqarish, taʼlim va fanning oʻzaro integratsiyasi uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uyushma aʼzolari — tashkilotlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, jumladan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan oʻzaro munosabatlarda, nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshirishlar oʻtkazish jarayonida, shuningdek, sudlarda ishlarni koʻrishda himoya qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, Uyushma Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari kompleksi tarkibiga kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzcharmsanoat” uyushmasining tashkiliy tuzilmasi hamda uning boshqaruv xodimlari cheklangan soni 54 birlikdan iborat ijro etuvchi apparati tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 4 birlikdan iborat “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi hududiy boʻlimining namunaviy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uyushma raisi zarurat boʻlganda Uyushma aʼzolari umumiy yigʻilishi bilan kelishilgan holda ijro etuvchi apparat va hududiy boʻlimlar tuzilmasiga oʻzgartishlar kiritish huquqiga ega;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uyushmani saqlash va faoliyatini moliyalashtirish uning tarkibiga kiradigan tashkilotlarning ixtiyoriy ajratmalari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 2018-yil 1-iyundan yirik va mayda shoxli mollar, teri, moʻyna, qorakoʻl xom ashyosi va junni yuridik shaxslarga sotishda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash uchun oʻzi ishlab chiqargan mahsulotning kelib chiqishini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etish boʻyicha talab bekor qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qoʻyilsinki, 2018-yil 1-avgustdan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali charmni (TIF TN boʻyicha 4104 — 4107, 4112 00 000 0 — 4114 kodlari) olib chiqishga ruxsatnoma berish Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi tomonidan Davlat bojxona qoʻmitasi va Uyushma bilan kelishilgan holda narx ekspertizasi va laboratoriya tekshiruvlarini oʻtkazgan holda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
charmni laboratoriya tekshiruvlaridan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Akkreditatsiya markazi tomonidan akkreditatsiya qilingan organlar tomonidan amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali yarim tayyor charmni (TIF TN boʻyicha 4104, 4105, 41062 kodlari) olib chiqishga ruxsatnoma berish uchun eksport qilinadigan mahsulot qiymatining 5 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uyushma Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga narx ekspertizasi va laboratoriya tekshiruvlari oʻtkazishni nazarda tutgan holda Charmni olib chiqishga ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Uyushma, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining “Oʻzcharmsanoat” uyushmasining charm-poyabzal sohasini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini (keyingi oʻrinlarda –Jamgʻarma) tashkil etish va quyidagilarni uning asosiy manbalari etib belgilash toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali yarim tayyor charmni (TIF TN boʻyicha 4104, 4105, 41062 kodlari) olib chiqishga ruxsatnoma berish uchun undiriladigan yigʻimdan tushadigan barcha mablagʻlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uyushma aʼzolari — tashkilotlarning, shuningdek, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy ajratmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning grantlari va kreditlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan daromadlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilab qoʻyilsinki, Jamgʻarma mablagʻlari quyidagilar uchun foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yarim tayyor charmdan — tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha boʻlgan toʻliq ishlab chiqarish sikliga ixtisoslashadigan tashkilotlarni keyinchalik qaytarish sharti bilan mablagʻ ajratish orqali moliyaviy qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklarining charm-poyabzal, charm-attorlik, moʻyna, qorakoʻl mahsulotlari va jundan ishlangan mahsulotlarni ishlab chiqarish boʻyicha yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, faoliyat yuritayotgan korxonalarni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish uchun ajratiladigan kreditlari boʻyicha kafilliklar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalarda ISO:9001 sifat menejmenti tizimini va boshqa xalqaro standartlarni joriy etish boʻyicha tadbirlarni moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash, mutaxassislar malakasini oshirish, jumladan yosh mutaxassislarning xorijda oʻqishi va stajirovka oʻtashi bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uyushma aʼzolari — tashkilotlarning xalqaro koʻrgazmalar va yarmarkalarda ishtirok etishdagi xarajatlarini qoplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uyushmaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, Uyushma ijro etuvchi apparati xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish, Uyushmaning xorijiy vakolatxonalarini saqlash va xorijiy maslahatchilar xarajatlarini qoplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa maqsadlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uyushma Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga Jamgʻarma daromadlarini shakllantirish va mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini kiritsin, unda har yili daromadlar va xarajatlar smetasi tasdiqlanishini, shuningdek, Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi ustidan Uyushma aʼzolarining umumiy yigʻilishi tomonidan, yarim tayyor charmni eksport qilishda undiriladigan yigʻim mablagʻlaridan foydalanish qismi boʻyicha esa Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan nazorat olib borilishini nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilansinki, yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi, yagona soliq toʻlovi, shuningdek, davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalarni hisoblashda yuridik va jismoniy shaxslarning soliq solinadigan bazasi Jamgʻarmaga kiritilgan ixtiyoriy ajratmalar miqdoriga kamaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Uyushma aʼzolari — tashkilotlarga 2023-yil 1-yanvarga qadar muddatda quyidagi koʻrinishdagi soliq va bojxona imtiyozlari hamda prefensiyalar berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foyda soligʻi va mol-mulk soligʻi, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq toʻlovi, shuningdek, davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar toʻlashdan ozod etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha import qilinadigan, Uyushma aʼzolari — tashkilotlar tomonidan oʻz ishlab chiqarishida foydalaniladigan asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, respublikada ishlab chiqarilmaydigan xom ashyo, materiallar va furnitura uchun bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari) ozod etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqoridagi tasdiqlanadigan roʻyxatlarga kiritilmagan, oʻz ishlab chiqarishi uchun zarur boʻlgan asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, xom ashyo, materiallar va furnituralarni import qilishda bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kundan boshlab bojxona toʻlovlarini (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari) toʻlashni 60 kunga qadar muddatga kechiktirish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Belgilab qoʻyilsinki, mazkur qarorning 9-bandida koʻrsatilgan soliq imtiyozlari va preferensiyalar faqat quyidagilarga nisbatan qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy avtomatlashtirilgan majmualar bilan jihozlangan chorva mollarini soʻyish boʻyicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
charm, moʻyna, qorakoʻl xom ashyosi va junni yigʻish va tayyorlash bilan shugʻullanuvchi tashkilotlarga, keyinchalik ushbu xom ashyo qayta ishlash (ishlatish) uchun faqat Uyushmaga aʼzolari — tashkilotlarga sotilganida hamda yalpi tushumning umumiy hajmida ushbu turdagi faoliyatdan tushgan tushumning ulushi hisobot davri natijalari boʻyicha kamida 80 foizni tashkil qilganda;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
charm, moʻyna, qorakoʻl xom ashyosi va junni qayta ishlash, shuningdek, butlovchi buyumlar, furnitura, sunʼiy charm, charm-poyabzal, charm-attorlik, moʻynachilik, qorakoʻl mahsulotlari va jundan ishlangan mahsulotlarni ishlab chiqarishni amalga oshiradigan tashkilotlarga, agar yalpi tushumning umumiy hajmida ushbu turdagi faoliyatdan tushgan tushumning ulushi hisobot davri natijalari boʻyicha kamida 60 foizni tashkil qilsa.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi, Uyushma hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur bandda nazarda tutilgan soliq imtiyozlari va preferensiyalarni qoʻllash tartibini ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Uyushma aʼzolari umumiy yigʻilishining “Oʻzcharmimpeks” unitar korxonasini (keyingi oʻrinlarda — “Oʻzcharmimpeks” UK) tashkil etish va quyidagilarni uning asosiy vazifalari etib belgilash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reklama tadbirlari va koʻrgazmalar oʻtkazish, shuningdek, Uyushma aʼzolari — tashkilotlarga marketing, axborot va konsalting xizmatlari koʻrsatish hisobiga charm-poyabzal, charm-attorlik, moʻynachilik, qorakoʻl mahsulotlari va jundan ishlangan mahsulotlar eksportini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
charm-poyabzal, charm-attorlik, moʻynachilik, qorakoʻl mahsulotlari va jundan ishlangan mahsulotlarni komissiya shartnomalari boʻyicha va xorijiy sheriklar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri tuzilgan eksport shartnomalari asosida, shuningdek, xorijda tashkil etiladigan savdo uylari orqali eksport qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoq tashkilotlariga texnologik asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, xom ashyo va materiallar, aksessuarlar, furnitura, poyabzal qoliplari va boshqa buyumlar yetkazishda, jumladan import qilishda koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzcharmimpeks” UKga nisbatan mazkur qarorda nazarda tutilgan, Uyushma aʼzolari — tashkilotlarga beriladigan imtiyozlar va preferensiyalar tatbiq etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Uyushma Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, “Oʻzstandart” agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda mazkur sohadagi ilgʻor tajribani va maqsadli eksport bozorlarining talablarini hisobga olgan holda tayyor charm-poyabzal, moʻynachilik va qorakoʻl mahsulotlarini markirovka qilish tizimini joriy etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tijorat banklariga zamonaviy avtomatlashtirilgan majmualar bilan jihozlangan chorva mollarini soʻyish boʻyicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlarga aylanma mablagʻlarini toʻldirish, shuningdek, tayyorlov tashkilotlariga charm, moʻyna, qorakoʻl xom ashyosi va junni yigʻish va tayyorlash uchun qulay foiz stavkalari boʻyicha kredit mablagʻlarini ajratish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Uyushma ikki hafta muddatda “Charm va poyabzal dizayni markazi” shuʼba korxonasi faoliyatini tanqidiy baholash asosida uning ish samaradorligini oshirish, eng avvalo, moda industriyasidagi oʻzgarishlarga tez taʼsir choralarini koʻrish va mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun tegishli tavsiyalar ishlab chiqish, xorijiy moda uylari, moʻynachilik auksionlari va poyabzal, charm-attorlik, moʻynachilik, qorakoʻl mahsulotlari va jundan ishlangan buyumlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan kompaniyalar bilan hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, ishlab chiqarilayotgan qator mahsulot modellari dizaynini yaxshilash va turlarini kengaytirish uchun xorijiy modelyerlar, dizaynerlar va feshn-ekspertlarni jalb etish masalalari boʻyicha aniq choralar koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Uyushmaning buyurtmalari boʻyicha Uyushma taklif etayotgan xorijiy mutaxassislar va koʻrgazmalarning xorijiy ishtirokchilariga kirish vizalari konsullik yigʻimlari undirilmasdan rasmiylashtirilishini taʼminlasin, haqiqiy xarajatlarni qoplash yigʻimlari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Uyushmaning buyurtmalari boʻyicha Uyushmaga jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga davlat boji undirilmasdan koʻp martalik kirish vizalari rasmiylashtirilishi, berilishi va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek, vaqtincha propiska qilinishi, turgan joyi boʻyicha hisobga olinishi va ularning uzaytirilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Uyushmaning buyurtmalari boʻyicha Uyushmaga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun respublikaga yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni jalb etishga ruxsatnomalar berilishini (uzaytirilishini), shuningdek, jalb qilinayotgan xorijiy mutaxassislarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi tasdiqnoma berilishini (uzaytirilishini) taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Uyushma Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti tuzilmasida Charm-poyabzal sohasi muhandis-texnik xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha oʻquv markazini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018/2019 oʻquv yilidan boshlab Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutida “Charm va moʻynadan ishlangan mahsulotlar texnologiyasi va ularni yaratish”, “Texnologiyalar va uskunalar: charm va moʻyna, qorakoʻl”, “Texnologiyalar va uskunalar: poyabzal va charm-attorlik mahsulotlari” taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha mutaxassislar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
charm-poyabzal, moʻynachilik, qorakoʻlchilik tarmoqlari sohasida mutaxassislar tayyorlash boʻyicha mavjud kasb-hunar kollejlarini qayta ixtisoslashtirish va yangi yoʻnalishlarni ochish orqali hududiy ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlarini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilarning oʻqish mobaynida olingan amaliy va nazariy bilimlarini mustahkamlash uchun oʻquv amaliyoti dasturlariga muvofiq Uyushma aʼzolari — tashkilotlarda majburiy stajirovka oʻtash amaliyotini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasalarida sohaning yuqori malakali mutaxassislari tomonidan maxsus fanlar hamda charm-poyabzal va moʻynachilik tarmoqlarining dolzarb masalalari boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazishni, maʼruzalar oʻqishni (jumladan soatbay toʻlov shartlarida) joriy etish yuzasidan takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Uyushma Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmuradov, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 3-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3693-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PQ-3693-son qaroriga
1-ILOVA

Jami: 161 ta tashkilot
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PQ-3693-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi ijro etuvchi apparatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI

Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 54 birlik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PQ-3693-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi hududiy boʻlimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY TUZILMASI

Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 4 birlik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi hududiy boʻlimlari xodimlarining umumiy cheklangan soni — 56 birlik.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 07/18/3693/1156-son; 28.08.2018-y., 06/20/5526/0983-son; 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son; 23.02.2019-y., 06/19/5668/2652-son; 06.03.2019-y., 06/19/5684/2708-son, 17.09.2019-y., 07/19/4453/3756-son; 19.06.2020-y., 06/20/6011/0780-son; 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son, 09.02.2021-y., 07/21/4982/0094-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 07/22/143/0166-son, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son; 28.02.2023-y., 07/23/77/0111-son; 28.12.2024-y., 06/24/229/1090-son; 17.03.2025-y., 06/25/47/0243; 15.01.2026-y., 06/26/4/0043-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)