1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.23.00 Tibbiy sanoat. Mikrobiologiya sanoati. Farmatsevtika;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.04.00 Sogʻliqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash. Dorixona]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy dorixonalar faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Farmatsevtika tarmogʻini jadal rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 14-fevraldagi PQ-3532-son qarorini bajarish, Oʻzbekiston Respublikasi aholisini dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlashni yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ijtimoiy dorixona faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari K.V. Akmalov va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 3-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
334-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 334-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy dorixona faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom ijtimoiy dorixona faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dorixona assortimentidagi dori vositalari va tibbiy buyumlar — ambulatoriya sharoitida tibbiyot amaliyotida qoʻllash maqsadida aholiga realizatsiya qilish uchun moʻljallangan dori vositalari va tibbiy buyumlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy dorixona — oʻz logotipiga ega boʻlgan, dorixona assortimentidagi ijtimoiy ahamiyatga ega barcha dori vositalari va tibbiy buyumlar hamda Oʻzbekiston Respublikasida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan boshqa dori vositalari va tibbiy buyumlarning chakana realizatsiyasi bilan shugʻullanuvchi, Sogʻliqni saqlash tizimidagi ixtisoslashtirilgan tashkilot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklik — dori vositalari va tibbiy buyumlar, jumladan ijtimoiy dori vositalari va tibbiy buyumlar realizatsiyasini amalga oshirishda resurslarni birlashtirish va xavfni bartaraf etish, dori vositalari taʼminoti boʻyicha xususiy investitsiyani jalb etish maqsadida davlat va xususiy sheriklik asosida oʻzaro manfaatli maʼlum muddatga qonuniy rasmiylashtirilgan hamkorlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tomonidan sherik — Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy sherik — faoliyatining asosiy maqsadi aholini dori vositalari bilan taʼminlash hisoblangan, dori vositalari va tibbiy buyumlarning chakana va ulgurji realizatsiyasini amalga oshirish uchun tegishli litsenziyaga, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan, davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida shartnoma tuzgan yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklik shartnomasi — tomonlarning huquq, majburiyatlari va javobgarligini hamda davlat-xususiy sheriklik loyihasi ijrosi boʻyicha boshqa shartlarni belgilovchi, davlat va xususiy sheriklar oʻrtasida tuzilgan yozma shartnoma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ijtimoiy dorixona yuridik shaxs shaklida yoki yuridik shaxsning tarkibiy boʻlinmasi (filial) shaklida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ijtimoiy dorixonaning yagona logotipi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ijtimoiy dorixona Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan, jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlariga koʻra, mazkur Nizomga muvofiq tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ijtimoiy dorixonalar faoliyatini tashkil etishda qoʻyiladigan asosiy talablar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) dori vositalari va tibbiy buyumlarning ulgurji, chakana realizatsiyasini amalga oshirish, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni saqlash va berish uchun litsenziyaning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) aholini:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiy buyumlar roʻyxatiga kiruvchi (keyingi oʻrinlarda Roʻyxat deb ataladi) dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan cheklangan narxlardan oshmaydigan narxlarda, dorixona assortimentidagi dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan toʻliq hajmda taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklik hamkorligi shartlari asosida cheklangan savdo ustamalarini qoʻllash yoʻli bilan Roʻyxatga kirmaydigan, dorixona assortimentidagi dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori vositalari bilan shaxslarning ayrim toifalarini imtiyozli asosda taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ijtimoiy dorixonalarning tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari qoshidagi oilaviy poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlarida joylashgan filial tarmoqlari orqali taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus ixtisoslashtirilgan avtotransport vositalari orqali qishloq vrachlik punktlari mavjud boʻlmagan togʻli, yetib borish qiyin hududlardagi aholiga dori vositalari va tibbiy buyumlarni yetkazib berishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) dorixona assortimentidagi roʻyxatga kiritilgan dori vositalari va tibbiy buyumlarning uzluksiz realizatsiyasini amalga oshirish maqsadida ularning ikki oylik zaxirasi mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Ijtimoiy dorixonalarni joylashtirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ijtimoiy dorixonalar dislokatsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilar ijtimoiy dorixonalar joylashishining asosiy omillari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyat, tuman, shaharning maʼmuriy-hududiy tuzilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududning geografik, ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shahar, tuman va qishloq aholi punktlaridagi aholining soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ambulatoriya poliklinikalarida tibbiy xizmatni tashkil etish darajasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy dorixonalarning xizmat koʻrsatish radiusi (ijtimoiy dorixonalarni tavsiya etilgan xizmat koʻrsatish radiusi aholi sonidan kelib chiqqan holda hisoblanadi, shaharlarda 2-3 km, qishloq hududida 5 — 10 kmdan koʻp boʻlmagan masofada).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ijtimoiy dorixonalar viloyat, tuman markazlarida, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining oilaviy poliklinikalari va qishloq vrachlik punktlarida joylashtirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Ijtimoiy dorixonalarning vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ijtimoiy dorixonalar oʻz faoliyatida amaldagi qonunchilikka va mazkur Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ijtimoiy dorixonalarning asosiy vazifasi aholini Roʻyxatga kiritilgan dorixona assortimentidagi dori vositalari va tibbiy buyumlar, boshqa turdagi dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash, shuningdek, imtiyozga ega ayrim toifadagi shaxslarni dori vositalari bilan taʼminlashdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ijtimoiy dorixona quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori vositalari va tibbiy buyumlarning ulgurji realizatsiyasi uchun va dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish uchun litsenziyaga ega boʻlgan taʼminotchilardan sotib oladi (olib kirishdan tashqari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shakli Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan retsept asosida beriladigan dori vositalarini yoki tasdiqlangan, retseptsiz beriladigan dori vositalari roʻyxatiga muvofiq dori vositalarini retseptsiz ravishda chakana realizatsiya qilish, shuningdek, qonunchilikda belgilangan tartibda imtiyozga ega ayrim toifadagi shaxslarni dori vositalari bilan taʼminlaydi;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2023-yil 29-apreldagi 10-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan Dori vositalarini retsept bilan va retseptsiz beriladigan dori vositalari toifasiga kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 3430, 04.05.2023-y.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda dori vositalari va tibbiy buyumlarni saqlaydi va yoʻq qiladi;
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-sonli qarori bilan tasdiqlangan Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchidan kelib tushgan shikoyatlar asosida aniqlangan, dori vositalarining nojoʻya taʼsiri va samaradorligi past holatlar haqida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligini xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ambulatoriya sharoitida davolashda imtiyozli beriladigan dori vositalari roʻyxatiga kiritilgan, ijtimoiy dorixonada amalda mavjud boʻlgan va vaqtincha mavjud boʻlmagan dori vositalari haqida shahar va tuman tibbiyot birlashmalariga har chorakda maʼlumot taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholiga dori vositalari va tibbiy buyumlarni saqlash va qoʻllash boʻyicha maslahat berish va axborot yordami koʻrsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholiga dori vositalari va tibbiy buyumlarning mavjudligi toʻgʻrisida axborot berish imkonini taʼminlovchi, dori vositalari va tibbiy buyumlarning ijtimoiy dorixonalar tarmogʻi boʻyicha harakatlanishining elektron shakldagi hisob-kitobini yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy dorixonaga tashrif buyuruvchilar uchun belgilangan tartibda tasdiqlangan cheklangan narxlar koʻrsatilgan dori vositalari assortimenti roʻyxatini koʻrinarli joyda joylashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shifokor retsepti asosida dori vositalarini tayyorlaydi va ichki sifat nazoratini oʻtkazish (tegishli litsenziyasi mavjud boʻlganda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ijtimoiy dorixonalarda tovar-moddiy boyliklarni inventarizatsiya va taʼmirlash ishlarini oʻtkazish uchun yopish davlat tomonidan, sherik bilan kelishilgan holda, sanitariya kunlarini oʻtkazish uchun esa — qoʻshimcha ravishda Davlat sanitariya nazorati organlari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida ijtimoiy dorixonani tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Xususiy sheriklik uchun nomzodni tanlash quyidagilarga asosan amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori vositalari va tibbiy buyumlarning chakana realizatsiyasi uchun litsenziyaning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dislokatsiyaga kiritilgan barcha tarmoq filiallarini toʻla hajmda tovarlar bilan taʼminlash uchun tegishli moddiy-texnik bazaning, tovar zaxirasining va aylanma vositalarining mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini, shuningdek imtiyozga ega ayrim toifadagi shaxslarni dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash, dori vositalari va tibbiy buyumlarning alohida hisob-kitobini olib borish imkonini beruvchi dasturning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq vrachlik punktlari mavjud boʻlmagan, shuningdek, togʻli regionlar va chekka hududlarni dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash uchun maxsus ixtisoslashtirilgan avtomobilning mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ijtimoiy dorixonalar faoliyatini amalga oshirish maqsadida xususiy sheriklik uchun nomzod tanlash toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi davlat-xususiy sheriklik nomzodini tanlash komissiyasi (keyingi oʻrinlarda komissiya deb ataladi) tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Komissiya tarkibi, uning ishchi organi va faoliyat reglamenti Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Xususiy sherik nomzodini koʻrib chiqish va qaror qabul qilish uchun Sogʻliqni saqlash vazirligining rasmiy veb-saytiga oʻz arizasini joylashtiradi, arizada quyidagilar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik manzili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank rekvizitlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori vositalari va tibbiy buyumlarning chakana realizatsiyasi uchun berilgan litsenziyaning roʻyxat raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori vositalari va tibbiy buyumlar, tovar zaxirasi va aylanma vositalar, ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarning alohida hisob-kitobini olib borish imkonini beruvchi dasturni oʻz ichiga oluvchi moddiy-texnik baza haqidagi maʼlumot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Maʼlumotlarning ishonchliligi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan idoralararo elektron hamkorlik yordamida tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Komissiya ariza qabul qilingan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida nomzodga Komissiya majlisining oʻtkaziladigan joyi va vaqti toʻgʻrisida xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi shartnomani imzolash uchun nomzod oʻzining nomzodini koʻrib chiqishda Komissiya yigʻilishida qatnashish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Komissiya arizani oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrib chiqadi va davlat-xususiy sherikchilik toʻgʻrisida shartnoma tuzish yoki uni tuzishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kun ichida qabul qilingan qaror toʻgʻrisida nomzodni xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida shartnoma tuzishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda nomzodga asoslantirilgan rad etish toʻgʻrisidagi xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi shartnoma tuzishni rad etish haqidagi Komissiya qarori yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida shartnoma tuzish boʻyicha Komissiyaning qarori davlat tomonidan sherikka keyingi ish kunidan kechikmay taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat hamkori uch kun muddatda nomzodga ushbu nizomning ilovasiga muvofiq shakldagi davlat-xususiy sheriklik shartnomasi loyihasini yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi barcha ijtimoiy dorixonalar faoliyatining va mazkur Nizom talablariga rioya qilinishining nazorati dori vositalari va tibbiy buyumlar chakana realizatsiyasini litsenziyalovchi hududiy organga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ijtimoiy dorixonada dori vositalari va tibbiy buyumlarning narxlarini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi oʻrinlarda “Davlat tomonidan sherik” deb ataluvchi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi nomidan vazir ______________________
(F.I.O)
bir tomondan va keyingi oʻrinlarda “Xususiy sherik” deb ataluvchi ________________________________________________________________________________________________
(yuridik shaxsning nomi)
nomidan ____________________________ ushbu shartnomani quyidagilar toʻgʻrisida tuzdilar:
(F.I.O)
I. Shartnoma predmeti
1.1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Davlat-xususiy sherikchilik uchun nomzodni tanlash boʻyicha komissiyasi 20 __ yil “____”__________dagi ___- son qaroriga asosan Xususiy sherikka tasdiqlangan dislokatsiyaga muvofiq, davlat mulki boʻlgan bino (xonalar) begʻaraz foydalanish uchun topshiriladi. Davlat tomonidan sherik ______________________________________da joylashgan
(bino joylashgan manzil)
foydali maydoni ____ kv.m. boʻlgan bino (xonalar)ni 20 ___ yil “___”________dan boshlab ___ yil muddatga topshiradi, Xususiy sherik esa qabul qiladi. 1.2. Bino (xonalar) ijtimoiy dorixona (uning filiali) sifatida faoliyat yuritilishi uchun topshiriladi. 1.3. Topshirilayotgan bino (xona) tavsifi: joylashgan joyi _______________________ xonalar soni _____________. Sanitariya-texnik holati: suv taʼminoti _____________; elektr taʼminoti _______________; havo almashinishi ______________; yorugʻlik taʼminoti ______________; issiqlik tizimi _______________; kanalizatsiya tizimi ______________.
II. Binoni (xonalarni) foydalanishga berish va undan foydalanish shartlari
2.1. Binodan (xonadan) ushbu Shartnomaning 1.2.-bandida belgilangan maqsadlarda foydalanilishi kerak. 2.2. Bino (xonalar) qabul qilish-topshirish dalolatnomasi asosida topshiriladi. 2.3 Bino (xonalar)ni topshirish va ulardan foydalanishning boshqa shartlari. ________________________________________________________________________________________________
III. Davlat tomonidan sherikning huquq va majburiyatlari
3.1. Davlat tomonidan sherik quyidagi huquqlarga ega: ushbu Shartnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflar kiritish; xususiy sherik tomonidan ushbu Shartnoma shartlari buzilgan holatlarda uni bekor qilishni talab etish; xususiy sherik tomonidan ijtimoiy dorixona faoliyatini tashkil qilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish; Davlat tomonidan sherik qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega. 3.2. Davlat tomonidan sherikning majburiyatlari: ushbu Shartnoma shartlariga muvofiq holatdagi bino (xonalar)ning belgilangan muddatlarda topshirilishini taʼminlash; davlat va ijtimoiy maqsadlarda bino (xonalar)ni qaytarib olishda xususiy sherik xarajatlarini, shu jumladan yoʻqotilgan foydani qoplash; elektr energiyasi, suv taʼminoti, issiqlik taʼminoti, kanalizatsiyadan foydalanish, texnik va maishiy chiqindilarni chiqarib tashlash boʻyicha xarajatlar toʻlanishini taʼminlash; ayrim toifadagi bemorlarga dori vositalarini imtiyozli berish boʻyicha xarajatlarning qoplanishini taʼminlash. Davlat tomonidan sherik qonun hujjatlariga muvofiq oʻziga boshqa majburiyatlarni ham oladi.
IV. Xususiy sherikning huquq va majburiyatlari
4.1. Xususiy sherik quyidagi huquqlarga ega: dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish orqali tijorat faoliyatini mustaqil ravishda yuritish; qoʻllash va realizatsiya qilish uchun tegishli hujjatlari mavjud boʻlgan holatlarda sanitariya-gigiyena buyumlari, dorivor ozuqalar, mineral suvlar, shuningdek, davolash-kosmetologiya mahsulotlari, biologik faol qoʻshimchalar realizatsiyasini amalga oshirish; taʼmirlash va boshqa texnik ishlarni belgilangan tartibda oʻtkazish; davlat tomonidan sherikning ushbu Shartnoma shartlari buzilgan holatlarda uni bekor qilishni talab etish. Xususiy sherik qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega. 4.2. Xususiy sherikning majburiyatlari: dorixona assortimentiga kiruvchi, ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiy buyumlarning savdoda doimiy boʻlishini taʼminlash; dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish qoidalariga rioya etilishi, shu jumladan toʻliq narxdagi dori vositalarining retsept asosida berilishini, ayrim toifadagi bemorlarga esa — qonunchilikda belgilangan tartibda imtiyozli asosda berilishini taʼminlash; ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiy buyumlar roʻyxatiga kirmagan dori vositalari va tibbiy buyumlarni davlat-xususiy-sherikchilik toʻgʻrisidagi shartlarga muvofiq, davlat tomonidan sherik belgilagan savdo ustamasidan oshmagan ustama narxlarda realizatsiya qilishni amalga oshirish; aholiga dori vositalari va tibbiy buyumlarni ijtimoiy korixona va uning filiallari orqali, shuningdek, respublikaning qishloq vrachlik punktlari mavjud boʻlmagan chekka, togʻli hududlardagi aholisiga maxsus ixtisoslashtirilgan avtotransport orqali yetkazib berish yoʻli bilan realizatsiya qilish; bino (xonalar)dan qatʼiy maqsadli ravishda foydalanish; binolarni (xonalarni) sanitariya-gigiyenik meʼyorlarga mos ravishda saqlash; muhandislik kommunikatsiyalarini ish holatida saqlash; dori vositalari va tibbiy buyumlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq saqlanishi boʻyicha kompleks tadbirlarni amalga oshirish; tovar-moddiy boyliklarning harakati boʻyicha hisob va hisobot hujjatlarini, shu jumladan belgilangan tartibda, elektron ravishda yuritish hamda hisobotlarni belgilangan shaklda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga taqdim etish; dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish qoidalariga, shu jumladan dori vositalarining imtiyozli asosda berilishiga rioya etish; sogʻliqni saqlash tashkilotlariga ijtimoiy dorixonada amalda mavjud boʻlgan va vaqtincha mavjud boʻlmagan, ambulatoriyada davolashda imtiyozli beriladigan dori vositalari roʻyxatiga kiritilgan dori vositalari haqida maʼlumot taqdim etish; isteʼmolchilardan kelib tushgan shikoyatlar asosida aniqlangan, dori vositalarining nojoʻya taʼsiri yoki samarasizligi hamda qalbakilashtirilgan, sifatsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni aniqlash holatlari haqida Sogʻliqni saqlash vazirligini xabardor qilish va ularning tarqalishiga chek qoʻyish; dori vositalari va tibbiy buyumlarni qabul qilish va saqlash haqida aholiga bepul axborot berish va konsultativ yordam koʻrsatish; dori vositalari va tibbiy buyumlarni belgilangan tartibda saqlash va yoʻq qilishni amalga oshirish; ijtimoiy dorixona mijozlariga dorixona assortimentiga kiruvchi ijtimoiy dori vositalari va tibbiy buyumlar roʻyxati va ularning narxi haqida axborot berish; giyohvand vositalar va psixotrop moddalarning qonunda belgilangan tartibda saqlanishini va realizatsiya qilinishini taʼminlash; ijtimoiy dorixonalarga qoʻyilgan sanitariya qoidalari va meʼyorlariga rioya etish; davlat tomonidan sherikka yetkazilgan zararni belgilangan tartibda qoplash. Xususiy sherik qonun hujjatlariga muvofiq oʻziga boshqa majburiyatlarni ham oladi.
V. Shartnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda uni bekor qilish tartibi
5.1. Ushbu Shartnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda uni bekor qilish tomonlar kelishuvi yoki sud qarori asosida amalga oshiriladi. 5.2. Ushbu Shartnoma quyidagi holatlarda bekor qilinishi mumkin: Xususiy sherikning tugatilishi, shu jumladan bankrotlik haqidagi qonunchilikka muvofiq uning iqtisodiy jihatdan toʻlovga layoqatsizligi; dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun berilgan litsenziya amal qilishining tugatilishi; ushbu Shartnomaning 4.2- bandi talablariga rioya etmaslik; bino (xonalar)dan foydalanishni ixtiyoriy ravishda rad etish; bino (xonalar)dan boshqa maqsadlarda foydalanish; belgilangan tartibda davlat va jamoat maqsadlari uchun bino(xonalar)ni qaytarib olish. Shartnoma qonunchilikda belgilangan boshqa holatlarda ham bekor qilinishi mumkin.
VI. Tomonlarning masʼuliyati
6.1. Tomonlardan biri ushbu Shartnoma shartlarini bajarmagan yoki muntazam ravishda qonunchilik talablarini buzgan holatlarda ikkinchi tomon qonunchilikda belgilangan tartibda Shartnomani bekor qilishni talab etish huquqiga ega. 6.2. Belgilangan muddatlarda bartaraf etilgan har qanday qoida buzilishi Shartnomaning bekor qilinishiga olib kelmaydi. 6.3. Ushbu Shartnomani bekor qilishda bir Tomon ikkinchi Tomonni bekor qilish moʻljallangan sanadan uch oy oldin, Shartnomani bekor qilish sabablarini asoslagan holda, yozma ravishda xabardor qiladi.
VII. Nizolarni hal etish
7.1. Ushbu Shartnomani amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
VIII. Shartnomaning alohida shartlari
8.1. Ushbu boʻlimda mazkur Shartnomada nazarda tutilmagan va qonunchilikka zid boʻlmagan shartlar koʻrsatiladi.
IX.Yakunlovchi qoida
9.1. Ushbu shartnoma ikkala Tomon imzolagan vaqtdan boshlab kuchga kiradi.
Tomonlarning rekvizitlari:
Davlat tomonidan sherik: _______________________ _______________________ _______________________
Xususiy sherik: _______________________ _______________________ _______________________
Tomonlarning imzolari
Davlat tomonidan sherik: _______________________ _______________________ Imzo oʻrni ________________ M.Oʻ.