Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Jismoniy tarbiya va sport aʼlochisi” koʻkrak nishonini taʼsis etish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-iyundagi PQ-3031-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash, shuningdek, mamlakatimizda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish ishlarining samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Jismoniy tarbiya va sport aʼlochisi” koʻkrak nishoni taʼsis etilsin.
2. Quyidagilar:
“Jismoniy tarbiya va sport aʼlochisi” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
“Jismoniy tarbiya va sport aʼlochisi” koʻkrak nishonining tavsifi 2-ilovaga muvofiq;
“Jismoniy tarbiya va sport aʼlochisi” koʻkrak nishoni guvohnomasining tavsifi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi “Jismoniy tarbiya va sport aʼlochisi” koʻkrak nishonlari va ularning guvohnomalari tayyorlanishini taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Jismoniy tarbiya va sport aʼlochisi” koʻkrak nishonlari va ularning guvohnomalarini tayyorlash uchun zarur xarajatlar Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga ajratiladigan mablagʻlar hisobiga amalga oshirilishini nazarda tutsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Q.V. Akmalov va Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri Sh.X. Isroilov zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 3-may,
332-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 332-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
“Jismoniy tarbiya va sport aʼlochisi” koʻkrak nishoni toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Jismoniy tarbiya va sport aʼlochisi” koʻkrak nishoni (keyingi oʻrinlarda koʻkrak nishoni deb ataladi) bilan taqdirlash tartibini belgilaydi.
2. Koʻkrak nishoni bilan Olimpiya, Paralimpiya va Osiyo oʻyinlari hamda jahon, Osiyo chempionatlarida va boshqa nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan, Vatanimiz bayrogʻini baland koʻtarib kelayotgan sportchilarning trenerlari, jamiyatimizda sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, aholining, ayniqsa yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shugʻullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirishga yoʻnaltirilgan keng koʻlamli ishlar amalga oshirilishiga munosib hissa qoʻshib kelayotgan, shuningdek, mamlakatimizning barcha hududlarida ommaviy sportning inson va jamiyat hayotidagi muhim ahamiyati, uning jismoniy va maʼnaviy sogʻlomlikning asosi ekanini targʻib qilish, iqtidorli sportchilarni saralab olish hamda maqsadli tayyorlash tizimini takomillashtirish borasida sidqidildan mehnat qilayotgan, respublikada jismoniy tarbiya va sport sohasida malakali kadrlar tayyorlashda jonbozlik koʻrsatayotgan tajribali, yetuk jismoniy tarbiya va sport sohasi vakillari taqdirlanadilar.
3. Koʻkrak nishoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.
4. “Jismoniy tarbiya va sport aʼlochisi” koʻkrak nishoniga tavsiya etilgan nomzodlar Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (keyingi oʻrinlarda Vazirlik deb ataladi) tomonidan taqdirlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
2-bob. “Jismoniy tarbiya va sport aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash uchun hujjatlarni taqdim etish tartibi
5. Bolalar va oʻsmirlar sport maktablari, sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktablari, sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari, olimpiya zaxiralari kollejlari hamda boshqa taʼlim muassasalari, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlari (respublika nodavlat notijorat tashkilotlari bundan mustasno) tomonidan xodimlarni jismoniy tarbiya va sport sohasiga qoʻshgan hissasi uchun koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflar tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalariga har yili 25-aprelgacha taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Sport turlari boʻyicha federatsiyalar, uyushmalar va boshqa respublika nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan xodimlarni jismoniy tarbiya va sport sohasiga qoʻshgan hissasi uchun koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflar sport turlari boʻyicha respublika oliy sport mahorati maktablariga har yili 25-aprelgacha taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari hamda sport turlari boʻyicha respublika oliy sport mahorati maktablari koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga nomzodlar boʻyicha tavsiyalarni har yili 25-iyungacha Vazirlikka taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlik tizimidagi respublika tashkilotlari va muassasalari hamda boshqa vazirliklar va idoralar tomonidan xodimlarni jismoniy tarbiya va sport sohasiga qoʻshgan hissasi uchun koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid tavsiyalar har yili 25-iyungacha Vazirlikka taqdim etiladi.
7. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflar va tavsiyalarni koʻrib chiqish tartibi Vazirlik tomonidan belgilanadi.
8. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash uchun hujjatlarni taqdim qilish ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
3-bob. “Jismoniy tarbiya va sport aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash tartibi
9. Vazirlikning buyrugʻi bilan koʻkrak nishoniga tavsiya etilgan nomzodlarni koʻrib chiqish boʻyicha doimiy komissiya (keyingi oʻrinlarda — Komissiya deb ataladi) tashkil etiladi.
10. Komissiya xulosasi asosida Vazirlikning koʻkrak nishoni bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi buyrugʻi qabul qilinadi.
Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi buyruq Vazirlikning axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
11. Koʻkrak nishoni va uning guvohnomasi bayram kunlari arafasida tantanali vaziyatda topshiriladi.
12. Koʻkrak nishoni takroran berilmaydi.
13. Koʻkrak nishoni davlat mukofotlaridan keyin koʻkrakning chap tomoniga taqiladi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
14. Vazirlik ushbu Nizomga muvofiq koʻkrak nishoniga tavsiya etilgan nomzodlarning hujjatlari xolis koʻrib chiqilishi uchun bevosita javobgardir.
15. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
“Jismoniy tarbiya va sport aʼlochisi” koʻkrak nishoni toʻgʻrisida”gi nizomga
ILOVA
ILOVA
“Jismoniy tarbiya va sport aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash uchun hujjatlarni taqdim qilish
SXEMASI
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 332-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
“Jismoniy tarbiya va sport aʼlochisi” koʻkrak nishonining
TAVSIFI
“Jismoniy tarbiya va sport aʼlochisi” koʻkrak nishoni diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻlib, mis qotishmasidan tayyorlanadi.
“Jismoniy tarbiya va sport aʼlochisi” koʻkrak nishonining old tomoni yuqori qismida 1928-yilda ilk bor Olimpiya oʻyinlarida yoqilgan, 1936-yilda olimpiya estafetasiga kiritilgan Olimpiya mashʼalasining koʻrinishi tasvirlangan. Bu tasvirning oʻng tarafida sport turlarining piktogrammalari fon sifatida berilgan. Ularning ustida “JISMONIY TARBIYA VA SPORT AʼLOCNISI” soʻzlari yozilgan. Harflarning balandligi 2,3 millimetr, yozuvlar zarhallangan. Mashʼalaning pastida Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi yarim aylanma shaklda berilgan.
Koʻkrak nishonining orqa tomoni markazida besh qatorda harflarning balandligi 2 millimetr boʻlgan “JISMONIY TARBIYA VA SPORT SONASI RIVOJIGA QO`SNGAN NISSASI UCNUN” yozuvi joylashgan.
Koʻkrak nishonining qalinligi 2,2 millimetr. Tasvirlar va yozuvlar qabariqdir. Koʻkrak nishonining old va orqa tomonlarining chetlari qabariq doira bilan oʻralgan. Koʻkrak nishoni ilmoqchalar va halqacha yordamida toʻgʻri toʻrtburchak shakldagi qadagʻichga ulangan.
Qadagʻichning eni — 26 millimetr, boʻyi — 17 millimetrdan iborat. Qadagʻich eni 22 millimetrli shoyi lenta bilan qoplangan. Lentaning ikki yonidan oq rangli eni 1,6 millimetrli yoʻl oʻtgan, shuningdek, chiziqlar yonidan har birining eni 2,8 millimetr boʻlgan yashil rangli yoʻl oʻtgan.
Qadagʻichning orqa tomoniga koʻkrak nishonini kiyimga taqib qoʻyish uchun toʻgʻnogʻich koʻrinishidagi moslama oʻrnatilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 332-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
“Jismoniy tarbiya va sport aʼlochisi” koʻkrak nishoni guvohnomasining
TAVSIFI
“Jismoniy tarbiya va sport aʼlochisi” koʻkrak nishoni guvohnomasi 160 x 110 millimetr oʻlchamdagi kitobcha shaklida boʻlib, 240 g/kv.m. qalinlikdagi ofset qogʻozdan tayyorlanadi.
Guvohnomaning tashqi tomoni (birinchi va toʻrtinchi betlari) yashil rangda boʻlib, plyonka bilan qoplangan.
Guvohnomaning birinchi beti eni 7,5 millimetrli, ichki burchaklari aylana shaklida boʻlgan toʻq yashil rangli hoshiya bilan oʻralgan.
Guvohnomaning yuqori chekkasidan (birinchi beti) 35 millimetr pastda, markazda oraligʻi 3,5 millimetrli uch satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi va ikkinchi satrda “JISMONIY TARBIYA VA SPORT AʼLOCNISI”, uchinchi satrda “koʻkrak nishoni” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 14-kegl) soʻzlari yozilgan. Undan 6 millimetr pastda “GUVONNOMASI” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 17-kegl) soʻzi yozilgan. Yozuvlar toʻq yashil rangda aks ettirilgan.
Guvohnomaning ichki tomoni (ikkinchi va uchinchi betlari) “Tangir” tasviri tushirilgan och havo rangda boʻlib, ofset usulida chop etilgan.
Ichki tomonining chap qismida (ikkinchi beti), markazda koʻkrak nishonining asliga teng oʻlchamdagi rangli tasviri aks ettirilgan.
Guvohnomaning ichki oʻng tomoni (uchinchi beti) yuqori chekkasidan 8 millimetr pastda, markazda “GUVONNOMA” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) soʻzi hamda guvohnoma tartib raqami uchun “№” belgisi va 15 millimetrli chiziq joylashgan.
“GUVONNOMA” soʻzidan 11 millimetr pastda mukofotlangan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismini qayd etish uchun oraligʻi 8 millimetrli uchta chiziq tortilgan.
Pastki chiziqdan 6 millimetr quyida, markazda oraligʻi 2 millimetrli uch satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “Oʻzbekiston Respublikasi”, ikkinchi satrda “Jismoniy tarbiya va sport”, uchinchi satrda “vazirining” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) soʻzlari yozilgan.
Undan 5 millimetr pastda oraligʻi 4 millimetr boʻlgan ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “20__ y. “___” ___________dagi”, ikkinchi satrda “____-sonli buyrugʻiga asosan” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) soʻzlari yozilgan.
Undan 5 millimetr pastda, markazda oraligʻi 5 millimetrli uch satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi va ikkinchi satrda markazda “JISMONIY TARBIYA VA SPORT AʻLOCNISI” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 12-kegl), uchinchi satrda “koʻkrak nishoni bilan mukofotlandi” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) soʻzlari yozilgan.
Soʻnggi soʻzlardan 9 millimetr pastda, chap tomonda “Vazir” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) soʻzlari yozilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.05.2018-y., 09/18/332/1147-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)