03.05.2018 yildagi 333-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 03.05.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suzish sport turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi toʻgʻrisida” 2018-yil 22-yanvardagi PF-5308-son Farmoniga muvofiq hamda suv sporti turlari boʻyicha sport zaxirasi va yuksak mahoratli sportchilarni tayyorlash, suv sporti turlari boʻyicha bolalar trenerlarini tayyorlash va seleksiya ishlarini yoʻlga qoʻyish, sport muassasalari trenerlari va xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018 — 2021-yillarda suzish sport turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari rejasi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjet mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan basseynlarda shugʻullanish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qaror bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasida belgilangan topshiriqlar ijrosining oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi yuzasidan tegishli vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlariga tashkiliy-metodik yordam koʻrsatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda tizimdagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazida 3 va 6 oylik qisqa muddatli suv sporti turlariga oʻrgatadigan trenerlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash oʻquv kurslarini tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda basseynlarni suv sporti turlari bilan shugʻullanish boʻyicha oʻquv rejalari, dasturlar va adabiyotlar bilan taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda budjet mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan basseynlarni (keyingi oʻrinlarda basseynlar deb ataladi) xalqaro talablarga mos sport anjomlari va uskunalari bilan taʼminlash tartibini tasdiqlasin hamda tasdiqlangan tartib asosida basseynlarni sport anjomlari va uskunalari bilan taʼminlash rejasini ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda tizimdagi basseynlarga kirish va oʻtish joylarida videokuzatuv moslamalari hamda turniketlar oʻrnatilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
basseynlarning manzili, ish vaqti, koʻrsatiladigan xizmat turlari va narxlari haqidagi maʼlumotlar Internet jahon axborot tarmogʻida doimiy ravishda keng yoritilishini yoʻlga qoʻysin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi basseynlarga kirish va oʻtish joylarida videokuzatuv moslamalari va turniketlarni oʻrnatish hamda sport anjomlari va uskunalari bilan taʼminlash xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga qoplanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda basseynlarda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari bajarilishi boʻyicha doimiy ravishda tushuntirish ishlarini olib borsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda uch oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarda joylashgan davlat taʼlim muassasalarining basseynlarini xatlovdan oʻtkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xatlov yakunlari boʻyicha davlat va xususiy sheriklik asosida foydalanishga beriladigan hududlarda joylashgan davlat taʼlim muassasalarining basseynlari roʻyxatini tuzsin hamda mazkur roʻyxatni hamda davlat va xususiy sheriklik asosida foydalanishga berish shartlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Internet jahon axborot tarmogʻida joylashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xususiy sheriklik asosida foydalanishga beriladigan basseynlarni tushgan takliflarga koʻra ijaraga berish tizimini joriy etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari basseynlarning yil davomida uzluksiz faoliyat yuritishini taʼminlash, ulardan samarali foydalanish maqsadida barcha zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi (elektr energiyasi, gaz, suv taʼminoti, kanalizatsiya, avtomobil yoʻllari va boshqalar) bilan belgilangan tartibda taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Q.V. Akmalov va Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri Sh.X. Israilov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 3-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
333-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 333-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018 — 2021-yillarda suzish sport turlarini rivojlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CHORA-TADBIRLARI REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Amalga oshiriladigan tadbirlar nomi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Suzish sport turi boʻyicha oʻquv-metodik bazani takomillashtirish

1.

Suzish sport turi boʻyicha musobaqalar oʻtkazish tartibini xalqaro qoidalarga asoslangan holda ishlab chiqish va tasdiqlash.

2018-yil

II chorak

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi,

Oʻzbekiston suzish federatsiyasi

2.

Suzish sport turlari boʻyicha trenerlar uchun mashgʻulotlarni tashkil etish yuzasidan oʻquv-metodik qoʻllanmalarni ishlab chiqish hamda sport taʼlim muassasalarini taʼminlash.

2018-yil

III chorak

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi,

Oʻzbekiston suzish federatsiyasi

3.

Suzish sport turi boʻyicha professional sportchilar uchun ratsional ovqatlanish va maxsus dori vositalari qabul qilish mezonlarini aks ettiruvchi metodik tavsiyalarni ishlab chiqish.

2018-yil

III chorak

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,
Milliy antidoping agentligi,
Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston suzish federatsiyasi

II. Suzish sport turlarini ommalashtirish, iqtidorli sportchilarni saralash (seleksiya) ishlari samaradorligini oshirish

4.

Suv sporti turlari boʻyicha Oʻzbekiston chempionati musobaqalarini quyidagicha oʻtkazish, gʻolib sportchilarni aniqlash va taqdirlash:

1-bosqich — tuman (shahar) miqyosida;

2-bosqich — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida;

3-bosqich — respublika miqyosida (final).

Taqvim reja asosida

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston suzish federatsiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

5.

Suzish sporti turlarining ommaviyligini yanada oshirish maqsadida:

bolalar-oʻsmirlar, ayniqsa uyushmagan yoshlar oʻrtasida suzish boʻyicha “Yosh olimpiyachilar”, “Olimpiya umidlari”;

qizlar oʻrtasida sinxron suzish boʻyicha “Suv parisi”, suv sporti turlari boʻyicha “Nafosat olami” sport musobaqalarini tashkil etish.

Taqvim reja asosida

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston suzish federatsiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

6.

Basseynlarda har chorakda iqtidorli sportchilarni saralashga yoʻnaltirilgan suzish boʻyicha musobaqa va bellashuvlarni tashkil etish.

2018-yildan boshlab doimo

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston suzish federatsiyasi

7.

Aholi, ayniqsa umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari va oliy taʼlim muassasalari oʻquvchi-talabalari oʻrtasida umumxalq va xalqaro bayramlarga bagʻishlangan suzish boʻyicha havaskorlar sport festivallarini oʻtkazish.

Reja asosida

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston suzish federatsiyasi

8.

Suzish sport turlari boʻyicha oʻtkaziladigan musobaqalar jarayonlarining shaffofligi va xolisligini taʼminlash yuzasidan uzluksiz ravishda videokuzatuv joriy etish.

2018-yildan boshlab doimo

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, homiy tashkilotlar

9.

Suzish sport turlari boʻyicha nufuzli musobaqalarda gʻolib va sovrindor boʻlgan Oʻzbekiston sportchilari va sport faxriylarining salohiyatidan yosh avlodni tarbiyalash hamda xalqaro sport aloqalarini mustahkamlashda samarali foydalanish.

2018-yildan boshlab doimo

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston suzish federatsiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

III. Mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni takomillashtirish

10.

Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazida 3 va 6 oylik qisqa muddatli suv sporti turlariga oʻrgatadigan trenerlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash oʻquv kurslarini tashkil etish.

2018-yil II chorak

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi,
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

11.

Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazining oʻquv jarayoniga suzish sport turlari boʻyicha xalqaro tajribani tatbiq etish, Oʻzbekiston sport terma jamoalari oʻquv mashgʻulotlariga va tayyorgarlik jarayonlarini tegishli video va koʻrgazmali materiallar bilan taʼminlash.

2018-yildan boshlab doimo

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi,
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi

12.

Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markaziga har yili nufuzli xorijiy sport-taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilarini jalb etish, ular ishtirokida anjumanlar, amaliy mahorat saboqlari va namunali oʻquv darslarini oʻtkazish hamda oʻquv, sport va ilmiy-tadqiqot ishlari yuzasidan hamkorlik ishlarini amalga oshirish.

2018-yildan boshlab doimo

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi,
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

13.

Suv sporti turlari boʻyicha xalqaro tajribani oʻrgangan holda trenerlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish oʻquv dasturlarini ishlab chiqish, trenerlarni malaka oshirish uchun xorijiy mamlakatlarga yuborish.

2018-yil III chorak, doimo

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi,
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

14.

Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazida basseynlarning ekspluatatsiyasi jarayonlariga masʼul xodimlarni (filtrlovchi, dezinfektor va shu kabilarni) tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha qisqa muddatli kurslarni tashkil qilish.

2018-yildan III chorak

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi,
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

15.

Hududlarda suzish sport turlari boʻyicha trenerlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi mutaxassislar bilimini oshirishga qaratilgan amaliy seminarlarni tashkil qilish.

2018-yildan boshlab doimo

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston suzish federatsiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

IV. Suzish boʻyicha sport inshootlaridan foydalanish samaradorligini oshirish

16.

Aholi, ayniqsa ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni basseynlardan foydalanishi uchun yetarli shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan, ular uchun maxsus jadvallarni ishlab chiqish.

2018-yildan boshlab doimo

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi,

“Mahalla” xayriya jamoat fondi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

17.

Basseynlardagi suvni isitish va filtrlash tizimini muqobil energiyadan (quyosh batareyalaridan) foydalangan holda amalga oshirish tizimini joriy etish.

2019-yildan boshlab doimiy

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

18.

Basseynlarning yil davomida uzluksiz faoliyat yuritishini tashkil qilish uchun doimiy elektr va gaz taʼminoti bilan taʼminlashning qatʼiy choralarini koʻrish.

2018-yildan boshlab doimo

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

V. Basseynlarni moddiy qoʻllab-quvvatlash

19.

2018-2019-yillarda basseynlarni xalqaro talablarga mos sport anjomlari va uskunalari bilan taʼminlash rejasini ishlab chiqish hamda reja asosida basseynlarni sport anjomlari va uskunalari bilan taʼminlash.

2018-yil

III chorak,

amalga oshirish

2018-2019-yillar

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston suzish federatsiyasi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

20.

Basseynlarga kirish va oʻtish joylarida video kuzatuv moslamalari hamda turniketlar oʻrnatish.

2018-yil

III-chorak

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, mutasaddi vazirlik va idoralar

21.

Xalqaro sport musobaqalari oʻtkazish uchun moʻljallangan basseynlarni elektro xronometrlar, pnevmaqutilar bilan taʼminlash.

2019-yil

II-III chorak

Oʻzbekiston suzish federatsiyasi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

22.

Basseynlarni suv sporti turlari bilan shugʻullanish boʻyicha oʻquv rejalari, dasturlar va adabiyotlar bilan taʼminlash.

2018-yil

III chorak

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston suzish federatsiyasi

23.

Suv sport turlari boʻyicha tizimli sport musobaqalarini oʻtkazish maqsadida basseynlarning (muassasa) sport tadbirlari kalendar rejasi uchun har yili mablagʻ ajratish.

2019-yildan boshlab doimiy

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Moliya vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston suzish federatsiyasi

VI. Ommaviy axborot vositalari, Internet jahon axborot tarmogʻining imkoniyatlaridan faol foydalangan holda aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish

24.

Ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, Internet jahon axborot tarmogʻida suv sporti turlarini keng targʻib qilish choralarini amalga oshirish hamda ijtimoiy roliklar tayyorlash.

2018-yildan boshlab doimo

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi,
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi

25.

Suzish sport turlari boʻyicha Oʻzbekiston chempionatlari va kubok musobaqalari, ommaviy sport tadbirlari toʻliq yoritilishini taʼminlash.

2018-yildan boshlab doimo

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston suzish federatsiyasi

26.

Suzish sport turlari boʻyicha mashhur sportchilar va sport faxriylari bilan davra suhbatlari, muloqotlar va mahorat saboqlari oʻtkazish.

2018-yildan boshlab doimo

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 333-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjet mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan basseynlarda shugʻullanish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom budjet mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan basseynlarda (keyingi oʻrinlarda basseynlar deb ataladi) shugʻullanish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom talablari budjet mablagʻlari hisobiga moliyalashtirilmaydigan basseynlar uchun tavsiyaviy tusga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shugʻullanuvchi — suzish sport turi boʻyicha sogʻlom turmush tarzini olib borish maqsadida oʻz istagiga koʻra trener qoʻl ostida yoki trenersiz shugʻullanadigan jismoniy shaxs (havaskor);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchi-sportchi — sogʻlomlashtirish tayyorlov bosqichidan oʻtgan hamda suzish sport turi bilan trener qoʻl ostida muntazam shugʻullanadigan (haftasiga kamida 6 soat), doimo oʻzining sport mahoratini oshirib boradigan va sport tadbirlarida qatnashadigan jismoniy shaxs.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Basseynlarning asosiy faoliyati bolalar, oʻsmirlar va yoshlar uchun mashgʻulotlar jarayonini amalga oshirish, jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shugʻullanishga jalb etish, sport zaxirasi va yuqori mahoratli sportchilar tayyorlash boʻyicha oʻquv-mashq jarayonini tashkil etish, shuningdek, aholini sogʻlomlashtirish maqsadida suzish sport turlari bilan shugʻullanishga jalb etishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Basseynlarda sogʻlomlashtirish guruhlarini tashkil etishdan asosiy maqsad ularni suv sportiga keng jalb qilish va sogʻlomlashtirishga imkon yaratish hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Basseynlarga qabul qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Basseynlardagi sogʻlomlashtirish guruhlarida shugʻullanish uchun sogʻligʻiga koʻra va sport bilan shugʻullanish uchun tibbiy nuqsonlari boʻlmagan bolalar, oʻsmirlar va yoshlar, shuningdek, tibbiy ruxsatnoma asosida nogironligi boʻlgan shaxslar uchun teng sharoitlar yaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Basseynlarda shugʻullanish istagini bildirgan shaxslar ushbu basseyn tegishli boʻlgan muassasaga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza (voyaga yetmagan shaxslar uchun ularning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki tugʻilganlik haqidagi guvohnoma);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
086-u-shakldagi tibbiy maʼlumotnoma, teri tanosil vrachi va kardiolog tomonidan shugʻullanishga berilgan ruxsatnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shugʻullanuvchining sport musobaqalarida erishgan natijalarini tasdiqlovchi hujjatlar (agar mavjud boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shugʻullanuvchining 3,5 x 4,5 sm oʻlchamdagi 4 dona rangli fotosurati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shugʻullanuvchining sport pasporti nusxasi, agar mavjud boʻlsa (hujjatlarni topshirish vaqtida sport pasportining asl nusxasi koʻrsatiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shugʻullanuvchining avvalgi shugʻullangan sport muassasasidan shugʻullanganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma (agar shugʻullangan boʻlsa).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Shugʻullanuvchilar basseynlarning sogʻlomlashtirish guruhlariga qabul qilingan kundan eʼtiboran ularga basseynga kirish va suv havzasidan foydalanishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Basseynlarning sogʻlomlashtirish guruhlariga yetti yoshdan boshlab (agar chuqurligi bir metrdan oshiq boʻlmagan basseyn boʻlsa, toʻrt yoshdan boshlab) barcha xohish bildirgan shaxslar qabul qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Basseynlardan bir marta shugʻullanish istagini bildirgan shaxslar ushbu Nizomning 11-bandida keltirilgan maxsus shaxsiy sport kiyimida, basseynning tibbiy xodimlari koʻrigidan oʻtib, belgilangan toʻlovni amalga oshirgan holda shugʻullanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Basseynlardan foydalanish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Shugʻullanuvchilar tomonidan basseynlardan foydalanishda quyidagilarga amal qilinishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
basseynlarning kirish-chiqish joylarida oʻrnatilgan turniketlar orqali belgilangan vaqtda oʻtish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kiyim shkaflarida tashqi kiyimlarni (koʻcha uchun moʻljallangan kiyimlar, poyabzallar va boshqalarni) yechib qoldirish va basseyn hududida faqat ruxsat etilgan, yaʼni basseynlar uchun moʻljallangan oyoq kiyimlarda boʻlish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
basseynlardan foydalanish vaqtiga rioya qilish. Bunda, sogʻlomlashtirish guruhlarida mashgʻulotlar jarayoniga 45 daqiqa (akademik soat) hamda shugʻullanuvchilar yechinib-kiyinishi va yuvinishi uchun 15 daqiqa vaqt belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻlomlashtirish guruhlarining haftalik rejimi 135 daqiqa (uch akademik soat) etib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Basseynlarga kirish va undan foydalanish uchun shugʻullanuvchilarning har birida suzish mashgʻuloti uchun moʻljallangan maxsus shaxsiy (suzish uchun sport kiyimi va bosh kiyimi, basseynda foydalanish uchun alohida oyoq kiyimi, suzish koʻz oynagi, sochiq, sovun) buyumlar boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shugʻullanuvchilarda suzish uchun moʻljallangan maxsus shaxsiy buyumlar toʻliq boʻlmagan taqdirda, ularga basseynlarga kirish va ulardan foydalanishga ruxsat berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Basseyndan foydalanish davrida trenerlarning basseynlarda xavfsizlikni taʼminlash va basseynlardan foydalanish qoidalari bilan bogʻliq barcha talablari shugʻullanuvchilar tomonidan soʻzsiz bajarilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Basseynlardan foydalanish davrida shugʻullanuvchilar tomonidan suvga tushish yoki undan chiqish trenerlarning koʻrsatmasiga asosan amalga oshiriladi (trenersiz shugʻullanuvchilar bundan mustasno). Belgilangan koʻrsatmalar berilganda shugʻullanuvchilar oʻzlari yaqin turgan zinalar orqali berilgan koʻrsatmani amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Basseynlardan foydalanish davrida dastlabki mashgʻulotlar jarayonlarida qatnashayotgan shugʻullanuvchilarga suzishga oid xavfsizlik qoidalari trenerlar tomonidan tanishtiriladi va shugʻullanuvchilar tanishtirganligi toʻgʻrisida tegishli jurnalga imzo qoʻydiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Basseynlardan foydalanish davrida quyidagilar taqiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sakrash taqiqlangan joylardan basseynga sakrash (tushish), shu jumladan, basseynlarning sayoz joyiga bosh bilan sakrash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mashgʻulot vaqtida boshqa shugʻullanuvchilarning yoʻlini toʻsish va ularning hayotiga xavf tugʻdiradigan boshqa harakatlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
basseynlar ichidagi maxsus yoʻlaklarni ajratib turuvchi arqonga osilib turish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mashgʻulot vaqtida boshqa shugʻullanuvchilarga xalaqit berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
basseynlarda koʻndalang suzish (yoʻlakdan yoʻlakka va suvdan chiqish zinasiga oʻtish bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shovqin chiqarish va yordam berish toʻgʻrisida notoʻgʻri xabar tarqatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
basseynlarda ushbu Nizomning 11-bandida qayd etilgan suzish uchun moʻljallangan maxsus kiyimlarsiz shugʻullanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
basseynlarda saqich chaynash, ovqatlanish va alkogolli ichimlik isteʼmol qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
basseynlarga masʼul boʻlgan shaxslarning ruxsatisiz suvda suzish uchun oyoqqa kiyiladigan moslama (lastalar) va suzish niqoblaridan (maskalaridan) foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
basseynlarga begona narsalarni tashlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
basseynlarga masʼul boʻlgan shaxslarning ruxsatisiz basseyn atrofida joylashgan moddiy inventarlardan foydalanish yoki inventarlarga qasddan shikast yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
basseyn atrofida yugurish va oyoq kiyimisiz yurish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har qanday texnik-muhandislik jihozlarni boshqarish va ularni oʻchirish, yoqish hamda tegish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Basseynlarning sogʻlomlashtirish guruhlarida shugʻullanuvchilar sogʻligʻiga xavf tugʻdirmaslik maqsadida quyidagi shaxslar basseynlardan foydalanishi mumkin emas:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻligʻi bilan bogʻliq salbiy (teri, yuqumli, qon ketish kasalliklari va shu kabilar) holatlarga ega boʻlgan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alkogolli ichimlik isteʼmol qilgan shaxslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Basseynlarning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari asosida faoliyat yuritishi tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Basseynlar sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga javob berishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Basseynlarga olinadigan suv “Ichimlik suvi. Gigiyenik talablar va sifati ustidan nazorat” O'zDST 950:2011 talablariga mos boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Basseynlarda har kuni filtrlash va zararsizlantirish ishlari amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Basseynlarda suvning holatiga koʻra suv toʻliq chiqarib yuborilgandan soʻng dezinfeksiya tadbirlari oʻtkaziladi va yangi suv bilan toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Basseyn rahbariyati tomonidan ochiq va yopiq basseynlar suvini bahor-yoz mavsumida har 10 kunda, qolgan mavsumlarda bir oyda bir marta hududiy Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari xodimlarini taklif etib, suv sifatini tekshirish tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Basseynlarda shugʻullanish uchun haq toʻlash, ulardan foydalanish va xodimlarni ragʻbatlantirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Basseynlarda shugʻullanuvchilardan tushgan mablagʻlar (boshlangʻich tayyorlov guruhi, oʻquv-mashq guruhi, sportda kamolotga erishish guruhi va oliy sport mahorati bosqichi guruhlarida shugʻullanuvchi sportchilar bundan mustasno) belgilangan tartibda quyidagilarni qoplash uchun sarflanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
basseynlarda pullik xizmat koʻrsatayotgan trenerlarga ish haqi toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
basseynlarning kommunal toʻlov xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
basseynlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va boshqa xarajatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Basseynlarda faoliyat yuritayotgan xodimlarni ragʻbatlantirish Vazirlar Mahkamasining “Sport maktablari faoliyatini hamda sport maktablari trenerlari va mutaxassislari mehnatini moddiy ragʻbatlantirish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2010-yil 23-sentabrdagi 211-son qarori va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Basseynlarda shugʻullanish uchun toʻlovlar ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Basseynlarda shugʻullanish uchun toʻlanadigan oylik toʻlov har oyning 10-kunidan kechikmay toʻlanishi shart (bir martalik shugʻullanuvchilar tomonidan toʻlanadigan toʻlovlar bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Basseynlarda shugʻullanish uchun oylik va bir martalik toʻlovlar basseyn rahbariyati tomonidan yuqori turuvchi tashkilot bilan kelishgan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Shugʻullanuvchi kasalligi davrida (2 haftadan kam boʻlmaganda) basseynlarda shugʻullanish uchun toʻlov olinmaydi. Bunda, shugʻullanuvchining kasalligi toʻgʻrisidagi arizasi (voyaga yetmagan shaxslar uchun ularning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan beriladi) va davolash muassasasidan yoki tegishli hudud vrachidan olingan maʼlumotnoma taqdim etilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Basseynlarda shugʻullanish uchun amalga oshiriladigan toʻlov tegishli xizmat koʻrsatuvchi bank yoki basseynlarda tashkil etilgan kassalarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi va toʻlov toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat (kvitansiya) nusxasi basseynlarning masʼul xodimlariga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Agar toʻlov pul oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshirilgan boʻlsa, basseynlarning masʼul xodimiga toʻlov topshiriqnomasining nusxasi (toʻlov toʻlanganligi toʻgʻrisidagi bank belgisi qoʻyilgan holda) taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Agar toʻlov ushbu Nizomning 25-bandida koʻrsatilgan muddatdan soʻng ikki hafta mobaynida uzrli sabablarsiz toʻlanmagan taqdirda, bu shugʻullanuvchilarning roʻyxatdan chiqarilishi uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Basseynlarda shugʻullanganligi uchun mavjud boʻlgan qarzdorlik bir oy ichida toʻlangan taqdirda, shugʻullanuvchi ushbu guruhning oʻquv dasturlari talablarini bajargandan soʻng shugʻullanuvchilar safiga qayta tiklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Basseynlarda shugʻullanish uchun toʻlovlardan ozod qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Basseynlarda shugʻullanuvchilarning quyidagi toifalari toʻlovdan ozod etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan norma va talablarni bajarib, boshlangʻich tayyorlov guruhlari, oʻquv-mashgʻulot, sportda kamolotga erishish va oliy sport mahorati guruhlariga oʻtgan shugʻullanuvchilar (oʻquvchi-sportchilar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kam taʼminlangan oilalar farzandlari va nogironligi boʻlgan bolalar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim bolalar va ota-ona qarovisiz qolgan bolalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shugʻullanuvchi nazorat-normativ meʼyorlarini bajargan taqdirda istisno tariqasida toʻlovdan ozod etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Kam taʼminlangan oilalarning farzandlarini toʻlovdan ozod etish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ota-onalarning arizasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilaning kam taʼminlanganligi toʻgʻrisida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan beriladigan maʼlumotnoma va kam taʼminlangan oilalar roʻyxatiga kiritilganligi haqidagi bayonnoma nusxasi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Nogironligi boʻlgan shugʻullanuvchilarga nogironlik toʻgʻrisida tegishli organlar tomonidan beriladigan guvohnoma asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarning qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga davlat tarbiya, davolash-sogʻlomlashtirish, tibbiy-ijtimoiy muassasalari tomonidan berilgan maʼlumotnoma asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Agarda bir oilaning ikki va undan ortiq farzandi basseynda shugʻullansa, ulardan har birining shugʻullanishi uchun belgilangan oylik toʻlovning 70 foizi miqdorida toʻlov amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Toʻlovdan ozod etiladigan shugʻullanuvchilar roʻyxati (guruhlarda shugʻullanuvchilar umumiy sonining 20 foizidan koʻp emas) ushbu Nizomning 40-bandida koʻrsatilgan Komissiyaning qarori bilan tasdiqlanadi hamda ushbu qaror asosida muassasa direktorining buyrugʻi chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Basseynlarda shugʻullanish uchun toʻlovlardan ozod etish boʻyicha Komissiyaning faoliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Basseynlarda shugʻullanish uchun toʻlovlardan ozod etish boʻyicha Komissiya (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Komissiya basseyn (muassasa) direktori buyrugʻi asosida 7 kishidan iborat boʻlgan Komissiya raisi, uning oʻrinbosari, Komissiya kotibi va aʼzolaridan iborat tarkibda tuziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya tarkibiga muassasa direktori, uning oʻrinbosari, uslubchilar, trenerlar, shugʻullanuvchilarning ota-onalari kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifasi hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv yilining boshlanishida, zarur hollarda oʻquv yili davomida basseynlarda shugʻullanishi uchun belgilangan toʻlovdan ozod etish masalasini koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shugʻullanish uchun toʻlanadigan toʻlovdan ozod etiladiganlar roʻyxatini shakllantirish va tasdiqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Basseynda shugʻullanish uchun toʻlovlardan ozod etish boʻyicha tushgan hujjatlarni Komissiya har chorakda kamida bir marotaba koʻrib chiqib, tegishli qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya qarori bayonnoma tarzida rasmiylashtiriladi va Komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Oʻquvchi-sportchilarni guruhdan-guruhga oʻtkazish tartibi va shugʻullanuvchilarning yoshi boʻyicha meʼyorlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Basseynlarning sogʻlomlashtirish yoki sport guruhlarida shugʻullanuvchilar uchun oʻtkaziladigan mashgʻulotlar jarayonlari quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
guruh mashgʻulotlarida amaliy va nazariy mashgʻulotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibda amaliy va nazariy mashgʻulotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Sogʻlomlashtirish guruhlardagi shugʻullanuvchilarning mashgʻulot yuklamalari individual holda (shugʻullanuvchining sogʻligʻiga koʻra) vrach koʻrsatmasidan kelib chiqib amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport guruhlarida shugʻullanish davomati va yuklamalari hajmi, nazorat meʼyorlari Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan oʻquv dasturlari va yillik oʻquv rejalari asosida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Oʻquvchi-sportchilarni guruhdan guruhga oʻtkazish nazorat-normativ meʼyorlari ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan talablar bajarilishi asosida oʻquv yili yakunida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Nazorat-normativ meʼyorlari Olimpiada oʻyinlari oʻtkazilishining davriyligini inobatga olib, har toʻrt yilda bir marta kelgusi toʻrt yil muddatga tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Nazorat-normativ meʼyorlari oʻzgarishiga qarab Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan qayta koʻrib chiqilishi va tasdiqlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Basseynlarda shugʻullanuvchilar yoshi ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan meʼyorlarga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjet mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan basseynlarda shugʻullanish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suzish sport turi boʻyicha oʻquvchi-sportchilarni guruhdan guruhga oʻtkazish nazorat-normativ
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MEʼYORLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

I. Sogʻlomlashtirish guruhidan boshlangʻich tayyorgarlik guruhiga 7-8 yoshli oʻgʻil va qiz bolalarni saralab olish nazorat-normativ talablari

T/r

Nazorat mashqlari

Oʻgʻil bolalar

Qiz bolalar

Umumiy jismoniy tayyorgarlik

1.

1 kg ogʻirlikdagi meditsinbolni uloqtirish

3,8 m va undan koʻp

3,3 m va undan koʻp

2.

Tik turgan xolda oyoqlarni bukmasdan oldinga egilish (baho)

“5” — qoʻl qismi toʻliq yerga tegishi;

“4” — qoʻl barmoqlari toʻliq yerga tegishi;

“3” — qoʻl barmoqlarining uchi yerga tegishi.

3.

Qoʻllarni birlashtirib oldinga-orqaga aylantirish (baho)

“5” — qoʻllar orasida 0 — 10 sm

“4” — qoʻllar orasida 11 — 20 sm

“3” — qoʻllar orasida 21 — 30 sm

4.

Mokisimon yugurish 3x10 m (soniya)

10 soniyadan yuqori boʻlmasligi kerak

10,5 soniyadan yuqori boʻlmasligi kerak

5.

Yil davomida koʻkrakda erkin suzish usulini mukammal bilish (metr)

50 m

50 m

6.

Sport toifasi (razryad)

toifasiz

toifasiz

II. Boshlangʻich tayyorlov guruhining ikkinchi oʻqitish yiliga 8 yoshli oʻgʻil va qiz bolalarni oʻtkazish (qabul qilish) nazorat-normativ talablari

T/r

Nazorat mashqlari

Oʻgʻil bolalar

Qiz bolalar

Umumiy jismoniy tayyorgarlik

1.

Mokisimon yugurish 3x10 m (soniya)

9,5 soniyadan yuqori boʻlmasligi kerak

10 soniyadan yuqori boʻlmasligi kerak

2.

1 kg ogʻirlikdagi meditsinbolni uloqtirish

4.0 m dan kam boʻlmagan

3,5 m dan kam boʻlmagan

3.

Tik turgan xolda, oyoqlarni bukmasdan oldinga egilish (baho)

“5” — qoʻl qismi 15 sm va undan ortiq yerga tegishi;

“4” — qoʻl qismi 10 — 14 sm yerga tegishi;

“3” — �oʻl qismi 5 — 9 sm yerga tegishi.

4.

Qoʻllarni birlashtirib oldinga orqaga aylantirish (baho)

Tutqich kengligi 15 sm dan oshmasligi kerak

5.

Toʻpiq egiluvchanligi (baho)

“5” — oyoq uchlari 185o
“4” — oyoq uchlari 180o

“3” — oyoq uchlari 175o

Texnik va suzish tayyorgarlik

6.

Uzunlikga sirpangan holda koʻkrakda va chalqancha suzish (m)

7,5

7,5

7.

15 m startdan suzish (soniya)

“delfin” usulida-13,0 soniya va undan tez

“chalqancha” usulida-13,0 soniya va undan tez

“brass” usulida-15,0 soniya va undan tez

“erkin” usulda-12,0 soniya va undan tez

8.

25 m oyoqda suzish (soniya)

“delfin” usulida-27,5 soniya va undan tez

“chalqancha” usulida-26,0 soniya va undan tez

“brass” usulida-28,5 soniya va undan tez

“erkin” usulda-25,5 soniya va undan tez

9.

Razryad normalariga suzish

50 m “delfin” usulida kamida III oʻsmirlar razryadi

50 m “chalqancha” usulida kamida III oʻsmirlar razryadi

50 m “brass” usulida kamida III oʻsmirlar razryadi

50 m “erkin” usulida kamida III oʻsmirlar razryadi

10.

Suzish usullari texnikasini koʻrsatish

100 m aralash (kompleks) usulda suzish

100 m aralash (kompleks) usulda suzish

11.

Musobaqada sport toifasini qoʻlga kiritish

III oʻsmirlar razryadini bajarish

III oʻsmirlar razryadini bajarish

III. Oʻquv-tayyorlov guruhlariga 9 — 12 yoshli oʻgʻil va qiz bolalarni qabul qilish va guruhdan guruhga oʻtkazish nazorat-normativ talablari

Nazorat mashqlari

1 yil

2 yil

3 yil

3 yildan ortiq

oʻgʻil bolalar

qiz bolalar

oʻgʻil bolalar

qiz bolalar

oʻgʻil bolalar

qiz bolalar

oʻgʻil bolalar

qiz bolalar

Umumiy jismoniy tayyorgarlik

Turgan joyidan uzunlikka sakrash (sm)

155

140

170

155

190

170

195

180

Turnikda tortilish (son)

2

-

4

-

6

3

8

4

Gimnastik oʻrindiqqa tiranib qoʻllarni bukib-yozish (son)

-

6

-

10

-

-

-

-

1 kg ogʻirlikdagi meditsinbolni uloqtirish (m)

4,5

4

5,3

4,8

7,5

6

9

7

Mokisimon yugurish 3x10 m (soniya)

9,3

9,8

9,1

9,6

8,8

9,4

8,5

9,2

Maxsus jismoniy tayyorgarlik

10 sm tepalikda tik turgan xolda oyoqlarni bukmasdan oldinga egilish

+

+

+

+

+

+

+

+

Qoʻllarni birlashtirgan holda oldinga orqaga aylantirish

Tutqich kengligi 20 sm dan oshmasligi kerak

Texnik-taktik tayyorgarlik

Razryad normalariga suzish:

100 m “delfin”;

100 m “chalqancha”;

100 m “brass”;

100 m “erkin”;

III razryad

II razryad

I razryad

50 m oyoqda suzish (soniya)

delfin — 55,0 soniya

chalqancha — 52.0 soniya brass — 57,0 soniya

erkin — 51,0 soniya

delfin — 50,0 soniya

chalqancha — 48,5 soniya

brass — 51,0 soniya

erkin — 48,0 soniya

delfin — 47,0 soniya

chalqancha — 45,0 soniya

brass — 47,0 soniya

erkin — 44,0 soniya

Bir nafasda toʻlqinsimon harakatlar bilan suv ostida 15 m suzib oʻtish (bahoga)

“5” — 12 soniya

“4” — 13 soniya

“3” — 15 soniya

“5” — 11 soniya

“4” — 12 soniya

“3” — 13 soniya

“5” — 10 soniya

“4” — 11 soniya

“3” — 12 soniya

Suzish usullari texnikasini koʻrsatish

200 m aralash (kompleks) usuli

Sport natijasi

Musobaqada sport razryadlarini bajarish

III kattalar razryadi

II kattalar razryadi

II-I kattalar razryadi

IV. Sportda kamolotga erishish guruhlariga 13 — 15 yoshli oʻgʻil va qiz bolalarni qabul qilish va guruhdan guruhga oʻtkazish nazorat-normativ talablari

Nazorat mashqlari

1 yil

2 yil

2 yildan ortiq

oʻgʻil bolalar

qiz bolalar

oʻgʻil bolalar

qiz bolalar

oʻgʻil bolalar

qiz bolalar

Umumiy jismoniy tayyorgarlik

Turgan joyidan uzunlikka sakrash (sm)

200

185

210

190

220

195

Turnikda tortilish (son)

8 va undan ortiq

5 va undan ortiq

10 va undan ortiq

6 va undan ortiq

12 va undan ortiq

7 va undan ortiq

Mokisimon yugurish 3x10 m (soniya)

8,8

9,8

8,5

9,6

8,2

9,4

3 km yugurish (baho)

“5” — Oʻgʻil bolalar 12 daqiqa va undan tez;

Qiz bolalar12,45 daqiqa va undan tez;

“4” — Oʻgʻil bolalar 12,15 — 12 daqiqa;

Qiz bolalar 13 — 12,45 daqiqa;

“3” — Oʻgʻil bolalar 12,45 — 12,15 daqiqa;

Qiz bolalar 13,15 — 13 daqiqa.

Maxsus jismoniy tayyorgarlik

15 sm tepalikda tik turgan xolda, oyoqlarni bukmasdan oldinga egilish

+

+

+

+

+

+

Qoʻllarni birlashtirilgan holda oldinga orqaga aylantirish

Tutqich kengligi 15 sm oshmasligi kerak

Sport natijasi

Musobaqada sport razryadlarini bajarish

I kattalar razryadi

I kattalar razryadi,

Sport ustaligiga nomzod

Sport ustaligiga nomzod,
Sport ustasi

V. Oliy sport mahorati guruhlariga 15 yosh va undan katta yoshdagi oʻgʻil va qiz bolalarni qabul qilish uchun nazorat-normativ talablari

Nazorat mashqlari

Umumiy jismoniy tayyorgarlik

Oʻgʻil bolalar

Qiz bolalar

Turnikda tortilish (son)

14 va undan koʻp

8 va undan koʻp

3 km. yugurish (bahoga)

“5” — 12 daqiqa va undan tez;

“4” — 12,15-12 daqiqa;

“3” — 12,45-12 daqiqa.

“5” — 12,45 va undan tez;

“4” — 13-12,45 daqiqa;

“3” — 13,15-13 daqiqa.

Maxsus jismoniy tayyorgarlik

Qoʻllarni birlashtirilgan holda, oldinga orqaga aylantirish

Tutqich kengligi 15 sm dan oshmasligi kerak

Respublika va xalqaro sport musobaqalarida koʻrsatilgan natija

Musobaqada sport razryadlarini bajarish

Sport ustasi,

Xalqaro toifadagi sport ustasi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjet mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan basseynlarda shugʻullanish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basseynlarda shugʻullanish boʻyicha yosh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MEʼYORLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Shugʻullanuvchilar tayyorgarligining darajasi va bosqichlari

Oʻquv yili

Qabul qilish uchun

minimal yosh

Oʻquv yili yakunida jismoniy, texnik va sport tayyorgarligi boʻyicha talablar

Sport-sogʻlomlashtirish

Butun davr

4 va cheklanmagan yosh

Suv sportiga keng jalb qilish, sogʻlomlashtirish hamda suzish koʻnikmalarini egallashga imkon yaratish

Boshlangʻich tayyorgarlik

1 yil

7-8

Oʻtkazish nazorat-normativ meʼyorlarining bajarilishi

1 yildan koʻp

8

Oʻquv — mashq

1 yil

9

Oʻtkazish nazorat-normativ meʼyorlarini bajarilishi va sport tayyorgarligi boʻyicha talablarni bajarilishi

2 yil

10

3 yil

11

3 yildan koʻp

12

Sportda kamolotga erishish

1 yil

13

Oʻtkazish nazorat-normativ meʼyorlarini bajarilishi va sport tayyorgarligi boʻyicha talablarni bajarilishi

2 yil

14

2 yildan koʻp

15

Oliy sport mahorati

Butun davr

15

Sport natijalarining darajasi

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.05.2018-y., 09/18/333/1148-son; 13.08.2020-y., 09/20/481/1169-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son; 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son; 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)