Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
“Qishloq qurilish invest” IK MChJ, pudrat va yordamchi pudratchi tashkilotlar, shuningdek qurilish materiallari va uskunalari ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 1-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2792-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 16-maydagi 2016-16, 33, 01-02/8-25-son “Qishloq qurilish invest” IK MChJ, pudrat va yordamchi pudratchi tashkilotlar, shuningdek qurilish materiallari va uskunalari ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2792, 2016-yil 26-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 21-son, 246-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror “Qishloq qurilish invest” IK MChJ bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 19-aprel,
2018-30-son
Moliya vaziri D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2018-yil 19-aprel,
80-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M. AZIMOV
Toshkent sh.,
2018-yil 19-aprel,
01-02/8-30-son
Kelishilgan:
“Qishloq qurilish invest” IK MChJ bosh direktori K. XOShIMBEKOV
2018-yil 19-aprel
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.05.2018-y., 10/18/2792-1/1142-son)