28.04.2018 yildagi PQ-3687-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 30.04.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta tiklanadigan energiya manbalari sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida qayta tiklanadigan energiyani ishlab chiqarishga xorijiy investitsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni keng jalb etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekenergo” AJ va “SkyPower Global” kompaniyasi (Kayman orollari) (keyingi oʻrinlarda — Kompaniya) oʻrtasida 2018-yil 19-aprel kuni elektr energiya sotib olish toʻgʻrisida 1-sonli Bitim (keyingi oʻrinlarda — Bitim) tuzildi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK tomonidan joriy oʻrtacha hisobda jahon konyunkturasiga muvofiq baho belgilash toʻgʻrisidagi Bitim boʻyicha ijobiy xulosa berildi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitimga muvofiq Kompaniya shaxsiy mablagʻlari va oʻzi jalb etadigan kreditlar evaziga Kompaniyaning umumiy investitsiyalari hajmi 1,3 mlrd. AQSH dollari miqdorida ming (1 000) MVt oʻzgaruvchan tok umumiy quvvatidagi fotoelektr quyosh energiyasini ishlab chiqarish boʻyicha obyektlarni loyihalashtirish, moliyalashtirish, qurish, egalik qilish va foydalanish loyihalarini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bitim amalda boʻlgan davrda Kompaniya va uning loyiha tashkilotlari (tegishli hududda tashkil etilayotgan shuʼba korxonalari), shuningdek, loyihani amalga oshirish uchun jalb etiladigan subpudrat tashkilotlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha loyihani amalga oshirish doirasida, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan yangi uskunalar va materiallar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar va uzellar, texnologik hujjatlar, maxsus texnika hamda transport vositalar, dasturiy mahsulotlarni olib kirishda bojxona toʻlovlari toʻlashdan (bojxona yigʻimlaridan tashqari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy muassasalar, jumladan, toʻlov manbai (dividendlarni hisobga olgan holda) orqali olinadigan daromadlar boʻyicha yuridik shaxslarning foyda soligʻidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kompaniya, uning loyiha va subpudrat tashkilotlari tomonidan sotiladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) qoʻshilgan qiymat soligʻi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish budjetdan tashqari jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladigan majburiy ajratmalar va yigʻimlardan;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kompaniya va uning loyiha tashkilotlari — fotoelektr quyosh energiyasini ishlab chiqaruvchi uskunalar va qurilmalar boʻyicha mulk soligʻidan, shuningdek, uskunalar va qurilmalar bilan band etilgan yer uchastkalari yer soligʻi toʻlashdan ozod etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Toshkent, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyati hokimliklari bir oy muddatda Kompaniya talabnomalariga koʻra loyihani amalga oshirish uchun belgilangan tartibda yer uchastkalari ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki, Kompaniya tomonidan yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun “Oʻzbekenergo” AJ tomonidan elektr energiya haqini toʻlay olmaslik holati yuzaga kelgan holda mazkur toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun toʻlovlarni amalga oshirish qismida “Oʻzbekenergo” AJ majburiyatlarini bajarish boʻyicha Kompaniyaga kafolatlarni taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi loyihani amalga oshirishda qatnashayotgan xorijiy mutaxassislarga konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmagan holda belgilangan tartibda kirish vizalari rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi loyihani amalga oshirishda qatnashayotgan xorijiy mutaxassislarga belgilangan tartibda koʻp martalik vizalarni rasmiylashtirish, berish va muddatini uzaytirish, shuningdek, vaqtinchalik roʻyxatga qoʻyish, yashash joyida hisobga olish va roʻyxatda turish muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi loyihani amalga oshirish uchun respublikaga yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilishga ruxsatnomalar berishni (muddatini uzaytirish), shuningdek, jalb qilinayotgan xorijiy mutaxassislarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan tasdiqnomalar berilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmurodov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 28-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3687-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2018-y., 07/18/3687/1119-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)