ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirlar |
Ijro muddati |
Moliyalashtirish manbai |
Ijro uchun masʼullar |
|
1. |
Mustaqillik bayramining 27 yilligi arafasida respublikada faoliyat yuritayotgan baxshilar ijodini tarannum etadigan “Mustaqillik baxshilari” kitob-albomini chop etish. |
2018-yil avgust |
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzuridagi “Ijod” fondi mablagʻlari |
Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Matbuot va axborot agentligi |
|
2. |
Chekka, olis hududlardagi baxshi-shoir, oqin, jirovlardan doston, terma, aytimlarni yozib olish uchun Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markaziga zamonaviy raqamli audio va video uskunalar xarid qilish. |
2018-yil dekabr |
Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari |
Madaniyat vazirligi, Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi |
|
3. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Samarqand, Surxondaryo, Xorazm va Qashqadaryo, viloyatlaridagi sayyohlar koʻp tashrif buyuradigan maskanlarda doston va terma ijrochilik sanʼatini targʻib etishga qaratilgan 20 daqiqalik koʻngilochar tadbirlar hamda doʻmbira, chanqovuz, sibizgʻa, boʻlamon, sopol nay, qoʻbiz, qoʻshnay kabi oʻzbek milliy qadim cholgʻu asboblari va baxshichilik sanʼatiga oid adabiyotlar koʻrgazmasini tashkil etish. |
2018-yil maydan boshlab muntazam ravishda |
Tashabbuskorlarning oʻz mablagʻlari |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro, Samarqand, Surxondaryo, Xorazm va Qashqadaryo viloyat hokimliklari, Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi |
|
4. |
Joylardagi mahallalar, madaniyat va aholi dam olish markazlari, istirohat bogʻlari, taʼlim muassasalari hamda sanʼat saroylarida “Doston” kechalari va taniqli baxshi-shoirlar bilan ijodiy uchrashuvlar oʻtkazish. |
2018 — 2022-yillar har oyda bir marta |
Ijrochilarning madaniy tadbirlar uchun nazarda tutilgan mablagʻlari, homiylik xayriyalari |
Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Fanlar akademiyasi Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari |
|
5. |
2018/2019 oʻquv yilidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Samarqand Surxondaryo, Xorazm va Qashqadaryo, viloyatlaridagi ayrim bolalar musiqa va sanʼat maktablari qoshida baxshichilik va dostonchilik yoʻnalishi boʻyicha ochiladigan sinflar uchun oʻquv reja va dasturlar asosida uslubiy qoʻllanmalar chop etish hamda media ilovalar va koʻrgazmali vositalar bilan taʼminlash. |
2019 — 2022-yillar |
Madaniyat vazirligiga budjetdan ajratilgan mablagʻlar, ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari |
Madaniyat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari, hududiy madaniyat hamda moliya boshqarmalari |
|
6. |
Oʻzbekiston xalq baxshilari haqida qisqa va asosiy maʼlumotlarni toʻplab, ularning portretlarini tayyorlash va joylardagi 312 ta bolalar musiqa va sanʼat maktablariga yetkazish. |
2019 — 2022-yillar |
Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari |
Madaniyat vazirligi, Matbuot va axborot agentligi |
|
7. |
Taniqli baxshilar ishtirokida baxshichilik sanʼati durdonasi hisoblangan “Alpomish”, “Goʻroʻgʻli”, “Kuntugʻmish” “Avazxon”, “Oshiq Gʻarib va Shohsanam”, “Tohir va Zuhra” kabi dostonlar haqida telekoʻrsatuv va radioeshittirishlarni muntazam ravishda tayyorlab borish va efirga uzatish. |
2018-yil may oyidan boshlab muntazam ravishda |
Ijrochilar mablaѓlari |
Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Fanlar akademiyasi Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti |
|
8. |
Baxshichilik sanʼati, dostonlar va xalq termalari yuzasidan ilmiy tadqiqotlar olib borish, xalq ogʻzaki ijodi yodgorliklarini toʻplash va nashr etish. |
muntazam ravishda |
Ijrochilar mablagʻlari |
Fanlar akademiyasi Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti, Madaniyat vazirligi, Matbuot va axborot agentligi |
|
9. |
Oʻzbek baxshichilik sanʼati rivojiga katta hissa qoʻshgan atoqli baxshi-shoirlarning xotira kechalarini tashkil etish hamda ularning faoliyatlarini keng targʻib ќilish. |
muntazam ravishda |
Ijrochilar mablagʻlari hamda homiylik xayriyalari |
Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari |
|
10. |
Xalqaro koʻrik-tanlov va festivallar, davlat tadbirlari hamda xorij davlatlarida oʻtkazilayotgan Oʻzbekiston madaniyat kunlarida baxshi-shoirlarning ishtirokini taʼminlash. |
2018 — 2022-yillar |
Tadbirlar xarajatlari smetasi doirasida |
Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi |
|
11. |
Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazining kutubxona fondini milliy-maʼnaviy ќadriyatlarimiz, madaniyatimiz, folklor, anʼanaviy ќoʻshiќchilik hamda baxshichilik sanʼati yoʻnalishiga doir chop etilgan yangi adabiyotlar bilan boyitish. |
muntazam ravishda |
Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari |
Madaniyat vazirligi, Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamѓarmasi |
|
12. |
Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Samarqand, Surxondaryo, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlaridagi baxshichilik yoʻnalishi mavjud bolalar musiqa va sanʼat maktablarining baxshichilik sanʼatidan saboq berayotgan mutaxassislari malakasini oshirib borish. |
2019-yil oktyabrdan boshlab muntazam ravishda |
Ijrochilar mablagʻlari |
Madaniyat vazirligi, Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti |
|
13. |
Oʻzbek baxshichilik sanʼatining taniqli namoyandalari faoliyati va ijodiga bagʻishlangan hujjatli film yaratish. |
2019-yil noyabr |
“Oʻzbekkino” Milliy agentligiga budjetdan ajratilgan mablagʻlar |
Madaniyat vazirligi, “Oʻzbekkino” milliy agentligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi |