Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Telekommunikatsiyalar sohasida faoliyat koʻrsatish huquqi uchun davlat boji miqdorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni)” qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida” va “Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, shuningdek Vazirlar Mahkamasining “Telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 22-noyabrdagi 458-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Telekommunikatsiyalar sohasida faoliyat koʻrsatish huquqini beruvchi litsenziyalar berganlik uchun davlat boji miqdorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilansinki, telekommunikatsiyalar sohasida faoliyat koʻrsatish huquqini beruvchi litsenziyalar berganlik uchun davlat bojining mazkur qarorga ilovaga muvofiq miqdorlari 2001-yil 1-noyabrdan boshlab kuchga kiradi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Transport va aloqa sohasida faoliyat koʻrsatish huquqi uchun davlat poshlinasi miqdorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1997-yil 19-fevraldagi 89-son qaroriga ilovaning 5-boʻlimi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 2-son, 6-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N.Toʻlaganov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2001-yil 24-oktabr,
421-son
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 24-oktabrdagi 421-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Telekommunikatsiyalar sohasida faoliyat koʻrsatish huquqini beruvchi litsenziyalar berganlik uchun davlat boji
MIQDORLARI
|
Faoliyat turlari |
Boj miqdorlari |
| Mahalliy kommunikatsiya tarmoqlarini loyihalash, qurish, foydalanish va xizmatlar koʻrsatish | 85 |
| Loyihalash | 15 |
| Qurish | 15 |
| Foydalanish | 30 |
| Xizmatlar koʻrsatish | 30 |
| Shaharlararo kommunikatsiya tarmoqlarini loyihalash, qurish, foydalanish va xizmatlar koʻrsatish | 430 |
| Loyihalash | 30 |
| Qurish | 60 |
| Foydalanish | 150 |
| Xizmatlar koʻrsatish | 200 |
| Xalqaro kommunikatsiya tarmoqlarini loyihalash, qurish, foydalanish va xizmatlar koʻrsatish | 1900 |
| Loyihalash | 200 |
| Qurish | 400 |
| Foydalanish | 500 |
| Xizmatlar koʻrsatish | 800 |
| Koʻchma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlarini loyihalash, qurish, foydalanish va xizmatlar koʻrsatish | 140000 |
| Loyihalash | 200 |
| Qurish | 400 |
| Foydalanish va xizmatlar koʻrsatish | 140000 |
| Shaxsiy chaqiruv (peyjing, radiotelefon, trankli) aloqa tarmoqlarini loyihalash, qurish, foydalanish va xizmatlar koʻrsatish | 1650 |
| Loyihalash | 200 |
| Qurish | 400 |
| Foydalanish | 500 |
| Xizmatlar koʻrsatish | 600 |
| Maʼlumotlarni uzatish tarmoqlarini loyihalash, qurish, foydalanish va xizmatlar koʻrsatish | 1700 |
| Loyihalash | 200 |
| Qurish | 400 |
| Foydalanish | 300 |
| Xizmatlar koʻrsatish: | |
| operatorlar va provaydyerlar tomonidan | 650 |
| umumiy foydalanish punktlari tomonidan | 150 |
| Teleradioeshittirishlarni tarqatish tarmoqlarini loyihalash, qurish, foydalanish va xizmatlar koʻrsatish | 340 |
| Loyihalash | 20 |
| Qurish | 20 |
| Foydalanish | 150 |
| Xizmatlar koʻrsatish | 150 |
Izoh:
Davlat bojining miqdori bir yilga, davlat boji toʻlanadigan kunda belgilangan eng kam oylik ish haqining miqdoriga karralangan holda hisoblab belgilangan. Davlat boji litsenziya beriladigan muddatga karralangan miqdorlarda toʻlanadi.
Koʻchma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlari boʻyicha faoliyat koʻrsatish uchun litsenziya olish vaqtida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-noyabrdagi 458-son qaroriga muvofiq davlat bojini, basharti 15 yil muddatga butun respublika hududi qamrab olinayotgan boʻlsa, litsenziyaning amal qilish davri mobaynida har yili teng ulushlar bilan toʻlashga ruxsat etiladi. Bunda navbatdagi har yillik toʻlov litsenziyadan foydalaniladigan navbatdagi yilning boshlanishiga qadar kamida 30 kundan kechiktirmay toʻlanadi, navbatdagi toʻlov belgilangan muddatda toʻlanmagan holda litsenziyaning amal qilishi toʻxtatiladi.
Koʻchma radiotelefon (uyali) aloqa sohasida respublikaning cheklangan hududida faoliyat koʻrsatish uchun litsenziya olish vaqtida davlat bojining miqdori qamrab olingan hududdagi aholi soniga proporsional ravishda har mingta aholi boshiga eng kam oylik ish haqi miqdorining 5,85 baravari hisobidan kelib chiqib belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq litsenziyaning amal qilishi muddatidan oldin toʻxtatilgan yoki bekor qilingan hollarda davlat bojining toʻlanmagan qismi litsenziat tomonidan litsenziyaning amal qilishi toʻxtatilgan yoki bekor qilingan kundan eʼtiboran bir oy muddat ichida bir yoʻla toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 20-son, 141-modda, 22-24-son, 158-modda; 2006-y., 8-son, 53-modda; 2007-y., 27-28-son, 286-modda; 2012-y., 44-son, 507-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)