24.10.2001 yildagi 419-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 24.10.2001 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DAVLAT EHTIYOJLARI UCHUN XARID QILINADIGAN QISHLOQ XOʻJALIGI MAHSULOTLARINING HISOB-KITOB JAMGʻARMASI DAROMADLARINI TAQSIMLASH VA ULARDAN FOYDALANISH TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari uchun avanslarni va uzil-kesil hisob-kitoblarni mablagʻ bilan taʼminlashga ajratiladigan kredit resurslari boʻyicha tushadigan daromadlarini taqsimlash va ulardan foydalanish tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi daromad (foyda)larini taqsimlash va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki, Jamgʻarma daromadlari, Jamgʻarma xarajatlarini mablagʻ bilan taʼminlash uchun Moliya vazirligi tomonidan Markaziy bankdan jalb etilgan kreditlar boʻyicha hisoblab qoʻshilgan foizlar boʻyicha majburiyatlar bajarilgandan keyin, birinchi navbatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 2-noyabrdagi 428-66-son qarorida belgilangan maqsadlarga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001-yil 24-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
419-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 24-oktabrdagi 419-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi daromad (foyda)larini taqsimlash va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nizom
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) daromad (foyda)larini taqsimlash va ulardan foydalanishni tartibga soladi hamda faqat davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari uchun avanslarni va uzil-kesil hisob-kitoblarni mablagʻ bilan taʼminlashga ajratilgan maqsadli mablagʻlar boʻyicha Jamgʻarma hisob raqamiga tushadigan daromad (foyda)largagina tatbiq etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Jamgʻarmaning daromad (foyda)lari Jamgʻarmaning moliyaviy agentlari (“Paxta-bank” va “Gʻalla-bank”)dan Jamgʻarma toʻgʻrisidagi Nizomga hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq ularga Jamgʻarma tomonidan paxta, don, sholi uchun avanslarni va uzil-kesil hisob-kitoblarni mablagʻ bilan taʼminlashga ajratilgan maqsadli mablagʻlar boʻyicha har oylik vositachilik toʻlovlari tarzidagi tushumlar hisobiga shakllantiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jamgʻarma daromad (foyda)lari hisobi Jamgʻarma buxgalteriyasi tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent shahri boʻyicha hisob-kitob-kassa markazida Jamgʻarma belgilangan tartibda ochgan talab qilib olinadigan maxsus ikkilamchi depozit hisob raqamlarida, paxta, don va sholi xarajatlarini mablagʻ bilan taʼminlashga ajratilgan maqsadli mablagʻlar boʻyicha vositachilik toʻlovlarini oʻtkazish uchun alohida yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jamgʻarma vositachilik toʻlovlari tushumlarining Jamgʻarma tomonidan mablagʻ bilan taʼminlanadigan har qaysi qishloq xoʻjaligi ekini va vaqt davri boʻyicha har oyda alohida hisoblab qoʻshilishini, hisobga olinishini va nazorat qilib borilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vositachilik toʻlovlari tarzida Jamgʻarmaning daromadlar boʻyicha maxsus maqsadli hisob raqamlariga tushadigan mablagʻlar birinchi navbatda Jamgʻarmaning davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari uchun avanslarni va uzil-kesil hisob-kitoblarni mablagʻ bilan taʼminlash boʻyicha maqsadli xarajatlari uchun Moliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankidan jalb etilgan kreditlar boʻyicha hisoblab qoʻshilgan foizlarni toʻlashga yoʻnaltiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Jamgʻarma har oylik daromad (foyda)larining ushbu Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan majburiyatlar bajarilgandan keyin qolgan miqdorining 50 foizidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 2-noyabrdagi 428-66-son qarorida belgilangan maqsadlar uchun foydalaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Jamgʻarmaning maqsadli hisob raqamlarida ushbu Nizomning 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan toʻlovlar amalga oshirilgandan keyin qolgan mablagʻlardan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi navbatda – davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari uchun avanslarni va uzil-kesil hisob-kitoblarni mablagʻ bilan taʼminlashda Jamgʻarma mablagʻlarining vaqtinchalik kamomadini qoplash uchun foydalaniladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqorida sanab oʻtilgan toʻlovlar amalga oshirilgandan keyin qolgan mablagʻlardan, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining yozma qaroriga binoan, qishloqda islohotlar oʻtkazishni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshirishda, shuningdek Ijtimoiy rivojlantirish va moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasini shakllantirishda hamda xodimlarni ragʻbatlantirishda, moddiy-texnik bazani mustahkamlashda va Moliya vazirligi huzuridagi Jamgʻarmaning koʻzda tutilmagan xarajatlarini mablagʻ bilan taʼminlashda foydalanish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Jamgʻarma daromadlaridan ushbu Nizomning 6-bandi uchinchi xatboshida belgilangan maqsadlarda foydalanish mablagʻlarni Jamgʻarmaning maxsus hisob raqamlaridan Moliya vazirligining tegishli hisob raqamlariga oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Jamgʻarmaning daromadlar boʻyicha maxsus maqsadli hisob raqamlaridagi Jamgʻarma daromad (foyda)larining toʻgʻri taqsimlanishi va foydalanilishi uchun javobgarlik Jamgʻarma direktori va bosh buxgalteri yoki ularning vazifasini bajarayotgan shaxslar zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Jamgʻarma daromad (foyda)larining toʻgʻri taqsimlanishi va foydalanilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 20-son, 140-modda; 2007-y., 19-20-son, 194-modda; 2009-y., 21-son, 252-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)