Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 02.10.2000 yildagi 381-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AKADEMIK LITSEYLAR VA KASB-HUNAR KOLLEJLARINING BINOLARI VA MUHANDISLIK INShOOTLARIDAN FOYDALANISh BO‘YIChA XO‘JALIK HISOBIDAGI XIZMATLARNI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining binolari va inshootlarining, ularda o‘rnatilgan o‘quv-laboratoriya va maxsus asbob-uskunalarning saqlanishini ta’minlash, ulardan oqilona foydalanish, shuningdek, budjet xarajatlaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari binolari va muhandislik inshootlaridan foydalanish bo‘yicha xo‘jalik hisobidagi xizmatlar tashkil etilsin. Ular 2001-yil 1-yanvardan boshlab amalga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari binolari va muhandislik inshootlaridan foydalanish bo‘yicha xo‘jalik hisobidagi xizmatlarning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
binolar, inshootlar va muhandislik kommunikatsiyalaridan, shuningdek texnika, mexanizmlar, stanok parki, o‘quv-laboratoriya va maxsus asbob-uskunalardan, ta’limning texnik vositalaridan oqilona foydalanish va ularni yuqori texnik darajada saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan budjet mablag‘lari samarali sarflanishini ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Adliya vazirligi bilan birgalikda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari binolari va muhandislik inshootlaridan foydalanish bo‘yicha xo‘jalik hisobidagi xizmatlarning namunaviy nizomi va tuzilmasini ikki hafta muddatda ishlab chiqsin va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga ishda foydalanish uchun yuborsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 15-oktabrgacha akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari binolari va muhandislik inshootlaridan foydalanish bo‘yicha xo‘jalik hisobidagi xizmatlar nizomini, tuzilmasini va xodimlari sonini litseylar va kollejlarning sonini, ta’lim yo‘nalishlarini va ularning ixtisoslashuvini, shuningdek, hududiy joylashishini hisobga olgan holda belgilangan tartibda tasdiqlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 1-dekabrgacha akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari binolari va muhandislik inshootlaridan foydalanish bo‘yicha xo‘jalik hisobidagi xizmatlar joylashtirilishi va xodimlar bilan to‘ldirilishini, ular o‘z faoliyatini bajarishi uchun zarur bo‘lgan texnika va mexanizmlar bilan jihozlanishini ta’minlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari binolari va muhandislik inshootlaridan foydalanish bo‘yicha xo‘jalik hisobidagi xizmatlarning mutaxassislari texnika va o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalaridan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish qoidalariga muntazam o‘qitilishini tashkil etsinlar va ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari ushbu xo‘jalik hisobidagi xizmatlar samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun shaxsan javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qo‘yilsinki, tashkil etilayotgan akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari binolari va muhandislik inshootlaridan foydalanish bo‘yicha xo‘jalik hisobidagi xizmatlar 2006-yilgacha daromad (foyda)dan soliq to‘lashdan ozod qilinadilar, soliq solishdan bo‘shab qoladigan mablag‘lar moddiy-texnik bazani mustahkamlashga maqsadli yo‘naltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Isayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 2. oktyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
381-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2000-y., 7-son, 111-modda)