Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.09.2004 15.01.1992 yildagi 17-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.09.2004
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“FAN VA TARAQQIYOT” OʻZBEKISTON RESPUBLIKA ILMIY-TEXNOLOGIYA KOMPLEKSINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 11-sentabrdagi 426-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi oliy oʻquv yurtlari va ilmiy muassasalarining mavjud ilmiy-texnika imkoniyatlaridan samarali foydalanish, original va kompleks tadqiqotlar oʻtkazishda ularning faoliyatini xalq xoʻjaligi turli tarmoqlarining ilmiy tashkilotlari va korxonalari bilan kooperativlashtirish, ilmiy ishlanmalarni joriy etishni jadallashtirish uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzurida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent Davlat texnika dorilfununining “Kompozitsion va polimer materiallar” ilmiy-tadqiqot boʻlimi negizida “Fan va taraqqiyot” Oʻzbekiston respublika ilmiy-texnologiya kompleksi tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Fan va taraqqiyot” Oʻzbekiston respublika ilmiy-texnologiya kompleksi bir oy muddat ichida kompleksning Ustavi va tuzilmasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi 1992-yilning yanvarida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika dorilfununi “Kompozitsion va polimer materiallar” ilmiy-tadqiqot boʻlimining binosini mavjud asbob-uskunalar, ilmiy-tadqiqot ishlari uchun ajratilgan mablagʻlar hajmi, shtatlar hamda ilmiy, xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlarni saqlash ish haqi fondi bilan birgalikda “Fan va taraqqiyot” Oʻzbekiston respublika ilmiy-texnologiya kompleksiga oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Mahalliy sanoat vazirligiga qarashli “Polimer” ishlab chiqarish birlashmasi, “Fayz” ishlab chiqarish birlashmasi, “Progress” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi va Elektr-roʻzgʻorbop tovarlar va xoʻjalik buyumlari ishlab chiqarish birlashmasi, “Oʻzpaxtasanoat” respublika ishlab chiqarish birlashmasining Bektemir paxta tozalash zavodi, “Kompozit” ilmiy-texnika markazi, Andijon “Oʻzbekiston” ishlab chiqarish savdo-xarid birlashmasi, “Yangi texnologiya” ilmiy-texnologiya markazi “Fan va taraqqiyot” Oʻzbekiston respublika ilmiy-texnologiya kompleksi uchun bazaviy korxonalar sifatida belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda “Fan va taraqqiyot” Oʻzbekiston respublika ilmiy-texnologiya kompleksini mablagʻ bilan taʼminlash manbalari toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqsin va hal etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot qoʻmitasi 1992—1995-yillarda respublikani rivojlantirishning asosiy parametrlarida “Fan va taraqqiyot” Oʻzbekiston respublika ilmiy-texnologiya kompleksining maxsus konstruktorlik byurosi va tajriba ishlab chiqarish binosini loyihalashtirish va koʻrishni hamda mahalliy xomashyo va ishlab chiqarish chiqindilaridan foydalanish yoʻli bilan yangi kompozitsion materiallar yaratish sohasidagi ilmiy tadqiqotlar uchun “Fan va taraqqiyot” Oʻzbekiston respublika ilmiy-texnologiya kompleksiga ilmiy-tadqiqot ishlarini oʻtkazishga mablagʻ ajratishni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot qoʻmitasi va Moddiy-texnika taʼminoti davlat-kooperativ qoʻmitasi “Fan va taraqqiyot” Oʻzbekiston respublika ilmiy-texnologiya kompleksiga birkitilgan nomlar roʻyxati boʻyicha belgilangan tartibda moddiy-texnika resurslari ajratishni nazarda tutsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi hamda boshqa vazirliklar va idoralar “Fan va taraqqiyot” Oʻzbekiston respublika ilmiy-texnologiya kompleksining tashkil topishi va faoliyatiga har tomonlama amaliy yordam koʻrsatsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga “Fan va taraqqiyot” Oʻzbekiston respublika ilmiy-texnologiya kompleksiga ilmiy-metodik yordam koʻrsatish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining ijtimoiy rivojlanish, fan va madaniyat boʻlimiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi Raisining birinchi oʻrinbosari I. JOʻRABEKOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 15-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-son