Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirIning
buyrugʻi
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 19-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2242-4]
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish boʻyicha 2018-yil 16-apreldagi xulosaga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2000-yil 19-maydagi 197-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning meʼyoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarorlariga asosan, buyuraman:
1. “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni oʻqishga qabul qilishda test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni (roʻyxat raqami 2242, 2011-yil 8-iyul), shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni (roʻyxat raqami 2242-1, 2014-yil 15-avgust, roʻyxat raqami 2242-2, 2016-yil 3-avgust va roʻyxat raqami 2242-3, 2017-yil 28-iyul) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish masalasi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2018-yil 10-apreldagi 84-01-1004-son xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2011-yil 6-iyuldagi 01-222/1-son “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni oʻqishga qabul qilishda test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi (roʻyxat raqami 2242, 2011-yil 8-iyul), 2014-yil 6-avgustdagi 01-264-son “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilishda test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi (roʻyxat raqami 2242-1, 2014-yil 15-avgust), 2016-yil 2-avgustdagi 01-264-son “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilishda test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi (roʻyxat raqami 2242-2, 2016-yil 3-avgust) hamda 2017-yil 21-iyuldagi 01-328-son “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilishda test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi (roʻyxat raqami 2242-3, 2017-yil 28-iyul) buyruqlari davlat reyestridan chiqarilsin.
3. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
5. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
6. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi oʻrinbosari N. Joʻrayev zimmasiga yuklansin.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2018-yil 19-aprel,
233-mh-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2018-y., 10/18/2242-4/1090-son)