Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
KICHIK KORXONALAR, DEHQON VA FERMER XOʻJALIKLARINI MABLAGʻ BILAN TAʼMINLASH, MODDIY-TEXNIK TAʼMINLASH, ULARGA BOJXONA IMTIYOZLARI BERISH, BANK XIZMATLARI VA BOSHQA XIZMATLAR KOʻRSATISH BOʻYICHA QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini taʼminlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Kichik biznes, dehqon va fermer xoʻjaliklari tashkil etishni ragʻbatlantirishni kuchaytirish hamda bundan buyon jadal rivojlantirish, ularning moliyaviy, moddiy-texnika va xom ashyo resurslari olishini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi, Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi, tijorat banklari yangidan tashkil etilayotgan kichik biznes korxonalari, fermer va dehqon xoʻjaliklarini ularning dastlabki (boshlangʻich) sarmoyasini shakllantirishda har tomonlama qoʻllab-quvvatlasinlar.
(1-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-fevraldagi 59-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2005-y., 5-6-son, 34-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Belgilansinki:
Dehqon va fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi kredit resurslarining kamida 50 foizi har yili dehqon (yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan) va fermer xoʻjaliklarining dastlabki (boshlangʻich) sarmoyasini shakllantirish uchun tijorat banklarida maqsadli kredit liniyalari ochishga yoʻnaltiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
mikrofirmalar, kichik korxonalar, dehqon (yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan) va fermer xoʻjaliklariga dastlabki (boshlangʻich) sarmoyani shakllantirish uchun kreditlar ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin 6 oydan koʻp boʻlmagan davrda kredit olish uchun tegishli buyurtmanomalar bergan faqat yangidan ochilgan korxonalarga beriladi;
koʻrsatib oʻtilgan maqsadli kredit liniyalari hisobiga olingan dastlabki (boshlangʻich) sarmoya kichik biznes subyektlari, dehqon va fermer xoʻjaliklarining faoliyatini boshlash uchun aylanma mablagʻlarni shakllantirishga, investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishi ishlab chiqilishiga, asbob-uskunalar olinishiga yoʻnaltirilishi mumkin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, dastlabki (boshlangʻich) sarmoyani shakllantirish uchun kreditlar:
Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining oltidan bir qismi miqdorida imtiyozli foiz stavkasi boʻyicha 3 yilgacha boʻlgan muddatga uzaytirish huquqisiz mikrofirmalar va dehqon (yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan) xoʻjaliklari uchun eng kam oylik ish haqining 150 baravari miqdorigacha hamda kichik korxonalar va fermer xoʻjaliklari uchun — eng kam oylik ish haqining 300 baravari miqdorigacha;
Keyingi tahrirga qarang.
foizlar toʻlashni 12 oyga kechiktirish va asosiy qarzni kredit olingandan keyin 18—24 oy oʻtgach qaytarishni boshlash shartlarida beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi, “Biznes-fond” oʻn kun muddatda belgilangan tartibda Budjetdan tashqari jamgʻarmalarning kredit liniyalari hisobiga yakka tartibdagi tadbirkorlar, kichik va oʻrta biznes subyektlariga tijorat banklari tomonidan kredit berish tartibiga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 12-martdagi 121-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 11-son, 127-modda)
4. Xoʻjalik sudlariga davlat bojini toʻlashni keyinchalik aybdor tomondan undirib olgan holda uni kechiktirib, kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlaridan qarzlarni undirish boʻyicha budjetdan tashqari jamgʻarmalarining daʼvolarini qabul qilish tavsiya etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Dehqon va fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining kredit resurslarini kengaytirish maqsadida 2002-yil 1-yanvardan boshlab 2005-yil 31-dekabrigacha boʻlgan davrga Dehqon va fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining daromadlariga soliq stavkasi amaldagi stavkaning 50 foizi miqdorida belgilansin, boʻshab qolgan mablagʻlar kichik biznesni moliyaviy qoʻllab-quvvatlashga maqsadli yoʻnaltirilsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 12-martdagi 121-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 11-son, 127-modda)
6. 2001-yil 1-oktabrdan boshlab moddiy ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish sohasining mikrofirmalari va kichik korxonalari, fermer xoʻjaliklari, shuningdek yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan dehqon xoʻjaliklarining oʻz ehtiyojlari uchun asbob-uskunalar, xom ashyo va moddiy resurslar importiga bojxona toʻlovlarini toʻlashi foiz undirilmagan holda 90 kun muddatga kechiktirilsin (bojxonada rasmiylashtirish uchun undiriladigan yigʻimlar bundan mustasno).
Oldingi tahrirga qarang.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi:
(7-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
mahsulotlarning ayrim turlarini ishlab chiqarish va xom ashyoning ishlab chiqiladigan balanslarida har yili ularning kichik biznes subyektlarini taʼminlash uchun ajratilishini nazarda tutsin;
(7-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, “Oʻzulgurjisavdo” aksiyadorlik kompaniyasi, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi bilan birgalikda ikki oy muddatda birja va kimoshdi savdolarida koʻrsatib oʻtilgan moddiy-texnika va xom ashyo resurslarini kichik va oʻrta biznes subyektlariga sotishning bozor mexanizmini ishlab chiqsin va joriy etsin.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish boʻyicha respublika muvofiqlashtiruvchi Kengashi (R.S. Azimov) mazkur qarorning bajarilishini oʻrganib chiqsin va 2002-yilning I yarim yilligi yakunlari boʻyicha mikrofirmalar va kichik korxonalarning dastlabki (boshlangʻich) sarmoyasini shakllantirish uchun yoʻnaltiriladigan resurslarni koʻpaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida takliflar kiritsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Adliya vazirligi Davlat matbuot qoʻmitasi, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2001-yil oxirigacha kichik va oʻrta biznes, xususiy tadbirkorlik, dehqon va fermer xoʻjaliklari sohasida qonun hujjatlari va normativ hujjatlar toʻplamlari qayta nashr etilishini taʼminlasinlar. Bunda kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish ishida barcha masalalar mutlaqo muhim ahamiyatga ega ekanligidan va ikkinchi darajali vazifalar boʻlmasligidan kelib chiqib yangi toʻplamlarga yangidan qabul qilingan barcha qarorlar kiritilishi kerakligi nazarda tutilsin.
Koʻrsatib oʻtilgan toʻplamlarni tayyorlash va nashr etish uchun 1-ilovaga* muvofiq tarkibda maxsus komissiya tashkil etilsin.
* 1-ilova berilmaydi.
Qonun hujjatlari va normativ hujjatlarning qayta nashr etilgan toʻplamlari birinchi navbatda kichik va oʻrta biznes subyektlarga, dehqon va fermer xoʻjaliklariga hamda davlat huquqiy tizimi organlariga, xoʻjalik sudlariga va barcha nazorat organlariga yetkazib berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi kichik biznes sohasida tasdiqlanadigan, qabul qilinadigan va joriy etiladigan qonun hujjatlari hamda normativ-huquqiy hujjatlar ustidan doimiy monitoringni amaliyotga kiritsin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
11. Vazirlar Mahkamasining “Dehqon va fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizomni hamda uning mablagʻlarini jamgʻarish va ulardan foydalanish Tartibini tasdiqlash haqida” 1997-yil 25-oktabrdagi 486-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirishlar toʻgʻrisida taklif kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va Oʻ.Q. Ismoilov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 10-sentabr,
366-son
Vazirlar Mahkamasining “Shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizomni hamda uning mablagʻlarini jamgʻarish va ulardan foydalanish Tartibini tasdiqlash haqida” 1997-yil 25-oktabrdagi 486-son qaroriga kiritilayotgan
oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Dehqon va fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizomda (qarorga 1-ilova):
II boʻlimning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“dehqon xoʻjaliklaridan undiriladigan yer soligʻi summasining 5 foizi va fermer xoʻjaliklaridan undiriladigan yagona yer soligʻi summasining 2,5 foizi”;
III boʻlim quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“yangidan tashkil etilgan dehqon va fermer xoʻjaliklarining dastlabki (boshlangʻich) sarmoyasini shakllantirish uchun ularga 3 yilgacha muddatga kreditlar ajratish”;
IV boʻlimning oʻn uchinchi xatboshiga “mazkur Nizomning III boʻlimida nazarda tutilgan hollarda dehqon va fermer xoʻjaliklarining ustav fondlarini shakllantirishda ulushli qatnashish bundan mustasno” soʻzlari qoʻshilsin.
2. Dehqon va fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlarini jamgʻarish va ulardan foydalanish tartibida (qarorga 2-ilova):
2-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“dehqon xoʻjaliklaridan undiriladigan yer soligʻi summasining 5 foizi va fermer xoʻjaliklaridan undiriladigan yagona yer soligʻi summasining 2,5 foizi”;
5-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“jamgʻarmaga moʻljallangan kimoshdi savdosida yer uchastkalarini fuqarolarning merosga qoldiriladigan umrbod egalik qilishlari uchun sotishdan olinadigan tushumning 5,5 foizi, dehqon xoʻjaliklaridan undiriladigan yer soligʻi summasi mablagʻlarining 5 foizi va fermer xoʻjaliklaridan undiriladigan yagona yer soligʻining 2,5 foizi miqdoridagi mablagʻlar oʻtkazilishi, ular ustidan nazorat qilish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi kimoshdi savdosida yer uchastkalarini fuqarolarning merosga qoldiriladigan umrbod egalik qilishlari uchun sotishdan tushadigan mablagʻlarning 5,5 foizi miqdoridagi mablagʻlarini oʻtkazish tartibi va shartlari toʻgʻrisida Jamgʻarma bilan shartnoma tuzadi. Koʻrsatib oʻtilgan shartnoma asosida Davlat mulki qoʻmitasi va uning hududiy boʻlinmalari har oyda hisobot oyi tamom boʻlgandan keyingi oyning 10-kunigacha 5,5 foiz miqdoridagi mablagʻlarni Jamgʻarmaning maxsus hisob raqamiga oʻtkazadilar. Davlat mulki qoʻmitasi va Jamgʻarma oʻzaro hisob-kitoblar ustidan nazoratni taʼminlash maqsadida har oyda Jamgʻarmaga oʻtkazilishi kerak boʻlgan va amalda oʻtkazilgan mablagʻlarni solishtiradi.
Dehqon xoʻjaliklaridan undiriladigan yer soligʻi va fermer xoʻjaliklaridan undiriladigan yagona yer soligʻi miqdorini hisoblab chiqish va hisob-kitob qilish tartibi soliqlar toʻgʻrisidagi amaldagi qonunlarga muvofiq amalga oshiriladi;
Soliq toʻlovchi fermer xoʻjaliklari Jamgʻarmaga toʻlanishi kerak boʻlgan mablagʻlarni yagona yer soligʻi toʻlash uchun belgilangan tartibda va muddatlarda toʻlaydilar. Ular soliq organlariga taqdim etadigan yagona yer soligʻi boʻyicha hisob-kitoblarda Jamgʻarmaga badal sifatida toʻlanishi kerak boʻlgan 2,5 foiz miqdoridagi mablagʻ alohida satrda aks ettiriladi. Fermer xoʻjaliklari yagona yer soligʻini ikkita toʻlov topshirigʻi: bittasi — budjetga toʻlanishi kerak boʻlgan soliq summasining 97,5 foizi miqdoridagi mablagʻga toʻlov topshirigʻi, ikkinchisi Jamgʻarmaga toʻlanishi kerak boʻlgan soliq summasining 2,5 foizi miqdoridagi mablagʻga toʻlov topshirigʻi boʻyicha oʻtkazadilar.
Soliq toʻlovchi yuridik shaxs hisoblangan dehqon xoʻjaliklari yer soligʻini mablagʻlarni ikkita toʻlov topshirigʻi: bittasi budjetga toʻlanishi kerak boʻlgan soliq summasining 95 foizi miqdoridagi mablagʻga toʻlov topshirigʻi, ikkinchisi Jamgʻarmaga toʻlanishi kerak boʻlgan soliq summasining 5 foizi miqdoridagi mablagʻga toʻlov topshirigʻi boʻyicha fermer xoʻjaliklariga oʻxshash tarzda oʻtkazadilar.
Soliq toʻlovchi yuridik shaxs boʻlmagan dehqon xoʻjaliklari yer soligʻini va oʻzlari egallab turgan yer uchastkalari uchun Jamgʻarmaga ajratmalarni davlat soliq organlari tomonidan yozib beriladigan bildirishnomalar asosida toʻlaydilar. Bunda soliq toʻlash uchun bir vaqtning oʻzida ikkita kvitansiya: bittasi budjetga toʻlanishi kerak boʻlgan soliq summasiga (hisoblab chiqilgan yer soligʻi summasining 95 foizi), ikkinchisi Jamgʻarmaga ajratmalar summasiga (hisoblab chiqilgan yer soligʻi summasining 5 foizi) yoziladi.
Yer soligʻi summasining 5 foizi miqdorida va yagona yer soligʻi summasining 2,5 foizi miqdorida Jamgʻarmaga oʻtkaziladigan mablagʻlar ham budjetga majburiy toʻlovlarga tenglashtiriladi va soliqlar toʻgʻrisidagi amaldagi qonunlarga muvofiq bajarilishi kerak.
Mablagʻlar toʻgʻri tushishi ustidan nazoratni taʼminlash maqsadida Davlat soliq qoʻmitasi va Jamgʻarma bir yilda ikki marta 1-yanvardagi holatiga va 1-iyuldagi holatiga koʻra Jamgʻarmaga oʻtkazilishi kerak boʻlgan va amalda oʻtkazilgan mablagʻlarni solishtiradi”.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 17-son, 126-modda; 2003-y., 4-son, 42-modda; 2004-y., 3-son, 31-modda, 11-son, 127-modda; 2005-y., 5-6-son, 34-modda; 2013-y., 1-son, 8-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1021/0465-son, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)