16.04.2018 yildagi PF-5416-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 13.06.2023 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Diniy-maʼrifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻp asrlik milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, dunyo ilm-fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qoʻshgan ajdodlarimizning bebaho merosini oʻrganish, uning asosida yoshlarni komil inson etib tarbiyalash jamiyatda barqaror ijtimoiy-maʼnaviy muhitni taʼminlashning muhim shartlaridan biri hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda tashkil etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi, Islom akademiyasi, Mir Arab oliy madrasasi, Imom Buxoriy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari boy ilmiy-tarixiy merosimizni oʻrganish va targʻib qilishga xizmat qilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, dunyoda roʻy berayotgan voqea-hodisalar va ijtimoiy-siyosiy vaziyatning tahlili diniy-maʼrifiy sohadagi faoliyat samaradorligini oshirishni va malakali kadrlar tayyorlashning yaxlit tizimini yaratishni taqozo etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqimizga azal-azaldan xos boʻlgan maʼrifatparvarlik, bagʻrikenglik, mehr-muruvvat, bunyodkorlik kabi ezgu fazilatlar va qadriyatlarimizni keng targʻib qilish, jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlashda diniy-maʼrifiy soha vakillarining oʻrni va ishtirokini oshirish hamda 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar diniy-maʼrifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“jaholatga qarshi maʼrifat” ulugʻvor gʻoya asosida dinning asl insonparvarlik mohiyatini, ezgulik, tinchlik va insoniylik kabi fazilatlar azaliy qadriyatlarimiz ifodasi ekanligini keng yoritish va bu sohadagi ilmiy-maʼrifiy faoliyatni jadal tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
islom va jahon sivilizatsiyasiga bebaho hissa qoʻshgan ajdodlarimizning boy madaniy merosini chuqur oʻrganish asosida yoshlarning ongu tafakkurini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dinni zoʻravonlik va qon toʻkish bilan bir qatorga qoʻyadigan buzgʻunchi yot gʻoyalarning asl mohiyati va maqsadlari haqida aholining, ayniqsa, yoshlarning xabardorlik darajasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatda milliy va diniy qadriyatlarimizga yot boʻlgan gʻoyalarga nisbatan toqatsizlik muhitini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatda bagʻrikenglik, oʻzaro hurmat, mehr-oqibat, tinchlik va totuvlikni, ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlashda diniy-maʼrifiy soha vakillarining daxldorlik hissi va ishtirokini yanada oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
diniy-maʼrifiy tashkilotlarning moddiy-texnika taʼminotini mustahkamlash, soha vakillari mehnatini munosib ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoyasini kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
globallashuv sharoitida jamiyatimizdagi ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligi va eʼtiqod erkinligiga tahdid tugʻdirishi mumkin boʻlgan omillarni barvaqt aniqlash va oldini olishga qaratilgan axborot-tahliliy faoliyatni kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
diniy va dunyoviy bilimlar uygʻunligini rivojlantirish asosida taʼlim sifatini oshirish, diniy-maʼrifiy sohada malakali kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning yaxlit tizimini yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Diniy-maʼrifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-maydagi PF-75-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2023-y., 06/23/75/0292-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasining Oʻzbekiston islom akademiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universiteti negizida Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-maydagi PF-75-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2023-y., 06/23/75/0292-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi:
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi muassisligidagi Qurʼon ilmlari, hadis, islom huquqi, aqida, tasavvuf, islom iqtisodiyoti va moliyasi, xalqaro munosabatlar, xorijiy tillar (arab, fors, ingliz, rus, urdu, turk va b.) va boshqa xalqaro miqyosda ehtiyoj mavjud boʻlgan sohalar boʻyicha malakali kadrlarni tayyorlashga, oʻrta maxsus, oliy taʼlim, oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, malaka oshirish bosqichlarida uzluksiz taʼlimning yaxlit tizimini tashkil etishga va ilmiy merosni chuqur tadqiq qilish va asrab-avaylashga ixtisoslashgan yetakchi davlat taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-maydagi PF-75-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2023-y., 06/23/75/0292-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikadagi barcha islom taʼlim muassasalari faoliyatini oʻquv-meʼyoriy va oʻquv-uslubiy jihatdan taʼminlash hamda muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari va qonunda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquq va majburiyatlar boʻyicha qayta tashkil etilayotgan Oʻzbekiston islom akademiyasining hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universitetining huquqiy vorisi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi bitiruvchilariga umumtaʼlim maktablari, oʻrta maxsus va oliy taʼlim muassasalarida sohaga tegishli fanlar boʻyicha pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-son “Oliy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 14-bandida belgilangan imtiyozlar Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasiga ham tatbiq etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi faoliyatini tashkil etish va qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi tarkibida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Samarqand, Namangan va Surxondaryo viloyatlari mintaqaviy filiallariga ega boʻlgan Malaka oshirish markazi tashkil etilishi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka oshirish markazi va uning mintaqaviy filiallarida imom-xatiblar, imom noiblari, diniy soha mutaxassislari, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari, oliy va oʻrta taʼlim muassasalarining sohaga tegishli pedagog kadrlari qayta tayyorgarlikdan oʻtadi va malaka oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi Malaka oshirish markazi va uning mintaqaviy filiallari faoliyatini tashkil etish va qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi “Ziyo” media markazi mamlakatimizda dinning asl insonparvarlik mohiyatini, ajdodlarimizning islom va jahon sivilizatsiyasiga qoʻshgan boy diniy-ilmiy merosini keng targʻib qiluvchi, diniy-maʼrifiy hayotdagi yangiliklarni jamoatchilikka yetkazuvchi asosiy media tuzilma sifatida shakllantirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi uch oy muddatda “Ziyo” media markazi ishini samarali tashkil etish maqsadida uni aloqa vositalari, keng qamrovli Internet tarmogʻi, zamonaviy telestudiya, televizion uskunalar jamlanmasi, kompyuter texnikalari, dasturiy taʼminot va boshqa texnika vositalari bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ziyo” media markazi 2021-yilning 1-mayiga qadar belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha respublikada ishlab chiqarilmaydigan, zamonaviy telestudiya tashkil etish uchun zarur boʻlgan asbob-uskunalar, kompyuter va server texnikasi, texnika vositalari, shuningdek, boshqa moddiy-texnika resurslarini olib kirish uchun bojxona toʻlovlarini (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar bundan mustasno) toʻlashdan ozod etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi va Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining oliy diniy-maʼrifiy taʼlim muassasasi shaklidagi Hadis ilmi maktabini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurʼoni karim va hadislarning asl mohiyatini, hadis ilmining ilmiy-nazariy asoslarini chuqur oʻrgangan, hadis ilmi rivojiga beqiyos hissa qoʻshgan ulugʻ vatandoshlarimizning ulkan ilmiy merosini puxta oʻzlashtirgan, hadisshunoslik sohasida ilmiy izlanishlar olib borish koʻnikmasiga ega mutaxassislarni tayyorlash hamda hadislardagi ezgu umuminsoniy gʻoyalarni xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodga yetkazish Hadis ilmi maktabining asosiy vazifalari etib belgilangani inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Hadis ilmi maktabi faoliyatini tashkil etish va qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Muqaddas qadamjolarni saqlash va obod etish xayriya jamoat fondi Vasiylik kengashi mazkur fondni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilganligi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi huzurida “Vaqf” xayriya jamoat fondi tashkil etilganligi, 2-ilovaga muvofiq ushbu jamoat fondining Vasiylik kengashi tarkibi maʼqullanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Vaqf” xayriya jamoat fondining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanganligi qayd etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning diniy, maʼnaviy va intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masjidlar va diniy taʼlim muassasalarining binolarini qurish, taʼmirlash, rekonstruksiya qilish, obodonlashtirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarixiy-meʼmoriy ahamiyatga ega ziyoratgohlarni saqlash, taʼmirlash, obodonlashtirish, ularning infratuzilmasini yanada rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
diniy taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyatini moliyalashtirish, ularning professor-oʻqituvchilari, tadqiqotchilari, mutaxassislari va oʻquvchi-talabalarini moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masjidlar va ziyoratgohlar xodimlarini, xususan imom-xatiblar, imom noiblari, mutavallilar, muazzinlarni moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
islom ilm-fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qoʻshgan buyuk ajdodlarimiz, zamonamizning yetuk olim va ulamolari qalamiga mansub diniy-maʼrifiy asarlarni chop etish va aholiga yetkazishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yurtimizdagi muqaddas ziyoratgoh va qadamjolarning musulmon dunyosidagi nufuzini yanada oshirish, bu maskanlarga mahalliy va xorijiy fuqarolarning ziyoratlarini uyushtirish, ziyoratchilar uchun zarur sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, shu jumladan imkoniyati cheklangan shaxslarni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita bilan birgalikda Oʻzbekiston musulmonlari idorasiga bir oy muddatda “Vaqf” xayriya jamoat fondining moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini tashkil etish, fuqarolardan zakot, fitr va boshqa xayriya mablagʻlari sifatida tushadigan mablagʻlar Fondning alohida hisob raqamida toʻplanishi, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan (shu jumladan, Internet tarmogʻi orqali onlayn kuzatish imkoniyatini yaratgan) holda mablagʻlarning tushishi va sarflanishida toʻliq shaffoflikni taʼminlash boʻyicha amaliy koʻmak bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Madaniyat vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston musulmonlari idorasi bilan birgalikda uch oy muddatda respublikadagi barcha muqaddas ziyoratgoh va qadamjolarni oʻrganib chiqsin hamda ularning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish boʻyicha aniq takliflar ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2018-yil 1-iyulga qadar oʻrganish natijalari asosida muqaddas qadamjo va ziyoratgohlarni “Vaqf” xayriya jamoat fondiga foydalanish uchun ijaraga berish huquqi bilan biriktirib berishni nazarda tutuvchi qarorni qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muqaddas qadamjo va ziyoratgohlar moddiy madaniy meros obyektlari hisoblanadi hamda ularning talab darajasida muhofaza qilinishi ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan davlat nazorati oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston musulmonlari idorasining “Vaqf” xayriya jamoat fondi mablagʻlari hisobidan ushbu idora tizimidagi diniy-maʼrifiy tashkilotlarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyat yuritayotgan xodimlarga, shu jumladan imom-xatiblarga oylik ish haqi toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyat yuritayotgan uy-joyga muhtoj xodimlarni xizmat uy-joylari bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp yillar davomida namunali faoliyat yuritayotgan, uy-joyga muhtoj imom-xatiblarga yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha qurilayotgan uy-joylarni sotib olib, tekinga berish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston musulmonlari idorasining buyurtmasiga asosan idora tizimidagi diniy-maʼrifiy tashkilotlar xodimlariga xizmat uy-joylari va ularga sotib olib berish uchun yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha qurilayotgan uy-joylarning ajratilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi, Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining rahbariyati, oʻqituvchi, ilmiy xodim va mutaxassislariga yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash razryadlariga koʻra tarif koeffitsiyentlari va bazaviy lavozim maoshlari 3 baravar (Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi raisiga, Axborot-tahlil va targʻibot ishlarini tashkil etish boshqarmasi rahbariyati va xodimlariga — 4 baravar) miqdorda qoʻllaniladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-maydagi PF-75-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2023-y., 06/23/75/0292-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Fanlar akademiyasi, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi va keng jamoatchilikning islom ilm-fani va madaniyatiga beqiyos hissa qoʻshgan buyuk ajdodlarimizning ibratli hayoti va boy ilmiy merosini chuqur oʻrganish, mamlakatimiz dovrugʻini jahon miqyosida keng yoyish ishiga munosib hissa qoʻshib kelayotgan shaxslarni ragʻbatlantirish maqsadida “Imom Buxoriy” davlat mukofotini taʼsis etish haqidagi taklifi qoʻllab-quvvatlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda mazkur davlat mukofotini taʼsis etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi Adliya vazirligi bilan birgalikda diniy-maʼrifiy sohada namunali faoliyat yuritayotgan, ijtimoiy-maʼnaviy ishlarda alohida oʻrnak koʻrsatayotgan soha vakillarini ragʻbatlantirish, shu jumladan davlat mukofotlariga taqdim etish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritib borsin.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-maydagi PF-75-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2023-y., 06/23/75/0292-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir hafta muddatda qoʻmita faoliyatini takomillashtirish va uning yangilangan tuzilmasini tasdiqlash haqidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchilari R.T. Kamilov va R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 16-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-5416-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-apreldagi PF-5416-son Farmoniga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Diniy-maʼrifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Diniy-maʼrifiy sohaga oid normativ-huquqiy bazani takomillashtirish

1.

Diniy-maʼrifiy sohaga oid qonun hujjatlarini xatlovdan oʻtkazish, tahlil qilish, ularni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash.

1. Xatlov va tahlil oʻtkazish, uning natijalari asosida qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflarni tayyorlash boʻyicha idoralararo ishchi guruh tuzish.

2. Normativ-huquqiy bazani takomillashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

2018-yil may

Adliya vazirligi (R. Davletov), DIQ

2.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori loyihasini ishlab chiqish.

1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruh tashkil etish.

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash va manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

3. Loyihani Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2018-yil aprel

Adliya vazirligi (R. Davletov), DIQ

3.

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy diniy taʼlim muassasalarida oʻqishlarini tartibga soluvchi Hukumat qarorini ishlab chiqish va qabul qilish.

1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruh tashkil egish.

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash va manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2018-yil iyun

DIQ, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), TIV (A. Kamilov), Adliya vazirligi (R. Davletov)

II. Diniy-maʼrifiy sohada taʼlim-tarbiya tizimini takomillashtirish, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash

4.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi faoliyatini tashkil etish va qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi qarori loyihasini ishlab chiqish.

1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruh tashkil etish.

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash va manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga kiritish.

2018-yil aprel

DIQ, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), TIV (A. Kamilov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi

5.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi diniy-maʼrifiy taʼlim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasini ishlab chiqish.

1.Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruh tashkil etish.

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash va manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

3. Loyihani Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2018-yil iyun

DIQ, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), OʻMI (U. Alimov), Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi

6.

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi ?a�arrufidagi muassasalarda fuqarolarga muqaddas Qurʼoni karimni oʻrgatuvchi maxsus kurslar tashkil qilish.

1. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisining buyrugʻini qabul qilish.

2018-yil aprel

UMI (U. Alimov), DIQ, Adliya vazirligi (R. Davletov)

2. Maxsus kurslarni tashkil qilish.

Doimiy ravishda

7.

Umumtaʼlim maktablarida “Dunyo dinlari tarixi”, oʻrta maxsus va oliy taʼlim muassasalarida “Dinshunoslik” va “Diniy ekstremizm va xalqaro terrorizmga qarshi kurashishning maʼnaviy-maʼrifiy asoslari” fanlarining oʻquv dasturlari va darsliklarini, malakali kadrlar bilan taʼminlanganligini oʻrganish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.

1. Tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2. Taʼlim muassasalarida koʻrsatib oʻtilgan fanlarning oʻqitilishini, malakali kadrlar xamda darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari, diniy ekstremizm va terrorizm, missionerlik faoliyatiga qarshi kurashish boʻyicha koʻrgazmali va mediamateriallar bilan taʼminlanganini oʻrganish.

3. Oʻrta maxsus va oliy taʼlim muassasalarida mazkur oʻquv fanlarining oʻqitilishini takomillashtirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash va kiritish.

2018-yil may

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Xalq taʼlimi vazirligi (U. Inoyatov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), DIQ, OʻMI (U. Alimov), Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi

8.

Taʼlim muassasalarida Oʻzbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Qonunini oʻrganishga bagʻishlangan “Axborot soati” va “Maʼnaviyat kunlari”ni oʻtkazish ishlarini yanada takomillashtirish.

1. Qonun hujjatlarini oʻrganishga bagʻishlangan “Axborot soati” va “Maʼnaviyat kunlari”ni oʻtkazish boʻyicha uslubiy qoʻllanmalarni ishlab chiqish.

2. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim, xalq taʼlimi vazirlarining koʻrsatib oʻtilgan tadbirlarni oʻquv dasturiga kiritish boʻyicha buyruqlarini chiqarish.

3. “Axborot soati” va “Maʼnaviyat kunlari”ni oʻtkazish boʻyicha sinf rahbarlari va oʻqituvchilar uchun seminar-treninglar tashkil etish.

Alohida reja asosida

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Xalq taʼlimi vazirligi (U. Inoyatov), DIQ Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (A. Kodirov)

III. Diniy bagʻrikenglik, konfessiyalararo va millatlararo totuvlikni mustahkamlash boʻyicha tadbirlarni tashkil etish

9.

Nufuzli imom-xatiblar, mashhur sportchilar, madaniyat arboblari va ziyolilar ishtirokida dinning asl insonparvarlik mohiyatini ochib berishga bagʻishlangan ijtimoiy roliklar namoyishini tashkil qilish.

1. Ijodiy guruhlarni tashkil etish va tadbirlar rejasini tasdiqlash.

2. Roliklarni tayyorlashda jamoat va din arboblari, ziyolilarning ishtirokini taʼminlash.

3. Roliklarni televideniyeda qulay efir vaqtida, kinoteatrlarda seansdan avval namoyish etish, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish.

2018-yil aprel

Doimiy

ravishda

DIQ, Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov), Madaniyat va turizm vazirligi (O. Nazarbekov), MTRK (A. Xadjayev), Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (A. Abutalipov), OʻMI (U. Alimov), Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi

10.

Diniy bagʻrikenglik gʻoyalarini targʻib etish, buyuk ajdodlarimizning ilmiy merosi va islom dinining asl mohiyatini tushuntirishga yoʻnaltirilgan audiovizual materiallar (elektron kitoblar, nashrlar, olimlarning sharhi boʻlgan videoroliklar)ni kompleks ishlab chiqish, shuningdek, uyali telefonlarda va Internetning ilgʻor ijtimoiy tarmoqlarida bepul yuklab olish va foydalanish mexanizmlarini joriy etish.

1. Idoralararo rejalarni ishlab chiqish.

2018-yil aprel

TIV (A. Kamilov), DIQ, OʻMI (U. Alimov), MTRK (A. Xodjayev), ATKR vazirligi (A. Axmedxodjayev), OʻzMAA (L. Tangriyev)

2. Audiovizual materiallarni kompleks ishlab chiqish.

3. Materiallarni nashr etish va tarqatish.

2018-yil davomida

11.

Oʻzbekistonning diniy-maʼrifiy hayoti haqida Vikipediya internet- ensiklopediyasidagi maʼlumotlarni yangilab borish hamda Movarounnahr ulamolari hayoti va ijodi haqidagi materiallarni tarqatish.

1. Idoralararo ishchi guruh tuzish, tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2. Materiallarni tayyorlash va ularni Vikipediyaga oʻzbek, rus, arab, ingliz tillarida joylashtirish.

3. Joylashtirilgan materiallarni yangilab borish.

Doimiy ravishda

Islom sivilizatsiyasi markazi (Sh. Minovarov), Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Buxoriy XITM (Sh. Ziyodov), Imom Termiziy XITM (U. Uvatov), ATKR vazirligi (A. Axmedxodjiyev), DIQ, OʻMI (U. Alimov)

IV. Milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, ziyorat turizmi uchun sharoitlar yaratishga oid tashkiliy chora-tadbirlar

12.

Diniy ibodatni ado etish uchun kulay sharoitlarni yaratish, mamlakatda ziyorat turizmini rivojlantirish maqsadida jamoat joylarida zamonaviy talablarga javob beradigan sanitariya-gigiyena uzellari (hojatxonalar) va tahoratxonalar qurilishini taʼminlash. Bunda katta magistral yoʻllarning boʻyida davlat-xususiy sheriklik asosida ibodat qiluvchilar uchun tegishli infratuzilmani shakllantirish.

1. Jamoat joylaridagi sanitariya-gigiyena uzellari (hojatxonalar) ahvolini, tahoratxonalarga boʻlgan ehtiyojni oʻrganish boʻyicha ishchi guruh tashkil qilish.

2018-yil aprel

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Turizmni rivojlan girish davlat qoʻmitasi (A. Abduhakimov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov), DIQ, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi (A. Abduvaliyev), OʻMI (U. Alimov)

2. Ishchi guruh tomonidan ish reja loyihasini ishlab chiqish.

2018-yil may

3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlari bilan kompleks ish rejani tasdiqlash, mavjud sanitariya-gigiyena uzellari (hojatxonalar)ning ahvolini yaxshilash, ularni taʼmirlash, qayta qurish.

2018-yil sentabr

4. Amalga oshirilgan ishlar haqida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni va Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritish.

2018-yil sentabr

5. Qonun hujjatlariga, shaharsozlik norma va qoidalariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar tayyorlash, sanitariya-gigiyena uzellarining namunaviy loyihalarini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2018-yil iyul

13.

Xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda “Halol” standarti va boshqa dinlarga taalluqli standartlar boʻyicha mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar xodimlarini oʻqitish, tayyorlash boʻyicha oʻquv kurslari va amaliy seminarlarni tashkil etish.

1. Uquv-kurslari va amaliy seminarlarni tashkil etish boʻyicha ishchi guruh tuzish va uning ish rejasini tasdiqlash.

2. Oʻquv-kurslari va amaliy seminarlarning konsepsiyasi va dasturlarini ishlab chiqish.

3. Oʻquv-kurslari va amaliy seminarlarni hududlar kesimida oʻtkazish.

Alohida reja asosida

“Oʻzstandart” agentligi (A. Karimov), DIQ, OʻMI (U. Alimov), Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Abduhakimov)

14.

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondi faoliyatini tashkiliy-huquqiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturini qabul qilish.

1. Idoralararo ishchi guruh tuzish.

2. Kompleks chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

3. Kompleks chora-tadbirlar rejasi ijrosini taʼminlash.

2018-yil aprel-may

OʻMI (U. Alimov), DIQ, Hisob palatasi (M. Ikramov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Markaziy bank (M. Nurmuratov), ATKR vazirligi (A. Axmedxodjayev), Moliya vazirligi (A. Xaydarov)

15.

Muqaddas qadamjolar va ziyoratgohlarga tashrif buyuruvchilarning xavfsizligini taʼminlash maqsadida foydalaniladigan elektron turniket tizimini oʻrnatish.

1. Muqaddas qadamjolar va ziyoratgohlarni aniqlash, roʻyxatini tuzish.

2. Muqaddas qadamjolar va ziyoratgohlarga elektron turniket tizimini oʻrnatish.

Alohida reja asosida

DIQ, OʻMI (U. Alimov), IIV (P. Bobojonov)

V. Oʻzbekistonda konfessiyalararo va millatlararo totuvlikni taʼminlash borasidagi ishlarni keng targʻib qilish

16.

Oʻzbekistonda dinlararo totuvlik va bagʻrikenglikni taʼminlash borasidagi tajribani xalqaro maydonda keng targʻib qilish, bu boradagi ilmiy-ijodiy faoliyatga koʻmaklashish.

1. Tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2. Jamoat va diniy tashkilotlar xodimlarining respublikada konfessiyalararo hamkorlik va bagʻrikenglik targʻiboti boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni keng targʻib etish uchun xorijiy safarlarini tashkil etish.

3. Oʻzbekistonning diplomatik vakolatxonalariga mamlakatimizda ekstremizm va terrorizmning oldini olish, dinlararo totuvlik va bagʻrikenglikni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqidagi materiallarni, jumladan audiovizual materiallarni xorijiy OAVlarida yoritish uchun taqdim etib borish.

4. Davlat, jamoat va diniy tashkilotlar veb-saytlari, ijtimoiy tarmoqlarda vijdon erkinligini taʼminlash, bagʻrikenglik muhitini mustahkamlash borasida qilinayotgan ijobiy ishlarni keng targʻib etish.

2018-yil may

Alohida reja asosida

DIQ, TIV (A. Kamilov), SMTI (V. Norov), OʻMI (U. Alimov), Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi, Islom sivilizatsiyasi markazi (Sh. Minovarov), Imom Buxoriy XITM (Sh. Ziyodov), Imom Termiziy XITM (U. Uvatov)

17.

Xorijiy OAVda Oʻzbekistonning tarixi, madaniyati, urf-odatlari, shuningdek, vijdon erkinligini taʼminlash borasida qilingan ishlar haqidagi koʻrsatuv va roliklar namoyishini tashkil etish.

1. Oʻzbekiston MTRKning xorijiy davlatlarning eng ommabop teleradiokanallari bilan hamkorligini oʻrnatish.

2018-yil may

MTRK (A. Xodjayev), TIV (A. Kamilov), EOAVMA (F. Abduxalikov), DIQ, OʻMI (U. Alimov), Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi

2. Xorijiy OAVga taqdim etish uchun koʻrsatuv, rolik va boshqa materiallarni tayyorlash.

3. Materiallarni namoyish etish va OAV hamda Internet tarmogʻida yoritib borish.

Alohida reja asosida

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-apreldagi PF-5416-son Farmoniga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Vaqf” xayriya jamoat fondining Vasiylik kengashi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Alimov U.

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy, Vasiylik kengashi raisi

2.

Lavozimi boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi raisi, Vasiylik kengashi raisining oʻrinbosari

3.

Ikramov M.

Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi

4.

Karimov A.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining oʻrinbosari

5.

Lavozimi boʻyicha

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori

6.

Minovarov Sh.

Oʻzbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi direktori

7.

Gʻofurov U.

Toshkent islom instituti rektori

8.

Yuldashxodjayev H.

Mir Arab oliy madrasasi rektori

9.

Muhammad Sodiq I.

“Hilol nashr” nashriyot-matbaa korxonasi taʼsischisi

10.

Xamidov M.

Oʻzbekiston musulmonlari idorasining masʼul xodimi, Vasiylik kengashi masʼul kotibi

11.

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi*

12.

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi*

13.

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi*

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tomonidan oʻtkaziladigan onlayn soʻrov natijasiga koʻra aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiylik kengashining aʼzolari boshqa lavozimga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan (saylangan) yoki ularning vazifalarini bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-maydagi PF-75-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2023-y., 06/23/75/0292-son)
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2018-y., 06/18/5416/1079-son, 13.12.2018-y., 06/18/5597/2300-son; 22.04.2021-y., 06/21/6212/0358-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2023-y., 06/23/75/0292-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son; 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son; 28.07.2025-y., 06/25/117/0653-son; 11.09.2025-y., 06/25/164/0821-son)