13.04.2018 yildagi PF-5415-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 14.04.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquqiy demokratik davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurish jarayonida, birinchi navbatda, yagona davlat huquqiy siyosatini, jumladan huquq ijodkorligi faoliyatini sifatli tashkil etish, izchil va bir xil huquqni qoʻllash amaliyotini shakllantirish, inson huquq va erkinliklarining samarali himoya qilinishini taʼminlash, shuningdek, aholining huquqiy madaniyatini oshirishning yaxlit tizimini joriy etish yoʻli bilan amalga oshirishni koʻzlovchi adliya organlari va muassasalariga muhim rol ajratilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi yillarda amalga oshirilgan chora-tadbirlar davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimida, ayniqsa, davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini huquqiy taʼminlash, ularning yuridik xizmatlarini muvofiqlashtirish, huquqiy axborotni tarqatish, shuningdek, davlat xizmatlari koʻrsatish sifatini yaxshilash masalalari boʻyicha adliya organlari va muassasalarining roli va masʼuliyatini oshirish imkonini berdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, oʻtkazilgan tahlil natijalari shuni koʻrsatmoqdaki, adliya organlari va muassasalari faoliyatida huquqiy islohotlarning yuqori samaradorlik darajasiga erishishga toʻsqinlik qiluvchi qator tizimli muammo va kamchiliklar mavjud. Xususan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchidan, adliya organlarining tuman (shahar) tuzilmalarining mavjud emasligi bevosita joylardagi huquqiy muammolar, fuqarolarning huquq va erkinliklari ularning haqiqiy ehtiyojlari bilan bogʻliq holda taʼminlanish darajasining chuqur oʻrganilishiga, jamiyatdagi aniq huquqiy holatdan kelib chiqib manzilli huquqiy targʻibotni amalga oshirishga toʻsqinlik qilmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchidan, huquqni qoʻllash amaliyotini tizimli tahlil qilish va uning izchilligi va bir xilligini taʼminlash boʻyicha taʼsirchan choralarni ishlab chiqish, huquqiy normalarning oʻzboshimchalik bilan va notoʻgʻri talqin qilinishiga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan joylarda davlat organlari va boshqa tashkilotlarga huquqiy maslahatlar berish boʻyicha samarali ishlar yoʻlga qoʻyilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchidan, adliya organlariga faoliyat yoʻnalishiga muvofiq boʻlmagan va bir-birini takrorlovchi, ayniqsa, shartnomaviy-huquqiy ishlarni nazorat qilish sohasidagi vazifalarning yuklatilganligi davlat huquqiy siyosatini amalga oshirish sohasida ularga yuklatilgan birinchi darajadagi vazifalarni bajarish uchun mavjud kuch va vositalardan oqilona foydalanish imkonini bermayapti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchidan, amalga oshirilayotgan islohotlar, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquq va manfaatlariga daxldor boʻlgan qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun va mohiyatini tushuntirish boʻyicha joylarda adliya organlarining ishi lozim darajada tashkillashtirilmagan, buning natijasida esa aholining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyati, ayniqsa, qishloq joylarda qoniqarsiz darajada qolmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchidan, yurisprudensiya sohasida, avvalo, xalqaro va xorijiy tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasining manfaatlarini munosib ifoda etadigan mutaxassislarning keskin yetishmasligi saqlanib qolmoqda, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida talab yuqori boʻlgan tor doiradagi va sohaviy mutaxassisliklar boʻyicha yuridik kadrlar tayyorlash tizimi mavjud emas;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchidan, adliya organlari va muassasalari xodimlarini ijtimoiy va moddiy ragʻbatlantirishning past darajada ekanligi mazkur sohaga yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish, barqaror kadrlar zaxirasini shakllantirish imkonini bermayapti hamda xodimlarning tashabbuskorligi va masʼuliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yettinchidan, adliya organlari va muassasalari faoliyatiga yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, ularni zamonaviy vositalar va uskunalar bilan jihozlash qoniqarsiz holatda qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq hamda davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Adliya organlari va muassasalari faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari deb quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi, adliya organlarini “Odilona qonunlarni qabul qilish, jamiyatda qonunga hurmat ruxini qaror toptirish — demokratik huquqiy davlat qurishning garovidir” degan konseptual gʻoyani hayotga tatbiq etishga qaratilgan yagona davlat huquqiy siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydigan professional xizmatga aylantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi, adliya organlari faoliyatiga, ustuvor ravishda, tanqidiy tahlil va huquqiy muammolarni, avvalo, bevosita joylarda ishlarni samarali tashkil etish yoʻli bilan hal etishga asoslangan, sifat jihatidan yangi mexanizmlarni joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi, davlat organlari va tashkilotlarining tuman (shahar) tuzilmalarining qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tashkil etish sohasidagi faoliyatiga uslubiy rahbarlik qilish va muvofiqlashtirish, tanqidiy tahlil asosida izchil va bir xil huquqni qoʻllash amaliyotini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi, huquqiy targʻibot va fuqarolarning huquqiy ongini oshirishning zamonaviy va taʼsirchan uslublarini joriy qilish, ularga qabul qilinayotgan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati va ahamiyatini yetkazish, aholining huquqiy savodsizligiga barham berish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi, davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini, maʼmuriy tartib-taomillar va davlat xizmatlarining sifatini kompleks va tanqidiy tahlil qilishda adliya organlarining rolini oshirish, bu sohalarda qonunchilikni yanada takomillashtirish va huquqni qoʻllash amaliyoti boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchi, oʻz faoliyatlari yuzasidan jamoatchilikka tizimli ravishda maʼlumotlar taqdim etish yoʻli bilan adliya organlari mansabdor shaxslarining hisobot berish tartibini joriy etish, ularning aholini tashvishga soluvchi muammolarga yuzaki munosabatda boʻlishi holatlariga chek qoʻyish, shuningdek, ularning faoliyatini baholashning aniq mezonlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yettinchi, yuridik kadrlarni, ayniqsa, talab qilinayotgan tor doiradagi va sohaviy mutaxassisliklar boʻyicha tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning sifat jihatidan yangi tizimini tashkil etish, yurisprudensiya sohasidagi mutaxassislarni oʻqitishning innovatsion shakllari va usullarini joriy etish, yuridik kadrlarni yetakchi xorijiy taʼlim muassasalariga tizimli ravishda yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sakkizinchi, xalqaro va xorijiy tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasining manfaatlarini huquqiy himoya qilishning samarali tizimini, xalqaro jamoatchilik va xorijiy investorlarni mamlakatda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar haqida xabardor qilish mexanizmlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻqqizinchi, adliya organlari va muassasalari faoliyatining moddiy-texnika taʼminotini yanada yaxshilash, xodimlarni ijtimoiy va moddiy ragʻbatlantirishning yangi mexanizmlarini, shu jumladan ularni xizmat uylari bilan taʼminlashni joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻninchi, adliya organlari va muassasalarining barcha tuzilmalari faoliyati samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tizimining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan kasb-hunar kollejlari yuridik xizmatlarining shtat birliklari hisobidan, “respublika — viloyat — tuman (shahar)” uch pogʻonali prinsipi boʻyicha vertikal boshqaruvni joriy etgan holda tumanlar (shaharlar)da adliya boʻlimlari tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, kasb-hunar kollejlarining tugatilayotgan yuridik xizmatlari funksiyalari tegishli tuman (shahar) adliya boʻlimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tumanlar (shaharlar) adliya boʻlimlarining asosiy vazifalari etib quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hokimlarga hamda davlat organlari va tashkilotlarining tumanlar (shaharlar) tuzilmalariga qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni qoʻllash masalalari boʻyicha maslahatlar berish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlari tuman (shahar) tuzilmalarining qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tashkil etish boʻyicha faoliyatiga uslubiy rahbarlik qilish va muvofiqlashtirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qabul qilinayotgan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tumanlar tuzilmalaridagi ijrochilarga yetkazish, “respublika — viloyat — tuman — mahalla” prinsipi boʻyicha huquqiy targʻibot va aholining huquqiy savodsizligiga barham berish borasida, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi va sud organlari bilan birgalikda chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanlar (shaharlar) hokimlari va xalq deputatlari Kengashlarining qarorlarini qonun hujjatlariga, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalariga muvofiqligi nuqtai nazaridan huquqiy ekspertizadan oʻtkazish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish va tahlil qilish, uning barqarorligi va bir xilligini taʼminlash boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, oʻz vakolatlari doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlarining tuman (shahar) tuzilmalarida huquqiy ishlarning holatini monitoring qilish, shuningdek, ularning yuridik xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va metodik taʼminlash belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Shartnomaviy-huquqiy ishlarni nazorat qilish boshqarmasi va uning hududiy boʻlimlari tugatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 2018-yil 1-iyuldan boshlab, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (keyingi oʻrinlarda FHDY deb yuritiladi) organlarining huquqni qoʻllash amaliyotini muvofiqlashtirish, faoliyatini metodik taʼminlash, “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimini yuritish, FHDYning hududiy arxivlariga rahbarlik boʻyicha vazifalar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi zimmasiga yuklatilgan holda, FHDY organlari tumanlar (shaharlar) hokimiyatlari tasarrufiga oʻtkazilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Shunday tartib joriy etilsinki, unga koʻra 2018-yildan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati va huquqni qoʻllash amaliyoti holati toʻgʻrisida har yili Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga axborot taqdim etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi adliya vaziri, hududiy adliya boshqarmalari boshliqlari har yarim yil yakuni boʻyicha tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlariga joylarda norma ijodkorligi hamda huquqni qoʻllash amaliyoti holati boʻyicha axborot taqdim etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) adliya boʻlimlari boshliqlari har chorakda tegishlicha tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashlariga tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qoʻllash amaliyoti holati boʻyicha axborot taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi xalqaro arbitrajlar va sud ishlari masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining manfaatlarini himoya qilish sohasida vakolatli davlat boshqaruvi organi etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlariga, Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalariga belgilangan tartibda xalqaro arbitrajlar va sud ishlari masalalari boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan topshiriqlar yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
adliya organlari va muassasalari, davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari xodimlarini budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan huquqiy yordam koʻrsatish sohasida, shu jumladan xalqaro arbitrajlar va sud ishlari boʻyicha oʻqish va malakalarini oshirish uchun rivojlangan davlatlarning yetakchi taʼlim muassasalari va boshqa tashkilotlariga yuborish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Toshkent davlat yuridik universitetining Huquqiy tadqiqotlar markazi negizida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan, boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni 25 nafar boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar Huquqiy siyosat tadqiqot institutining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikni va uning tarmoqlarini rivojlantirish sohasida ilmiy-amaliy tadqiqotlar oʻtkazish hamda ilmiy konsepsiyalar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishning innovatsion uslublari hamda usullarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud-huquq sohasidagi qonun hujjatlari qoʻllanilish amaliyotini tahlil qilish, uni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi samaradorligini oshirishning huquqiy muammolarini oʻrganish, ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi munosabatlarni huquqiy tartibga solishning rivojlanish yoʻnalishlarini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetakchi xorijiy ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshirish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir haftalik muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oylik muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oylik muddatda tuman (shahar) hokimliklarining fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oylik muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R.R. Inoyatov va Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 13-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-5415-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.04.2018-y., 06/18/5415/1072-son; 20.05.2020-y., 06/20/5997/0634-son; 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son; 25.05.2024-y., 06/24/80/0364-son)