Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 21.09.2000 yildagi 363-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAMAKI BARGI XARID QILIShNI TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xo‘jaligida tamaki bargi yetishtiruvchilarni yanada rag‘batlantirish va xo‘jaliklarning tayyorlov tashkilotlari bilan iqtisodiy munosabatlarini erkinlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tovar yetishtiruvchi tamakichilik xo‘jaliklaridan “Dyubek” navli tamaki bargi xarid qilish bo‘yicha har yilgi kvota 2000—2004-yillar hosilidan “O‘zBAT A.J.” qo‘shma korxonasi uchun 15 ming tonna va “Oziqovqatsanoat” uyushmasi uchun 4,6 ming tonna hajmida belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand viloyati hokimligi “O‘zBAT A.J.” qo‘shma korxonasi va “Oziqovqatsanoat” uyushmasi tomonidan tamaki bargi xarid qilish hajmlarining tamakichilik xo‘jaliklari o‘rtasida teng miqdorda taqsimlanishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tamakichilik xo‘jaliklariga, “O‘zBAT A.J.” qo‘shma korxonasi va “Oziqovqatsanoat” uyushmasi bilan kontraktatsiya shartnomalari bajarilgandan keyin, yuqorida qayd etilgan hajmdan ortiqcha yetishtirilgan tamaki bargini (fermentlangan tamakini) belgilangan tartibda birjalar orqali sotishiga ruxsat berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda yilning har choragida, hisobot oyidan keyingi oyning 20-kunigacha Vazirlar Mahkamasiga mahsulot yetkazib beruvchilar va iste’molchilar bo‘yicha tamaki bargi xaridi va uni sotish hajmi to‘g‘risida hisobot taqdim etsin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 26-yanvardagi 40-son qarori va Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 11-dekabrdagi 515-f-son farmoyishi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 21-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
363-son