Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga ajratmalarni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga mablagʻ ajratishni tartibga solish, ulardan foydalanish samaradorligini oshirish va davlat budjetiga tushumlarni koʻpaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Jamiyatning barcha sohalarini erkinlashtirish va isloh qilishga oid qonunchilik bazasini takomillashtirish borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish hamda maʼmuriy islohotlarni amalga oshirish komissiyasining:
2004-yil 1-noyabrdan boshlab vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga ajratmalarning 1-ilovaga muvofiq ayrim turlarini bekor qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 14-15-son, 106-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga (bundan buyon matnda Departament deb yuritiladi) quyidagi manbalar hisobidan maxsus budjetdan tashqari jamgʻarma tashkil etilishiga ruxsat berilsin:
Departament tomonidan oʻtkaziladigan tekshirishlar natijalari boʻyicha budjetga qoʻshimcha ravishda hisoblangan summalardan ajratmalar va soliq haqidagi qonunlar buzilganligi uchun moliyaviy jazolar hisobiga 40 foiz miqdorida.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qaroriga asosan birinchi va ikkinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Departament tomonidan oʻtkazilgan taftishlar va tekshiruvlar natijalari boʻyicha aniqlangan hamda Davlat budjeti va Oʻzbekiston Respublikasining davlat maqsadli jamgʻarmalari daromadiga undirilgan davlat organlari va tashkilotlari, budjet mablagʻlarini oluvchilar tomonidan amalga oshirilgan noqonuniy xarajatlarning, talon-toroj, rastratalar, kamomadlar summasining 10 foizi miqdorida.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishgan holda budjetdan tashqari maxsus jamgʻarmaga mablagʻlar oʻtkazish va ulardan foydalanish tartibini tasdiqlasin, ushbu mablagʻlar birinchi navbatda Departament organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yoʻnaltirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida oʻtkaziladigan tekshiruvlar (taftishlar) natijalari boʻyicha aniqlangan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari daromadiga undirilgan davlat organlari va tashkilotlari, budjet mablagʻlarini oluvchilar tomonidan amalga oshirilgan noqonuniy xarajatlarning, talon-taroj, rastratalar, kamomadlar summasining 10 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasini rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 575-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 09/19/575/3415-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 25-oktabr,
499-son
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-oktabrdagi 499-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga ajratmalarning bekor qilinayotgan turlari
ROʻYXATI
|
T/r |
Vazirliklar va idoralarning nomi |
Ajratmalar turlarining nomi |
|
1. |
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi |
Qonun hujjatlarida belgilangan hollarda davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni sotishdan olingan mablagʻlar |
|
2. |
“Davbionazorat” inspeksiyasi |
Yovvoyi hayvonlarni ovlash va tutish huquqini beruvchi litsenziyalar sotilishidan olingan mablagʻlar |
|
3. |
“Oʻzstandart” agentligi huzuridagi Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishni rivojlantirish jamgʻarmasi | Sertifikatlash organlari va sinov laboratoriyalari akkreditatsiya qilinganligi uchun toʻlov |
|
4. |
Mudofaa vazirligi | Muqobil xizmatni oʻtayotgan fuqarolarning ish haqidan ushlab qolish |
|
5. |
Ilmiy-texnika taraqqiyotini Muvofiqlashtirish Kengashi huzuridagi Innovatsiya ilmiy-texnika faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlash jamgʻarmasi | Patent bojlari va boshqa soliq boʻlmagan toʻlovlar |
|
6. |
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi | Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ijtimoiy sugʻurta boʻyicha majburiy badallar va ajratmalarni toʻlash tartibi buzilganligi uchun jarimalar summasi |
|
7. |
Kimyo sanoati tashkilotlarini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (“Oʻzkimyosanoat” DAK) | “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining ishonchli boshqaruvidagi aksiyalarning davlat ulushi boʻyicha dividendlar |
|
8. |
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlan-tirish jamgʻarmasi (Aloqa va axborotlashtirish agentligi) | Agentlik tizimiga kiruvchi aloqa obyektlari va korxonalarini xususiylashtirishdan olingan mablagʻlar Agentlik tizimiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyatlari va qoʻshma korxonalar aksiyalarining davlatga tegishli paketlari boʻyicha divedendlar |
|
9. |
Baliqchilikni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot markazi (Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi) | Aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining davlat paketlarini sotishdan olingan mablagʻlar |
|
10. |
Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi | Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashishga litsenziyalar berilganligi va ularning amal qilish muddati uzaytirilganligi uchun davlat boji |
|
11. |
Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi | Havo transportida yoʻlovchilar va yuk tashishga litsenziyalar berilganligi va ularning muddati uzaytirilganligi, aeroportlarda havo kemalariga xizmat koʻrsatish faoliyati va aviatsiya ishlari uchun davlat boji |
|
12. |
Asillik palatasi | Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari va boshqa buyumlarning asillik darajasi aniqlanganligi va tamgʻalanganligi uchun toʻlov |
|
13. |
Rekonstruksiya va rivojlantirish jamgʻarmasi (“Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” XK) | Xolding tarkibiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining davlatga tegishli paketlari boʻyicha dividendlar |
|
14. |
“Oʻzbekkoʻmir” ochiq aksiyadorlik jamiyati | Korxonalarni xususiylashtirishdan olingan mablagʻlar Aksiyalarning davlat ulushi boʻyicha dividendlar |
|
15. |
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi | “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi obyektlarini xususiylashtirishdan olingan mablagʻlar |
|
16. |
“Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari | Erkin sotish uchun moʻljallangan ochiq aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining davlat paketlarini sotishdan olingan mablagʻlar |
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 14-15-son, 106-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-oktabrdagi 508-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 44-son, 459-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-iyundagi 375-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 502-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-martdagi 82-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 12-son, 155-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-oktabrdagi 508-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 44-son, 459-modda)
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 1994-yil 12-avgustdagi 410-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida standartlar va oʻlchov vositalari ustidan davlat nazorati toʻgʻrisida nizomning 9-bandidagi “50” va “20” raqamlari tegishli ravishda “60” va “10” raqamlari bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Respublika meva-sabzavot xoʻjaligida monopoliyadan chiqarish va ixtisoslashtirishni chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 18-iyuldagi 363-son qarorining 6-bandida:
oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, xolding tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarning boʻsh foydasi qoldiqlari hisobiga korxonalar balans foydasining bir foizi miqdorida shartnoma asosidagi ajratmalari Rekonstruksiya va rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish manbalari etib belgilansin”.
8. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 22-iyuldagi 368-son qarori bilan tasdiqlangan Narxlarni boshqarish jamgʻarmasi toʻgʻrisida Nizomning III boʻlimi ikkinchi xatboshidagi “42,5” raqami “45” raqami bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1997-yil 30-iyuldagi 374-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT., 1997-y., 7-son, 26-modda) 7-bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Belgilansinki, koʻrsatib oʻtilgan maxsus jamgʻarma bojxona yigʻimlari va koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlar tarzidagi tushumlarning 25 foizi miqdoridagi ajratmalar hisobiga shakllantiriladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1998-yil 12-yanvardagi 14-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 1-son, 2-modda) 5-bandida:
ikkinchi xatboshiga “(Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga oʻtkaziladigan mablagʻlardan tashqari)” soʻzlari qoʻshilsin;
ikkinchi va uchinchi xatboshidagi “20” raqami “10” raqami bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-yanvardagi 27-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 6-son, 51-modda)
12. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 20-martdagi 128-30-son qarorining 3-bandi chiqarib tashlansin.
13. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 16-fevraldagi 54-16-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
14. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 24-fevraldagi 93-son qarori 5-bandining uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
15. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasini boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2001-yil 3-martdagi 108-son qarorining 5-bandi chiqarib tashlansin.
16. Vazirlar Mahkamasining “Kimyo sanoatini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 13-martdagi 124-son qarori 8-bandining uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-fevraldagi 121-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2018-y., 09/18/121/0711-son)
18. Vazirlar Mahkamasining “Koʻmir” aksiyadorlik birlashmasi tuzilmasini takomillashtirish va 2002—2010-yillarda respublika koʻmir sanoatini rivojlantirish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 4-iyundagi 196-son qarorining 7-bandi chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 322-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 50-son, 649-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-dekabrdagi 356-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 51-son, 577-modda)
21. Vazirlar Mahkamasining “Standartlashtirish, metrologiya va mahsulotlar hamda xizmatlarni sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 3-oktabrdagi 342-son qarori 13-bandining beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin, uchinchi va toʻrtinchi xatboshi esa quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“standartlar, metrologiya va sertifikatlashtirishning majburiy talablarini buzganlik hamda davlat inspektorlarining mahsulot sotilishi (yetkazib berilishi, sotilishi)ni taqiqlash toʻgʻrisidagi yozma koʻrsatmalarining xoʻjalik faoliyati yurituvchi subyektlar tomonidan buzilganligi uchun jarimalar summasining 10 foizi”.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 11-oktabrdagi 820-son qaroriga asosan 2019-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 09/18/820/2036-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-avgustdagi 593-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 32-son, 814-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-dekabrdagi 1023-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2018-y., 09/18/1023/2329-son)
25. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 5-noyabrdagi 488-86-son qarorining 6-bandi chiqarib tashlansin.
26. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga mablagʻlar ajratish va ulardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 19-noyabrdagi 520-son qaroriga 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 43-son, 456-modda, 44-son, 459-modda; 2005-y., 30-31-son, 235-modda, 32-33-son, 251-modda; 2006-y., 20-21-son, 181-modda, 27-son, 250-modda, 28-29-son, 264-modda; 2007-y., 45-son, 451-modda; 2009-y., 6-son, 51-modda, 10-11-son, 115-modda, 52-son, 578-modda; 2010-y., 14-15-son, 106-modda; 2012-y., 51-son, 577-modda; 2013-y., 12-son, 155-modda, 50-son, 649-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; 2017-y., 24-son, 502-modda, 32-son, 814-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2018-y., 09/18/121/0711-son, 25.09.2018-y., 09/18/759/2026-son, 12.10.2018-y., 09/18/820/2036-son, 17.12.2018-y., 09/18/1023/2329-son; 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son, 13.07.2019-y., 09/19/575/3415-son; 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son; 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son; 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son; 02.04.2025-y., 09/25/197/0299-son; 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son; 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son)