25.10.2004 yildagi 499-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 08.02.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga ajratmalarni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga mablagʻ ajratishni tartibga solish, ulardan foydalanish samaradorligini oshirish va davlat budjetiga tushumlarni koʻpaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Jamiyatning barcha sohalarini erkinlashtirish va isloh qilishga oid qonunchilik bazasini takomillashtirish borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish hamda maʼmuriy islohotlarni amalga oshirish komissiyasining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 1-noyabrdan boshlab vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga ajratmalarning 1-ilovaga muvofiq ayrim turlarini bekor qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 14-15-son, 106-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-maydagi 325-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 25-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
499-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-oktabrdagi 499-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga ajratmalarning bekor qilinayotgan turlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r‎

Vazirliklar va idoralarning nomi‎

Ajratmalar turlarining nomi‎

1.‎

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi‎

Qonun hujjatlarida belgilangan hollarda davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni sotishdan olingan mablagʻlar‎

2.‎

“Davbionazorat” inspeksiyasi‎

Yovvoyi hayvonlarni ovlash va tutish huquqini beruvchi litsenziyalar sotilishidan olingan mablagʻlar‎

3.‎

“Oʻzstandart” agentligi huzuridagi Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishni rivojlantirish jamgʻarmasi‎ Sertifikatlash organlari va sinov laboratoriyalari akkreditatsiya qilinganligi uchun toʻlov‎

4.‎

Mudofaa vazirligi‎ Muqobil xizmatni oʻtayotgan fuqarolarning ish haqidan ushlab qolish‎

5.‎

Ilmiy-texnika taraqqiyotini Muvofiqlashtirish Kengashi huzuridagi Innovatsiya ilmiy-texnika faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlash jamgʻarmasi‎ Patent bojlari va boshqa soliq boʻlmagan toʻlovlar‎

6.‎

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi‎ Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ijtimoiy sugʻurta boʻyicha majburiy badallar va ajratmalarni toʻlash tartibi buzilganligi uchun jarimalar summasi‎

7.‎

Kimyo sanoati tashkilotlarini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (“Oʻzkimyosanoat” DAK)‎ “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining ishonchli boshqaruvidagi aksiyalarning davlat ulushi boʻyicha dividendlar‎

8.‎

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlan-tirish jamgʻarmasi (Aloqa va axborotlashtirish agentligi)‎ Agentlik tizimiga kiruvchi aloqa obyektlari va korxonalarini xususiylashtirishdan olingan mablagʻlar‎
‎Agentlik tizimiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyatlari va qoʻshma korxonalar aksiyalarining davlatga tegishli paketlari boʻyicha divedendlar

9.‎

Baliqchilikni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot markazi (Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi)‎ Aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining davlat paketlarini sotishdan olingan mablagʻlar‎

10.‎

Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi‎ Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashishga litsenziyalar berilganligi va ularning amal qilish muddati uzaytirilganligi uchun davlat boji‎

11.‎

Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi‎ Havo transportida yoʻlovchilar va yuk tashishga litsenziyalar berilganligi va ularning muddati uzaytirilganligi, aeroportlarda havo kemalariga xizmat koʻrsatish faoliyati va aviatsiya ishlari uchun davlat boji‎

12.‎

Asillik palatasi‎ Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari va boshqa buyumlarning asillik darajasi aniqlanganligi va tamgʻalanganligi uchun toʻlov‎

13.‎

Rekonstruksiya va rivojlantirish jamgʻarmasi (“Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” XK)‎ Xolding tarkibiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining davlatga tegishli paketlari boʻyicha dividendlar‎

14.‎

“Oʻzbekkoʻmir” ochiq aksiyadorlik jamiyati‎ Korxonalarni xususiylashtirishdan olingan mablagʻlar
‎Aksiyalarning davlat ulushi boʻyicha dividendlar‎

15.‎

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi‎ “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi obyektlarini xususiylashtirishdan olingan mablagʻlar‎

16.‎

“Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari‎ Erkin sotish uchun moʻljallangan ochiq aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining davlat paketlarini sotishdan olingan mablagʻlar‎
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 14-15-son, 106-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 25-oktabrdagi 499-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-oktabrdagi 508-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 44-son, 459-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-iyundagi 375-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 502-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-martdagi 82-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 12-son, 155-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-oktabrdagi 508-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 44-son, 459-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 1994-yil 12-avgustdagi 410-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida standartlar va oʻlchov vositalari ustidan davlat nazorati toʻgʻrisida nizomning 9-bandidagi “50” va “20” raqamlari tegishli ravishda “60” va “10” raqamlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining “Respublika meva-sabzavot xoʻjaligida monopoliyadan chiqarish va ixtisoslashtirishni chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 18-iyuldagi 363-son qarorining 6-bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, xolding tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarning boʻsh foydasi qoldiqlari hisobiga korxonalar balans foydasining bir foizi miqdorida shartnoma asosidagi ajratmalari Rekonstruksiya va rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish manbalari etib belgilansin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 22-iyuldagi 368-son qarori bilan tasdiqlangan Narxlarni boshqarish jamgʻarmasi toʻgʻrisida Nizomning III boʻlimi ikkinchi xatboshidagi “42,5” raqami “45” raqami bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qaroriga asosan 9-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2026-yil 8-fevral — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-yanvardagi 27-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 6-son, 51-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 20-martdagi 128-30-son qarorining 3-bandi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 16-fevraldagi 54-16-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 24-fevraldagi 93-son qarori 5-bandining uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasini boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2001-yil 3-martdagi 108-son qarorining 5-bandi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Vazirlar Mahkamasining “Kimyo sanoatini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 13-martdagi 124-son qarori 8-bandining uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-fevraldagi 121-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2018-y., 09/18/121/0711-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Vazirlar Mahkamasining “Koʻmir” aksiyadorlik birlashmasi tuzilmasini takomillashtirish va 2002—2010-yillarda respublika koʻmir sanoatini rivojlantirish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 4-iyundagi 196-son qarorining 7-bandi chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 322-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 50-son, 649-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-dekabrdagi 356-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 51-son, 577-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 11-oktabrdagi 820-son qaroriga asosan 2019-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 09/18/820/2036-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-avgustdagi 593-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 32-son, 814-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-dekabrdagi 1023-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2018-y., 09/18/1023/2329-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 5-noyabrdagi 488-86-son qarorining 6-bandi chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-maydagi 325-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 43-son, 456-modda, 44-son, 459-modda; 2005-y., 30-31-son, 235-modda, 32-33-son, 251-modda; 2006-y., 20-21-son, 181-modda, 27-son, 250-modda, 28-29-son, 264-modda; 2007-y., 45-son, 451-modda; 2009-y., 6-son, 51-modda, 10-11-son, 115-modda, 52-son, 578-modda; 2010-y., 14-15-son, 106-modda; 2012-y., 51-son, 577-modda; 2013-y., 12-son, 155-modda, 50-son, 649-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; 2017-y., 24-son, 502-modda, 32-son, 814-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2018-y., 09/18/121/0711-son, 25.09.2018-y., 09/18/759/2026-son, 12.10.2018-y., 09/18/820/2036-son, 17.12.2018-y., 09/18/1023/2329-son; 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son, 13.07.2019-y., 09/19/575/3415-son; 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son; 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son; 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son; 02.04.2025-y., 09/25/197/0299-son; 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son; 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son)