Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi Direktorining
buyrugʻi
Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga qabul qilishda test sinovlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 11-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2490-2]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2018-yil 15-apreldagi 01-125-sonli “Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga qabul qilishda test sinovlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2490-3, 05.05.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 23-iyuldagi 206-son “Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi hamda 2018-yil 3-apreldagi 261-son “Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarorlariga asosan buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2013-yil 24-iyuldagi 01-268-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2490, 2013-yil 26-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 30-son, 405-modda) bilan tasdiqlangan Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga qabul qilishda test sinovlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandidagi “3 — 15-sanalari” degan soʻzlar “5 — 20-sanalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq Toshkent davlat yuridik universiteti bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Direktor M. KARIMOV
Toshkent sh.,
2018-yil 4-aprel,
01-102-son
Kelishilgan:
Adliya vaziri oʻrinbosari — Toshkent davlat yuridik universiteti rektori E. KANYaZOV
2018-yil 4-aprel
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.04.2018-y., 10/18/2490-2/1056-son)