Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.07.2019 05.04.2018 yildagi 266-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.07.2019
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 29-iyundagi 543-sonli “Davlat mulki obyektidan samarali foydalanish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash va davlat mulkidan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Toshkent viloyati hokimligi hamda “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining “Telmax Elektroniks” MChJga tegishli boʻlgan Toshkent viloyatining Parkent tumanidagi Nevich mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashgan “Nevich sinov-tajriba bazasi”ning bino va inshootlarini tegishli hududi bilan birgalikda (keyingi oʻrinlarda obyekt deb ataladi) “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining ustav kapitaliga davlat ulushini oshirish hisobiga berish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bir oy muddatda “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi ustav kapitalidagi davlat ulushi obyektning baholash tashkiloti tomonidan baholangan qiymatiga oshirilishini hamda topshirish qabul-qilish ishlari amalga oshirilishini va unga boʻlgan huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent viloyati Parkent tumanini 2017-2018-yillarda kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 5-iyundagi 357-son qaroriga 9-ilovadagi 1-pozitsiya chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi kelgusida obyektdan hamda uning hududidan maqsadli va samarali foydalanilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri A.I. Axmedxadjayev, Toshkent viloyati hokimi Gʻ.I. Ibragimov zimmasiga va Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 5-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
266-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2018-y., 09/18/266/1039-son)