Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 28.08.2001 yildagi 354-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AVTOMOTOTRANSPORT VOSITALARINI SOTIB OLISh, ULARDAN FOYDALANISh VA ULARNI BOShQA ShAXSLARGA BERIShNI TARTIBGA SOLISh TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan avtomototransport vositalarini sotib olish, ulardan foydalanish va ularni boshqa shaxslarga berishni hamda ularni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tkazishni tartibga solish, shuningdek jinoyatchilikning oldini olish chora-tadbirlarini kuchaytirish va respublikaning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-2-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 12-maydagi 83-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2006-y., 19-son, 164-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Markaziy bank va tijorat banklarining tegishli bo‘linmalari bilan birgalikda avtomototransport vositalarini boshqa shaxslarga berish bitimlarini o‘z vaqtida va sifatli rasmiylashtirish maqsadida bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomototransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish xizmatlari, notarial idoralar, banklar bo‘limlari va avtomototransport bozorlari hududlarining yong‘in xavfsizligini ta’minlash xizmatlarini joylashtirish va ular ishini tashkil etish uchun avtomototransport bozorlari hududida zarur joylar ajratish choralarini ko‘rsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomototransport bozorlari hududida ish ko‘rayotgan o‘zlariga qarashli bo‘linmalarning ishi va o‘zaro hamkorligining yagona tartibini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda amaldagi avtomototransport vositalariga nisbatan bitimlar va ishonchnomalarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi fuqarolik qonunchiligiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-oktabrdagi 863-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2018-y., 09/18/863/2098-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T.A. Xudoybergenov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001-yil 28-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
354-son
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2001-y., 15-16-son, 110-modda; 2003-y., 1-2-son, 8-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2018-y., 09/18/863/2098-son; 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)