|
Talabalar toifasi |
Miqdori | |
|
1. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasi stipendiatlari |
oʻrtacha stipendiyaning uch barobari miqdorida* |
|
2. |
Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Ulugʻbek, Imom al-Buxoriy va Islom Karimov nomidagi Davlat stipendiyalari stipendiatlari |
oʻrtacha stipendiyaning ikki barobari miqdorida* |
|
3. |
Oliy oʻquv yurtlari talabalari |
505 278 |
|
4. |
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalar |
548 340 |
|
5. |
Davlat taʼminotida boʻlgan yetim bolalar va ota-onalar vasiyligisiz qolgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalar |
482 155 |
|
6. |
Baynalmilal burchini bajarishda yarador boʻlish, kontuziya, jarohatlanish yoki kasallanish oqibatida nogiron boʻlib qolgan sob�q harbiy xizmatchilar sirasiga kiruvchi talabalar |
572 714 |
|
7. |
Sobiq baynalmilalchi jangchilar sirasiga kiruvchi talabalar |
548 340 |
|
8. |
Oliy oʻquv yurtlarida matematika, amaliy matematika va informatika, axborot texnologiyalari va axborot xavfsizligi mutaxassisliklari boʻyicha taʼlim olayotgan talabalar |
549 906 |
|
9. |
Kar-soqov va koʻzi ojiz talabalarga stipendiya belgilanganga nisbatan 50 foiz yuqori miqdorda nazarda tutiladi |
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori , 17.08.2001 yildagi 344-son
Кучга кириш санаси
17.08.2001
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
|
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.02.2020
|
Hujjat 03.07.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OLIY OʻQUV YuRTLARI TALABALARIGA STIPENDIYALAR TOʻLASh TARTIBI VA MIQDORLARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-yanvardagi 59-sonli “Oliy taʼlim muassasalari talabalariga toʻlanadigan stipendiyalar miqdorlarini belgilash hamda stipendiyalar tayinlash va toʻlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Talabalarning kasb bilimlarini chuqur egallashlarini ragʻbatlantirish va oʻzlashtirishini oshirish, mutaxassislar tayyorlash sifatini yanada yaxshilash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, oliy oʻquv yurtlarida stipendiya tayinlash va toʻlash tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2001-yil 1-sentabrdan boshlab davlat grantlari boʻyicha va toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishning kunduzgi shaklida taʼlim olayotgan oliy oʻquv yurtlarining barcha talabalarini (xorijiy mamlakatlar talabalaridan tashqari) stipendiya bilan taʼminlash joriy etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, oliy oʻquv yurtlariga ega boʻlgan boshqa vazirliklar va idoralar toʻlov-kontrakt shaklida oʻqitishning qiymati miqdoriga har oyda toʻlanadigan stipendiya miqdorini albatta kiritsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda, oʻquv yili uchun toʻlov-kontrakt qiymati miqdoriga kiritilgan har oyda toʻlanadigan stipendiya summasi talabalarning oʻzlashtirish reyting koʻrsatkichlaridan qatʼi nazar, qayta hisoblanmaydi va qaytarilmaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-sonli qarori asosida uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2007-y., 52-son, 534-modda)
2. 2001-yil 1-sentabrdan boshlab oliy oʻquv yurtlari talabalari uchun stipendiyalarning bazaviy miqdorlari ilovaga muvofiq belgilansin, talabalarning oʻzlashtirishiga qarab stipendiyalarga quyidagi tabaqalashtirilgan koeffitsiyentlar joriy etilsin:
reyting boʻyicha eng yuqori ballar (86 — 100 ball) — 1,0;
reyting boʻyicha yuqori ballar (71 — 85 ball) — 0,75;
reyting boʻyicha oʻrtacha ballar (55 — 70 ball) — 0,5.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasi va Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Ulugʻbek, Imom al-Buxoriy va Islom Karimov nomidagi Davlat stipendiyalari oluvchi talabalarga stipendiyalar tayinlash va toʻlashning amaldagi tartibi saqlab qolinsin.
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-iyundagi 417-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 26-son, 586-modda)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda:
oliy oʻquv yurtlari talabalari uchun 2001/2002 oʻquv yilida oʻqish qiymatining yangi miqdorlarini;
taʼlim muassasalarida stipendiya tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
4. Mazkur qarorning amal qilishi Vazirlar Mahkamasining “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 12-iyundagi 253-son qarorining 2-bandining toʻrtinchi xatboshida koʻrsatilgan oʻquv yurtlari oʻquvchilariga joriy etilsin, bunda oʻquvchilar va talabalar stipendiyalari miqdorlarining ilgari amalda boʻlgan nisbati saqlab qolinsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tegishli taʼlim muassasalarining 2001-yil uchun xarajatlar smetasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 17-avgust,
344-son
Oliy oʻquv yurtlari talabalari stipendiyalarining bazaviy miqdorlari
Oldingi tahrirga qarang.
* Talabalarning reyting nazorati boʻyicha 71 — 85% oʻzlashtirish koʻrsatkichi boʻyicha belgilangan stipendiya miqdori — oʻrtacha stipendiya miqdori deb hisoblanadi.
Izoh:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida farmonlari qabul qilinishi munosabati bilan oliy oʻquv yurtlari talabalari stipendiyalarining bazaviy miqdorlari oʻzgargan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining oliy oʻquv yurtlari talabalari stipendiyalarining bazaviy miqdorlarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi buyrugʻi chiqariladi.
(ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-iyundagi 417-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 26-son, 586-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 15-16-son, 105-modda; 2002-y., 21-son, 169-modda; 2007-y., 52-son, 534-modda; 2017-y., 26-son, 586-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2019-y., 09/19/864/3902-son)