Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
“Gaz eksporti va tranzitidan tushadigan valyuta tushumlarini sotishdan olinadigan mablagʻlarni taqsimlash haqidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 5-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1935-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2009-yil 27-fevraldagi 31, 2009-13-son “Gaz eksporti va tranzitidan tushadigan valyuta tushumlarini sotishdan olinadigan mablagʻlarni taqsimlash haqidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1935, 2009-yil 6-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-yil, 15-son, 191-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror “Oʻzbekneftegaz” AJ bilan kelishildi.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2018-yil 29-mart,
67-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 29-mart,
2018-68-son
Kelishilgan:
“Oʻzbekneftegaz” AJ boshqaruvi raisi A. SULTANOV
2018-yil 29-mart
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2018-y., 10/18/1935-1/1016-son)