Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Maktabgacha taʼlim tizimini yanada ragʻbatlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oldingi tahrirga qarang.
Qayd etib oʻtilsinki, maktabgacha taʼlim tizimini tubdan isloh qilish va takomillashtirish, maktabgacha taʼlim tashkilotlarini davlat tomonidan boshqarishning samarali tizimini yaratish hamda uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida soʻnggi yilda qabul qilingan qatʼiy chora-tadbirlar natijasida Maktabgacha taʼlim vazirligi va uning joylardagi hududiy boʻlinmalari tashkil qilindi.
2017 — 2021-yillarda Maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha dastur tasdiqlandi, uning doirasida maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini tizimli tashkillashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash borasidagi ishlar boshlab yuborildi.
Shu bilan birga oʻtkazilgan tahlillar shuni koʻrsatadiki, maktabgacha taʼlim tashkilotlarini qurish-taʼmirlash ishlarini tashkil etish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, hududlarni obodonlashtirish, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishini taʼminlash borasidagi vakolatli davlat organlarining faoliyati ayniqsa joylarda hamon past darajada qolmoqda.
Bundan tashqari, davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari infratuzilmasi va moddiy-texnika bazasining holati zamon talablariga toʻliq darajada mos kelmaydi va mamlakat aholisining oʻsib borishini eʼtiborga olganda bolalarning maktabgacha taʼlim bilan zarur darajada qamrab olinishini taʼminlash imkonini bermaydi.
Maktabgacha taʼlim tizimini, shu jumladan maktabgacha taʼlim xizmatlari nodavlat sektorini yanada rivojlantirish, maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, bolalarning maktabgacha taʼlim tizimiga yanada kengroq qamrab olinishini taʼminlash hamda maktabgacha taʼlim sohasidagi davlat-xususiy sherikchiligi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
(muqaddimaning birinchi — beshinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklikning quyidagi shakllarini joriy etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin:
nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining binolarini qurish uchun bepul asosda doimiy foydalanishga yer maydonlari taqdim etish;
Keyingi tahrirga qarang.
nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari binolarini qurish uchun faoliyat yuritayotgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining hududida bepul asosda doimiy foydalanishga yer maydonlari ajratib berish;
Keyingi tahrirga qarang.
mavjud davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini rekonstruksiya qilish va jihozlash, keyinchalik esa ularni otaliqqa olish sharti bilan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari obyektlarini qurish uchun bepul asosda yer maydonlarini taqdim etish;
Keyingi tahrirga qarang.
konsessiya asosida qurilish uchun yer uchastkasi yoki rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun bino ajratish;
Keyingi tahrirga qarang.
boʻsh yotgan davlat mulki obyektlarini, shu jumladan faoliyat koʻrsatmayotgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining binolarini “nol” xarid qiymatida sotish;
toʻliq butlanmay qolgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining foydalanilmayotgan xonalari yoki korpuslarini uzoq muddatli bepul maqsadli foydalanish uchun xususiy sheriklarga topshirish;
xususiy sherikning mol-mulki negizida tashkil qilingan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini moddiy-texnik va moliyaviy taʼminlash;
oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini moddiy-texnik va metodik taʼminlash;
otaliq shaklidagi xayriya faoliyatini olib borish.
Belgilansinki, maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklik Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan oʻrnatiladigan boshqa shakllarda ham amalga oshirilishi mumkin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
2. Davlat-xususiy sherikchiligi shakliga qarab xususiy sherik zimmasiga investitsiya majburiyatlarining quyidagi turlari yuklanishi mumkinligi belgilab qoʻyilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar va maxsus kontingentdan muayyan miqdordagi tarbiyalanuvchilarni oʻqitish, ular uchun ota-onalar toʻlovining imtiyozli miqdorlarini (mazkur joydagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun belgilanganidan oshmaydigan miqdorlarda) belgilab qoʻyish. Bunda ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar farzandlari ustuvor ravishda oʻqishga qabul qilinadi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Oldingi tahrirga qarang.
xususiy sherikka biriktirilgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash borasidagi ishlarni amalga oshirish;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
davlat-xususiy sherikchiligi toʻgʻrisidagi bitimda nazarda tutiladigan boshqa majburiyatlarni bajarish.
3. Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sherikchiligi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Belgilansinki, davlat-xususiy sherikchiligi toʻgʻrisidagi bitim:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan davlat-xususiy sheriklikni ragʻbatlantirish tadbirlarini moliyalashtirish uchun ajratilishi koʻzda tutilgan mablagʻlar doirasida oʻtkaziladigan tanlov natijalari boʻyicha tuziladi. Mazkur qaror 1-bandining sakkizinchi — oʻninchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda tanlov oʻtkazilmaydi;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-yanvardagi PQ-4581-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.01.2020-y., 07/20/4581/0098-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi davlat tomonidan sherik sifatida xususiy sherik bilan bitim tuzadi, mazkur vazirlik bitim shartlarini xususiy sherik qanday bajarayotgani monitoringini olib boradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining:
Oldingi tahrirga qarang.
nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining rivojlantirish va davlat-xususiy sheriklikni ragʻbatlantirish tadbirlarini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladigan mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining alohida ochiladigan hisobvaraq (keyingi oʻrinlarda — maxsus hisobvaraq)da jamlash toʻgʻrisidagi;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Oldingi tahrirga qarang.
nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari xarajatlarining bir qismini qoplash uchun davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tashkil qilingan shunday tashkilotlarga davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining bir nafar tarbiyalanuvchisiga sarflanadigan summaning 50 foiziga qadar miqdorda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan subsidiyalar ajratish tartibini joriy etish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Keyingi tahrirga qarang.
6. Quyidagilar maxsus hisobvaraqni shakllantirish manbalari etib belgilansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining ekvivalenti 100,0 million AQSH dollari miqdoridagi bosqichma-bosqich ajratiladigan mablagʻlari;
Oʻzbekiston Respublikasiga budjetni qoʻllab-quvvatlash uchun Jahon banki va Osiyo taraqqiyot banki tomonidan ajratiladigan 100,0 million AQSH dollari miqdoridagi kreditlari;
xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat tashkilotlari va boshqa donorlarning xayriya ionalari, kreditlari (qarzlari) va grantlari;
maxsus hisobvaraqning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Quyidagilar belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
maxsus hisobvaraqdagi mablagʻlar nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish, davlat-xususiy sherikligi toʻgʻrisidagi bitim obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va jihozlashga imtiyozli kreditlarni berish uchun tijorat banklariga taqdim etiladi;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
maxsus hisobvaraqdagi mablagʻlardan kreditlar tijorat banklari tomonidan maktabgacha taʼlim faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga qonun hujjatlarida belgilangan muddat va shartlar asosida ajratib beriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-yanvardagi PQ-4581-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.01.2020-y., 07/20/4581/0098-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimlar amal qilishining quyidagi muddatlari belgilansin:
nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining binolarini qurish uchun bepul asosda doimiy foydalanishga yer maydonlari taqdim etish bitimi — kamida 30 yil;
Keyingi tahrirga qarang.
boʻsh yotgan davlat mulki obyektlarini, shu jumladan faoliyat koʻrsatmayotgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining binolarini “nol” xarid qiymatida sotish bitimi — kamida 30 yil;
toʻliq butlanmay qolgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining foydalanilmayotgan xonalari yoki korpuslarini uzoq muddatli bepul maqsadli foydalanish uchun xususiy sheriklarga topshirish bitimi — kamida 30 yil;
nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari binolarini qurish uchun faoliyat yuritayotgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining hududida bepul asosda doimiy foydalanishga yer maydonlari ajratib berish bitimi — kamida 30 yil;
Keyingi tahrirga qarang.
mavjud davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini rekonstruksiya qilish va jihozlash, keyinchalik esa ularni otaliqqa olish sharti bilan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari obyektlarini qurish uchun bepul asosda yer maydonlarini taqdim etish bitimi — kamida 30 yil;
Keyingi tahrirga qarang.
konsessiya asosida qurilish uchun yer maydoni yoki rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun bino ajratish bitimi — 15 yilgacha;
xususiy sherikning mol-mulki negizida tashkil qilingan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini moddiy jihatdan taʼminlash bitimi — kamida 10 yil;
oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini moddiy-texnik va metodik taʼminlash bitimi — kamida 3 yil;
otaliq shaklidagi xayriya faoliyatini olib borish bitimi — kamida 1 yil.
Oʻz faoliyatini olingan imtiyozli kredit asosida yoki davlat-xususiy sheriklik shartlarida tadbirkorlik subyektlariga topshirilgan obyektlarda boshlagan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotining faoliyatini u tashkil etilgan kundan boshlab 30 yil mobaynida qayta ixtisoslashtirish taqiqlanadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Davlat-xususiy sherikchiligi shartlarida tashkil etilgan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari:
tashkil qilinayotgan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining ehtiyojlari uchun oʻrnatilgan tartibda tasdiqlangan roʻyxatlar boʻyicha olib kelinadigan uskunalar, asbob-anjomlar, oʻquv qurollari va oʻyingohlar davlat-xususiy sherikchiligi toʻgʻrisidagi bitim tuzilgan kundan boshlab 2 yil muddatga bojxona toʻlovlari (bojxonada rasmiylashtirish uchun yigʻimlardan tashqari) toʻlashdan;
nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti oʻz faoliyatini amalga oshira boshlagandan keyin oʻn yil mobaynida barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar toʻlashdan ozod qilinsin.
Belgilansinki:
ushbu bandda koʻrsatilgan soliq va bojxona imtiyozlari maktabgacha taʼlim sohasida koʻrsatilayotgan xizmatlaridan oladigan sof tushum ulushi umumiy realizatsiya hajmida hisobot (soliq) davri yakunlariga koʻra kamida 80 foizni tashkil etadigan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga nisbatan qoʻllaniladi;
ushbu bandning uchinchi xatboshida koʻrsatilgan imtiyozlarning amal qilish muddati tugaydigan sana imtiyozlar amal qilishi muddati nihoyasiga yetadigan oyning oxirgi kuni hisoblanadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
10. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
2023-yilning 1-yanvariga qadar muddatda nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun yagona ijtimoiy toʻlov stavkasi mehnatga haq toʻlash tarzida daromadlarning 10 foizi miqdorida, davlat-xususiy sherikchiligi asosida tashkil qilingan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun esa — davlat-xususiy sherikchiligi toʻgʻrisidagi bitim imzolangan oydan boshlab oʻn yil muddatga 5 foiz miqdorida belgilanadi;
2018-yilning 15-aprelidan boshlab maktabgacha taʼlim tashkilotlarini kichik tadbirkorlik subyektlari jumlasiga kiritish uchun ularning oʻrtacha yillik xodimlari cheklangan soni 100 kishiga yetkaziladi;
mazkur qarorning 9-bandida koʻrsatilgan imtiyozlarning amal qilish muddati tugagandan soʻng davlat-xususiy sherikchiligi shartlari asosida tashkil qilingan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga ushbu qaror bilan tasdiqlangan davlat-xususiy sherikchiligi toʻgʻrisidagi nizomda maktabgacha taʼlim sohasida belgilangan kvotalar boʻyicha ota-onalar toʻlovining imtiyozli miqdorlariga asosan qabul qilingan tarbiyalanuvchilarga taʼlim xizmatlari koʻrsatishdan olingan foyda (sof tushum) davlat-xususiy sherikchiligi toʻgʻrisidagi bitimning amal qilish muddati mobaynida yuridik shaxslarning foyda soligʻi boʻyicha soliqqa tortiladigan bazadan yoki yagona soliq toʻlovi boʻyicha soliqqa tortiladigan bazadan chiqarib tashlanadi;
(10-bandning ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Keyingi tahrirga qarang.
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi bilan hamkorlikda 2018-yilning 1-sentabriga qadar muddatda boʻsh yotgan davlat mulki obyektlari, shuningdek, rekonstruksiya qilinishi va mukammal taʼmirlanishi lozim boʻlgan davlat maktabgacha taʼlim muassasalarining ishlatilmayotgan (korpuslarini) xatlovdan oʻtkazib, ularning roʻyxatini tuzsinlar;
har yili 1-fevralga qadar davlat-xususiy sherikchiligi shartlarida maktabgacha taʼlim nodavlat muassasalarining binolarini qurish uchun bepul asosda doimiy foydalanishga ajratib berilishi lozim boʻlgan yer maydonlarini aniqlab, ana shu yer maydonlarining tasdiqlangan roʻyxatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligiga taqdim etsinlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
mahalliy budjetlarning mablagʻlari hisobiga qurilayotgan va barpo etilgan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini barcha zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi (elektr energiyasi, gaz taʼminoti, suv taʼminoti, kanalizatsiya, avtomobil yoʻllari va boshqalar bilan) taʼminlasinlar;
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi bilan birgalikda qurilish uchun yer maydonlarini tanlash va ajratish hamda turar-joy massivlari (komplekslari) qurilishini loyihalashtirish bosqichida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari qurilishi uchun joylarni nazarda tutsinlar.
(11-bandning toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
12. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi va Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda hukumat qarori loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, unda quyidagilar nazarda tutilsin:
maxsus hisobvaraq mablagʻlaridan foydalanish tartibi;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat-xususiy sherikchiligi shartlari asosida faoliyat yuritadigan maktabgacha taʼlim tashkilotlariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlaridan subsidiyalar ajratish tartibi.
(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
13. Quyidagilar:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tuzilmasida:
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
davlat-xususiy sherikchiligi asosidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish boshqarmasi;
(13-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
davlat-xususiy sherikchiligi loyihalari monitoringi boʻlimi tuzilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha taʼlim boshqarmalari tuzilmasida xodimlarining cheklangan soni 2 nafargacha boʻlgan davlat-xususiy sherikchiligi asosidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish boʻlimi tuzilsin.
(13-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi PQ-3955-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.10.2018-y., 07/18/3955/1978-son)
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi qarorlari 5-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
bir oy muddatda Oilaviy maktabgacha taʼlim nodavlat muassasalari toʻgʻrisidagi nizomni;
ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
16. Vazirlik va idoralar oʻzlari ilgari qabul qilgan meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R.S. Qosimov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Q.V. Akmalov va Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri A.V. Shin zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 5-aprel,
PQ-3651-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PQ-3651-sonli qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom maktabgacha taʼlim sohasidagi davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish tartibini belgilab beradi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
davlat-xususiy sheriklik — xususiy investitsiyalarni jalb qilish, resurslarni birlashtirish va xavf-xatarlarni taqsimlash maqsadida davlat sherigi va xususiy sherikning aniq muddatga yuridik rasmiylashtirilgan maktabgacha taʼlim sohasidagi oʻzaro samarali hamkorligi;
davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida bitim (keyingi oʻrinlarda matnda bitim deb yuritiladi) — tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini, shuningdek davlat-xususiy sheriklik loyihasini ijro etishning boshqa shartlarini belgilab beradigan davlat sherigi va xususiy sherik oʻrtasida tuzilgan yozma shartnoma;
davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim tomonlari (keyingi oʻrinlarda matnda tomonlar deb yuritiladi) — davlat sherigi va xususiy sherik;
davlat sherigi — Oʻzbekiston Respublikasining Maktabgacha taʼlim vazirligi (keyingi oʻrinlarda matnda Vazirlik deb yuritiladi);
Keyingi tahrirga qarang.
xususiy sherik — bitim tuzgan yoki bitim tuzish istagini bildirgan yuridik yoxud jismoniy shaxs. Davlat tashkilotlari xususiy sheriklar boʻla olmaydi, shuningdek xususiy sheriklar tarafida ishtirok eta olmaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim obyekti (keyingi oʻrinlarda matnda obyekt deb yuritiladi) — bitim boʻyicha maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish maqsadida foydalanilishi mumkin boʻlgan yer uchastkalari, boʻsh turgan binolar, shu jumladan ishlamaydigan va but qilinmagan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda boshqa obyektlar;
(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Oldingi tahrirga qarang.
but qilinmagan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari — rejadagi quvvatining 50 foizi ham but qilinmagan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari;
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
davlat-xususiy sheriklik loyihasi — muhim davlat, ijtimoiy, iqtisodiy va ilmiy-texnik ahamiyatga ega boʻlgan maktabgacha taʼlim sohasidagi investitsiyaviy, innovatsion, infratuzilmaviy va boshqa tadbirlar majmui;
filantropik faoliyat — jismoniy va yuridik shaxslarning fuqarolarga yoki yuridik shaxslarga mol-mulkni, shu jumladan pul mablagʻlarini begʻaraz (bepul) oʻtkazish, bepul tarzda ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish, boshqacha koʻmak berish boʻyicha ixtiyoriy faoliyati;
Oldingi tahrirga qarang.
ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar — kam taʼminlangan oilalar, aʼzolari nogironligi boʻlgan shaxslardan iborat boʻlgan oilalar, boquvchisini yoʻqotgan oilalar, bolaning ota-onasi kvotalar boʻyicha mintaqalarga taqsimlangan ijtimoiy soha xodimlari boʻlgan oilalar, toʻrt yoki undan koʻp bolalari boʻlgan oilalar;
(2-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-yanvardagi PQ-4581-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.01.2020-y., 07/20/4581/0098-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
maxsus kontingent — harbiy xizmatchilarning va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining bolalari, maktabgacha taʼlim tizimi xodimlari va davlat umumtaʼlim maktablari pedagog xodimlarining bolalari;
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-yanvardagi PQ-4581-sonli qaroriga asosan oʻn ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.01.2020-y., 07/20/4581/0098-son)
Oldingi tahrirga qarang.
konsessiya (konsession bitim) — muayyan muddatga tuzilgan bitim, unga koʻra davlat konsessionerga qurilish ishlarini amalga oshirish uchun yer uchastkalariga, shuningdek maktabgacha taʼlim tashkilotini qayta qurish va jihozlash uchun binolarga egalik qilish (tasarruf etish huquqisiz) va ulardan foydalanish huquqini beradi, konsession faoliyat natijasida konsessioner ega boʻlgan mahsulot va daromadlar konsession bitimda belgilangan hajmda va shartlarda uning mulki hisoblanadi;
(2-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Oldingi tahrirga qarang.
otaliq — otaliqqa olingan maktabgacha taʼlim tashkilotiga jismoniy yoki yuridik shaxs (otaliq) tomonidan iqtisodiy, moliyaviy, madaniy, taʼlim yoki boshqa begʻaraz tizimli yordam koʻrsatish boʻyicha faoliyat.
(2-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Davlat-xususiy sheriklikning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
davlat sherigining va xususiy sherikning qonun oldida tengligi;
davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirishdagi qoidalar va tartib-taomillarning shaffofligi;
xususiy sherikni tanlashdagi bahslashuv va xolislik;
kamsitishga yoʻl qoʻymaslik;
korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-yanvardagi PQ-4581-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.01.2020-y., 07/20/4581/0098-son)
4. Davlat-xususiy sheriklik quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari binolarini qurish uchun doimiy foydalanish uchun yer uchastkalarini bepul taqdim etish;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat mulki boʻlgan boʻsh turgan obyektlarni, shu jumladan ishlamaydigan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining binolarini “nol” xarid qiymati boʻyicha realizatsiya qilish;
but qilinmagan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining foydalanilmaydigan binolari yoki korpuslarini uzoq muddat bepul foydalanish uchun xususiy sheriklarga oʻtkazish;
ishlab turgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hududidagi yer uchastkalarini nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari binolarini qurish uchun doimiy foydalanishga bepul berish;
Keyingi tahrirga qarang.
mavjud davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini qayta qurish va jihozlash hamda keyinchalik otaliqqa olish sharti bilan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari obyektlarini qurish uchun yer uchastkalarini bepul taqdim etish;
(4-bandning ikkinchi — oltinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Keyingi tahrirga qarang.
konsessiya asosida qurish, qayta qurish va jihozlash uchun yer uchastkasi yoki bino ajratish;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
xususiy sherik mulki negizida tashkil etilgan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini moddiy-texnik va moliyaviy jihatdan taʼminlash;
oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini moddiy-texnik va uslubiy jihatdan taʼminlash;
(4-bandning sakkizinchi-toʻqqizinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
otaliq shaklidagi filantropik faoliyat.
Davlat-xususiy sheriklik tanlov asosida amalga oshiriladi, bundan ushbu bandning sakkizinchi — oʻninchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Tarkibiga Vazirlik, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qurilish vazirligi, Adliya vazirligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi kiradigan Tanlov komissiyasi (keyingi oʻrinlarda matnda Komissiya deb yuritiladi) kamida ikki ishtirokchidan ariza kelib tushsa, tanlovni oʻtkazadi.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-yanvardagi PQ-4581-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.01.2020-y., 07/20/4581/0098-son)
Komissiya toq sonli aʼzolardan va kamida yetti kishidan iborat boʻlishi kerak. Maktabgacha taʼlim vaziri Komissiya raisi hisoblanadi.
Komissiya ishining reglamenti Komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Komissiya tomonidan xususiy sherikning arizasi koʻrib chiqilishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan bitta bazaviy hisoblash miqdorida davlat sherigining maxsus hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladigan yigʻim undiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
7. Davlat-xususiy sheriklik loyihasini davlat sherigi yoki xususiy sherik tomonidan taklif etilishi maktabgacha taʼlim sohasida bitim uchun asos hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Ushbu Nizomga muvofiq nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish uchun xususiy sheriklarga yer uchastkalarini taqdim etishda ularga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarida belgilangan yuridik va jismoniy shaxslarga yer uchastkalarini taqdim etish tartibi tatbiq etilmaydi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
2-bob. Xususiy sherik tomonidan davlat-xususiy sheriklik loyihasini taklif etish tartibi
9. Davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida nodavlat maktabgacha taʼlim xizmatini koʻrsatish istagini bildirgan xususiy sherik davlat sherigiga tegishli ariza beradi.
10. Arizada quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
yuridik shaxslar uchun — xususiy sherikning nomi va joylashgan yeri, jismoniy shaxslar uchun — shaxsiy maʼlumotlar va yashash manzili;
loyihani amalga oshirish maqsadi;
bitimning taxmin qilingan obyekti yoki yer uchastkasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisida kelib tushgan ariza u kelib tushgan kundan boshlab oʻn kun ichida davlat sherigi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda koʻrib chiqiladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-yanvardagi PQ-4581-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.01.2020-y., 07/20/4581/0098-son)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Kelib tushgan ariza koʻrib chiqilgach hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining ijobiy xulosalari olingach, davlat sherigi tanlovni eʼlon qiladi.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-yanvardagi PQ-4581-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.01.2020-y., 07/20/4581/0098-son)
Tanlov ushbu Nizomning 3-bobida nazarda tutilgan tartibda oʻtkaziladi.
13. Ariza ushbu Nizomda nazarda tutilgan talablar buzilgan holda berilgan boʻlsa, hujjatlar ariza beruvchiga bir ish kuni mobaynida qaytariladi.
Taqdim etilgan arizada talablar buzilganligi haqidagi xabar yozma shaklda, shu jumladan elektron axborot tizimi orqali xususiy sherikka topshiriladi (joʻnatiladi). Xabarda qanday talablar buzilganligi, qonun hujjatlarining aniq normalari va xususiy sherik koʻrsatilgan talablar buzilishini bartaraf etib, hujjatlarni davlat sherigiga takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatiladi.
Xususiy sherik talablar buzilishini bartaraf etishga va hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishga haqli boʻlgan muddat yozma yoki elektron xabar olingan kundan boshlab oʻn ish kunidan kam boʻlishi mumkin emas.
Takroran yuborilgan hujjatlar ular takroran yuborilgan kun qabul qilingan hisoblanadi. Arizani takroran koʻrib chiqish uchun yigʻim undirilmaydi.
3-bob. Davlat sherigi tomonidan davlat-xususiy sheriklik loyihasini taklif qilish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
14. Davlat sherigi mintaqa aholisining ehtiyojlaridan kelib chiqib, shu jumladan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan takliflarni oʻrganish natijalari boʻyicha ushbu Nizomning ilovasidagi sxemaga muvofiq tanlovni eʼlon qilish orqali davlat-xususiy sheriklikning loyihasini amalga oshirishni taklif qilishi mumkin.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-yanvardagi PQ-4581-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.01.2020-y., 07/20/4581/0098-son)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Davlat sherigi tanlov boshlanishidan 30 kun avval tanlov savdolari oʻtkazilishi haqidagi eʼlonni Vazirlik rasmiy saytining maxsus boʻlimiga, boshqa ommaviy axborot vositalariga, shu jumladan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hududiy organlarining davriy bosma nashrlariga va “Maktabgacha taʼlim metodikasi” jurnaliga, ijtimoiy tarmoqlarga majburiy tartibda joylashtiradi, shuningdek ushbu axborotni Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi va boshqa manbalar orqali tarqatadi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-yanvardagi PQ-4581-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.01.2020-y., 07/20/4581/0098-son)
Keyingi tahrirga qarang.
16. Tanlov haqidagi eʼlonda quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak:
davlat sherigining nomi va pochta manzili, uning telefon raqami va elektron pochta manzili;
obyekt nomi, joylashgan yeri, soni, tavsifi;
davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish shartlari;
davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish shakllariga qarab talab etiladigan investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarning eng kichik hajmi;
tanlov oʻtkaziladigan sana, vaqt va joy;
tanlov takliflari qabul qilinadigan oxirgi muddat (kuni va soati koʻrsatilgan holda).
17. Tanlovda ishtirok etish uchun xususiy sherik Vazirlikka quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza beradi:
Keyingi tahrirga qarang.
yuridik shaxs roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma yoki pasportning koʻchirma nusxasi (agar ariza jismoniy shaxs tomonidan berilgan boʻlsa);
tanlovda ishtirok etish uchun ariza taqdim etiladigan kundan kamida bir oy oldin soliqlar, yigʻimlar, boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorlik hamda boshqa moliyaviy sanksiyalar yoʻqligi toʻgʻrisida ariza;
Oldingi tahrirga qarang.
xususiy sherikning sof aktivlari toʻgʻrisida axborot, davlat-xususiy sheriklik loyihasini realizatsiya qilishning moliyaviy imkoniyatini tasdiqlovchi oʻz ulushi miqdoridagi mablagʻning bank depozitlarida mavjudligi va ushbu mablagʻ faqat nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti qurilishi uchun yoʻnaltirilishini kafolatlovchi hujjat;
(17-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Oldingi tahrirga qarang.
maktabgacha taʼlim tashkiloti binosini qurish (qayta qurish) uchun eskiz loyihaviy taklif;
(17-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Oldingi tahrirga qarang.
maktabgacha taʼlim tashkiloti binosini qurish uchun dastlabki texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar;
(17-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
xususiy sherik tomonidan uning arizasi Komissiya tomonidan koʻrib chiqilishi uchun davlat sherigining budjetdan tashqari maxsus hisobvaragʻiga yigʻim kiritilganligini tasdiqlovchi hujjat.
Qayta tashkil etilayotgan, tugatilayotgan yoki bankrot boʻlayotgan, mol-mulki xatlangan daʼvogarlarning tanlovda ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Tanlov boʻyicha taklifi davlat-xususiy sheriklik loyihasini realizatsiya qilish uchun eng maqbul deb topilgan ishtirokchi tanlov gʻolibi deb eʼtirof etiladi.
Shuningdek tanlov yakunlari boʻyicha takliflarining parametrlari tanlov shartlariga mos keladigan, biroq tanlov hujjatlariga muvofiq gʻolib tomonidan taklif etilgan parametrlar darajasidan pastroq boʻlgan zaxiradagi gʻolib aniqlab olinadi.
Tanlov gʻolibi davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimni ushbu Nizomning 22-bandida nazarda tutilgan muddatlarda imzolashni rad etsa yoki imzolashdan boʻyin tovlasa, zaxiradagi gʻolib bilan tegishli bitim tuzishga ruxsat beriladi. Tanlovning zaxiradagi gʻolibi bilan bitim tanlov gʻolibi bilan bitim tuzish tartibiga oʻxshash tartibda tuziladi.
19. Faqat bir ishtirokchidan ariza kelib tushgan taqdirda, tanlov oʻtkazilmaydi, qaror esa ishtirokchi arizasini va arizaga ilova qilinadigan hujjatlarni tanlov eʼlon qilingan vaqtdan boshlab oʻttiz kunlik muddat tugagandan keyin 5 ish kuni ichida oʻrganish yakunlari boʻyicha Komissiya tomonidan qabul qilinadi. Komissiya xususiy sherikning takliflari tanlov talablariga muvofiqligidan kelib chiqib, ijobiy yoki salbiy qaror qabul qiladi.
20. Davlat sherigi Komissiyaning tanlov yakunlari boʻyicha qarori qabul qilingan kunda oʻz rasmiy veb-saytiga axborot joylashtirish orqali tanlov natijalari haqida tanlov ishtirokchilarini xabardor qilishi shart.
21.Tanlov ishtirokchisi qabul qilingan qarorga rozi boʻlmasa, u qaror ustidan sudda shikoyat qilish huquqiga ega.
4-bob. Bitimni tuzish, oʻzgartirish, toʻldirish, shuningdek bekor qilish va tugatish tartibi
22. Komissiyaning ijobiy qarori asosida u qabul qilingan kundan boshlab 10 kun ichida davlat sherigi va xususiy sherik qonun hujjatlari va ushbu Nizom talablariga rioya qilgan holda bitim tuzadi.
23. Bitimda uni amalga oshirish shakliga qarab quyidagilar keltirilgan boʻlishi kerak:
xususiy investitsiyalar obyekti va hajmi;
bitimning amal qilish muddati va shartlari;
Oldingi tahrirga qarang.
maktabgacha taʼlim tashkiloti foydalanishga topshiriladigan va faoliyati boshlanadigan muddatlar;
(23-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
bitim tomonlarining huquqlari va majburiyatlari;
loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash, pudrat ishlari uchun shartnomalar tuzish muddatlari, loyihani moliyalashtirish manbalari, amalga oshirish jadvallari, loyiha bajarilishining borishi ustidan texnik nazorat qilish tartibi toʻgʻrisida axborot;
davlat-xususiy sheriklik loyihasi bajarilishi ustidan monitoring oʻtkazish tartibi va u qay darajada bajarilganligiga berilgan baho;
infratuzilmaviy obyektlar, davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish jarayonida ishlab chiqariladigan va (yoki) koʻrsatiladigan xizmatlar sifatiga qoʻyiladigan talablar;
xususiy sherik tomonidan oʻz majburiyatlarini bajarish jarayoni toʻgʻrisida hisobotlar taqdim etish tartibi va muddatlari;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat subsidiyalarini ajratish zarur boʻlsa, maktabgacha taʼlim tashkilotiga haqiqatda qatnaydigan bolalar soni toʻgʻrisidagi hisobotlarni va toʻlov hujjatlarini xususiy sherik tomonidan taqdim etish tartibi;
(23-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
davlat sherigi va xususiy sherik oʻrtasida bitim tuzish bilan bogʻliq xavf-xatarlarni taqsimlash tartibi va shartlari;
davlat sherigi tomonidan xususiy sherikka davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun oʻtkazib beriladigan infratuzilma obyektiga egalik qilish va undan foydalanish tartibi;
Oldingi tahrirga qarang.
maktabgacha taʼlim tashkilotidan foydalanish, unga texnik xizmat koʻrsatish, uni loyihalashtirish, qurish, qayta qurish, taʼmirlash, modernizatsiyalash tartibi;
(23-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
bitimning amal qilish muddati tugagandan keyin bitimni ijro etish jarayonida yaratilgan obyektga va boshqa mulkka doir huquqlarni taqsimlash tartibi;
bitim shartlariga rioya qilmaganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
bitimga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish tartibi;
bitimni bekor qilish tartibi, shuningdek bitimni muddatidan oldin bekor qilish natijasida yetkazilgan zararlarning oʻrnini toʻldirish yoki qoplash tartibi;
xususiy sherik tomonidan majburiyatlar bajarilmasligi yoki tegishlicha bajarilmasligi uchun sanksiyalar;
bitimni amalga oshirishda yuzaga keladigan munozaralarni hal qilish tartibi.
Bitimda qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa shartlar ham keltirilishi mumkin.
24. Bitimni imzolashga tayyorlash uchun davlat sherigi xususiy sherikka bitim loyihasining matnini taqdim etadi.
25. Agar zarur boʻlsa, bitim qoidalarini davlat sherigi va xususiy sherik oʻrtasida kelishib olish maqsadida muzokaralar oʻtkaziladi.
26. Bitim davlat sherigi va xususiy sherik oʻrtasida ikki nusxada, tomonlarning har biri uchun bittadan nusxada imzolanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
27. Tuzilgan bitimlarning yagona reyestri Vazirlik tomonidan yuritib boriladi va hisobini yuritish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligiga taqdim etiladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-yanvardagi PQ-4581-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.01.2020-y., 07/20/4581/0098-son)
Keyingi tahrirga qarang.
28. Bitim tomonlar tarafidan imzolangan vaqtdan boshlab kuchga kiradi va bitim muddati tugashigacha yoki bekor qilinishigacha amal qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
29. Bitim tuzilgandan keyin xususiy sherik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nodavlat taʼlim tashkilotlari faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya oladi, bundan oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini moddiy-texnik va uslubiy jihatdan taʼminlash shakllari mustasno.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
30. Bitimga oʻzgartish va qoʻshimchalar quyidagi hollarda kiritilishi mumkin:
tomonlarning oʻzaro roziligi bilan;
davlat sherigining talabi boʻyicha — davlat sherigi va xususiy sherikning shartnoma asosidagi munosabatlariga doir maktabgacha taʼlimni tartibga solish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari oʻzgarishi munosabati bilan;
sudning hal qiluv qarori boʻyicha.
31. Bitim quyidagi hollarda bekor qilinadi:
tomonlarning oʻzaro roziligi bilan;
xususiy sherik bankrot boʻlsa va tugatilsa;
davlat sherigining talabi boʻyicha — xususiy sherik oʻz majburiyatlarini bajarmagan taqdirda;
xususiy sherikning talabi boʻyicha — davlat sherigi oʻz majburiyatlarini bajarmagan taqdirda.
Ushbu bandning toʻrtinchi va beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda bitim bir yildan keyin bekor qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
32. Bitim amal qilish muddati tugagandan keyin toʻxtatiladi.
Bitimning amal qilish muddati toʻxtatilishi tomonlarni uni buzganlik uchun javobgarlikdan ozod qilmaydi.
5-bob. Bitim tomonlarining huquqlari va majburiyatlari
33. Xususiy sherik:
Oldingi tahrirga qarang.
davlat sherigidan davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan va erkin foydalaniladigan axborotni olishga;
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-yanvardagi PQ-4581-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 1.01.2020-y., 07/20/4581/0098-son)
davlat-xususiy sheriklik loyihasini taklif qilish toʻgʻrisidagi taklifni koʻrib chiqish uchun davlat sherigiga taqdim etishga;
Oldingi tahrirga qarang.
yer uchastkalarini, boʻsh turgan binolarni, shu jumladan ishlamayotgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini, shuningdek but qilinmagan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining foydalanilmayotgan binolari yoki korpuslarini bitim amal qiladigan muddatga bepul asosda olishga hamda ulardan foydalanishga;
davlat-xususiy sheriklik loyihasi oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti shaklida amalga oshirilgan taqdirda, moddiy-texnik va uslubiy taʼminlanishga;
(33-bandning toʻrtinchi-beshinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
binolar va inshootlarni xarid qilish, qayta qurish, zamonaviy oʻquv uskunalari va oʻqitish vositalari xarid qilish uchun imtiyozli kreditlar olishga;
Keyingi tahrirga qarang.
bitim shartlari davlat sherigi tomonidan buzilgan taqdirda, uni sud tartibida bekor qilishni talab qilishga haqli.
Xususiy sherik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
34. Xususiy sherik:
bitim va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga, shu jumladan davlat taʼlim talablariga qatʼiy rioya qilishi;
bitim amal qiladigan butun muddat davomida obyekt faoliyatining ixtisosligini saqlashi;
Oldingi tahrirga qarang.
nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotida sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normalariga rioya qilishi;
nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotini yuqori malakali pedagogika kadrlari va boshqa kadrlar bilan toʻldirish, oʻquv-tarbiya jarayonini qonun hujjatlariga qatʼiy muvofiq holda oʻtkazish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish choralarini koʻrishi;
(34-bandning toʻrtinchi-beshinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
tarbiyalash va oʻqitishning yuqori sifatini taʼminlovchi qulay shart-sharoitlar yaratishi, shu jumladan isteʼdodli bolalarni aniqlashi va qoʻllab-quvvatlashi;
ilgʻor xalqaro tajribani hisobga olgan holda oʻqitishning innovatsion pedagogik shakllari, usullari va zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish asosida maktabgacha taʼlim sohasidagi taʼlim jarayonining samaradorligini va natijadorligini oshirish choralarini koʻrishi;
Oldingi tahrirga qarang.
ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar tarbiyalanuvchilarini maxsus kontingentni va maktabgacha taʼlim tuman (shahar) boʻlimi tomonidan yuboriladigan muayyan miqdordagi tarbiyalanuvchilarni oʻqitishi, ular uchun ota-onalar toʻlovini imtiyozli shartlarda (ushbu joydagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun belgilangan miqdordan ortiq boʻlmagan hajmda) oʻrnatishi;
(34-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
oʻqitish muddatlari va shartlari, haq toʻlash miqdorlari, tomonlar huquqlari va majburiyatlari hamda boshqa shartlar belgilangan shartnomaga muvofiq tahsil oluvchilarning ota-onalari yoki boshqa qonuniy vakillari bilan oʻzaro munosabatlarni yoʻlga qoʻyishi;
obyektning toʻliq yoki qisman moliyalashtirilishini, undan foydalanilishini, unga texnik xizmat koʻrsatilishini, shuningdek loyihalashtirilishi, qurilishi, qayta qurilishi, taʼmirlanishi, modernizatsiyalanishini taʼminlashi shart.
Xususiy sherik zimmasida ushbu Nizomda va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Bitim amal qiladigan muddat tugamay turib xususiy sherik mulki boʻlgan obyektning u tomonidan musodara qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan xususiy sherik Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq almashtirilishi mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
35. Shu joydagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun belgilangan miqdordan oshmaydigan ota-onalar toʻlovining imtiyozli shartlari asosida maktabgacha taʼlim tashkilotining tuman (shahar) boʻlimiga qabul qilinadigan tarbiyalanuvchilarning davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan maktabgacha taʼlim tashkilotiga yoʻllanma olishida quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
(35-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
ariza;
ota-onalari pasportlarining koʻchirma nusxalari;
bola tugʻilganligi haqidagi guvohnomaning koʻchirma nusxasi;
hajmi 3x4 boʻlgan bolaning fotosurati (4 ta);
tibbiy kartadan olingan koʻchirma;
Oldingi tahrirga qarang.
mazkur oila ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar yoki bola maxsus kontingentga toifasiga kirishini tasdiqlovchi hujjat.
(35-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-yanvardagi PQ-4581-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.01.2020-y., 07/20/4581/0098-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Maktabgacha taʼlim tashkilotining tuman (shahar) boʻlimi murojaatni koʻrib chiqib va taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganib chiqib, 3 kun ichida davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga qabul qilish uchun yoʻllanmani rasmiylashtiradi.
Maktabgacha taʼlim tashkilotining tuman (shahar) boʻlimi yoʻllanmasi asosida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti bolalarni imtiyozli shartlarda qabul qiladi.
(35-bandning sakkizinchi-toʻqqizinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Keyingi tahrirga qarang.
36. Davlat sherigi:
Oldingi tahrirga qarang.
davlat-xususiy sheriklik loyihalarini tayyorlash uchun maslahatchilarni jalb qilishga;
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-yanvardagi PQ-4581-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.01.2020-y., 07/20/4581/0098-son)
xususiy sherikdan har chorakda bitim shartlarini bajarish jarayoni toʻgʻrisida hisobot olishga;
Keyingi tahrirga qarang.
bitim shartlarini bajarish jarayoni ustidan monitoring oʻtkazishga va davlat-xususiy sheriklik loyihalari amalga oshishini baholashga;
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga va bitim shartlariga rioya etilishi ustidan monitoring oʻtkazish doirasida aniqlangan qonunbuzarliklar bartaraf etilishini talab qilishga;
xususiy sherik aybi bilan yuzaga kelgan obyekt boʻyicha zararlar qoplanishini talab qilishga;
bitim shartlari xususiy sherik tomonidan buzilgan taqdirda, bitimning sud tartibida bekor qilinishini talab qilishga;
davlat-xususiy sheriklik loyihasining amalga oshishini moliyalashtirishda ishtirok etishga haqli.
Davlat sherigi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
37. Davlat sherigi:
xususiy sherikka obyektni bitimni belgilangan muddatlarda, tartibda va shartlarda bepul asosda taqdim etishi;
xususiy sheriklarga soliq imtiyozlari va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa preferensiyalar taqdim etilishida koʻmaklashishi;
Oldingi tahrirga qarang.
nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish, qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash, jihozlash hamda zamonaviy oʻquv uskunalari va oʻqitish vositalarini xarid qilish uchun xususiy sherik imtiyozli kreditlar olishida koʻmaklashishi;
(37-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
xususiy sherikning xoʻjalik faoliyatini olib borishiga aralashmasligi shart.
Davlat sherigi zimmasida ushbu Nizomda va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
6-bob. Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining binolarini qurish uchun yer uchastkalarini bepul asosda taqdim etish tartibi
(6-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
38. Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish uchun aholi punktlari tarkibiga kiradigan yer uchastkalari ajratiladi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
39. Davlat sherigi 30 yillik muddatga bitim tuzilgan kundan boshlab bir kun ichida xususiy sherikning — tanlov gʻolibining arizasini yer uchastkasini bitimda koʻrsatilgan shartlarda taqdim etish yuzasidan qaror qabul qilish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyat va Toshkent shahar hokimiyatiga yoki tuman (shahar) hokimiyatiga yuboradi.
40. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va Toshkent shahar hokimiyati yoki tuman (shahar) hokimiyati xususiy sherik arizasini va Komissiya qarorini obyekt qurilishi uchun yer uchastkasi taqdim etish boʻyicha materiallar tayyorlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining hududiy boʻlinmasiga yuboradi.
41. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda matnda hududiy organ deb yuritiladi) yigirma ish kuni ichida yer uchastkasini taqdim etishga doir materiallarni tayyorlaydi va vakolatli organlar (tashkilotlar) bilan kelishib oladi hamda yer uchastkasini tanlash va taqdim etishga doir materiallarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yoki tuman (shahar) hokimiyatiga yuboradi.
42. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari yoki tuman (shahar) hokimiyati uch kun ichida:
Oldingi tahrirga qarang.
nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish maqsadida yer uchastkasini xususiy sherikka doimiy foydalanish uchun taqdim etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
(42-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Keyingi tahrirga qarang.
yer uchastkasi taqdim etish toʻgʻrisidagi qarorni “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tumanlardagi (shaharlardagi) filialiga yuboradi hamda davlat sherigini xabardor qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
43. “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining tuman (shahar) yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasi filiali yer uchastkasini taqdim etish toʻgʻrisidagi qaror olingan kundan boshlab ikki ish kuni ichida taqdim etilgan materiallar asosida yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazadi, shuningdek xususiy sherikka yer uchastkasiga boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
44. Yer uchastkasini taqdim etishga doir materiallarni tayyorlash va kelishish bilan bogʻliq xarajatlar xususiy sherik bilan bitim tuzilgandan keyin u tomonidan qoplanadi.
45. Davlat sherigi loyihani amalga oshirishda:
moliyaviy mablagʻlar yetarli boʻlmasa, imtiyozli kreditlar olishda koʻmaklashishi;
barcha zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi (elektr energiya, gaz taʼminoti, suv taʼminoti, kanalizatsiya, avtomobil yoʻllari va hokazolar) bilan taʼminlashda koʻmaklashishi;
zarur boʻlsa, maktabgacha taʼlim sohasida uslubiy va konsultativ yordam berishi shart.
46. Loyihani amalga oshirishda xususiy sherik:
maktabgacha yoshdagi bolalar uchun toʻgaraklar va boshqa taʼlim xizmatlari tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining bir nafar tarbiyalanuvchisi uchun sarflanadigan xarajatlar summasining 50 foizi miqdorida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiyalar olish;
(46-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Keyingi tahrirga qarang.
foyda olish huquqiga ega.
47. Loyihani amalga oshirishda xususiy sherik zimmasiga qoʻshimcha ravishda quyidagilar yuklatiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
tutash hududni qurish, jihozlash, obod qilish va maktabgacha taʼlim tashkilotini bitimda koʻrsatilgan muddatlarda foydalanishga topshirish boʻyicha choralar koʻrish;
(47-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Oldingi tahrirga qarang.
mulk xususiy sherik ixtiyorida qoldirilsa (bekor qilish huquqi bilan), tarbiyalanuvchilar umumiy sonining 25 foizi miqdorida va mulk bitimning amal qilish muddati tugagandan keyin davlat sherigi ixtiyorida qoldirilsa, tarbiyalanuvchilar umumiy sonining 15 foizi miqdorida ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar farzandlarini va maxsus kontingentni oʻqitish, ular uchun ota-onalar toʻlovining imtiyozli hajmlarini (shu joydagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun belgilangan miqdordan oshmaydigan hajmda) oʻrnatish. Bunda ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar farzandlari ustuvor ravishda oʻqishga qabul qilinadi.
(47-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Bitim mulkni bitimning amal qilish muddati tugagandan keyin davlat sherigida qoldirish sharti bilan tuzilgan taqdirda, xususiy sherik bitimni uzaytirish borasida ustuvor huquqqa ega boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
7-bob. Davlat mulki boʻlgan boʻsh turgan obyektlarni, shu jumladan ishlamaydigan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining binolarini “nol” xarid qiymati boʻyicha realizatsiya qilish tartibi
(7-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Oldingi tahrirga qarang.
48. Davlat sherigi davlat mulki boʻlgan boʻsh turgan obyektlarni, shu jumladan ishlamaydigan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining binolarini “nol” xarid qiymati boʻyicha oʻtkazish jarayonini tashkil etish uchun Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga bitim tuzilgan vaqtdan boshlab bir kun ichida tanlov gʻolibi haqidagi axborotni va bitimning koʻchirma nusxasini yuboradi.
(48-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Oldingi tahrirga qarang.
49. Davlat aktivlarini boshqarish agentligining topshirigʻiga binoan uning hududiy organi axborot olgan vaqtdan boshlab uch kun ichida davlat mulki boʻlgan boʻsh turgan obyektni, shu jumladan ishlamaydigan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining binolarini balansda saqlovchiga (keyingi oʻrinlarda matnda balansda saqlovchi deb yuritiladi) mulkni Buxgalteriya hisobi milliy standartlariga muvofiq inventarizatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi yozma talabni yuboradi.
(49-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Oldingi tahrirga qarang.
50. Balansda saqlovchi oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda inventarizatsiya oʻtkazadi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy organiga:
(50-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-yanvardagi PQ-4581-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.01.2020-y., 07/20/4581/0098-son)
inventarizatsiya komissiyasini tashkil etish toʻgʻrisidagi buyruqning koʻchirma nusxasini;
inventarizatsiya komissiyasi majlislarining bayonnomalarini;
inventarizatsiya komissiyasi aʼzolari va rahbari tomonidan imzolangan mulkni inventarizatsiya qilish hujjatlarini;
kadastr hujjatlari, shu jumladan kadastr xaritasi (rejasi) va huquqni oʻrnatuvchi boshqa hujjatlarni (agar ular bor boʻlsa);
yer uchastkasiga, yerosti boyliklariga va boshqa tabiiy resurslarga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarni;
balansda saqlovchining jamiyat roʻyxatdan oʻtkazilgan joy boʻyicha soliq organi tomonidan tasdiqlangan balansini;
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan tasdiqlangan shakl boʻyicha davlat mulki boʻlgan obyektlarning pasportini fotosuratlarni (kamida toʻrtta) ilova qilgan holda taqdim etadi.
(50-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-yanvardagi PQ-4581-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.01.2020-y., 07/20/4581/0098-son)
51. Inventarizatsiya balansda saqlovchi tomonidan oraliq balans tuzilgan sanada oʻtkaziladi, bunda balansning har bir qatori tegishli inventar roʻyxatlari bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
52. Xarid qiluvchi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 279-sonli qarori bilan tasdiqlangan shartlarda investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni qabul qilishi sharti bilan inventarizatsiya hujjatlari Davlat mulki boʻlgan obyektlarni “nol” xarid qiymati boʻyicha realizatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda nazarda tutilgan shakllar boʻyicha tuziladi, inventarizatsiya komissiyasi raisi va aʼzolari tomonidan imzolanadi.
53. Balansda saqlovchi va xususiy sherik oʻrtasida inventarizatsiya hujjati tuzilgach, obyektni qabul qilish-oʻtkazish hujjati uning balansi qiymati koʻrsatilgan holda imzolanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
54. Obyektni qabul qilish-oʻtkazish hujjati imzolangach va xususiy sherik tomonidan davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgach, besh ish kuni ichida Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy organi xususiy sherikka “tasarruf etish huquqisiz” belgisi bilan egalik qilish huquqi uchun davlat orderini beradi.
(54-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-yanvardagi PQ-4581-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.01.2020-y., 07/20/4581/0098-son)
Oldingi tahrirga qarang.
55. Bitimning amal qilish muddati tugashi bilan xususiy sherik oʻz majburiyatlarini va bitim shartlarini bajargan taqdirda, davlat sherigi tomonidan taqdim etilgan axborot boʻyicha Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy organi xususiy sherik tomonidan egalik qilish huquqi uchun davlat orderining asl nusxasi taqdim etilgan kundan boshlab besh ish kunidan oshmaydigan muddatda qabul qiluvchi komissiyaning hujjati, shuningdek audit xulosasi asosida “tasarruf etish huquqi bilan” belgisini qoʻyadi.
(55-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-yanvardagi PQ-4581-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.01.2020-y., 07/20/4581/0098-son)
56. Davlat sherigi loyihani amalga oshirishda:
moliyaviy mablagʻlar yetarli boʻlmasa, xususiy sherik imtiyozli kreditlar olishiga koʻmaklashishi;
barcha zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi (elektr energiya, gaz taʼminoti, suv taʼminoti, kanalizatsiya, avtomobil yoʻllari va hokazolar) bilan taʼminlashda koʻmaklashishi;
zarur boʻlsa, maktabgacha taʼlim sohasida uslubiy va konsultativ yordam berishi shart.
57. Xususiy sherik loyihani amalga oshirishda:
maktabgacha yoshdagi bolalar uchun toʻgaraklar va boshqa taʼlim xizmatlari tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining bir nafar tarbiyalanuvchisi uchun sarflanadigan xarajatlar summasining 50 foizi miqdorida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiyalar olish;
(57-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Keyingi tahrirga qarang.
foyda olish huquqiga ega.
58. Loyihani amalga oshirishda xususiy sherik zimmasiga qoʻshimcha ravishda quyidagilar yuklatiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
tutash hududni qayta qurish va jihozlash, obod qilish hamda maktabgacha taʼlim tashkilotlarini bitimda koʻrsatilgan muddatlarda foydalanishga topshirish boʻyicha choralar koʻrish;
(58-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Oldingi tahrirga qarang.
mulk xususiy sherik ixtiyorida qoldirilsa (bekor qilish huquqi bilan), tarbiyalanuvchilar umumiy sonining 25 foizi miqdorida va mulk bitimning amal qilish muddati tugagandan keyin davlat sherigi ixtiyorida qoldirilsa, tarbiyalanuvchilar umumiy sonining 15 foizi miqdorida ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar farzandlarini va maxsus kontingentni oʻqitish, ular uchun ota-onalar toʻlovining imtiyozli hajmlarini (shu joydagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun belgilangan miqdordan oshmaydigan hajmda) oʻrnatish. Bunda ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar farzandlari ustuvor ravishda oʻqishga qabul qilinadi.
(58-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
8-bob. But qilinmagan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining foydalanilmaydigan binolarini (korpuslarini) uzoq muddat bepul foydalanish uchun xususiy sheriklarga oʻtkazish tartibi
(8-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Oldingi tahrirga qarang.
59. Davlat sherigi 30 yillik muddatga bitim tuzilgan vaqtdan boshlab bir ish kuni ichida bitimni Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari huzuridagi Davlat mulkini ijaraga berish markazlari DUKlariga roʻyxatdan oʻtkazish uchun yuboradi, shuningdek, obyektni balansida saqlovchiga yuboradi.
(59-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-yanvardagi PQ-4581-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.01.2020-y., 07/20/4581/0098-son)
Keyingi tahrirga qarang.
60. Tuzilgan bitim shartlariga muvofiq balansda saqlovchi oʻn kunlik muddat ichida xususiy sherikka obyektni taqdim etadi, xususiy sherik esa bitimning amal qilish muddati tugashi bilan yoki bitim muddatidan oldin bekor qilinsa, balansda saqlovchiga obyektni bitim shartlariga mos holda qaytarishi shart.
61. Obyekt xususiy sherikka beriladi va u tomonidan obyektning barcha buyumlari va unga taalluqli boʻlgan texnik hujjatlar bilan birga qaytariladi.
62. Obyekt tomonlarning vakolatli vakillari hozirligida ikki tomonlama oʻtkazish toʻgʻrisida hujjat tuzilgan holda oʻtkaziladi va qaytariladi. Mazkur hujjatda quyidagilar koʻrsatiladi:
hujjat tuzilgan joy va sana;
bitim rekvizitlari (tuzilgan sana, raqam);
davlat mulkining texnik holati.
Oʻtkazish toʻgʻrisidagi hujjat tomonlarning vakolatli vakillari tomonidan imzolanadi va tomonlarning muhrlari bilan tasdiqlanadi.
63. Balansda saqlovchi va xususiy sherik oʻrtasida oʻtkazish toʻgʻrisidagi hujjat imzolangach, bir haftalik muddatda kommunal va ekspluatatsiya xizmatlarini yetkazib beruvchilar tomonidan belgilangan tariflarni hisobga olgan holda kommunal va ekspluatatsiya xizmatlari boʻyicha toʻlovlar miqdorini, ularni kiritish tartibi va muddatlarini tartibga soluvchi bitim tuziladi. Elektr energiyani, suv va gazni hisobga oluvchi zarur uskunalar balansda saqlovchi yoki xususiy sherik tomonidan bitim shartlariga muvofiq oʻrnatiladi.
64. Davlat sherigi loyihani amalga oshirishda:
moliyaviy mablagʻlar yetarli boʻlmasa, xususiy sherik imtiyozli kreditlar olishiga koʻmaklashishi;
barcha zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi (elektr energiya, gaz taʼminoti, suv taʼminoti, kanalizatsiya, avtomobil yoʻllari va hokazolar) bilan taʼminlashda koʻmaklashishi;
zarur boʻlsa, maktabgacha taʼlim sohasida uslubiy va konsultativ yordam berishi shart.
65. Xususiy sherik loyihani amalga oshirishda:
maktabgacha yoshdagi bolalar uchun toʻgaraklar va boshqa taʼlim xizmatlari tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining bir nafar tarbiyalanuvchisi uchun sarflanadigan xarajatlar summasining 50 foizi miqdorida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiyalar olish;
(65-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Keyingi tahrirga qarang.
foyda olish huquqiga ega.
66. Loyihani amalga oshirishda xususiy sherik zimmasiga qoʻshimcha ravishda quyidagilar yuklatiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
but qilinmagan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining foydalanilmaydigan binolarini (korpuslarini) qayta qurish, hududni obod qilish, but qilinmagan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining binosini joriy taʼmirlash va muhandislik kommunikatsiyalarini tegishli holatda saqlash yuzasidan choralar koʻrish, shuningdek maktabgacha taʼlim xizmatlarini koʻrsatish uchun foydalanilmaydigan binolarni (korpuslarni) bitimda koʻrsatilgan muddatlarda foydalanishga topshirish;
(66-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tarbiyalanuvchilar umumiy sonining 15 foizi miqdorida ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar farzandlarini va maxsus kontingentni oʻqitish, ular uchun 30 yil mobaynida ota-onalar toʻlovining imtiyozli hajmlarini (shu joydagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun belgilangan miqdordan oshmaydigan hajmda) obyektni oʻz mulki qilib olish huquqisiz oʻrnatish. Bunda ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar farzandlari ustuvor ravishda oʻqishga qabul qilinadi.
(66-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9-bob. Ishlab turgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hududidagi yer uchastkalarini doimiy foydalanishga bepul berish tartibi
(9-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
67. Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tashkil etish uchun nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari binolarini qurish uchun yetarli hajmda ortiqcha maydonga ega boʻlgan ishlab turgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hududidagi yer uchastkalari taqdim etiladi.
(67-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
68. Davlat sherigi 30 yillik muddatga bitim tuzilgan sanadan boshlab bir kun ichida xususiy sherik — tanlov gʻolibi arizasini bitimda koʻrsatilgan shartlarda yer uchastkasini taqdim etish boʻyicha qaror qabul qilish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyat va Toshkent shahar hokimliklariga yoki tuman (shahar) hokimligiga yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
69. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va Toshkent shahar hokimliklari yoki tuman (shahar) hokimligi obyektni qurish uchun yer uchastkasi taqdim etishga doir materiallarni tayyorlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining hududiy boʻlinmasiga xususiy sherik arizasini va Komissiya qarorini yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
70. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining hududiy boʻlinmasi yigirma ish kuni ichida yer uchastkasini taqdim etishga doir materiallarni tayyorlaydi va vakolatli organlar (tashkilotlar) bilan kelishib oladi hamda xulosani Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yoki tuman (shahar) hokimiyatiga yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
71. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari yoki tuman (shahar) hokimiyati uch kun ichida:
Oldingi tahrirga qarang.
nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish maqsadida yer uchastkasini xususiy sherikka doimiy foydalanish uchun taqdim etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
(71-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
yer uchastkasi taqdim etish toʻgʻrisidagi qarorni “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tumanlardagi (shaharlardagi) filialiga yuboradi hamda davlat sherigini xabardor qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
72. “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining tuman (shahar) yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasi filiali yer uchastkasini taqdim etish toʻgʻrisidagi qaror olingan kundan boshlab ikki ish kuni ichida taqdim etilgan materiallar asosida yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazadi, shuningdek xususiy sherikka yer uchastkasiga boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
73. Yer uchastkasini taqdim etishga doir materiallarni tayyorlash va kelishish bilan bogʻliq xarajatlar xususiy sherik bilan bitim tuzilgandan keyin u tomonidan qoplanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
74. Davlat sherigi loyihani amalga oshirishda:
moliyaviy mablagʻlar yetarli boʻlmasa, xususiy sherik imtiyozli kreditlar olishiga koʻmaklashishi;
barcha zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi (elektr energiya, gaz taʼminoti, suv taʼminoti, kanalizatsiya, avtomobil yoʻllari va hokazolar) bilan taʼminlashda koʻmaklashishi;
zarur boʻlsa, maktabgacha taʼlim sohasida uslubiy va konsultativ yordam berishi shart.
75. Xususiy sherik loyihani amalga oshirishda:
maktabgacha yoshdagi bolalar uchun toʻgaraklar va boshqa taʼlim xizmatlari tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining bir nafar tarbiyalanuvchisi uchun sarflanadigan xarajatlar summasining 50 foizi miqdorida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiyalar olish;
(75-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Keyingi tahrirga qarang.
foyda olish huquqiga ega.
76. Loyihani amalga oshirishda xususiy sherik zimmasiga qoʻshimcha ravishda quyidagilar yuklatiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini qurish va jihozlash, tutash hududni obod qilish, ishlab turgan davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti oʻrtasida toʻsiq qurish, nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotini bitimda koʻrsatilgan muddatlarda foydalanishga topshirish;
(76-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Oldingi tahrirga qarang.
mulk bitimning amal qilish muddati tugagandan keyin davlat sherigi ixtiyorida qolsa, tarbiyalanuvchilar umumiy sonining 15 foizi miqdorida ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar farzandlarini va maxsus kontingentni oʻqitish, ular uchun ota-onalar toʻlovining imtiyozli hajmlarini (shu joydagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun belgilangan miqdordan oshmaydigan hajmda) oʻrnatish. Bunda ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar farzandlari ustuvor ravishda oʻqishga qabul qilinadi.
(76-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10-bob. Mavjud davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini qayta qurish va jihozlash hamda keyinchalik otaliqqa olish sharti bilan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari obyektlarini qurish uchun yer uchastkalarini bepul taqdim etish tartibi
(10-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Oldingi tahrirga qarang.
77. Xususiy sherik bilan aholi punktidagi yer uchastkasini taqdim etish hamda mazkur yer uchastkasida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotini qurish, qayta qurishga muhtoj boʻlgan biriktirilgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotini qayta qurish va jihozlash, shuningdek uni keyinchalik otaliqqa olish sharti nazarda tutilgan bitim tuziladi.
(77-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Oldingi tahrirga qarang.
78. Xususiy sherikka 20 yil va undan ortiq davr mobaynida qayta qurish va kapital taʼmirlash boʻyicha kompleks ishlar olib borilmagan va kapital taʼmirga muhtoj boʻlgan hamda yer uchastkasi ajratilayotgan tumanda joylashgan davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti biriktiriladi.
(78-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
79. Bitim tuzilgach, davlat sherigi bir kunlik muddatda xususiy sherik-tanlov gʻolibi arizasini yer uchastkasini bitimda koʻrsatilgan shartlarda taqdim etish yuzasidan qaror qabul qilish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyat va Toshkent shahar hokimliklariga yoki tuman (shahar) hokimligiga yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
80. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va Toshkent shahar hokimliklari yoki tuman (shahar) hokimligi xususiy sherikning arizasini va Komissiyaning qarorini obyekt qurilishi uchun yer uchastkasini taqdim etishga doir materiallarni tayyorlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining hududiy boʻlinmasiga yuboradi.
81. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining hududiy boʻlinmasi yigirma kun ichida yer uchastkasini taqdim etishga doir materiallarni tayyorlaydi va vakolatli organlar (tashkilotlar) bilan kelishib oladi hamda xulosani Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yoki tuman (shahar) hokimiyatiga yuboradi.
82. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari yoki tuman (shahar) hokimiyati uch kun ichida:
Oldingi tahrirga qarang.
nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish maqsadida yer uchastkasini xususiy sherikka doimiy foydalanish uchun taqdim etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
(82-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Keyingi tahrirga qarang.
yer uchastkasi taqdim etish toʻgʻrisidagi qarorni “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tumanlardagi (shaharlardagi) filialiga yuboradi hamda davlat sherigini xabardor qiladi
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
83. “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining tuman (shahar) yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasi filiali yer uchastkasini taqdim etish toʻgʻrisidagi qaror olingan kundan boshlab ikki ish kuni ichida taqdim etilgan materiallar asosida yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazadi, shuningdek xususiy sherikka yer uchastkasiga boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
84. Yer uchastkasini taqdim etishga doir materiallarni tayyorlash va kelishish bilan bogʻliq xarajatlar xususiy sherik bilan bitim tuzilgandan keyin u tomonidan qoplanadi.
85. Davlat sherigi loyihani amalga oshirishda:
moliyaviy mablagʻlar yetarli boʻlmasa, xususiy sherik imtiyozli kreditlar olishiga koʻmaklashishi;
barcha zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi (elektr energiya, gaz taʼminoti, suv taʼminoti, kanalizatsiya, avtomobil yoʻllari va hokazolar) bilan taʼminlashda koʻmaklashishi;
zarur boʻlsa, maktabgacha taʼlim sohasida uslubiy va konsultativ yordam berishi shart.
86. Loyihani amalga oshirishda xususiy sherik zimmasiga qoʻshimcha ravishda quyidagilar yuklatiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
tutash hududni qayta qurish va jihozlash, obod qilish hamda biriktirilgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotini bitimda koʻrsatilgan muddatlarda foydalanishga topshirish boʻyicha choralar koʻrish;
oʻziga ajratilgan yer uchastkasida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti qurilishini va bitimda koʻrsatilgan muddatlarda foydalanishga topshirilishini taʼminlash;
biriktirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotini otaliqqa olish, jumladan uni bitim amal qiladigan muddatda, biroq 30 yildan kam boʻlmagan davrda jihozlar, ashyo va anjomlar, oʻyinchoqlar va oʻquv qoʻllanmalari bilan taʼminlash.
(86-bandning ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Oldingi tahrirga qarang.
87. Ajratilgan yer uchastkasida tashkil etilgan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga davlat-xususiy sheriklikning boshqa shakllari asosida tashkil etilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun belgilangan imtiyozlar tatbiq etilmaydi.
(87-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
11-bob. Konsessiya asosida qurish, qayta qurish va jihozlash uchun yer uchastkasi yoki bino ajratish tartibi
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
88. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini qurish, qayta qurish va jihozlash uchun davlat sherigi va xususiy sherik oʻrtasida konsessiya asosida bitim tuzilishi mumkin.
(88-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Konsessiya asosidagi bitim oʻn besh yil muddatga tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Maktabgacha taʼlim tashkilotini qurish uchun xususiy sherikka aholi punktlari yerlari tarkibiga kiradigan yer uchastkasi taqdim etiladi.
(88-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Maktabgacha taʼlim tashkilotini qayta qurish va jihozlash uchun xususiy sherikka boʻsh turgan, shu jumladan foydalanilmayotgan, davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hududida joylashgan binolar ajratiladi.
(88-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Yer uchastkasi yoki bino bepul asosda taqdim etiladi.
Xususiy sherik taqdim etilgan yer uchastkasiga va binolarga tasarruf etish huquqisiz egalik qiladi va ulardan foydalanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Maktabgacha taʼlim tashkilotini qurish, qayta qurish, jihozlash va undan foydalanish natijasida xususiy sherik tomonidan olingan daromadlar konsessiya bitimida belgilab beriladigan miqdorlarda uning mulki hisoblanadi.
(88-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Xususiy sherikning maktabgacha taʼlim tashkilotini qurish, qayta qurish va jihozlash bilan bogʻliq xarajatlari davlat sherigining talabnomalari boʻyicha 15 yil davomida bitimda belgilangan tartibda qoplanadi.
(88-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
89. Davlat sherigi loyihani amalga oshirishda:
barcha zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi (elektr energiya, gaz taʼminoti, suv taʼminoti, kanalizatsiya, avtomobil yoʻllari va hokazolar) bilan taʼminlashda koʻmaklashishi;
zarur boʻlsa, maktabgacha taʼlim sohasida uslubiy va konsultativ yordam berishi shart.
90. Loyihani amalga oshirishda xususiy sherik:
maktabgacha yoshdagi bolalar uchun toʻgaraklar va boshqa taʼlim xizmatlari tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining bir nafar tarbiyalanuvchisi uchun sarflanadigan xarajatlar summasining 50 foizi miqdorida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiyalar olish;
(90-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Keyingi tahrirga qarang.
asosiy faoliyatdan, shuningdek boshqa qoʻshimcha faoliyatdan foyda olish huquqiga ega. Qoʻshimcha faoliyatni amalga oshirish davlat sherigi bilan oldindan kelishib olinadi va bunday faoliyatni amalga oshirishda taqdim etilgan yer uchastkasining koʻpi bilan 30 foizidan foydalaniladi.
91. Davlat-xususiy sheriklik konsessiya asosida amalga oshirilsa, xususiy sherik quyidagi majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi:
Oldingi tahrirga qarang.
tutash hududni qurish, jihozlash, obod qilish va maktabgacha taʼlim tashkilotini bitimda koʻrsatilgan muddatlarda konsessiya asosida foydalanishga topshirish boʻyicha choralar koʻrish;
(91-bandning ikkiinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tarbiyalanuvchilar umumiy sonining 20 foizi miqdorida ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar farzandlarini va maxsus kontingentni oʻqitish, ular uchun 15 yil davomida ota-onalar toʻlovining imtiyozli hajmlarini (shu joydagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun belgilangan miqdorda) oʻrnatish. Bunda ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar farzandlari ustuvor ravishda oʻqishga qabul qilinadi.
(91-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Oldingi tahrirga qarang.
92. Konsessiya asosidagi bitimning amal qilish muddati tugashi bilan maktabgacha taʼlim tashkiloti davlat sherigi mulkiga oʻtkaziladi.
(92-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Oldingi tahrirga qarang.
12-bob. Xususiy sherik mulki negizida tashkil etilgan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini moddiy taʼminlash shaklidagi davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish
(12-bobning nomi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Oldingi tahrirga qarang.
93. Xususiy sherik mulki negizida tashkil etilgan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini moddiy taʼminlash shaklidagi davlat-xususiy sheriklik loyihasi xususiy sherik tashabbusi bilan tanlov oʻtkazilmay va taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganish asosida ular bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
(93-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
94. Davlat-xususiy sheriklikni mazkur shaklda amalga oshirish uchun xususiy sherik davlat sherigiga quyidagi hujjatlar ilova qilingan arizani taqdim etadi:
yuridik shaxs roʻyxatdan oʻtkazilganligi haqida guvohnoma;
yer uchastkasiga boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqida guvohnoma;
binolarga boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqida guvohnoma;
yongʻin nazorati organlarining mavjud binolar va xonalarning yongʻin xavfsizligi talablariga mosligi haqidagi xulosasi;
sanitariya-epidemiologiya nazoratining mavjud binolar va xonalarning gigiyena qoidalari, normalari va normativlariga mosligi haqidagi xulosasi;
xususiy sherik pedagogika xodimlarining oliy yoki oʻrta maxsus pedagogik maʼlumoti borligini tasdiqlovchi hujjatlar.
95. Xususiy sherikning loyihani amalga oshirish toʻgʻrisidagi arizasi davlat sherigi tomonidan ariza kelib tushgan kundan boshlab 15 kun ichida koʻrib chiqiladi.
Loyihani amalga oshirish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, davlat sherigi va xususiy sherik oʻrtasida yetti kun ichida bitim tuziladi.
96. Bitim xususiy sherik litsenziya olgan kundan boshlab kuchga kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
97. Davlat sherigi loyihani amalga oshirishda:
moliyaviy mablagʻlar yetarli boʻlmasa, xususiy sherik imtiyozli kreditlar olishiga koʻmaklashishi;
barcha zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi (elektr energiya, gaz taʼminoti, suv taʼminoti, kanalizatsiya, avtomobil yoʻllari va hokazolar) bilan taʼminlashda koʻmaklashishi;
zarur boʻlsa, maktabgacha taʼlim sohasida uslubiy va konsultativ yordam berishi shart;
Loyihani amalga oshirishda xususiy sherik:
maktabgacha yoshdagi bolalar uchun toʻgaraklar va boshqa taʼlim xizmatlari tashkil etish;
foyda olish;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining bir nafar tarbiyalanuvchisi uchun sarflanadigan xarajatlar summasining 50 foizi miqdorida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiyalar olish;
(97-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
maktabgacha taʼlim tashkilotining direktorlari, metodistlari, tarbiyachilari, defektologlari, psixologlari, musiqa xodimlari ish haqiga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchun davlat maktabgacha taʼlim muassasalari uchun belgilangan shartlarda qoʻshimcha budjet subsidiyalarini olish huquqiga ega. Ushbu imtiyoz faqat shu bobga tegishli boʻlib, boshqa maktabgacha taʼlim sohasidagi davlat-xususiy sheriklik shakllariga tatbiq etilmaydi.
(97-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
98. Loyihani amalga oshirishda xususiy sherik zimmasiga qoʻshimcha ravishda tarbiyalanuvchilar umumiy sonining 35 foizi miqdorida ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar farzandlarini va maxsus kontingentni oʻqitish, ular uchun kamida 30 yil davomida ota-onalar toʻlovining imtiyozli hajmlarini (shu joydagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun belgilangan hajmlardan oshmaydigan miqdorlarda) oʻrnatish yuklatiladi. Bunda ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar farzandlari ustuvor ravishda oʻqishga qabul qilinadi.
(98-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
13-bob. Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini moddiy-texnik va uslubiy jihatdan taʼminlash shaklidagi davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish
(13-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Oldingi tahrirga qarang.
99. 25 nafargacha bolani tarbiyalashni nazarda tutuvchi oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalarini moddiy-texnik va uslubiy jihatdan taʼminlash shaklidagi davlat-xususiy sheriklik loyihasi xususiy sherikning tashabbusi bilan tanlov oʻtkazilmay va taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganish asosida ular bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
(99-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi PQ-3955-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.10.2018-y., 07/18/3955/1978-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
100. Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti shaklidagi davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun xususiy sherik (yakka tartibdagi tadbirkor shaklida) davlat sherigiga ariza bilan murojaat qiladi.
(100-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Arizaga yakka tartibdagi tadbirkor davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma ilova qilinadi.
(100-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-yanvardagi PQ-4581-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.01.2020-y., 07/20/4581/0098-son)
Keyingi tahrirga qarang.
101. Xususiy sherikning loyihani amalga oshirish toʻgʻrisidagi arizasi davlat sherigi tomonidan ariza kelib tushgan kundan boshlab 15 kun ichida koʻrib chiqiladi.
Loyihani amalga oshirish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, davlat sherigi va xususiy sherik oʻrtasida yetti kun ichida bitim tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
102. Bitim tuman (shahar) hokimligi tomonidan taklif qilinadigan ruxsat xususiy sherik tomonidan qabul qilingan kundan boshlab qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kuchga kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
103. Davlat sherigi zimmasiga loyihani amalga oshirishda qoʻshimcha ravishda quyidagilarni taʼminlash yuklatiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
tarbiyachi va yordamchi xizmatlariga tegishli toifa boʻyicha qisqa muddatli yoki 9-soatlik davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun belgilangan mehnatga toʻlanadigan haqqa teng shartlarda va hajmlarda haq toʻlash;
(103-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun belgilangan normativlar boʻyicha ovqatlanish, yumshoq ashyo va anjomlar hamda dori-darmonlarga sarflanadigan xarajatlarni qoplash;
(103-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
maktabgacha taʼlim tuman boʻlimi tomonidan uslubiy yordam koʻrsatish;
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tuman (shahar) hokimliklari bilan birgalikda taʼlim tashkilotini maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun moʻljallangan mebel, ashyo va anjomlar bilan jihozlashga koʻmaklashish;
(103-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
jihozlar, asbob-uskunalar va oʻquv materiallarini foydalanishga berish;
tegishli qishloq vrachlik punktidan yoki qishloq oilaviy poliklinikasidan tibbiyot xodimini biriktirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
104. Loyihani amalga oshirishda xususiy sherik zimmasiga qoʻshimcha ravishda quyidagilar yuklatiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
tarbiyalanuvchilar umumiy sonining 70 foizi miqdorida ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar farzandlarini va maxsus kontingentni oʻqitish, ular uchun kamida 3 yil davomida ota-onalar toʻlovining imtiyozli hajmlarini (shu joydagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun belgilangan hajmlardan oshmaydigan miqdorlarda) oʻrnatish. Bunda ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar farzandlari ustuvor ravishda oʻqishga qabul qilinadi;
(104-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Keyingi tahrirga qarang.
agar boshqa normativ hujjatlarda boshqa muddat nazarda tutilmagan boʻlsa, bitimning amal qilish muddati tugashidan kamida 2 oy oldin bitimning amal qilish muddatini uzaytirish istagi yoʻqligi haqida xabardor qilish;
bolalarning tegishli tarzda parvarish qilinishini va ularni davlat talablariga muvofiq taʼminlash uchun maqbul sharoitlar yaratilishini kafolatlash;
maktabgacha taʼlim tuman boʻlimi tomonidan yuborilgan bolani qabul qilishni jiddiy asoslarsiz rad etmaslik;
tegishli bilim va koʻnikmalarga ega boʻlish va bunday bilim va koʻnikmalarni orttirish, shuningdek malakani oshirish;
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishini taʼminlash.
105. Xususiy sherik loyihani amalga oshirishda qoʻshimcha tarzda:
ota-onalar bilan kelishuv boʻyicha qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatish (shu jumladan oʻqituvchilar, murabbiylar, tibbiyot xodimlarini taklif qilish);
xizmatlar koʻrsatishdan tushgan mablagʻlar hisobiga tarbiyachi va uning yordamchisi ishini qoʻshimcha ravishda ragʻbatlantirish;
foyda olish huquqiga ega.
14-bob. Otaliq shaklidagi filantropik faoliyat tarzida davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish
106. Otaliq shaklidagi filantropik faoliyat tarzida davlat-xususiy sheriklik loyihasi xususiy sherikning tashabbusi bilan tanlov oʻtkazilmay va taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganish asosida ular bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
107. Otaliq shaklidagi filantropik faoliyat tarzida davlat-xususiy sheriklik loyihasi yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy begʻaraz yordami (faoliyati) orqali amalga oshiriladi. Bu ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatish va xayriya maqsadida boshqacha koʻmak berish uchun mol-mulkni, shu jumladan pul mablagʻlarini davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga bepul yoki imtiyozli shartlarda oʻtkazishda ifodalanadi.
(107-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
108. Otaliq shaklidagi filantropik faoliyat tarzida davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun xususiy sherik davlat sherigiga quyidagi hujjatlar ilova qilingan arizani taqdim etadi:
yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqidagi guvohnomaning koʻchirma nusxasi (agar ariza jismoniy shaxs tomonidan berilgan boʻlsa);
oʻtkazib berilayotgan mulk va pul mablagʻlari toʻgʻrisida maʼlumotlar;
ishlar va xizmatlarni imtiyozli asosda taqdim etish shartlari;
xususiy sherikning moliyaviy resurslari toʻgʻrisida maʼlumotlar.
109. Xususiy sherikning loyihani amalga oshirish toʻgʻrisidagi arizasi davlat sherigi tomonidan ariza kelib tushgan kundan boshlab 10 kun ichida koʻrib chiqiladi va mintaqa aholisining ehtiyojlaridan kelib chiqib, loyihani amalga oshirish toʻgʻrisida 1 yillik muddatga bitim tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
110. Xususiy sherik loyihani amalga oshirishda:
Oldingi tahrirga qarang.
oʻz xodimlarining farzandlarini otaligʻi ostidagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga yuborishda ustuvorlikka ega boʻlish;
(110-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Oldingi tahrirga qarang.
otaligʻi ostidagi davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti ish rejimi oʻzgarishini kelishish;
(110-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
oʻz xayr-ehsonlaridan foydalanish maqsadi va tartibini belgilab olish;
taqdim etilayotgan mablagʻlar va mol-mulkdan maqsadli foydalanish toʻgʻrisida hisobot talab qilish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda qonun hujjatlariga muvofiq xususiy sherikning soliq solish bazasi biriktirilgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga homiylik va xayriya yordami tarzida yuboriladigan mablagʻlar summasiga kamayadi.
(110-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
111. Xususiy sherik loyihani amalga oshirishda:
bitimda belgilangan hajmlarda va muddatlarda homiylik yordamini koʻrsatishi;
Oldingi tahrirga qarang.
otaligʻi ostidagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga taʼlim jarayonini rivojlantirish va uning sifatini oshirishdan boshqa maqsadlarda yordam yubormasligi shart.
(111-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
112. Davlat sherigi loyihani amalga oshirishda:
olingan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishini taʼminlashi;
olingan xayr-ehsonlar hisobini yuritishi;
xayr-ehsonlar olingan kundan boshlab oʻn kun ichida ular toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida, shuningdek agar oʻz rasmiy veb-saytlari mavjud boʻlsa, mazkur veb-saytlarda axborot berishi;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlardan foydalanish uchun xususiy sherikka tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
15-bob. Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining mablagʻlari hisobidan subsidiyalar ajratish
(15-nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Oldingi tahrirga qarang.
113. Davlat sherigi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotining moliyalashtirish hajmlari toʻgʻrisidagi barcha zarur hisob-kitoblarni oʻz ichiga olgan davlat subsidiyalari ajratilishi toʻgʻrisidagi murojaatini koʻrib chiqib, Komissiya ijobiy qaror qabul qilgan boʻlsa, xususiy sherik bilan 3 yildan ortiq boʻlmagan muddatga bitim tuzadi.
(113-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
114. Davlat sherigi har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga bitimlar roʻyxatini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan qoʻshimcha xarajatlarni koʻrsatgan holda taqdim etib boradi.
Keyingi tahrirga qarang.
115. Bir vaqtning oʻzida xususiy sherik mahalliy moliya organini faoliyat boshlanganligi haqida xabardor qiladi, bitimning koʻchirma nusxasini va joriy oyda bolalarni qabul qilish rejasini taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
116. Xususiy sherik qoʻshimcha tarzda hisobot oyidan keyingi har oyning 3 sanasigacha mahalliy moliya organiga ota-onalar toʻlovlari toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga maktabgacha taʼlim tashkilotiga qatnagan tarbiyalanuvchilar toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etishi shart.
(116-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
117. Mahalliy moliya organlari hisobot oyidan keyingi har oyning 10 sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan tartibga muvofiq nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga subsidiya ajratadi.
(117-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
16-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
118. Vazirlik zarurat boʻlsa, xususiy sherik bilan kelishuv boʻyicha davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimga, jumladan xususiy sherik tomonidan ota-onalar toʻlovining imtiyozli hajmlari boʻyicha oʻqitilishi shart boʻlgan ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar farzandlari hamda maxsus kontingent sonini oshirishga doir qismiga oʻzgartishlar kiritish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimga, jumladan xususiy sherik tomonidan ota-onalar toʻlovining imtiyozli hajmlari boʻyicha oʻqitilishi shart boʻlgan ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar farzandlari hamda maxsus kontingent sonini kamaytirishga doir qismiga oʻzgartishlar kiritish masalasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan qoʻshimcha tarzda kelishib olish talab etiladi.
(118-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-yanvardagi PQ-4581-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.01.2020-y., 07/20/4581/0098-son)
119. Ushbu Nizom talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PQ-3651-sonli qaroriga
5-ILOVA
5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-sonli qarori 1-bandining uchinchi — beshinchi xatboshilari, shuningdek, qarorning 3-va 4-ilovalari.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi markaziy apparatining tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 7-noyabrdagi PQ-3378-sonli qarori.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2018-y., 07/12/3651/1007-son, 01.10.2018-y., 07/18/3955/1978-son; 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son; 31.01.2020-y., 07/20/4581/0098-son, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son; 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son, 12.04.2021-y., 07/21/5071/0319-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2021-y., 07/21/5144/0548-son, 12.08.2021-y., 06/21/6277/0788-son, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son; 18.03.2022-y., 07/22/168/0228-son; 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son; 13.07.2023-y., 06/23/109/0469-son; 27.09.2023-y., 07/23/316/0729-son; 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son; 04.07.2024-y., 06/24/98/0467-son; 04.10.2024-y., 06/24/152/0773-son; 21.03.2025-y., 06/25/51/0261-son; 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son; 07.02.2026-y., 06/26/19/0118-son)