05.04.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2993
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining qarori, 05.04.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2993
Кучга кириш санаси
06.07.2018
Hujjat 31.01.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

Akademik litseylarda imtiyozli ovqatlantirishni tashkil qilish hamda xarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar toʻlovini toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 5-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2993]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26sentabrdagi PQ-3290-son “Oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Akademik litseylarda imtiyozli ovqatlantirishni tashkil qilish hamda xarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar toʻlovini toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I. MADJIDOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,

2018-yil 27-fevral,

3-2018-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri D. KUCHKAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 27-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-son

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Moliya vazirligining 2018-yil 27-fevraldagi 3-2018 va 33-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademik litseylarda imtiyozli ovqatlantirishni tashkil qilish hamda xarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar toʻlovini toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-sentabrdagi PQ-3290-son “Oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq akademik litseylarda imtiyozli ovqatlantirishni tashkil qilish hamda xarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar toʻlovini toʻlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomning talablari idoraviy boʻysunuvidan qatʼi nazar barcha akademik litseylarga nisbatan tatbiq etiladi, budjetdan mablagʻ oluvchi hisoblanmaydigan va qonun hujjatlari bilan alohida tartib oʻrnatilgan akademik litseylar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Akademik litseylardan uzoq joylashgan hududlardan qabul qilingan oʻquvchilar (doimiy yashash joyi boshqa tumanda (shaharda) boʻlgan, akademik litsey yotoqxonasida yashaydigan yoki boshqa turar joylarda ijara asosida yashaydigan oʻquvchilar) ularning ota-onalari toʻlovi hisobiga xarajatlarni qisman (har oyda bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari miqdorida) qoplagan holda, qolgan qismi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan imtiyozli uch mahal (ertalabki nonushta, tushlik va kechki ovqat) ovqatlantirilishi taʼminlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ijara asosida yashaydigan oʻquvchilar ota-onalarining murojaatlariga asosan har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida ota-onalar toʻlovi hisobiga xarajatlarni qisman qoplagan holda faqat tushlik uchun belgilangan oziq-ovqat xarajatlari miqdorida ovqatlantirilishi tashkil etiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Moliya vazirligining 2019-yil 17-yanvardagi 1-2020 va 2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2993-1, 31.01.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.01.2020-y., 10/20/2993-1/0118-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bir oʻquvchi uchun kunlik uch mahal ovqatlantirish xarajati ota-onalar toʻlovini qoʻshib hisoblaganda belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizigacha miqdorda belgilanadi. Bunda:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Moliya vazirligining 2019-yil 17-yanvardagi 1-2020 va 2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2993-1, 31.01.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.01.2020-y., 10/20/2993-1/0118-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ertalabki nonushta uchun xarajatlar — kunlik belgilangan ovqatlantirish xarajatining 20 foizidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tushlik uchun xarajatlar — kunlik belgilangan ovqatlantirish xarajatining 45 foizidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kechki ovqat uchun xarajatlar — kunlik belgilangan ovqatlantirish xarajatining 35 foizidan oshmagan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Akademik litseylarda imtiyozli ovqatlantirishni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Akademik litseylarda imtiyozli ovqatlantirishni tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-maydagi 132-son qarori bilan tasdiqlangan Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida sogʻlom ovqatlanishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Akademik litseylarda imtiyozli ovqatlanish yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlari, yakka tartibdagi tadbirkorlar (bundan buyon matnda taʼminotchi deb ataladi) hamda taʼlim muassasasi tomonidan tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Akademik litseylarda oʻquvchilarni imtiyozli uch mahal ovqatlantirish mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladigan imtiyozli ovqatlanish kartochkasi (bundan buyon matnda imtiyozli ovqatlanish kartochkasi deb yuritiladi) asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Akademik litseylardan uzoq joylashgan hududlardan qabul qilingan oʻquvchilar (doimiy yashash joyi boshqa tumanda (shaharda) boʻlgan, akademik litsey yotoqxonasida yashaydigan yoki boshqa turar joylarda ijara asosida yashaydigan oʻquvchilar) roʻyxati oʻquv yilining boshida (10-sentabrdan kechiktirmasdan) akademik litseyning maʼmuriyati tomonidan shakllantirilib, akademik litsey direktori buyrugʻi bilan tasdiqlanadi hamda oʻquvchilarga imtiyozli ovqatlanish kartochkasi beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ijara asosida yashaydigan oʻquvchilarining roʻyxati ularning ijara asosida yashashini tasdiqlovchi hujjatiga asosan shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Imtiyozli ovqatlanish kartochkasini olgan oʻquvchilarning roʻyxati ularning F.I.O., guruhi, shaxsiy tartib raqami koʻrsatilgan holda Imtiyozli ovqatlantiriladigan oʻquvchilarning hisobini yuritish jurnaliga (bundan buyon matnda jurnal deb yuritiladi) qayd qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jurnalning betlari izchil raqamlangan, ip oʻtkazilib tikilgan hamda akademik litsey direktori tomonidan imzolangan va muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Jurnal taʼminotchiga (akademik litseyning masʼul oshpaziga) taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Jurnal har bir oy uchun alohida yuritiladi. Jurnal joriy oy yakunlangandan soʻng taʼminotchi (akademik litseyning masʼul oshpazi) tomonidan akademik litseyning buxgalteriyasiga uch ish kuni ichida topshiriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Moliya vazirligining 2019-yil 17-yanvardagi 1-2020 va 2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2993-1, 31.01.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.01.2020-y., 10/20/2993-1/0118-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Imtiyozli oʻquvchilar roʻyxatiga oʻquv yili davomida akademik litsey direktorining buyrugʻiga asosan tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻquvchilarga joriy oʻquv yili uchun imtiyozli ovqatlanish kartochkalari 10-sentabrga qadar akademik litsey maʼmuriyati tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Imtiyozli ovqatlanish kartochkasini boshqa shaxslarga foydalanish uchun berish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻquvchilar imtiyozli ovqatlanish uchun taʼminotchiga (akademik litseyning masʼul oshpaziga) imtiyozli ovqatlanish kartochkasini koʻrsatishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼminotchi (akademik litseyning masʼul oshpazi) imtiyozli ovqatlanish kartochkasini koʻrsatgan oʻquvchilarga jurnalga tegishli belgi qoʻygan holda ularning imtiyozli ovqatlanishini taʼminlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Taʼminotchi (akademik litseyning masʼul oshpazi) ovqatlantirish xizmatini koʻrsatgandan soʻng har kunning yakunida jurnaldagi maʼlumotlarga asosan bajarilgan ishlar dalolatnomasini (nonushtada, tushlikda va kechki ovqatdagi oʻquvchilar soni koʻrsatilgan holda) tuzib, uni akademik litsey buxgalteriyasiga taqdim etib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼminotchi va akademik litsey oʻrtasida oʻzaro hisob-kitobni amalga oshirish uchun bajarilgan ishlar dalolatnomasi asosida kunlik, haftalik yoki oylik hisob-fakturalar rasmiylashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Ota-onalar toʻlovini toʻlash va hisoblash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Akademik litseylarda oʻquvchilarni imtiyozli uch mahal ovqatlantirish uchun ota-onalar toʻlovi ota-onalar bilan akademik litsey maʼmuriyati oʻrtasida tuzilgan shartnomaga asosan har oyning oʻninchi sanasidan kechiktirmasdan toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ota-onalar toʻlovi belgilangan tartibda naqd pul, plastik karta orqali yoki pul oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ota-onalar toʻlovini hisoblash akademik litseyning buxgalteriyasi tomonidan amalga oshiriladi. Bunda toʻlovlarning hisob-kitobi har bir oʻquvchi kesimida yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Oʻquvchining yoki oila aʼzolarining kasalligi, karantin holatida boʻlganligi tufayli oʻquvchi akademik litseyga ketma-ket uch kundan ortiq kelmagan davr uchun toʻlangan toʻlovlar keyingi oy uchun toʻlovni amalga oshirishda hisobga olinadi. Bunda, oʻquvchining kelmagan kunlari soni bir kunlik toʻlov miqdoriga koʻpaytirilib, keyingi oy uchun toʻlov summasi chiqqan summaga kamaytiriladi. Agar oʻquvchining kelmagan kunlari uchun toʻlov hali amalga oshirilmagan boʻlsa, joriy oy uchun toʻlanishi lozim boʻlgan toʻlov miqdori u kelmagan kunlar uchun hisoblangan toʻlov summasiga kamaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Oʻquvchining yoki uning oila aʼzolarining kasalligi, karantin holatida boʻlganligi tufayli oʻquvchining akademik litseyga kelmaganligi tegishli davolash-profilaktika muassasasi yoki uchastka shifokori tomonidan beriladigan maʼlumotnoma bilan tasdiqlanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquvchining akademik litseyga sababsiz kelmagan hollarda ota-onalar toʻlovi qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Tegishli davolash-profilaktika muassasasi yoki uchastka shifokori tomonidan beriladigan maʼlumotnoma taqdim etilmaganda oʻquvchining akademik litseyda sababsiz boʻlmagan kunlari uchun toʻlov toʻliq oy uchun hisoblanadi va umumiy asoslarda undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Oʻquvchi akademik litseyning ichki tartib-qoidalarini buzishi yoki boshqa huquqbuzarlik qilishi natijasida oʻqishdan chetlatilganda (oʻz ixtiyoriga koʻra chetlatilishi bundan mustasno) toʻlovlar qayta hisob-kitob qilinmaydi va qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Oʻquvchilar imtiyozli ovqat bilan taʼminlanmaydigan qishki va yozgi taʼtillar davrida ovqatlantirish xarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar toʻlovi undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Imtiyozli ovqatlantirish taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan mablagʻlarni akademik litseyning boshqa turdagi xarajatlariga yoʻnaltirish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Akademik litsey direktori va bosh buxgalteri moliyalashtiriladigan mablagʻlardan xarajatlar smetasiga muvofiq maqsadli foydalanilishi uchun shaxsan javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Ushbu Nizomning talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vaziri A. SHODMANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 8-fevral
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z. MIRZAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 9-fevral
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Madaniyat vaziri B. SAYFULLAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 12-fevral

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri v.b. Sh. SHERMATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 11-fevral
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi ishlar vaziri A. KOMILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 12-fevral
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. ZAKIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 8-fevral
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi raisi A. ABDUVALIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 11-fevral
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi bosh direktori Q. SANAQULOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 13-fevral
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademik litseylarda imtiyozli ovqatlantirishni tashkil qilish hamda xarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar toʻlovini toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2018-y., 10/18/2993/1010-son; 31.01.2020-y., 10/20/2993-1/0118-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 12.04.2025-y., 10/25/2993-2/0336-son; 02.10.2025-y., 10/25/2993-3/0892-son)