Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“GIDROTEXNIKA INSHOOTLARINING XAVFSIZLIGI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
“Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi deklaratsiyasi va xavfsizlik deklaratsiyasining davlat ekspertizasi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Gidrotexnika inshootlarining kadastrini yuritish tartibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Belgilansinki, I, II va III sinfga mansub xavf darajasi yuqori boʻlgan gidrotexnika inshootlarining texnik holati va bexatar ishlashi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda “Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi) tomonidan, III sinfdan past boʻlgan gidrotexnika inshootlari boʻyicha esa — inshootlarning mansubligiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ, “Oʻzbekgidroenergo” AJ va boshqa tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-avgustdagi 525-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/525/0803-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda mukammallik klasslari boʻyicha gidrotexnika inshootlari roʻyxatini, shuningdek gidrotexnika inshootlarining bexatar ishlashini taʼminlash boʻyicha avariya moddiy-texnika zaxiralarini yaratish hamda ulardan foydalanish tartibini tasdiqlash uchun ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 1-noyabrdagi 434-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 21-son, 149-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Energetika va elektrlashtirish vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi bilan birgalikda 2000-yil mobaynida, “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va ushbu qaror talablarini hisobga olgan holda, qurilish normalari va qoidalariga oʻzgartirishlar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ, “Oʻzbekgidroenergo” AJ, tizimida gidrotexnika inshootlari boʻlgan tashkilotlar.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-avgustdagi 525-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/525/0803-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 24-avgustdagi 242-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 34-35-son, 350-modda)
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.M. Olimjonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 16-noyabr,
499-son
Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi deklaratsiyasi va xavfsizlik deklaratsiyasining davlat ekspertizasi toʻgʻrisida
NIZOM
1. Mazkur Nizom “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan, gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi deklaratsiyalari (keyingi oʻrinlarda — xavfsizlik deklaratsiyasi deb ataladi) mazmunini, ularni tuzish va davlat ekspertizasidan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
2. Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini deklaratsiyalash gidrotexnika inshootlarini loyihalashtirish, qurish, foydalanishga topshirish, ulardan foydalanish, ularni foydalanishdan chiqarishda, shuningdek rekonstruksiya qilish, mukammal tuzatish, tiklash yoki konservatsiyalashdan keyin majburiy hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat mulki boʻlgan, respublika, mintaqa, suv xoʻjaligi va energetika tizimiga kiruvchi I, II, III sinfga mansub xavf darajasi yuqori boʻlgan suv gidrotexnika inshootlari, shuningdek, roʻyxati “Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi bilan kelishgan holda deklaratsiyalaydigan tashkilot tomonidan belgilanadigan favqulodda vaziyatlarda yuqori darajada xavf soluvchi III sinfdan past boʻlgan gidrotexnika inshootlari deklaratsiyalanishi kerak.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-avgustdagi 525-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/525/0803-son)
Keyingi tahrirga qarang.
3. Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi deklaratsiyasi gidrotexnika inshootlari xavfsizligi asoslab beriladigan, ularning xavfsizlik mezonlariga, loyihaga, amaldagi qurilish normalari va qoidalariga muvofiqligi belgilanadigan, shuningdek yuzaga kelishi mumkin boʻlgan avariya holatlari xususiyatlari va koʻlami hamda inshootning mukammallik klassi hisobga olingan holda ulardan foydalanish xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlari belgilanadigan hujjat hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Foydalanilayotgan gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi deklaratsiyasi foydalanuvchi tashkilot tomonidan, loyihalashtirilayotgan va qurilayotgan gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi deklaratsiyasi esa — buyurtmachi vazifasini bajaruvchi tashkilotlar (keyingi oʻrinlarda — deklarantlar deb ataladi) tomonidan tuziladi.
Deklaratsiyani va uning ayrim boʻlimlarini ishlab chiqishga boshqa tashkilotlar hamda alohida mutaxassislar shartnoma asosida jalb qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi deklaratsiyasi 3 nusxada tuziladi va “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasiga (keyingi oʻrinlarda nazorat organi deb ataladi), hududida gidrotexnika inshooti joylashgan viloyat hokimligiga taqdim etiladi. Deklaratsiyaning birinchi nusxasi foydalanuvchi tashkilotda saqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Deklaratsiya:
Keyingi tahrirga qarang.
taqdim etiladigan axborotning toʻliqligi va ishonchliligi;
Keyingi tahrirga qarang.
avariyalar va shikastlanishlar xavfi va ssenariylarining har tomonlama va toʻliq aniqlanishi;
Keyingi tahrirga qarang.
xavflar va tavakkalchiliklarni tahlil qilishga nisbatan qoʻllaniladigan yondashuvlar va usullarning asoslanganligi;
xavflarni tahlil qilish boʻyicha bajarilgan hisob-kitoblarning toʻliqligi va ishonchliligi, hisob-kitoblar natijalariga taʼsir qiluvchi barcha omillarning har tomonlama toʻliq hisobga olinishi;
rejalashtirilayotgan xavfsizlik chora-tadbirlarining ishonchliligi va ularning amaldagi meʼyoriy va huquqiy hujjatlar qoidalariga muvofiqligi talablariga javob berishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Xavfsizlik deklaratsiyasini ishlab chiqishda “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa meʼyoriy hujjatlar talablarini hisobga olish kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Gidrotexnika inshootlari xavfsizligi deklaratsiyasini tuzishdan oldin inshootning texnik holati naturada kuzatilishi va tekshirilishi kerak. Yangidan ishga tushirilayotgan inshootlar uchun qurilish davridagi kuzatish maʼlumotlaridan foydalaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Xavfsizlik deklaratsiyasida quyidagilar boʻlishi kerak:
a) sarvaraq, unda quyidagi maʼlumotlar keltiriladi: deklaratsiyaning roʻyxatdan oʻtkazish raqami, deklaratsiyani tasdiqlash (roʻyxatdan oʻtkazish) grifi, deklaratsiya obyektining nomi;
b) gidrotexnika inshootlari va ular joylashgan tumanning tabiiy sharoitlari, loyihada, foydalanish qoidalarida va nazorat organi koʻrsatmalarida nazarda tutilgan xavfsizlikni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, foydalanuvchi tashkilot toʻgʻrisidagi asosiy maʼlumotlarni oʻz ichiga oluvchi umumiy axborot;
Keyingi tahrirga qarang.
v) gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi tahlili va uni baholash, shu jumladan xavfning yuzaga kelishi mumkin boʻlgan manbalarini aniqlash hamda gidrotexnika inshootining unga yoʻl qoʻymaslikka yoki favqulodda vaziyatlar oqibatlarini pasaytirishga tayyorligini tahlil qilish va baholash ham shu jumlaga kiradi;
g) alohida konstruktiv elementlar uchun xavfsizlik mezonlarini hamda umuman inshootning xavfsizlik darajasini aniqlagan holda inshootlarning texnik holati ustidan naturada kuzatish natijalari;
Keyingi tahrirga qarang.
d) obyektlarni qoʻriqlash tizimi va alohida davrda ularning xavfsizligini taʼminlash toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
e) gidrotexnika inshootlarida yuz berishi mumkin boʻlgan va paydo boʻladigan avariya vaziyatlari toʻgʻrisida aholini, nazorat organlarini, viloyat hokimliklarini xabardor qilish tartibi;
Keyingi tahrirga qarang.
j) xulosa, u alohida uzellar va umuman gidrotexnika inshootining xavfsizligi darajasiga berilgan bahoni, shuningdek xavfsizlikni taʼminlashga doir zarur chora-tadbirlar roʻyxatini oʻz ichiga oladi;
Keyingi tahrirga qarang.
z) qurilishi tugallangan gidrotexnika inshootining davlat komissiyasi tomonidan qabul qilib olinishi toʻgʻrisidagi dalolatnoma;
Keyingi tahrirga qarang.
Ilovalar:
Keyingi tahrirga qarang.
a) tekshirish dalolatnomasi bilan birgalikda gidrotexnika inshootining holati toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
b) gidrotexnika inshootlarining tiyib turish jabhasi bosimi yorib oʻtgan taqdirda suv bosadigan zonada qoladigan tutash hududlar bilan birga inshootlarni joylashtirish rejasi;
Keyingi tahrirga qarang.
v) mazkur ochiq suv oqimlarida joylashgan suv omborlari kaskadi sxemasi;
Keyingi tahrirga qarang.
g) kanallarning chiziqli sxemasi;
d) asosiy gidrotexnika inshootlariga xos boʻlgan boʻylama va koʻndalang kesimlar;
Keyingi tahrirga qarang.
e) nazorat-oʻlchash apparatlarini va asosiy gidrotexnika inshootlaridagi kuzatish nuqtalarini joylashtirish sxemasi;
Keyingi tahrirga qarang.
j) gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan muhandislik-texnik va tashkiliy tadbirlar rejasi.
10. Xavfsizlik deklaratsiyasi foydalanuvchi tashkilot rahbari tomonidan imzolanadi, u xavfsizlik deklaratsiyasida taqdim etilgan axborotning toʻliqligi va ishonchliligi uchun javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Foydalanilayotgan gidrotexnika inshootlarining xavfsizlik deklaratsiyasi deklarant tomonidan nazorat organlariga 5 yilda kamida bir marta, shuningdek nazorat organining qaroriga koʻra yoki deklarantning tashabbusi bilan quyidagi hollarda taqdim etiladi:
inshootning ishonchliligi darajasi pasayishi xavfi paydo boʻlganda, favqulodda vaziyatlarning oldini olish shart-sharoitlari yomonlashganda, xavf aniqlangan paytdan boshlab uch oy mobaynida;
xavfsizlik sohasidagi amaldagi talablar (normalar va qoidalar) oʻzgarganda, favqulodda vaziyatlar davom etishi toʻxtatilganda va tugatilganda, tegishli meʼyoriy hujjatlar amalga kiritilgandan keyin 6 oydan kechikmay;
gidrotexnika inshootlari rekonstruksiya qilingandan, mukammal tuzatilgandan, tiklangandan yoki konservatsiya qilingandan keyin — tegishli qurilish-montaj ishlari qabul qilib olingungacha.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Loyihalashtirilayotgan gidrotexnika inshootlarining xavfsizlik deklaratsiyasi nazorat organiga loyihaning davlat ekspertizasi oʻtkazilayotgan davrda taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Qurilayotgan gidrotexnika inshootlarining xavfsizlik deklaratsiyasi nazorat organiga inshootni vaqtincha yoki doimiy foydalanishga topshirishning belgilangan muddatidan kamida 4 oy oldin taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Nazorat organi:
Keyingi tahrirga qarang.
a) xavfsizlik deklaratsiyalari mazmuniga va gidrotexnika inshootlarining vazifasiga, mukammalligi darajasiga, konstruksiya xususiyatlariga, foydalanish shart-sharoitlariga va xavfsizlikka nisbatan qoʻyiladigan maxsus talablarga bogʻliq ravishda har xil turdagi gidrotexnika inshootlari xavfsizligi deklaratsiyasi xususiyatlarini hisobga oluvchi ularni tuzish metodikasiga qoʻyiladigan qoʻshimcha talablarni;
b) xavfsizlik deklaratsiyalari shaklini;
Keyingi tahrirga qarang.
v) xavfsizlik deklaratsiyalarini taqdim etish jadvalini belgilaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
15. Nazorat organi xavfsizlik deklaratsiyasining davlat ekspertizasi oʻtkazilishini tashkil etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Deklaratsiyada koʻrsatilgan maʼlumotlarning, jumladan:
gidrotexnika inshootlarida avariya vaziyatlari paydo boʻlishi xavfini aniqlash darajasi;
gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini taʼminlash boʻyicha nazarda tutilgan chora-tadbirlarning yetarliligi va ushbu chora-tadbirlarning normalar va qoidalarga muvofiqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning toʻliqligi va ishonchliligini aniqlash xavfsizlik deklaratsiyasi davlat ekspertizasining maqsadi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Gidrotexnika inshootlarining xavfsizlik deklaratsiyalari davlat ekspertizasi “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasining Ekspert kengashi tomonidan oʻtkaziladi. Ekspert kengashi ekspert komissiyalarini tuzadi, ular ishiga alohida mutaxassislar bilan birgalikda ilmiy-tadqiqot va loyihalash tashkilotlari ham jalb etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Xavfsizlik deklaratsiyasining davlat ekspertizasi xarajatlar smetasi hamda Ekspert kengashi tomonidan deklarantga yuboriladigan hisob raqami asosida toʻlov evaziga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Xavfsizlik deklaratsiyasini davlat ekspertizasidan oʻtkazish muddati ekspertiza oʻtkazilganligi uchun deklarant tomonidan hisob raqamiga toʻlov toʻlangan kundan boshlab 3 oydan oshmasligi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Ekspert kengashi ekspert komissiyalari tarkibiga kiritilgan mutaxassislarga qoʻyiladigan malaka talablarini, ekspert komissiyalarini shakllantirish va ularning ish tartibini belgilaydi, ekspertlar oʻquvini va ularning ish tajribasini ayirboshlashni tashkil etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Ekspert kengashi belgilangan muddatda Ekspert komissiyasining xulosasini nazorat organiga yuboradi. Ekspert komissiyasi xulosasi nazorat organi tomonidan tasdiqlangandan keyin xavfsizlik deklaratsiyasi davlat ekpertizasining xulosasi maqomiga ega boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Ekspert komissiyasi tomonidan salbiy xulosa qabul qilingan taqdirda deklarant takroriy davlat ekspertizasi oʻtkazilishini talab qilishga haqlidir. Nazorat organi deklarantning tegishli sabablari koʻrsatilgan arizasini koʻrib chiqadi hamda ariza tushgan kundan boshlab ikki oy muddatda oʻz qarorini unga maʼlum qiladi, mazkur Nizomning 25-bandida koʻrsatilgan hollar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Nazorat organi xavfsizlik deklaratsiyasini va ekspert komissiyasi xulosasini koʻrib chiqadi hamda ushbu hujjatlar nazorat organiga tushgan kundan boshlab bir oy muddatda tasdiqlash yoki tasdiqlashni rad etish toʻgʻrisida qaror chiqaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
24. Agar xavfsizlik deklaratsiyasi va Ekspert komissiyasi xulosasi nazorat organi tomonidan koʻrib chiqilayotganda xavfsizlik darajasi pasayganligidan dalolat beruvchi holatlar aniqlansa, nazorat organi gidrotexnika inshootlarini inspektorlik tekshiruvidan oʻtkazadi va taqdim etilgan xavfsizlik deklaratsiyasini tekshirish natijalarini hisobga olgan holda koʻrib chiqadi. Bunda xavfsizlik deklaratsiyasini koʻrib chiqish va tasdiqlash muddati 4 oygacha uzaytirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Gidrotexnika inshootlarining xavfsizlik darajasi pasaygan, shuningdek ularning xavfsizligi boʻyicha chora-tadbirlar bajarilmagan taqdirda nazorat organi xavfsizlik deklaratsiyasining amal qilish muddatini qisqartirishga haqlidir.
26. Nazorat organi tomonidan tasdiqlangan xavfsizlik deklaratsiyasi gidrotexnika inshootini kadastrga kiritish hamda ushbu organ tomonidan gidrotexnika inshootlarini foydalanishga topshirish va foydalanishdan chiqarishga, rekonstruksiya qilish, konservatsiyalash va tugatishga ruxsatnomalar berish uchun asos hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
27. Gidrotexnika inshootlari xavfsizlik deklaratsiyasining davlat ekspertizasi salbiy xulosasi hamda deklaratsiyani tasdiqlash rad etilishi toʻgʻrisidagi qaror yuzasidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
28. Nazorat organi xavfsizlik deklaratsiyasi maʼlumotlari bazasini shakllantiradi va yuritadi, xavfsizlik deklaratsiyalari taqdim etilishi muddatlarini nazorat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Gidrotexnika inshootlarining kadastrini yuritish
TARTIBI
Keyingi tahrirga qarang.
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Oʻzbekiston Respublikasi Gidrotexnika inshootlarining kadastri “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq inshootlarning texnik holatini hisobga olish va baholash, ularning bexatar ishlashini taʼminlash maqsadida yuritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Gidrotexnika inshootlari kadastri inshootning tabiiy shart-sharoitlari, joylashgan oʻrni, texnik, sifat va miqdor tavsifnomalari, xizmat qilish muddati, egasi toʻgʻrisidagi va boshqa maʼlumotlarni tashkil etuvchi maʼlumotlar tizimi va hujjatlardan iborat boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Davlat mulki boʻlgan gidrotexnika inshootlari, shuningdek korxonalarning respublika va mintaqalar suv xoʻjaligi va energetika tizimiga kiruvchi gidrotexnika inshootlari Kadastr obyekti hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Gidrotexnika inshootlari kadastri inshootlarning texnik holatini har tomonlama oʻrganish va baholash, sifat va miqdor tavsifnomalarini va foydalanish darajasini hisobga olish maqsadida yuritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Maʼlumotlarni ishlab chiqish, turkumlash, saqlash, yangilash va obyekt haqida axborot taqdim etish texnologiyasini takomillashtirish gidrotexnika inshootlari kadastrining asosiy vazifasi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Favqulodda vaziyatlarning paydo boʻlish xavfini tugʻdiruvchi gidrotexnika inshootlarini qamrab olish, yuritish uslublarining yagonaligi, kadastr axborotlarining haqqoniyligi gidrotexnika inshootlari kadastrini yuritishning asosiy prinsiplari hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Gidrotexnika inshootlari kadastri manfaatdor organlarni ehtimol boʻlgan avariyalarning oldini olish maqsadida gidrotexnika inshootlari xavfsizligi, foydalanishni toʻgʻri tashkil etish, ularning texnik holatini baholash toʻgʻrisidagi axborotlar bilan taʼminlash uchun moʻljallangan.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Gidrotexnika inshootlari kadastrini yuritish topogeodeziya qidiruvlarini, gidrologiya, geologiya, gidrogeologiya, geofizika, naturada kuzatishlar va boshqa maxsus tadqiqotlar, shuningdek gidrotexnika inshootlarini maxsus reyestrda roʻyxatdan oʻtkazish bilan taʼminlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Gidrotexnika inshootlari kadastrini yuritish boʻyicha ishlar davlat budjetidan mablagʻ bilan taʼminlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
II. GIDROTEXNIKA INSHOOTLARI KADASTRINING MAZMUNI
Keyingi tahrirga qarang.
10. Gidrotexnika inshootlari kadastrida har bir inshootga kadastr raqami bergan holda inshootni maxsus reyestrda roʻyxatdan oʻtkazish, turkumlash, sifat va miqdorga oid tavsifnomalarni hisobga olish hamda inshoot boʻyicha maʼlumotlarni tegishli shakllarga kiritish, saqlash, yangilash va axborotlarni foydalanish uchun berish nazarda tutiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Gidrotexnika inshootlari kadastriga inshoot boʻyicha umumiy maʼlumotlar, gidrologiya, geologiya, gidrogeologiya, litologiya shart-sharoitlari tavsifnomasi, inshootlar tarkibi, suv xoʻjaligi, suv-energetika, texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar, qidiruvlar, naturada kuzatishlar, konstruktiv chizmalar, sxemalar, grafiklar ilova qilingan holda inshoot holatini belgilovchi mavjud defektlar kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Gidrotexnika inshootlari kadastrining mazmun boʻyicha aniq gidrotexnika inshootining (suv ombori, sel-suv ombori, nasos stansiyasi, gidrouzel, kanal, kollektor va boshqalar) turiga nisbatan qoʻllaniladigan shakllari Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ, “Oʻzbekgidroenergo” AJ bilan kelishgan holda “Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-avgustdagi 525-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/525/0803-son)
Keyingi tahrirga qarang.
III. GIDROTEXNIKA INSHOOTLARINING KADASTRINI YURITISH
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
13. I, II, III sinfga mansub va davlat mulki boʻlgan, shuningdek, respublika, mintaqa, suv xoʻjaligi va energetika tizimiga kiruvchi xavf darajasi yuqori boʻlgan gidrotexnika inshootlarining kadastri “Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan, III sinfdan past boʻlgan boshqa gidrotexnika inshootlari boʻyicha — inshootlarning mansubligiga qarab Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ, “Oʻzbekgidroenergo” AJ va boshqa tashkilotlar tomonidan yuritiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-avgustdagi 525-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/525/0803-son)
Keyingi tahrirga qarang.
14. Gidrotexnika inshootlari kadastrini yuritish yuklangan organlar gidrotexnika inshootlarining texnik holati va xavfsizligi ustidan nazorat (monitoring)ni taʼminlaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Gidrotexnika inshootlari kadastr maʼlumotlarini yangilashda inshootning tavsifnomasiga va texnik holatiga taʼsir qiluvchi rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash va boshqa omillar natijasida roʻy bergan oʻzgarishlar aniqlanadi va roʻyxatdan oʻtkaziladi. Inshootlar egalari bir oy muddatda gidrotexnika inshootlari kadastrini yuritish yuklangan organlarga koʻrsatib oʻtilgan oʻzgarishlar haqida axborot taqdim etishga majburdirlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 24-avgustdagi 242-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan —OʻR QHT, 2011-y., 34-35-son, 350-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y., 11-son, 66-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 21-son, 149-modda; 2004-y., 9-son, 105-modda; 16-son, 185-modda; 2005-y., 7-son, 59-modda; 2010-y., 20-son, 152-modda; 2011-y., 34-35-son, 350-modda; 2017-y., 34-son, 889-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/525/0803-son; 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son; 28.09.2023-y., 09/23/500/0732-son; 15.01.2024-y., 09/24/26/0029-son)