29.03.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2987
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining kunduzgi taʼlim shakliga nomzodlar tanlovini oʻtkazish boʻyicha metodikalarni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 29-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2987]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-dekabrdagi 958-son “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining kunduzgi va sirtqi taʼlim shakllariga nomzodlarni tanlash va oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq, buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining kunduzgi taʼlim shakliga nomzodlar tanlovini oʻtkazish boʻyicha metodikalar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir P. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2018-yil 13-fevral,
35-son
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 13-fevraldagi 35-son buyrugʻiga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining kunduzgi taʼlim shakliga nomzodlar tanlovini oʻtkazish boʻyicha
METODIKALAR
Mazkur Metodikalar Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-dekabrdagi 958-son “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining kunduzgi va sirtqi taʼlim shakllariga nomzodlarni tanlash va oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining kunduzgi va sirtqi taʼlim shakllariga tanlash va oʻqishga qabul qilishda nomzodlarni psixofiziologik oʻrganish, yozma ish oʻtkazish, nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini, chet tillarini oʻzlashtirganligini baholash hamda ularni yakka tartibdagi yakuniy suhbatdan oʻtkazish uslublarini belgilaydi.
1-bob. Psixofiziologik oʻrganish metodikasi
1. Psixofiziologik oʻrganish nomzodning psixofiziologik xislatlari va individual xususiyatlarini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.
2. Psixofiziologik oʻrganish avtomatlashtirilgan psixofiziologik komplekslar (bundan buyon matnda maxsus kompleks deb yuritiladi) yordamida amalga oshiriladi.
3. Nomzodlarni psixofiziologik oʻrganish maxsus kompleks yordamida oʻtkazilishining asosiy tamoyili — nomzodning psixofiziologik xususiyati boʻyicha xulosa qilishda inson omilidan holi boʻlish va subyektivlikdan saqlanish hisoblanadi.
4. Psixofiziologik oʻrganish oʻtkaziladigan kunda nomzod maxsus jihozlangan xonaga kiritilishidan oldin unga mazkur Metodikada nazarda tutilgan psixofiziologik oʻrganish oʻtkazish tartibi, maxsus kompleksning texnik xususiyatlari, xavfsizlik nuqtai nazaridan oʻzini qanday tutishi lozimligi tushuntiriladi hamda tegishli yoʻl-yoʻriqlar beriladi.
5. Psixofiziologik oʻrganish nomzodning hissiy (somatik), psixoemotsional holati yaxshi boʻlgandagina oʻtkazilishi lozim.
6. Psixofiziologik oʻrganish boshlanishidan oldin oʻzini yomon his qilayotgan yoki sogʻligʻidan shikoyat qilayotgan nomzodlar mazkur oʻrganishga qoʻyilmaydi. Bunda, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-dekabrdagi 958-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining kunduzgi taʼlim shakliga nomzodlarni tanlash va oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq tashkil etilgan Nomzodlarni tanlash va oʻqishga qabul qilish boʻyicha qabul komissiyasi (bundan buyon matnda qabul komissiyasi deb yuritiladi) aʼzosi tomonidan mazkur holat yuzasidan dalolatnoma tuziladi.
Mazkur bandda nazarda tutilgan holda psixofiziologik oʻrganishga kiritilmagan nomzodga keyingi guruhlar tarkibida psixofiziologik oʻrganishdan oʻtish uchun qabul komissiyasi tomonidan ruxsat beriladi.
7. Psixofiziologik oʻrganish har bir nomzod uchun alohida maxsus jihozlangan xonada oʻtkaziladi.
Ushbu xona tabiiy yoki sunʼiy holda yoritilgan hamda shovqindan himoyalangan boʻlishi lozim.
Xonada nomzodga ajratilgan joy qulay boʻlishi kerak.
8. Psixofiziologik oʻrganish oʻtkaziladigan xonaga nomzodlar bir nafardan kiritiladi.
Nomzodlar psixofiziologik oʻrganish oʻtkaziladigan xonaga oʻzining shaxsini tasdiqlovchi hujjatini koʻrsatgan holda kiritiladi.
9. Nomzodning qoʻllariga maxsus kompleksning elektrodlari ulanadi. Nomzodga mazkur elektrodlar orqali 10 daqiqagacha boʻlgan vaqt davomida kichik quvvatli elektr impulslar uzatiladi.
10. Psixofiziologik oʻrganish davomida nomzod bilan muloqotga kirishishga yoʻl qoʻyilmaydi.
11. Psixofiziologik oʻrganish davomida nomzod uzluksiz ravishda kuzatib turiladi.
12. Psixofiziologik oʻrganish yakunida maxsus kompleks nomzodning psixofiziologik xususiyatini 5 ballik tizimda aniqlaydi.
13. Nomzodning maxsus kompleks tomonidan aniqlangan natijasi 6.0 koefitsentga koʻpaytirish orqali “30” ballik tizimda quyidagi formula asosida baholanadi:
D = E × 6
D — yakuniy ball;
E — maxsus kompleks nomzodning psixofiziologik xususiyati boʻyicha natijasi.
Psixofiziologik oʻrganishda uzrsiz sabalarga koʻra qatnashmagan nomzodlar “0” ball bilan baholanadi.
14. Psixofiziologik oʻrganish natijalari boʻyicha shu kunning oʻzida mazkur Metodikalarning 1-ilovasiga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi.
15. Qaydnoma psixofiziologik oʻrganishda ishtirok etgan qabul komissiyasining aʼzolari tomonidan imzolanadi hamda shu kunning oʻzida qabul komissiyasining masʼul kotibiga topshiriladi.
2-bob. Yozma ish oʻtkazish metodikasi
16. Yozma ish nomzodning imloviy va tinish belgilariga oid (ishorat) savodxonlik darajasini hamda mustaqil ijodiy fikrlash qobiliyatini baholash maqsadida oʻtkaziladi.
17. Yozma ish nomzodlar tomonidan bayon yoki insho yozish orqali amalga oshiriladi.
Yozma ishning bayon yoki insho yozish shaklida oʻtkazilishi qabul komissiyasi tomonidan belgilanadi.
18. Yozma ish oʻtkazish uchun tegishli vazirliklar va idoralar bilan kelishuv asosida malakali mutaxassislar jalb qilinishi mumkin.
19. Bayonning matnlari va inshoning mavzulari umumiy oʻrta, boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlimi fanlarining oʻquv dasturlariga muvofiq shakllantiriladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2020-yil 26-fevraldagi 86-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2987-1, 18.03.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2020-y., 10/20/2987-1/0334-son)
20. Bayonning matnlari va (yoki) inshoning mavzulari 1-iyun kuniga qadar qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
21. Tasdiqlangan matn va (yoki) mavzular qabul komissiyasi kotibi tomonidan nomzodlar sonidan kelib chiqib koʻpaytiriladi va ularning zarur miqdorda, xato va kamchiliklarsiz boʻlishi uchun u masʼul hisoblanadi.
22. Matn va (yoki) mavzular qabul komissiyasi kotibida saqlanadi va u ularning oshkor qilinmasligi uchun masʼul hisoblanadi.
23. Yozma ish oʻtkazilayotgan xonaga jadval, lugʻat, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirish taqiqlanadi.
24. Nomzodlar yozma ish oʻtkaziladigan auditoriyaga oʻzining shaxsini tasdiqlovchi hujjatini koʻrsatgan holda kiritiladi.
25. Yozma ish boshlanishidan oldin qabul komissiyasi aʼzolari tomonidan nomzodlarga yozma ish oʻtkazish tartibi tushuntiriladi hamda raqamlangan daftarlar tarqatiladi.
26. Nomzod raqamlangan daftarning ustki qismiga oʻzining familiyasi, ismi va otasining ismini hamda guruh raqami haqidagi maʼlumotlarni yozadi.
27. Nomzodlarga bayon matni bir marotaba tushunarli va toʻliq oʻqib eshittiriladi. Bayon matnining hajmi 250 — 300 ta soʻzdan iborat boʻladi.
Bayon matni oʻqib eshittirilgandan keyin nomzodlarga bayon yozish uchun 2 akademik soat (80 daqiqa) vaqt beriladi.
Bayon yozish vaqtida nomzodlarga bayon matnining takroran oʻqib eshittirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
28. Bayonni muddatidan oldin yozib tugatgan yoki bayon yozish uchun ajratilgan vaqt tugagach, nomzod bayon yozishni toʻxtatadi va oʻzining raqamlangan daftarini qabul komissiya aʼzosiga topshirib auditoriyani tark etadi.
29. Qabul komissiyasi aʼzosi nomzodlardan qabul qilib olingan daftarlarini mutaxassislarga tekshirish uchun topshiradi.
30. Auditoriyada matnni oʻqib eshittirgan shaxsga shu auditoriyadagi nomzodlarning yozgan bayonlarini tekshirishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
31. Nomzodlar tomonidan yozilgan bayon “30” ballik tizimda baholanadi.
Bayon:
matn mazmuni toʻgʻri, mantiqli va izchil bayon etilgan, soʻz boyligi, gap qurilishi va ifoda uslubi adabiy til talablariga mos boʻlib, matn mazmuniga ijodiy yondashilgan, savodxonlikda 1 ta imloviy va 2 ta ishoratga oid xatolikka yoʻl qoʻyilgan, umumiy xatolar 3 tadan oshmagan deb topilganda — “30” ball bilan baholanadi;
matn mazmuni toʻgʻri, mantiqli va izchil bayon etilgan, soʻz boyligi, gap qurilishi va ifoda uslubi adabiy til talablariga mos boʻlib, matn mazmuniga ijodiy yondashilgan, savodxonlikda 2 ta imlo, 3 ta ishoratga oid va 1 ta uslubiy xatolikka yoʻl qoʻyilgan, umumiy xatolar 6 tadan oshmagan deb topilganda — “25” ball bilan baholanadi;
fikr bayonida mantiqiy izchillik buzilgan, soʻz tanlashda va ifoda qurilishida kamchiliklar kuzatilgan, matnda mavzudan chetga chiqish holatlari kuzatilgan, savodxonlikda 4 ta imlo, 4 ta ishoratga oid va 2 ta uslubiy xatolikka yoʻl qoʻyilgan, umumiy xatolar 10 tadan oshmagan deb topilganda — “20” ball bilan baholanadi;
matn bayonida mantiqiy izchillik yetishmagan, gap tuzishda kamchiliklar kuzatilgan, soʻz boyligi kam, savodxonlikda 5 ta imlo, 6 ta ishoratga oid va 3 ta uslubiy xatolikka yoʻl qoʻyilgan, umumiy xatolar 14 tadan oshmagan deb topilganda — “15” ball bilan baholanadi;
matn bayonida mantiqiy izchillik buzilgan, soʻz boyligi kam, savodxonlikda 7 ta imlo, 8 ta ishoratga oid va 5 ta uslubiy xatolikka yoʻl qoʻyilgan, umumiy xatolar 20 tadan oshmagan deb topilganda — “10” ball bilan baholanadi;
mavzu ochilmagan, fikrlar bir-biriga bogʻlanmagan, savodxonlikda 7 tadan ortiq imlo, 8 tadan ortiq ishoratga oid va 5 tadan ortiq uslubiy xatolikka yoʻl qoʻyilgan, bayonning mazmuni boshqa mavzuda yozilgan, umumiy xatolar 20 tadan ortiq deb topilganda — “0” ball bilan baholanadi.
Nomzod daftarni bayon yozilmagan boʻsh holda topshirganda u “0” ball bilan baholanadi.
32. Nomzodlarga insho mavzusi bir marotaba tushunarli va toʻliq oʻqib eshittiriladi.
33. Nomzodlarga insho yozish uchun 3 akademik soat (120 daqiqa) vaqt beriladi.
34. Nomzod tomonidan yoziladigan insho matnini mantiqan izchil, tushunarli bayon etilishi, shuningdek inshoning rejasi mavzuga mos, ijodiy hamda mustaqil tuzilishi lozim.
35. Inshoni belgilangan muddatdan oldin yozib tugatgan yoki insho yozish uchun ajratilgan vaqt tugagach, nomzod insho yozishni toʻxtatadi va oʻzining raqamlangan daftarini komissiya aʼzosiga topshirib auditoriyani tark etadi.
36. Qabul komissiyasi aʼzosi nomzodlardan qabul qilib olingan daftarlarini mutaxassislarga tekshirish uchun topshiradi.
37. Auditoriyada mavzuni oʻqib eshittirgan shaxs shu auditoriyadagi nomzodlarning yozgan insholarini tekshirishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
38. Nomzodlar tomonidan yozilgan insho “30” ballik tizimda baholanadi.
Insho:
reja mustaqil va ijodiy tuzilgan, mavzu mantiqiy izchillikda va batafsil yoritilgan, soʻz boyligi, gap qurilishi va ifoda uslubi adabiy til talablariga mos boʻlib, mavzu mazmuniga ijodiy yondashilgan, xulosalar toʻgʻri chiqarilgan, savodxonlikda 3 ta imloviy va 6 ta ishoratga oid xatolikka yoʻl qoʻyilgan, umumiy xatolar 9 tadan oshmagan deb topilganda — “30” ball bilan baholanadi;
reja mustaqil tuzilgan, mavzu batafsil yoritilgan, adabiy til talablariga mos yozilgan, ammo fikrni bayon qilishda ijodiy yondashilmagan, savodxonlikda 6 ta imlo, 9 ta ishoratga oid va 3 ta uslubiy xatolikka yoʻl qoʻyilgan, umumiy xatolar 18 tadan oshmagan deb topilganda — “25” ball bilan baholanadi;
reja mustaqil tuzilgan, mavzu izchil bayon etilmagan, adabiy til talablariga mos yozilgan, ammo fikr mantiqiy ketma-ketlikda bayon qilinmagan, savodxonlikda 10 ta imlo, 12 ta ishoratga oid va 6 ta uslubiy xatolikka yoʻl qoʻyilgan, umumiy xatolar 28 tadan oshmagan deb topilganda — “20” ball bilan baholanadi;
reja mavzu doirasidan chetga chiqqan holda tuzilgan, mavzu toʻliq va mantiqiy ketma-ketlikda yoritilmagan, savodxonlikda 12 ta imlo, 15 ta ishoratga oid va 8 ta uslubiy xatolikka yoʻl qoʻyilgan, umumiy xatolar 35 tadan oshmagan deb topilganda — “15” ball bilan baholanadi;
reja mavzu doirasidan chetga chiqqan holda tuzilgan, mavzu toʻliq va mantiqiy ketma-ketlikda yoritilmagan, savodxonlikda 15 ta imlo, 18 ta ishoratga oid va 10 ta uslubiy xatolikka yoʻl qoʻyilgan, umumiy xatolar 43 tadan oshmagan deb topilganda — “10” ball bilan baholanadi;
mavzu ochilmagan, fikrlar bir-biriga bogʻlanmagan, savodxonlikda 15 tadan ortiq imlo, 18 tadan ortiq ishoratga oid va 10 tadan ortiq uslubiy xatolikka yoʻl qoʻyilgan, bayonning mazmuni boshqa mavzuda yozilgan, umumiy xatolar 43 tadan ortiq deb topilganda — “0” ball bilan baholanadi.
Nomzod daftarni insho yozilmagan boʻsh holda topshirganda u “0” ball bilan baholanadi.
Yozma ishda uzrsiz sabalarga koʻra qatnashmagan nomzodlar “0” ball bilan baholanadi.
39. Quyidagi holatlar mavjud boʻlgan taqdirda yozma ishdagi xatolar 1 ta xato deb hisoblanadi:
5 ta oʻrinda “h” yoki “oʻ” harflari oʻrnida tegishlicha “x” yoki “u” harflari yozilgan boʻlsa;
tinish belgilarini qoʻllashda 6 tagacha xatolikka yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
kelishik qoʻshimchalarini qoʻllashda 3 tagacha xatolikka yoʻl qoʻyilgan boʻlsa.
40. Quyidagilar xato deb hisoblanmaydi:
tasodifiy xatolar (masalan, “tushunmoq” soʻzi barcha oʻrinlarda toʻgʻri yozilgan, biroq bitta oʻrinda notoʻgʻri yozilgan yoki “1441” oʻrniga “1941” yozilgan boʻlsa);
takroriy xatolar (masalan, “qutulmoq” soʻzi 5 tagacha oʻrinda “qutilmoq” tarzida qoʻllanilgan boʻlsa);
soʻz koʻchirishdagi xatolar (masalan, voqe-a yoki oktya-br);
ayrim atamalarning yozilishidagi xatolar (masalan, Choʻlpon ota — Choʻpon ota, Yunusobod — Yunus-obod).
41. Yozma ishdagi tuzatishlar miqdori 5 tadan ortiq boʻlsa, baho bir ballga pasaytiriladi.
42. Yozma ish natijalari boʻyicha shu kunning oʻzida mazkur Metodikalarning 5-ilovasiga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi.
43. Qaydnoma yozma ishni oʻtkazishda ishtirok etgan qabul komissiyasi aʼzolari tomonidan imzolanadi hamda shu kunning oʻzida qabul komissiyasining masʼul kotibiga topshiriladi.
3-bob. Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash metodikasi
44. Nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarligi darajasini baholash ularning mazkur Metodikada nazarda tutilgan mashqlarni bajarishlarini tekshirish orqali amalga oshiriladi.
45. Umumjismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajarish boshlanishidan oldin nomzodlarga qabul komissiyasi tarkibiga kiritilgan mutaxassislar tomonidan mashqlarni bajarishga qoʻyiladigan talablar, mezonlar hamda mashqlarni bajarish tartibi tushuntiriladi.
46. Nomzodlar umumjismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajarishda sport kiyimida boʻlishlari shart.
47. Nomzodlar tomonidan bajarilishi lozim boʻlgan umumjismoniy tayyorgarlik mashqlari va ularni bajarishga qoʻyiladigan talablar yigitlar va qizlar uchun alohida belgilanadi.
48. Quyidagilar yigitlar tomonidan bajarilishi lozim boʻlgan umumjismoniy tayyorgarlik mashqlari hisoblanadi:
toʻsinda (turnikda) tortilish;
100 metrga yugurish;
3000 metrga yugurish.
49. Quyidagilar qizlar tomonidan bajarilishi lozim boʻlgan umumjismoniy tayyorgarlik mashqlari hisoblanadi:
kuch ishlatish mashqlari kompleksi;
100 metrga yugurish;
1000 metrga yugurish.
50. Umumjismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajarish oraligʻida nomzodlarga dam olish uchun kamida 10 daqiqa vaqt beriladi.
51. Umumjismoniy tayyorgarlik mashqlarini uzrsiz sabablarga koʻra bajarmagan, shuningdek mashqlarni bajarishda “0” ball bilan baholangan nomzodlarga qayta topshirishga ruxsat berilmaydi.
52. Quyidagilar toʻsinda (turnikda) tortilish mashqiga qoʻyiladigan talablar hisoblanadi:
bosh barmoq poya ichkarisidan ushlanadi, tana biroz rostlanadi, tizza boʻgʻimi toʻgʻirlanadi, oyoq uchlari choʻziladi, tovonlar birlashtiriladi;
iyak toʻsin (turnik) poyasidan oʻtgunga qadar qoʻllar bukiladi;
harakat toʻliq amalga oshirilishi bilan dastlabki holatga qaytiladi (osilish holati 2 soniyagacha davom etishi mumkin).
Ushbu mashqni bajarishda oyoqlarni bukish va kerish, tanani harakatsiz holatda egish hamda oyoqlar bilan siltanma harakatlar qilish taqiqlanadi.
53. Nomzod tomonidan bajarilgan toʻsinda (turnikda) tortilish mashqi quyidagicha baholanadi:
13 marotaba va undan ortiq tortilganda — “10” ball;
11 — 12 marotaba tortilganda — “7” ball;
9 — 10 marotaba tortilganda — “5” ball;
1 — 8 marotaba tortilganda yoki umuman tortila olmaganda — “0” ball.
54. 100 metrga yugurish mashqi yuqori yoki quyi startdan amalga oshiriladi hamda stadionning yugurish yoʻlakchasida yoki qattiq qoplamli tekis joylarda oʻtkaziladi.
55. Nomzod tomonidan bajarilgan 100 metrga yugurish mashqi quyidagicha baholanadi:
a) yigitlar uchun:
14,2 soniya ichida bajarganda — “10” ball;
14,3 — 14,6 soniyada bajarganda — “7” ball;
14,7 — 15,4 soniyada bajarganda — “5” ball;
15,5 soniyada va undan ortiq vaqtda bajarganda yoki umuman bajarmaganda — “0” ball.
b) qizlar uchun:
17,0 soniya ichida bajarganda — “10” ball;
17,1 — 17,8 soniyada bajarganda — “7” ball;
17,9 — 18,4 soniyada bajarganda — “5” ball;
18,5 soniyada va undan ortiq vaqtda bajarganda yoki umuman bajarmaganda — “0” ball.
56. 3000 va 1000 metrga yugurish mashqlari stadionning yugurish yoʻlakchalari yoki tekis joylarda, umumiy yoki alohida start berilgan holda oʻtkaziladi.
Start va marra chiziqlari bir joyda belgilanishi mumkin.
57. Nomzod tomonidan bajarilgan 3000 metrga yugurish mashqi quyidagicha baholanadi:
12,50 daqiqa ichida bajarganda — “10” ball;
12,50 daqiqadan ortiq, biroq 13,10 daqiqagacha bajarganda — “7” ball;
13,10 daqiqadan ortiq, biroq 13,45 daqiqagacha bajarganda — “5” ball;
13,45 daqiqadan ortiq vaqtda bajarganda yoki umuman bajarmaganda — “0” ball bilan baholanadi.
58. Nomzod tomonidan bajarilgan 1000 metrga yugurish mashqi quyidagicha baholanadi:
4,30 daqiqa ichida bajarganda — “10” ball;
4,30 daqiqadan ortiq, biroq 4,50 daqiqagacha bajarganda — “7” ball;
4,50 daqiqadan ortiq, biroq 5,20 daqiqagacha bajarganda — “5” ball;
5,20 daqiqadan ortiq vaqtda bajarganda yoki umuman bajarmaganda — “0” ball bilan baholanadi.
59. Nomzod tomonidan kuch ishlatish mashqlari kompleksini bajarishda 1 daqiqa ichida 2 ta mashq uzluksiz bajariladi.
Har bir mashqni bajarish uchun 30 soniyadan vaqt ajratiladi.
Birinchi mashqni bajarish uchun ajratilgan 30 soniya vaqt tugaganligi eʼlon qilinganda, nomzod darhol ikkinchi mashqni bajarishga kirishadi.
Quyidagilar birinchi mashqni bajarishga qoʻyiladigan talablar hisoblanadi:
chalqancha yotiladi;
qoʻllar belda, tizzalar bukilmagan holda oyoqlar toʻpiq qismidan boshqa odam yordamida ushlanadi;
dastlabki holatdan gavda oldinga koʻtarilib, qoʻllar oyoq uchiga tekkandan soʻng, dastlabki holatga qaytiladi.
Ushbu mashqni bajarish vaqtida tizzalarni bukish va sherik tomonidan oyoqlarni qoʻyib yuborish taqiqlanadi.
Quyidagilar ikkinchi mashqni bajarishga qoʻyiladigan talablar hisoblanadi:
tayanib yotiladi, qoʻllar yelka kengligida tizzalar bukilmagan holatda boʻladi;
qoʻllar bukilib yoziladi (bunda bel hamda yelka qismlari birgalikda va tekis tushib chiqishi shart);
qoʻllar bukilib tana erga nisbatan parallel holatga keltirilgandan soʻng, dastlabki holatga qaytiladi.
Ushbu mashqni bajarish vaqtida qoʻllar chala bukilib yozilishi, bel va yelkalar har xil tushib chiqishi, tizzalarning erga tegishi taqiqlanadi.
60. Nomzod tomonidan bajarilgan kuch ishlatish mashqlari kompleksi quyidagicha baholanadi:
34 marotaba va undan ortiq bajarilganda — 10 ball;
32 — 33 marotaba bajarilganda — 7 ball;
28 — 31 marotaba bajarilganda — 5 ball;
1 — 27 marotaba bajarilganda yoki umuman bajarilmaganda — 0 ball.
61. Umumjismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajargan nomzodlarni baholash natijalari boʻyicha shu kunning oʻzida mazkur Metodikalarning 3-ilovasiga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi.
62. Qaydnoma qabul komissiyasining umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholashda ishtirok etgan aʼzolari tomonidan imzolanadi hamda shu kunning oʻzida qabul komissiyasining masʼul kotibiga topshiriladi.
4-bob. Chet tillarini oʻzlashtirganlikni baholash metodikasi
1-§. Umumiy qoidalar
63. Nomzodlarning chet tillarini oʻzlashtirganlik darajasini baholash test sinovlari yoki nazariy imtihon oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
64. Umumiy oʻrta, boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus professional muassasalarida ingliz, nemis va fransuz tillarini oʻzlashtirgan nomzodlar uchun test sinovlari oʻtkaziladi.
(64-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2020-yil 26-fevraldagi 86-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2987-1, 18.03.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2020-y., 10/20/2987-1/0334-son)
65. Umumiy oʻrta, boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus professional muassasalarida boshqa chet tilini (ispan, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uygʻur va boshqa tillar) oʻzlashtirgan nomzodlar uchun nazariy imtihon sinovlari oʻtkaziladi.
(65-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2020-yil 26-fevraldagi 86-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2987-1, 18.03.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2020-y., 10/20/2987-1/0334-son)
66. Test sinovlariga yoki nazariy imtihonga uzrli sabablarsiz kelmagan nomzodlar uchun imtihon qayta oʻtkazilmaydi.
67. Test savollari va nazariy imtihon savollari umumiy oʻrta, boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlimi umumtaʼlim fan dasturlari doirasida tuziladi.
(67-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2020-yil 26-fevraldagi 86-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2987-1, 18.03.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2020-y., 10/20/2987-1/0334-son)
68. Test savollari va nazariy imtihon savollari qabul komissiyasi tomonidan 1-iyun kuniga qadar tasdiqlanadi.
69. Test savollari va ularning javoblari hamda nazariy imtihon savollari qabul komissiyasi kotibida saqlanadi va u ularning oshkor qilinmasligi uchun masʼul hisoblanadi.
2-§. Test sinovlarini oʻtkazish
70. Test sinovlari kompyuter texnikalari bilan jihozlangan maxsus xonada oʻtkaziladi.
Nomzod kompyuter dasturlarida beriladigan savollarga javoblarni belgilash orqali test sinovlaridan oʻtadi.
71. Test sinovlari oʻtkazilayotgan xonaga jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirish taqiqlanadi.
72. Test sinovlarini oʻtkazishni boshlashdan avval qabul komissiyasi aʼzolari nomzodlarga test sinovlarini oʻtkazish tartibini tushuntirishi shart.
73. Nomzodga 30 ta test savoli beriladi.
Test savollarini yechish uchun 1 soat (60 daqiqa) vaqt beriladi.
74. Har bir test savolida 4 tadan javob varianti (A, B, C, D) beriladi. Nomzodlar test savollarini yechishda faqat bitta toʻgʻri javobni belgilashi lozim.
Javoblar toʻgʻri belgilanishi uchun nomzod shaxsan javobgardir. Javoblarni notoʻgʻri belgilagan nomzodlarning eʼtirozi koʻrib chiqilmaydi.
75. Test sinovlarini topshirish vaqtida nomzodning xonadan chiqishi taqiqlanadi, nomzodning sogʻligʻi yomonlashgan holatlar bundan mustasno.
76. Nomzodga test sinovlarini qayta topshirishga ruxsat berilmaydi.
77. Test sinovlarini oʻtkazish vaqtida test sinovlari oʻtkazilayotgan xonada nomzodlar, qabul komissiyasi aʼzolaridan tashqari boshqa shaxslarning boʻlishi taqiqlanadi.
78. Test sinovlarini belgilangan muddatdan oldin bajargan yoki test sinovlarini bajarish uchun ajratilgan vaqt tugagach, shu vaqtning oʻzida nomzodga uning test sinovlari natijalari kompyuter ekranida eʼlon qilinadi.
79. Nomzodning test savollariga bergan toʻgʻri javoblari avtomatik ravishda kompyuter dasturi orqali har bir toʻgʻri javob uchun “1” ball bilan baholanadi.
Test sinovlarida uzrsiz sabalarga koʻra qatnashmagan nomzodlar “0” ball bilan baholanadi.
80. Test sinovlarining natijalari boʻyicha shu kunning oʻzida qabul komissiyasi aʼzolari tomonidan mazkur Metodikalarning 5-ilovasiga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi.
81. Qaydnoma test sinovlarida ishtirok etgan qabul komissiyasi aʼzolari tomonidan imzolanadi hamda shu kunning oʻzida qabul komissiyasining masʼul kotibiga topshiriladi.
3-§. Nazariy imtihon sinovlarini oʻtkazish
82. Nazariy imtihon sinovlarini oʻtkazish uchun qabul komissiyasiga kelishuv asosida tegishli chet tillari boʻyicha malakali mutaxassislar jalb qilinishi mumkin.
83. Nazariy imtihon sinovlari qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan reja-jadval asosida oʻtkaziladi.
84. Qabul komissiyasi nazariy imtihon boshlanishidan kamida 15 kun oldin nomzodlar eʼtiboriga tasdiqlangan nazariy imtihon oʻtkaziladigan fanlar dasturini, ularni baholash mezonlarini va imtihonlar reja-jadvalini maʼlum qiladi.
85. Nazariy imtihonda nomzodga tegishli chet tili boʻyicha quyidagi topshiriqlar beriladi:
1 betdan iborat matnni oʻqib berish;
1 betdan iborat matnni tarjima qilib berish;
oʻqigan matnining mazmunini gapirib berish;
mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan qabul komissiyasi aʼzolari tomonidan beriladigan 2 ta savolga javob berish.
86. Nomzodlarning topshiriqlarni bajarganligi qabul komissiyasi aʼzolari tomonidan quyidagi mezonlar asosida “30” ballik tizimda baholanadi:
matnni oʻqishda xatolikka yoʻl qoʻymadi, matnni toʻliq tarjima qildi, matnning mazmunini toʻliq gapirib berdi, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan savollarga toʻliq javob berdi, deb topilganda — “30” ball;
matnni oʻqishda 2 tagacha xatolikka yoʻl qoʻydi, matnning 90 foizini tarjima qildi, matnning mazmunini gapirib berdi, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan savollarning 1 tasiga javob berdi, deb topilganda — “25” ball;
matnni oʻqishda 3 tadan 5 tagacha xatolikka yoʻl qoʻydi, matnning 80 foizini tarjima qildi, matnning mazmunini qisman gapirib berdi, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan savollarga javob bermadi, deb topilganda — “20” ball;
matnni oʻqishda 6 tadan 8 tagacha xatolikka yoʻl qoʻydi, matnning 70 foizini tarjima qildi, matnning mazmunini gapirib bera olmadi, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan savollarga javob bermadi, deb topilganda — “15” ball;
matnni oʻqishda 9 tadan 10 tagacha xatolikka yoʻl qoʻydi, matnning 60 foizini tarjima qildi, matnning mazmunini gapirib bera olmadi, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan savollarga javob bermadi, deb topilganda — “10” ball;
matnni oʻqishda 1 tadan 12 tagacha xatolikka yoʻl qoʻydi, matnning 50 foizini tarjima qildi, matnning mazmunini gapirib bera olmadi, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan savollarga javob bermadi, deb topilganda — “5” ball;
matnni oʻqishda 12 va undan ortiq xatolikka yoʻl qoʻydi, matnning 50 foizini tarjima qila olmadi, matnning mazmunini gapirib bera olmadi, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan savollarga javob bermadi, deb topilganda — “0” ball.
87. Nomzod berilgan topshiriqlarni bajargandan soʻng, qabul komissiyasining har bir aʼzosi nomzodga oʻzining bahosini qoʻyadi. Qabul komissiyasi aʼzolari tomonidan qoʻyilgan baholar muhokama qilinib, nomzodga oʻrtacha arifmetik ball qoʻyiladi.
Nazariy imtihonda uzrsiz sabalarga koʻra qatnashmagan nomzodlar “0” ball bilan baholanadi.
88. Nazariy imtihon natijalari imtihon yakunlangandan soʻng nomzodlarga eʼlon qilinadi.
89. Nazariy imtihon natijalari boʻyicha shu kunning oʻzida qabul komissiyasi aʼzolari tomonidan mazkur Metodikalarning 6-ilovasiga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi.
90. Qaydnoma nazariy imtihonda ishtirok etgan qabul komissiyasi aʼzolari tomonidan imzolanadi hamda shu kunning oʻzida qabul komissiyasining masʼul kotibiga topshiriladi.
5-bob. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat oʻtkazish metodikasi
91. Yakka tartibdagi yakuniy suhbatning asosiy maqsadi huquqshunoslik, Oʻzbekiston va jahon tarixi, adabiyot, tarbiya fanlari boʻyicha nomzodlarning bilimlarini har tomonlama va xolisona baholashdan iborat.
(91-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2020-yil 17-sentabrdagi 260-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2987-2, 16.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2020-y., 10/20/2987-2/1393-son)
92. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat ogʻzaki shaklda nomzod tomonidan tanlab olingan biletlardagi savollarga javob berish orqali amalga oshiriladi.
93. Biletda 4 ta fan (huquqshunoslik, Oʻzbekiston va jahon tarixi, adabiyot, tarbiya fanlari) boʻyicha 1 tadan savol aks ettiriladi.
(93-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2020-yil 17-sentabrdagi 260-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2987-2, 16.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2020-y., 10/20/2987-2/1393-son)
Savollar umumiy oʻrta, boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlimi fanlarining oʻquv dasturlariga muvofiq ishlab chiqiladi.
(93-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2020-yil 26-fevraldagi 86-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2987-1, 18.03.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2020-y., 10/20/2987-1/0334-son)
94. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat savollari qabul komissiyasi raisi tomonidan 1-iyun kuniga qadar tasdiqlanadi.
95. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat savollari qabul komissiyasi kotibida saqlanadi va u ularning oshkor qilinmasligi uchun masʼul hisoblanadi.
96. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat Qabul komissiyasi tomonidan kollegiallik prinsipi asosida har bir fan boʻyicha kamida bir nafardan malakali mutaxassis jalb etilgan holda oʻtkaziladi.
97. Nomzodlar yakka tartibdagi yakuniy suhbatdan oʻtish uchun qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha ketma-ketlikda auditoriyaga kiritiladi. Auditoriyadagi nomzodlar soni 5 nafardan ortiq boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
98. Nomzodlar yakka tartibdagi yakuniy suhbat oʻtkaziladigan auditoriyaga oʻzining shaxsini tasdiqlovchi hujjatini koʻrsatgan holda kiritiladi.
99. Nomzod biletlardan birini tanlaydi va biletning raqamini Yakuniy suhbat komissiyasi aʼzolariga oʻqib eshittiradi hamda tayyorlanish uchun ajratilgan joyga borib oʻtiradi.
100. Nomzodga tayyorlanishi uchun 20 daqiqa vaqt beriladi. Nomzod savollarga tayyorlanish uchun ajratilgan vaqt tugashidan oldin javob berishga tayyorligini bildirsa, unga javob berishga ruxsat beriladi.
101. Nomzodning savollarga bergan javobi qabul komissiyasining har bir aʼzosi tomonidan quyidagi jadvalda koʻrsatilgan mezonlar asosida foiz hisobida baholanadi:

T/r

Baholash mezonlari

Mezonlarni baholash darajasi (foizda)

Maksimal

Juda yuqori

Yuqori

Oʻrtadan yuqori

Oʻrta

Oʻrtadan past

Past

Juda past

Qoniqarsiz

1.

Savol mazmun va mohiyatini ochib berishi

25

23

21

19

17

15

10

5

0

2.

Javobni mantiqan va ketma-ketlikda izchil ifodalashi

25

23

21

19

17

15

10

5

0

3.

Mustaqil va ijodiy fikrlashi

25

23

21

19

17

15

10

5

0

4.

Javobni yoritishda ishonchli dalillar yoki
normativ-huquqiy hujjatlarga havola qilishi

25

23

21

19

17

15

10

5

0

102. Nomzodning 4 ta fan boʻyicha savollarga bergan javobi “180” ballik tizimda baholanadi.
103. Nomzodning har bir fan boʻyicha savolga bergan javobi quyidagicha aniqlanadi:
huquqshunoslik fani boʻyicha — 80 ballik tizimda;
Oʻzbekiston va jahon tarixi fanlari boʻyicha — 40 ballik tizimda;
adabiyot fani boʻyicha — 40 ballik tizimda;
tarbiya fani boʻyicha — 20 ballik tizimda.
(103-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2020-yil 17-sentabrdagi 260-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2987-2, 16.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2020-y., 10/20/2987-2/1393-son)
104. Nomzodning har bir savol boʻyicha bergan javobi quyidagi formulaga muvofiq hisoblanadi:
‎‏
X — savol boʻyicha toʻplangan ball;
A — savol boʻyicha maksimal ball;
V — savol boʻyicha toʻplangan foiz.
105. Qabul komissiyasi aʼzolari tomonidan qoʻyilgan baholar muhokama qilinib, har bir nomzodga yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalari boʻyicha oʻrtacha arifmetik ball qoʻyiladi.
Yakka tartibdagi yakuniy suhbatda uzrsiz sabalarga koʻra qatnashmagan nomzodlar “0” ball bilan baholanadi.
106. Har bir nomzodning yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalari mazkur Metodikalarning 6-ilovasiga muvofiq shakldagi qaydnomaga qabul komissiyasi aʼzolari tomonidan kiritiladi.
107. Qaydnoma qabul komissiyasi aʼzolari tomonidan imzolanadi hamda shu kunning oʻzida qabul komissiyasining masʼul kotibiga topshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining kunduzgi taʼlim shakliga nomzodlar tanlovini oʻtkazish boʻyicha metodikalarga
1-ILOVA

‎‎Nomzodlarning psixofiziologik oʻrganish natijalari boʻyicha

‎QAYDNOMA

‎‎20__ yil “____” _________________

T/r‎

‎‎Nomzodlarning F.I.O.

‎‎Nomzodning toʻplagan yakuniy balli

1.‎

‎‎ ‎‎

2.‎

‎‎ ‎‎

3.‎

‎‎ ‎‎

...‎

‎‎ ‎‎

‎‎
‎‎Qabul komissiyasi aʼzolari:

__________________________‎‎(F.I.O.)
‎__________________________‎‎(F.I.O.)

‎‎__________________________‎‎(F.I.O.)

______________‎‎(imzo)
‎______________‎‎(imzo)

‎______________‎‎(imzo)

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining kunduzgi taʼlim shakliga nomzodlar tanlovini oʻtkazish boʻyicha metodikalarga
2-ILOVA

Nomzodlarning yozma ish natijalari boʻyicha

‎QAYDNOMA

‎‎20__ yil “____” _________________

T/r‎

‎‎Nomzodlarning F.I.O.

‎‎Nomzodning toʻplagan balli

1.‎

‎‎ ‎‎

2.‎

‎‎ ‎‎

3.‎

‎‎ ‎‎

...‎

‎‎ ‎‎

‎‎
‎‎Qa�ul komissiyasi aʼzolari:

__________________________‎‎(F.I.O.)
‎__________________________‎‎(F.I.O.)

‎‎__________________________‎‎(F.I.O.)

______________‎‎(imzo)
‎______________‎‎(imzo)

‎‎______________‎‎(imzo)

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining kunduzgi taʼlim shakliga nomzodlar tanlovini oʻtkazish boʻyicha metodikalarga
3-ILOVA

Nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasi natijalari boʻyicha

‎QAYDNOMA

‎‎20__ yil “____” _________________

T/r

‎‎‎‎Nomzodlarning F.I.O.

‎‎Mashqlarning nomi va ballari

‎‎‎‎Umumiy
‎‎ball

Yigitlar uchun‎‎

Toʻsinda ‎(turnikda)
‎‎tortilish‎‎

100 metrga
‎yugurish‎‎

‎‎‎3000 metrga
‎yugurish

Qizlar uchun‎‎

Kuch ishlatish mashqlari kompleksi‎‎

100 metrga
‎yugurish‎‎

1000 metrga
‎yugurish‎‎

natija‎‎

ball

natija‎‎ ‎‎

ball‎‎ ‎‎‎

natija‎‎ ‎‎

ball‎‎ ‎‎‎

1.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎‎ ‎‎ ‎‎‎ ‎‎ ‎‎‎ ‎‎

2.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎‎ ‎‎ ‎‎‎ ‎‎ ‎‎‎ ‎‎

3.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎‎ ‎‎ ‎‎‎ ‎‎ ‎‎‎ ‎‎

...‎

‎‎ ‎‎ ‎‎‎ ‎‎ ‎‎‎ ‎‎ ‎‎‎ ‎‎

‎‎
‎‎Qabul komissiyasi aʼzolari:

__________________________‎‎(F.I.O.)
‎__________________________‎‎(F.I.O.)

‎‎__________________________‎‎(F.I.O.)

______________‎‎(imzo)
‎______________‎‎(imzo)

‎‎______________‎‎(imzo)

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining kunduzgi taʼlim shakliga nomzodlar tanlovini oʻtkazish boʻyicha metodikalarga
4-ILOVA

Test sinovlari natijalari boʻyicha

‎QAYDNOMA

‎‎20__ yil “____” _________________

T/r‎

‎‎Nomzodlarning F.I.O.

‎‎Toʻgʻri javoblar
‎soni

‎‎Notoʻgʻri javoblar soni

‎‎Nomzodning toʻplagan umumiy balli

1.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

2.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

3.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

...‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

‎‎
‎‎Qabul komissiyasi aʼzolari:

__________________________‎‎(F.I.O.)
‎__________________________‎‎(F.I.O.)

‎‎__________________________‎‎(F.I.O.)

______________‎‎(imzo)
‎______________‎‎(imzo)

‎‎______________‎‎(imzo)

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining kunduzgi taʼlim shakliga nomzodlar tanlovini oʻtkazish boʻyicha metodikalarga
5-ILOVA

Nazariy imtihon natijalari boʻyicha

‎QAYDNOMA

‎‎20__ yil “____” _________________

T/r‎

‎‎Nomzodlarning F.I.O.

‎‎Nomzodning toʻplagan balli

1.‎

‎‎ ‎‎

2.‎

‎‎ ‎‎

3.‎

‎‎ ‎‎

...‎

‎‎ ‎‎

‎‎
‎‎Qabul ko�issiyasi aʼzolari:

__________________________‎‎(F.I.O.)
‎__________________________‎‎(F.I.O.)

‎‎__________________________‎‎(F.I.O.)

______________‎‎(imzo)
‎______________‎‎(imzo)

‎‎______________‎‎(imzo)

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining kunduzgi taʼlim shakliga nomzodlar tanlovini oʻtkazish boʻyicha metodikalarga
6-ILOVA

Yakka tartibdagi yakuniy suhbat oʻtkazish boʻyicha

‎QAYDNOMA

‎‎20__ yil “____” _________________

‎‏T/r

‎‎Nomzodlarning F.I.O.

Nomzodning savollarga bergan javoblari boʻyicha
‎qoʻyilgan ballar

‎‎‎1-savolga

2-savolga ‎‎

‎3-savolga ‎‎

4-savolga ‎‎

Nomzodning toʻplagan
‎umumiy ‎balli

1.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

2.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

3.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

...‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

‎‎
‎‎Qabul komissiyasi aʼzolari:

__________________________‎‎(F.I.O.)
‎__________________________‎‎(F.I.O.)

‎‎__________________________‎‎(F.I.O.)

______________‎‎(imzo)
‎______________‎‎(imzo)

‎‎______________‎‎(imzo)

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2018-y., 10/18/2987/0961-son; 18.03.2020-y., 10/20/2987-1/0334-son; 16.10.2020-y., 10/20/2987-2/1393-son)
Приказ
Министра внутренних дел Республики Узбекистан
Об утверждении Методик проведения отбора кандидатов на очную форму обучения Академии Министерства внутренних дел Республики Узбекистан
[Зарегистрирован Министерством юстиции Республики Узбекистан 29 марта 2018 г. Регистрационный № 2987]
Министр П. БОБОЖОНОВ
г. Ташкент,
13 февраля 2018 г.,
№ 35