Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 15-sentabrdagi PQ-3276-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish sohasida faoliyat koʻrsatayotgan yuridik shaxslar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilayotgan taʼlim muassasalari tarmogʻini kengaytirish, mazkur faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish hamda nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibini soddalashtirish orqali litsenziya daʼvogarlariga qulay imkoniyatlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qoʻyilsinki, 2018-yil 1-apreldan boshlab nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish sohasidagi faoliyat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan litsenziyalanadi.
2. Nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi va Xalq taʼlimi vazirligi har bir tuman (shahar) maktabgacha va xalq taʼlimi boʻlimlaridan malakali mutaxassislarni nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalashda ekspertiza xulosalarini tayyorlash va litsenziya daʼvogariga taqdim etish jarayoniga jalb etish choralarini koʻrsinlar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi oʻn besh kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatishga litsenziya daʼvogarlarining arizalarini davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilish va koʻrib chiqish tizimini ishlab chiqib amaliyotga joriy etsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari 2018-yil 1-apreldan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Q.V. Akmalov va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi U.N. Tashkenbayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 27-mart,
241-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-martdagi 241-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibini belgilaydi.
2. Nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish sohasidagi faoliyatni tashkil etish uchun yuridik shaxslarga litsenziya berish, litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki tugatish, shuningdek, uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Nizom yuridik shaxslarning avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bilan bogʻliq yoʻnalishlar boʻyicha faoliyatni litsenziyalashga tatbiq etilmaydi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 408-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.06.2018-y., 09/18/408/1315-son)
Keyingi tahrirga qarang.
3. Nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatuvchi yuridik shaxslarga taʼlimning har bir turi uchun alohida litsenziya beriladi. Litsenziyada faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, taʼlim faoliyati yoʻnalishlari roʻyxati aniq koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Nodavlat taʼlim muassasalarining chet tillarni oʻrganish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish sohasidagi faoliyatini litsenziyalash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Nodavlat taʼlim xizmatlari faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya cheklanmagan muddatga beriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 29-apreldagi 361-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 09/19/361/3033-son)
Oldingi tahrirga qarang.
41. Nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish sohasida taʼlim turlari boʻyicha litsenziya davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga hujjat topshirish asosida olinadi.
Bunda davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi oʻrtasidagi axborot almashinuvi litsenziya talabgori boʻlgan yuridik shaxsning elektron raqamli imzosini majburiy tartibda qoʻllash orqali amalga oshiriladi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-dekabrdagi 1028-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 09/19/1028/4222-son)
2-bob. Litsenziya talablari va shartlari
5. Quyidagilar nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatuvchi yuridik shaxslar faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasining taʼlim sohasidagi qonun va qonunosti hujjatlariga majburiy rioya qilish;
taʼlim-tarbiya jarayonini davlat taʼlim standartlariga (davlat talablariga), oʻquv rejalariga va taʼlim dasturlariga muvofiq tashkil etish;
litsenziya daʼvogarida litsenziyalanayotgan faoliyatni bajarish uchun moʻljallangan, unga mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquq bilan tegishli boʻlgan, belgilangan talablarga muvofiq binolarning (xonalarning) mavjud boʻlishi;
auditoriyalarni, oʻquv xonalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya asbob-uskunalari, oʻqitishning texnik vositalari va anjomlar bilan jihozlash;
taʼlim dasturlarining belgilangan darajasini amalga oshirish uchun oʻquv binolarini zarur darsliklar, oʻquv-metodik adabiyotlar va boshqa kutubxona-axborot resurslari hamda vositalari bilan taʼminlash;
taʼlim dasturlarini umumiy oʻrta, kasb-hunar va oliy taʼlim davlat taʼlim standartlariga muvofiq, shuningdek, maktabgacha taʼlim, maktabdan tashqari taʼlim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashga qoʻyiladigan davlat talablariga muvofiq amalga oshirish;
taʼlimning majburiy ravishda dunyoviy xarakterda boʻlishi, taʼlim jarayonida urushni, zoʻravonlikni targʻib qilishdan foydalanishga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinligi kamsitilishiga, mamlakatdagi xavfsizlik va ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka, jamiyatning huquqiy va maʼnaviy asoslari, fuqarolar osoyishtaligiga, millatlararo va dinlararo totuvlikka raxna solinishiga, Oʻzbekiston Respublikasi toʻgʻrisida notoʻgʻri axborotlar tarqatilishiga hamda uning tarixiy, madaniy va maʼnaviy qadriyatlari buzib koʻrsatilishiga yoʻl qoʻymaslik;
Oldingi tahrirga qarang.
nodavlat taʼlim tashkiloti, uning taʼlim oluvchilari, pedagoglari va taʼlim-tarbiya jarayoni toʻgʻrisidagi ishonchli maʼlumotlarni “Nodavlat taʼlimni boshqarish axborot tizimi”ga kiritish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga yozma yoki elektron shaklda taqdim etish;
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-dekabrdagi 1028-sonli qaroriga asosan toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 09/19/1028/4222-son)
Oldingi tahrirga qarang.
maktabgacha taʼlim bilan bogʻliq yoʻnalish boʻyicha nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi, uning tarbiyalanuvchilari, pedagoglari va taʼlim-tarbiya jarayoni toʻgʻrisidagi ishonchli axborotni Maktabgacha taʼlimni boshqarishning axborot tizimiga kiritish;
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 29-apreldagi 361-sonli qaroriga asosan toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 09/19/361/3033-son)
Keyingi tahrirga qarang.
iqtidorli bolalar va isteʼdodli yoshlarni aniqlash va qoʻllab-quvvatlash orqali taʼlim-tarbiyaning yuqori sifatini taʼminlaydigan qulay shart-sharoitlar yaratish;
ilgʻor xalqaro tajribalarni inobatga olib, oʻqitishning innovatsion shakllari hamda zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish asosida taʼlim sohasidagi samaradorlik va natijadorlikni oshirish;
ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli va iqtidorli farzandlarini tanlov asosida muassasadagi jami tarbiyalanuvchilar, oʻquvchilar umumiy sonining 10 foizidan kam boʻlmagan miqdorda bepul oʻqishga qabul qilish;
bitiruvchilarga belgilangan tartibda taʼlim toʻgʻrisida hujjat berish.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 408-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.06.2018-y., 09/18/408/1315-son)
3-bob. Nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish sohasidagi faoliyat boʻyicha litsenziya olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar
Oldingi tahrirga qarang.
7. Nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish sohasida taʼlim turlari boʻyicha litsenziya olish uchun litsenziya talabgori quyidagi hujjatlarni davlat xizmatlari markazlariga taqdim etadi yoki elektron shaklda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga yuboradi:
litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza (unda yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi, pochta manzili, taʼlim faoliyatini amalga oshirish joyining manzili, bank muassasasining nomi va bankdagi hisobraqami, faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, taʼlim faoliyati yoʻnalishlari roʻyxati. Litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizada litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishi toʻgʻrisidagi roziligi va elektron manzili koʻrsatiladi);
yongʻin va sanitariya-epidemiologiya nazorati organlarining mavjud binolar va xonalarning yongʻin xavfsizligi talablariga va sanitariya-gigiyena normalariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosalari;
Keyingi tahrirga qarang.
pedagog kadrlar haqida maʼlumot;
oʻquv rejasi va dasturlarining elektron nusxalari;
ixtisoslashtirilgan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tashkil etilgan hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan berilgan ruxsatnomalar nusxalari;
ariza koʻrib chiqilganligi uchun litsenziya talabgori tomonidan yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi.
Litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizada litsenziya talabgorining elektron manzili koʻrsatilgani uning arizasi boʻyicha qabul qilingan qaror haqida elektron shaklda xabarnoma olishga boʻlgan roziligi hisoblanadi.
Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali zarur maʼlumotlar kiritilgandan soʻng litsenziya talabgorining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-dekabrdagi 1028-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 09/19/1028/4222-son)
8. Ishonchsiz yoki notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya daʼvogari qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
4-bob. Nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish sohasida faoliyat koʻrsatish uchun arizalarni koʻrib chiqish va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
9. Litsenziya daʼvogarining arizasi koʻrib chiqilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Litsenziya daʼvogarining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim summasi litsenziyalovchi organ hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Davlat xizmatlari markazlariga shaxsan murojaat qilingan taqdirda, arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻimlar summasining 20 foizi belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining maxsus hisob raqamiga, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilinganda arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻimlar summasining 10 foizi belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziya daʼvogari berilgan arizadan voz kechgan taqdirda toʻlangan yigʻim summasi qaytarib berilmaydi.
10. Nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash ushbu Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ariza davlat xizmatlari markazlari orqali topshirilganda masʼul xodim roʻyxat asosida litsenziya berish uchun ariza va boshqa maʼlumotlarni qabul qiladi. Davlat xizmatlari markazining masʼul xodimi arizachiga ariza qabul qilingan sana qayd etilgan roʻyxatga olish nusxasini beradi.
Davlat xizmatlari markazlarining masʼul xodimi litsenziya daʼvogarining arizasini zarur maʼlumotlari bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga hujjat qabul qilingan kuni yuboradi.
Ariza Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuborilganda, litsenziya daʼvogarining arizasi qabul qilinganligi haqidagi elektron xabar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining masʼul xodimi tomonidan litsenziya daʼvogarining elektron manziliga yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi arizani qabul qilgandan soʻng 15 ish kuni ichida, oliy taʼlim turi boʻyicha 30 ish kuni ichida hujjatlarning litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligini oʻrganadi, ijobiy qaror qabul qilinganda elektron litsenziyani generatsiya qiladi, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlab, davlat boji toʻlanganidan keyin davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali litsenziya daʼvogariga taqdim etadi.
(10-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-dekabrdagi 1028-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 09/19/1028/4222-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Maktabgacha taʼlim vazirligi va Xalq taʼlimi vazirligi bilan birgalikda har bir tuman (shahar) maktabgacha va xalq taʼlimi boʻlimlaridan malakali mutaxassislarni jalb etgan holda, nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash uchun ekspertiza xulosalarini tayyorlash va litsenziya daʼvogariga taqdim etish jarayonini tashkil etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, 3 ish kuni ichida litsenziya daʼvogariga rad etish sabablari va litsenziya daʼvogari ularni bartaraf etgan holda qayta koʻrib chiqish uchun ariza berishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan bildirishnomani davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuboradi.
(10-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-dekabrdagi 1028-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 09/19/1028/4222-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror litsenziya daʼvogarining arizasi olingan kundan boshlab 15 ish kunidan, oliy taʼlim turi boʻyicha 30 ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda qabul qilinadi.
(10-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-dekabrdagi 1028-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 09/19/1028/4222-son)
11. Litsenziyalar qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
Berilgan, toʻxtatib turilgan, yangilangan, qayta rasmiylashtirilgan, bekor qilingan, shuningdek, amal qilishi toʻxtatilgan litsenziyalar “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksi reyestriga kiritiladi.
12. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan sabablar boʻyicha rad etilishi mumkin.
Litsenziya daʼvogari litsenziya berishning rad etilishi toʻgʻrisidagi qaror, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi xodimlarining xatti-harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
13. Litsenziya berish rad etilishiga asos boʻlgan sabablar litsenziya daʼvogari tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish litsenziya daʼvogarining arizasi olingan kundan boshlab 10 kundan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrib chiqiladi.
Litsenziya daʼvogarining arizasini qayta koʻrib chiqishda litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida avvalgi bildirishnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Litsenziya daʼvogarlarining arizalari takroran koʻrib chiqilgani uchun yigʻim undirilmaydi.
Litsenziya berish rad etilgani toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
5-bob. Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish tartibi
(5-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 29-apreldagi 361-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 09/19/361/3033-son)
14. Litsenziat qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtganidan keyin bir oy muddatda litsenziyalovchi organga, koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda, litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron shaklda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
15. Litsenziat taʼlim faoliyatini olib borish manzili oʻzgarsa, qoʻshimcha manzilda faoliyat olib borsa, qoʻshimcha taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha faoliyat olib bormoqchi boʻlsa, qayta roʻyxatdan oʻtganidan keyin bir oy muddatda litsenziyalovchi organga, koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda, litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza berishi shart.
16. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda koʻrsatilgan faoliyatni avval berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
17. Litsenziya Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi ariza olingan kundan boshlab 10 kundan ortiq boʻlmagan muddatda qayta rasmiylashtiriladi.
Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziya daʼvogarining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilgani uchun toʻlanadigan yigʻimning 50 foizi undiriladi. Yigʻim summasi litsenziyalovchi organ hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi ariza davlat xizmatlari markazlari orqali yuborilganda, arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻimlar summasining 20 foizi belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi davlat xizmatlari agentligining maxsus hisob raqamiga, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilinganda, arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻimlar summasining 10 foizi belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(18 va 19-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 29-apreldagi 361-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 09/19/361/3033-son)
20. Litsenziya blankalari qatʼiy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasi, tartib raqami va himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi.
21. Litsenziat litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingani haqida bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab ikki oy mobaynida, litsenziyalovchi organga litsenziya berilgani uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli.
6-bob. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish tartibi
22. Litsenziya daʼvogari tomonidan nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish maqsadida litsenziya olish uchun ariza topshirgani litsenziya shartlari va talablariga rioya etishiga boʻlgan roziligi hisoblanadi
23. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, taʼlim tizimi boshqaruvi va vakolatli organlar litsenziya shartlari va talablariga litsenziat tomonidan rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nazorat qiladi.
24. Litsenziyalovchi organ litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilishda oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
litsenziya talablari va shartlariga litsenziat tomonidan rioya etilishini rejali tekshirish;
litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi hollar mavjud boʻlgan taqdirda, litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirish;
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chogʻida paydo boʻladigan masalalar boʻyicha zarur axborotni litsenziatdan talab qilish va olish;
tekshirishlar natijalari asosida litsenziya talablari va shartlarining litsenziat tomonidan buzilishlarini aniq koʻrsatgan holda dalolatnomalar (maʼlumotnomalar) rasmiylashtirish;
litsenziatga litsenziya talablari va shartlarining buzilishlarini bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, ularni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish va tugatish yoxud litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaror chiqarish.
25. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilishda litsenziyalovchi organning tekshiruvchi xodimlari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, ularning bittasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi tegishliligi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida qoladi.
7-bob. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish va tugatish, litsenziyani bekor qilish tartibi
26. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish va tugatish, litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan hollarda va tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlari muntazam ravishda yoki bir marotaba qoʻpol ravishda buzilganda, unga tegishli litsenziyaning amal qilishi bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi qaroriga koʻra tugatiladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-dekabrdagi 1028-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 09/19/1028/4222-son)
27. Litsenziat litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki tugatish, uni bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror yuzasidan sudga shikoyat qilishi mumkin.
8-bob. Litsenziyalar reyestrini yuritish tartibi
28. Litsenziyalovchi organ taʼlim turlari boʻyicha “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksida litsenziyalar reyestrini yuritadi.
Litsenziyalar reyestrlarida quyidagilar koʻrsatilishi shart:
litsenziatlar toʻgʻrisidagi asosiy maʼlumotlar, shu jumladan, yuridik shaxsning nomi va indentifikatsiya raqami, tashkiliy-huquqiy shakli, tashkilot rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi;
nodavlat taʼlim xizmatining turi, litsenziyalanayotgan taʼlim yoʻnalishi, amalga oshiriladigan manzil, ish joyi telefoni, faks;
litsenziyaning berilgan sanasi va tartib raqami;
Oldingi tahrirga qarang.
(28-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 29-apreldagi 361-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 09/19/361/3033-son)
Oldingi tahrirga qarang.
litsenziyani qayta rasmiylashtirishning asoslari va sanasi;
(28-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 29-apreldagi 361-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 09/19/361/3033-son)
Oldingi tahrirga qarang.
litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish asoslari va sanasi;
(28-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 29-apreldagi 361-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 09/19/361/3033-son)
litsenziyani bekor qilishning asoslari va sanasi.
29. Litsenziyalar reyestridagi maʼlumotlar “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksidagi veb-saytda joylashtiriladi va tanishish uchun ochiq hisoblanadi.
9-bob. Davlat bojini undirish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
30. Nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatuvchi yuridik shaxslarga faoliyatni amalga oshirish huquqiga litsenziya berganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorida davlat boji undiriladi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Keyingi tahrirga qarang.
31. Toʻlangan davlat bojining 20 foizi miqdoridagi mablagʻlar axborot-kommunikatsiya xizmatlaridan foydalangan holda xizmatlar koʻrsatish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun litsenziyalovchi organning vakolatli bankdagi maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Litsenziya berish uchun davlat bojining qolgan qismi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
10-bob. Yakunlovchi qoida
32. Mazkur Nizomning qoidalari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
ILOVA
Nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash
SXEMASI
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-martdagi 241-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2018-yil 1-apreldan boshlab oʻz kuchini yoʻqotayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Nodavlat taʼlim muassasalari faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2004-yil 1-martdagi 100-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2004-y., 9-son, 107-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qaroriga ilovaning 42-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2006-y., 20-21-son, 181-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-son qaroriga ilovaning 24-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-son qaroriga 1-ilovaning 57-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 14-iyundagi 169-son qaroriga 4-ilovaning 2-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2013-y., 25-son, 324-modda).
6. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-fevraldagi 139-son qaroriga 2-ilovaning 2-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2018-y., 09/18/241/0960-son, 06.06.2018-y., 09/18/408/1315-son; 29.04.2019-y., 09/19/361/3033-son; 25.12.2019-y., 09/19/1028/4222-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 15.01.2020-y., 09/20/24/0053-son; 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi 05.05.2021-y., 09/21/272/0419-son, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son, 13.08.2021-y., 09/21/511/0793-son, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son; 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)