Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
“Davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarning shakllarini tasdiqlash va muddatlarini belgilash toʻgʻrisida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 29-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2624-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-fevraldagi PF-4954-son “Yoʻl xoʻjaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2017-yil 18-apreldagi PF-5016-son “Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi farmonlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-son “Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2014-yil 16-oktabrdagi 67-son “Davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarning shakllarini tasdiqlash va muddatlarini belgilash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2624, 2014-yil 10-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 46-son, 553-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2018-yil 1-mart,
48-son
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 1-martdagi 48-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
“Davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarning shakllarini tasdiqlash va muddatlarini belgilash toʻgʻrisida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1-bandda:
a) uchinchi xatboshidagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) toʻrtinchi xatboshidagi “Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlar” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
v) oltinchi xatboshidagi “Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash” degan soʻzlar “Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
g) yettinchi xatboshidagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
e) toʻqqizinchi — yigirma birinchi xatboshilar tegishli ravishda sakkizinchi — oʻn toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
j) toʻqqizinchi, oʻn uchinchi, oʻn beshinchi va oʻn toʻqqizinchi xatboshilardagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
z) oʻninchi va oʻn oltinchi xatboshilardagi “Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlar” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
i) oʻn ikkinchi va oʻn sakkizinchi xatboshilardagi “Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash” degan soʻzlar “Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 2 va 6-ilovalar nomlaridagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 3-ilovada:
a) nomidagi “Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlar” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
matnidagi “Moliya, xususiylashtirishdan va boshqa manbalardan tushgan mablagʻlarni hisobga olish va hisobot berish” degan soʻzlar “Moliya va buxgalteriya hisobi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovasida:
ilova belgisidagi “Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlar” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
nomidan “xususiylashtirishdan tushgan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
matnidagi “Moliya, xususiylashtirishdan va boshqa manbalardan tushgan mablagʻlarni hisobga olish va hisobot berish” degan soʻzlar “Moliya va buxgalteriya hisobi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
v) 2-ilovasida:
ilova belgisidagi “Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlar” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
nomidan “Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish loyihalarini moliyalashtirish, bozor infratuzilmasi institutlarini shakllantirish uchun” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
matnidagi “Moliya, xususiylashtirishdan va boshqa manbalardan tushgan mablagʻlarni hisobga olish va hisobot berish” degan soʻzlar “Moliya va buxgalteriya hisobi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 5-ilova nomidagi “Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash” degan soʻzlar “Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. 9-ilovada:
nomidagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7. 10-ilovada:
a) nomidagi “Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlar” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
matnidagi “Moliya, xususiylashtirishdan va boshqa manbalardan tushgan mablagʻlarni hisobga olish va hisobot berish” degan soʻzlar “Moliya va buxgalteriya hisobi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) ilovasida:
ilova belgisi va nomidagi “Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlar” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
matnidagi “Moliya, xususiylashtirishdan va boshqa manbalardan tushgan mablagʻlarni hisobga olish va hisobot berish” degan soʻzlar “Moliya va buxgalteriya hisobi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8. 12-ilovada:
nomidagi “Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash” degan soʻzlar “Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ilovasining ilova belgisi va nomidagi “Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash” degan soʻzlar “Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9. 13-ilovada:
nomidagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10. 16-ilovada:
nomidagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
11. 17-ilovada:

12. 19-ilovada:

13. 20-ilovada:
nomidagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
14. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi ijro etuvchi direksiyasi va Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi bilan kelishilgan.
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri A. XAITOV
2018-yil 1-mart
Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi R. GULYAMOV
2018-yil 1-mart
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi ijro etuvchi direktori M. ALLABERGENOV
2018-yil 1-mart
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasini boshqarish departamenti direktori O. SOBIROV
2018-yil 1-mart
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2018-y., 10/18/2624-1/0958-son)