Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining
Qarori
“Fuqaro va eksperimental aviatsiyada uchuvchilar tarkibi uchun yoshga oid chegaralarni kiritish toʻgʻrisida”gi qarorning 1-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 27-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1762-1]
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida Xalqaro fuqaro aviatsiyasining 60 va 65 yoshga toʻlgan uchuvchilar tarkibiga yoshga oid chegaralarni oʻzgartirish bilan bogʻliq boʻlgan standartlari va tavsiya etilgan amallar (Chikago Konvensiyasining 1-ilovasiga kiritilgan 172-tuzatish) talablarini Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida joriy qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Bandlik va mehnat munosabatlari hamda Sogʻliqni saqlash vazirliklari qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligining 2007-yil 28-dekabrdagi 1099, 3692 va 1669-son “Fuqaro va eksperimental aviatsiyada uchuvchilar tarkibi uchun yoshga oid chegaralarni kiritish toʻgʻrisida”gi qarorining (roʻyxat raqami 1762, 2008-yil 25-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami 2008-y., 3-4-son, 17-modda) 1-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“65 yoshga toʻlgan uchuvchilar tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasida parvozlarni bajarishda oʻz vazifalarini bajarishga;
ekipaj tarkibi faqat bitta uchuvchidan iborat boʻlgan havo kemalarida xalqaro tijorat havo tushuvlarini bajaruvchi 60 yoshga toʻlgan havo kemalarining komandirlari (uchuvchilari) Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasida parvozlarni bajarishda oʻz vazifalarini bajarishga qoʻyilmaydilar.”.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamda “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi T. OʻLJAYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 23-mart,
42-son
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri A. XAITOV
Toshkent sh.,
2018-yil 23-mart,
10-q/q-son
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ShADMANOV
Toshkent sh.,
2018-yil 23-mart,
16-son
Kelishilgan:
Oʻzbekiston kasaba uyushmalar Federatsiyasi kengashi raisi K. RAFIQOV
2018-yil 23-mart
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi Bosh direktori v.b. B. XAKIMOV
2018-yil 23-mart
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2018-y., 10/18/1762-1/0946-son)