Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
Kredit uyushmalarini tugatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 27-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1815-3]
Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 14-martdagi PQ-2833-son qarori)”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 19-apreldagi 10/3-son qarori (roʻyxat raqami 1815, 2008-yil 22-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 20-21-son, 195-modda) bilan tasdiqlangan Kredit uyushmalarini tugatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2018-yil 17-mart,
9/7-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 17-martdagi 9/7-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Kredit uyushmalarini tugatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 52-bandning birinchi xatboshisidan “notarial tasdiqlangan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. 67-bandning ikkinchi xatboshisidan “paydo boʻlgan va” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2018-y., 10/18/1815-3/0947-son)