Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.03.2009 16.08.2001 yildagi 341-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.03.2009
Hujjat 16.08.2001 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMI TIZIMI UChUN DARSLIKLAR VA OʻQUV ADABIYoTLARINING YaNGI AVLODINI YaRATISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 20-martdagi 80-sonli “2009 — 2013-yillarda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari uchun darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarini nashr etish dasturi toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish, taʼlimning belgilangan standartlari va zamonaviy talablariga javob beradigan darsliklar va oʻquv adabiyotlarining yangi avlodini shakllantirish, shuningdek akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun oʻquv va oʻquv-metodik adabiyotlarni muntazam ravishda nashr etish, yangilab borish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi Uzluksiz taʼlim tizimi uchun yangi oʻquv dasturlari, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari yaratishga tayyorgarlik koʻrish, ularni qayta koʻrib chiqish va yaratishni muvofiqlashtirish hamda nazorat qilish boʻyicha Hukumat komissiyasi tomonidan 2001—2006-yillarda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun darsliklar va oʻquv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish dasturi ishlab chiqilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
darsliklar va oʻquv adabiyotlarining yangi avlodini tayyorlash va nashr etish jadvali 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun 2002-yilda nashr etiladigan darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari roʻyxati 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-2-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlangan 2006-yilgacha nashr etiladigan darsliklar miqdoridan kelib chiqqan holda joriy yilda nashr etish moʻljallangan darsliklar va oʻquv adabiyotlarining aniq roʻyxatini har yili aniqlasin va koʻrib chiqish uchun Hukumat komissiyasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Uzluksiz taʼlim tizimi uchun yangi oʻquv dasturlari, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari yaratishga tayyorgarlik koʻrish, ularni qayta koʻrib chiqish va yaratishni muvofiqlashtirish hamda nazorat qilish boʻyicha Hukumat komissiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mualliflarni yuqori malakali olimlar, amaliyotchilar va mutaxassislardan tanlov asosida tanlanishiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
darsliklar qoʻlyozmalarining taʼlimning belgilangan standartlariga va zamonaviy metodik talablarga muvofiqligi yuzasidan mustaqil ekspertizadan oʻtkazilishi tashkil etilishiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv va metodik adabiyotlarni tayyorlashning, shu jumladan masofadan turib oʻqitishda foydalanish uchun multimediya tizimlari, kompyuter texnologiyalari va boshqa zamonaviy usullaridan keng foydalanilishiga alohida eʼtiborni qaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Davlat matbuot qoʻmitasi bilan birgalikda:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
darsliklar aholining turli tabaqalari uchun mumkin qadar arzon boʻlishini taʼminlovchi narxlarni shakllantirish maqsadida darsliklarning yangi avlodini tayyorlayotgan va nashr etayotgan nashriyotlarga soliq imtiyozlari va preferensiylar berish yuzasidan bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yildan boshlab oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi taʼlim muassasalarining kutubxona fondini 15 foizga toʻldirib borish uchun har yili budjet mablagʻlari ajratishni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qoʻyilsinki, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun darsliklarning yangi avlodini yaratish xarajatlarini mablagʻ bilan taʼminlash Kadrlar tayyorlash milliy dasturini bajarish boʻyicha tadbirlarni roʻyobga chiqarish uchun nazarda tutilgan davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Davlat matbuot qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bilan birgalikda darsliklar va oʻquv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish va nashr etishni mablagʻ bilan taʼminlash uchun chet el grantlari hamda imtiyozli kreditlar jalb etilishini taʼminlasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi, “Sharq” aksiyadorlik kompaniyasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi buyurtmanomalariga muvofiq akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun darsliklarning toʻliq nashr qilinishini taʼminlasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tijorat akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari uchun darsliklarning yangi avlodini nashr etish uchun aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun banklariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasiga imtiyozli kreditlar ajratish tavsiya qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun darsliklarni sotish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markaziga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Moliya vazirligi bilan birgalikda darsliklar aholining barcha tabaqalari uchun mumkin qadar arzon boʻlishini taʼminlash maqsadida oʻquv adabiyotlari narxlarining shakllantirilishi ustidan muntazam ravishda qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari H.S. Karomatov va R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001-yil 16-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
341-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 15-16-son, 103-modda; 2002-y., 15-16-son, 125-modda; 2004-y., 47-son, 485-modda)