Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“OʻZKIMYOSANOAT” DAVLAT-AKSIYADORLIK KOMPANIYASI TARKIBIGA OʻZGARTIRISH KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-apreldagi PQ-2884-sonli ““Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari lavozimi qisqartirilsin.
2. “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga boshqaruv raisining oʻrinbosari lavozimi kiritilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kimyo sanoati korxonalarini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish va qishloq xoʻjaligiga agrokimyo xizmati koʻrsatishni yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 23-yanvardagi 33-son qarorida:
3-bandning beshinchi xatboshidagi “birinchi oʻrinbosar — vazirning birinchi oʻrinbosariga” soʻzlari chiqarib tashlansin;
qarorning 2-ilovasidagi “Raisning birinchi oʻrinbosari” soʻzlari “Rais oʻrinbosari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 12-oktabr,
471-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 40-41-son, 439-modda)