Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Xalqaro shartnomalarga qoʻshilish toʻgʻrisida
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 21-moddasiga muvofiq:
1. Quyidagilar:
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi-davlatlarining Moliya razvedkasi boʻlinmalari rahbarlari kengashini tashkil etish toʻgʻrisidagi Bitimga (Ashxobod, 2012-yil 5-dekabr):
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi-davlatlarining Moliya razvedkasi boʻlinmalari rahbarlari kengashini tashkil etish toʻgʻrisidagi Bitimga oʻzgartishlar kiritish haqidagi Protokolga (Minsk, 2014-yil 10-oktabr) qoʻshilish maʼqullansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti mazkur xalqaro shartnomalar amalga oshirilishi uchun javobgar boʻlgan vakolatli organ etib belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi mazkur xalqaro shartnomalarga qoʻshilishi hamda ularni amalga oshirishda javobgar boʻlgan vakolatli organ toʻgʻrisida depozitariyga tegishli bildirishnoma yoʻllasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnomalar kuchga kirgandan keyin Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlasinlar.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 19-mart,
PQ-3615-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.03.2018-y., 07/18/3615/0922-son, 01.10.2018-y., 06/18/5547/1975-son)