Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING BAʼZI QARORLARIGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITISH VA AYRIMLARINI OʻZ KUCHINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASH TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-maydagi 270-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 15-fevraldagi PQ–2778-son qarori)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Estrada qoʻshiqchilik sanʼatini yanada rivojlantirish toʻgʻrisida” 2001-yil 26-iyundagi 272-son qarori qabul qilinganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbeknavo” gastrol-konsert birlashmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 1996-yil 26-apreldagi 163-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1996-yil, 4-son, 13-modda) nomidagi hamda 4 va 10-bandlaridagi “gastrol-konsert birlashmasi” soʻzlari “estrada birlashmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining baʼzi qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 1997-yil 7-avgustdagi 392-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-yil, 8-son, 27-modda)ga ilovaning 6-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2001-yil 6-avgust,
330-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 15-16-son, 101-modda)