Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 12-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1442-3]
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish boʻyicha 2018-yil 9-martdagi xulosaga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga, Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2000-yil 19-maydagi 197-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning meʼyoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarorlariga asosan, buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2018-yil 1-martdagi 32-12/554-son va Moliya vazirligining 2018-yil 14-fevraldagi AX/03-02-32-28/38-son “Budjet va davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlovlar boʻyicha qarzlarni toʻlash muddatini kechiktirish va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlash imkonini berish, penya hisoblashni toʻxtatish, shuningdek penya va jarima sanksiyalarini hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror (roʻyxat raqami 1442, 2005-yil 14-yanvar), shuningdek unga oʻzgartirishlarni (roʻyxat raqami 1442-1, 2016-yil 20-iyun), (roʻyxat raqami 1442-2, 2017-yil 4-dekabr) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish masalasi yuzasidan xatlari maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Respublika komissiyasining 2004-yil 10-dekabrdagi 60-son “Budjet va davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlovlar boʻyicha qarzlarni toʻlash muddatini kechiktirish va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlash imkonini berish, penya hisoblashni toʻxtatish, shuningdek penya va jarima sanksiyalarini hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1442, 2005-yil 14-yanvar);
Muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Respublika komissiyasining 2016-yil 10-iyundagi 37-son “Budjet va davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlovlar boʻyicha qarzlarni toʻlash muddatini kechiktirish va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlash imkonini berish, penya hisoblashni toʻxtatish, shuningdek penya va jarima sanksiyalarini hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1442-1, 2016-yil 20-iyun);
Muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Respublika komissiyasining 2017-yil 24-noyabrdagi 415, 162-son “Budjet va davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlovlar boʻyicha qarzlarni toʻlash muddatini kechiktirish va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlash imkonini berish, penya hisoblashni toʻxtatish, shuningdek penya va jarima sanksiyalarini hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1442-2, 2017-yil 4-dekabr) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilsin.
3. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
4. Huquqiy targʻibot va axborot boshqarmasi ushbu buyruqni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
5. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
6. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi oʻrinbosari N. Joʻrayev zimmasiga yuklansin.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2018-yil 12-mart,
145-mh-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2018-y., 10/18/1442-3/0885-son)