Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
Sementga va klinkerga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 9-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1908-5]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2019-yil 25-martdagi 45, 2019-21-sonli “Sementga va klinkerga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1908-6, 08.04.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2009-yil 9-fevraldagi 20, 2009-9-son qarori (roʻyxat raqami 1908, 2009-yil 24-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 9-son, 97-modda) bilan tasdiqlangan Sementga va klinkerga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2018-yil 28-fevral,
42-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 28-fevral,
2018-14-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2018-yil 28-fevraldagi 42 va 2018-14-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Sementga va klinkerga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 2-bandning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“sof qoʻshimcha foyda — qoʻshimcha foyda qismiga toʻgʻri keladigan, davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalarni chegirib tashlangan, hisobot davridagi qoʻshimcha foyda summasidir”.
2. 3-banddan “soligʻi hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
3. 1-ilovada:
060-satr quyidagi tahrirda bayon etilsin:
|
“ |
Qoʻshimcha foydaga toʻgʻri keladigan qismi boʻyicha davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar, jami __% stavkada: (050-satr x __%) |
060 |
ming soʻm |
”; |
100-satrning “Koʻrsatkichlar” ustunidagi “*” belgisi chiqarib tashlansin;
izoh chiqarib tashlansin.
4. 2-ilovada:
060-satr quyidagi tahrirda bayon etilsin:
|
“ |
Qoʻshimcha foydaga toʻgʻri keladigan qismi boʻyicha davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar, jami __% stavkada: (050-satr x __%) |
060 |
ming soʻm |
”; |
100-satr “Koʻrsatkichlar” ustunidagi “*” belgisi chiqarib tashlansin;
izoh chiqarib tashlansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.03.2018-y., 10/18/1908-5/0869-son)