Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
Tabiiy gazga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 9-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1909-4]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2020-yil 17-fevraldagi 6 va 2020-05-sonli “Tabiiy gazga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlar va qoʻshimchani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1909-6, 28.02.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2009-yil 10-fevraldagi 21, 2009-10-son qarori (roʻyxat raqami 1909, 2009-yil 24-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 9-son, 98-modda) bilan tasdiqlangan Tabiiy gazga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2018-yil 28-fevral,
43-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 28-fevral,
2018-15-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2018-yil 28-fevraldagi 43 va 2018-15-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Tabiiy gazga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 2-bandning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“sof qoʻshimcha foyda — qoʻshimcha foyda qismiga toʻgʻri keladigan, yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq va davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalarni chegirib tashlangan, hisobot davridagi qoʻshimcha foyda summasidir”.
2. 3-banddan “soligʻi hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
3. Ilovaning 060-satri quyidagi tahrirda bayon etilsin:
|
“ |
Qoʻshimcha foydaga toʻgʻri keladigan qismi boʻyicha yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq, davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar, jami __% stavkada: (050-satr x __%) |
060 |
AQSh |
”. |
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.03.2018-y., 10/18/1909-4/0868-son)