Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Davlat maktabgacha taʼlim tizimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat maktabgacha taʼlim muassasalari xodimlarining ayrim toifalari mehnatiga haq toʻlashni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻisida” 2018-yil 28-fevraldagi PQ-3571-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat maktabgacha taʼlim muassasalari xodimlarining ayrim toifalari mehnatiga haq toʻlashni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 28-fevraldagi PQ-3571-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, davlat maktabgacha taʼlim muassasalari xodimlarini ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Q.V. Akmalov va Maktabgacha taʼlim vaziri A.V. Shin zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 6-mart,
180-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-martdagi 180-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Davlat maktabgacha taʼlim tizimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 9-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“9. Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha taʼlim muassasalari rahbar, pedagog va tibbiyot xodimlarining lavozim maoshlari va bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz miqdorida, tarbiyachi yordamchilariga esa 50 foiz miqdorida qoʻshimcha toʻlov toʻlanadi.”
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi 135-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2020-y., 09/20/135/0273-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.03.2018-y., 09/18/180/0863-son; 10.03.2020-y., 09/20/135/0273-son)